شفيعاً
Статистикаستظل تائهًا في هذه الحياة حتى تتخذَ القرآن صاحبًا فتَرْشَد ! Qur’on bilan do’stlashmaguningizgacha bu hayotda o’rningizni topa olmaysiz , Qur’on bilangina hidoyat yo’lida bo’la olasiz!
- Последний пост
- 15 мая
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ey Allohim, musulmon erkaklar va ayollarni, mo'min erkaklar va ayollarni, tiriklarini ham, o'liklarini ham mag'firat qilgin. Ey Allohim, musulmon yoshlarni hidoyat qilgin. Ey Allohim, ularni jamoalari, oilalari, otalari va onalari uchun ko‘z quvonchlari qilgin. Ey Allohim, ularga iymonni sevdirgin va qalblarini iymon bilan bezatgin, kufr, fosiqlik va isyonni ularga yomon ko‘rsatgin va ularni to'g'ri yo'ldan yuruvchi roshidinlardan qilgin, ey rahmlilarning eng rahmlisi bo‘lgan Robbimiz..
Ey Allohim, Sendan barcha rahmat va mag'firatni so'raymiz. Zurriyotlarimizni va niyatlarimizni isloh qil, qalblarimizni birlashtir, ayblarimizni satr qil, g‘amlarimizni ketkaz, kasallarimizni shifo ber, o'liklarimizga rahm qil,dinimizni aziz qil, rizqimizni kengaytir, sog'liq va farovonlik, itoat va yaxshi amallar bilan umrimizni uzaytir va o'liklarimizning qabrlarini jannat bog'laridan bir bog' qilgin ey Mehribon Robbimiz
Ey Allohim, Sendan iymonimizni oshirishingni, hayotimizda baraka, tanamizda sog'liq, rizqimizda mo'l-ko'lchilik, o'limdan oldin nasuh tavba qilishni, o'lim paytida shahodat kalimasi bilan seni yolg‘izliginga guvohlik berishlikni, o'limdan keyin kechirishingni, qiyomat kunida afv etishingni, azobdan omonda qoldirishingni, Jannatni nasib etishingni so'raymiz. Ey Robbim bizni O'zingning Karim bo‘lgan ulug'vor yuzingni ko'rishlik bilan rizqlantir. Ey Vadud, ey Vadud, ey Mehribon zot, ey ulug' taxtning egasi, ey yaratuvchimiz, ey qayta tiriltiruvchimiz, ey xohlaganini qiluvchi zot, men Sendan Arshingni arkonlarini to'ldiradigan yuzing nuri bilan so'rayman va Sendan barcha yaratganlaring ustidan qodir bo'lgan qudrating bilan so'rayman va Sendan hamma narsani qamrab oluvchi rahmating bilan so'rayman. Sendan boshqa iloh yo'q, ey qiyin paytlarda yordam beruvchi zot bizni qiyinchiliklarimizni o‘zing art o‘zing yordam ber.
без подписи
без подписи
Payg‘ambarlar qilgan duolar
без подписи
Duoning odobi va ijobat sabablaridan 1.Allohga ixlos bilan duo qilish. 2.Duoni Allohga hamdu sano aytish bilan boshlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish bilan yakunlash. 3.Duoni jazm-qatʼiy ishonch va ijobat boʻlishiga yaqiyn-aniq ishonch bilan soʻrash. 4.Duoni umid bilan yolborib soʻrash va ijobatiga shoshilmaslik. 5.Duoda qalb hozirligi. 6.Yengilligu mashaqqatda, yaxshiyu yomon damlarda ham duoda boʻlish. 7.Soʻraganda faqat Allohdan duo qilib soʻrash. 8.Ahli oilasi, mol-mulki, farzandi va oʻzining haqqiga duoibad qilmaslik, laʼnatlamaslik. 9.Duo vaqtida ovozni oshkora va maxfiylikning oʻrtasida saqlash. (Pichirlab duo qilish) * Qalb hozirligi deganda, qalbning mashgʻul boʻlib turgan narsasidan oʻzgalardan forigʻ boʻlishi anglanadi.
без подписи
•Sendan gʻam va muammolarni faqatgina Allox aritadi.Shunday ekan dard va gʻamlaringni uzing kabi maxluqqa emas. U Zodga ayt. Aks xolda uzingni zaifligingni boshqaga oshkor qilganing qoladi. •Qalbini odamlarga bogʻlagan kishi odamlarning eshiklarini yopiq yoki ularni yordam berishdan ojiz holda topsa, dili ogʻriydi. Qalbini Allohga bogʻlagan kishi esa xotirjam boʻladi. Chunki Allohning eshiklari yopilmaydi va hojatlar ham Uni ojiz qoldirmaydi. Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh
без подписи
#Eslatamiz Duolar ijobat bo‘ladigan paytdan g‘ofil qolmang! 🌱Muttafaqun alayh boʻlgan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday deydi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam juma kunini zikr qilib: «U kunda bir soat (vaqt) borki, unga musulmon kishi namoz oʻqigan, Allohdan biron narsani soʻragan holda toʻgʻri kelsa, Alloh uning tilagini albatta beradi», dedilar va qoʻllari bilan u vaqtning juda oz ekaniga ishora qildilar.🍃 🌱Jumʼa kunidagi duo ijobat boʻladigan vaqt haqida ulamolar koʻp soʻzlarni aytganlar, ulardan kuchlirogʻi imom xutba uchun minbarga chiqqandan boshlab to jumʼa namozi oʻqib boʻlingunicha, soʻngra asr namozidan keyin to quyosh botguncha. Juma kuni, mazkur ikki vaqtda musulmon kishi duoda astoydil boʻlishi kerak. Ro‘zador holatda duo qilsak Mehribon Robbimiz o‘z holimizga tashlab qo‘yadi deb o‘ylaysizmi?🍃 🌱 Salaflardan biri: "Kimning jumasi maqbul boʻlsa, xaftasining qolgan kunlari ham maqbul boʻladi", degan ekan.🍃 🌱 Solihlardan biri dedi: "Juma kuni asr bilan shom orasida duo qilganimda Rabbim duolarimni ijobat qilaverganidan, hatto (Rabbimdan biron narsa soʻrashga) uyaladigan boʻlib qoldim".🍃 🌱 Tovus ibn Kayson juma kuni asr namozini oʻqigach, qiblaga yuzlanib, to kun botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas edi. ("Tarixu vosit")🍃 🌱 Fazl ibn Fazola juma kuni asr namozini oʻqigach, masjidning bir chekkasiga borib oʻtirar va to quyosh botgunicha duo qilishdan toʻxtamas edi. ("Axbarul qudot")🍃 🌱 Said ibn Jubayr asr namozini oʻqigach, to quyosh botguniga qadar hech kim bilan gaplashmas, yaʼni duo bilan mashgʻul boʻlar edi. ("Zodul maod", 1/382)🍃 🌱 Salt ibn Bistomning koʻzi ojiz boʻlib, koʻrmay qolganida birodarlari juma kuni asr namozidan keyin oʻtirib uning haqqiga duo qilishdi. Quyosh botishidan oldin u bir aksirgach, koʻzi yana koʻra boshladi. ("Tarixu dimashq")🍃 🌱 Ibn Qoyyim rohimahulloh dedilar: "Bu soat asrdan keyingi oxirgi soat boʻlib, uni ummatning barcha toifalari ulugʻlaydilar". ("Zodul maod", 1/384)🍃
без подписи
Ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Аллоҳ таоло наздида бирор кун ва у кунлардаги амал ушбу ўн кун ва уларда қилинган амалдан афзал ва Аллоҳ азза ва жаллага суюкли эмас. Бас, у кунларда таҳлил ва такбирни кўпайтиринглар. Чунки, у кунлар таҳлил, такбир ва Аллоҳ таолога зикр айтиладиган кунлардир ва у кунлардан бир кунининг рўзаси бир йилги рўзага баробардир. У кунларда қилинган амал етти юз баробарга баробар бўлади» Набий алайҳиссалом тўрт амалга буюрдилар улар жуда ҳам осон амаллар ,тилга осон аслида, лекин унда бардавом бўлиш жуда қийин. Кимки мана шу ўн кунликни ушбу тўртта зикрда ўтказадиган бўлса у инсон Аллоҳ хузуридан катта ажр савобга катта улушга эга бўлади. Қуръонда ушбу зикрларда давомли яшовчиларни учта сифатда зикр қилди: خَيْرٌ أَمَلً Дунёда нима орзу мақсадингиз бўлмасин, охират кунида қандай умидингиз бўлмасин,агар ушбу тўрт зикрга тилингиз ошно бўлса билинки ўша орзуларни айтиб сўрамаган бўлсангизда зикрларингизни оқибати орзуларни ушалишлиги билан тугайди. خَيْرٌ مَّرَدًّا Фарз бўлган ибодатлардан сўнг мана шу зикрлардан савоби улуғроқ амал йўқдир ва оқибати энг яхши жойларда берилади. خَيْرٌ مَّقَامًا Бу тўрт зикрдан савоби юқори зикр бўлмайди савоб жихатидан ва оқибати энг гўзал макон бўлади. Тилга осон мезонда оғир Аллоҳ наздида яхшилик бўлган амаллар ила уни У Зотга яқин банда бўлиб олинг.
без подписи
Shayx Usaymin rohimahulloh Zulhijja oyining fazilati haqida aytadi: -- Birodarlarim, bir kishi ramazonni 10 kunligida 2 rakat namoz o‘qidi, va boshqa bir kishi esa zulhijjaning 10 kunligida 2 rakat namoz o‘qidi -- U ikkisining qaysi biri afzalroq? Ikkinchisimi yoki birinchisi? -- Albatta ikkinchisi? Mana bu masala avom xalqqa nomalumdir, lekin ahli ilmlarga nomalum emas. Shuning uchun ham ahli ilmlarga zulhijjaning 10 kunidagi solih amal, Alloh Taologa boshqa vaqtlarda bo‘ladigan solih amallardan ko‘ra suyukliroq ekanini ommaga bayon qilib berishlari vojib deb aytaman. Va bu avom xalqni bilmasligidan, chunki bular bu haqida kam eslatilinadilar. Mana bu kunlarda : - Solih amallarni ko‘paytiringlar, - Qur'on tilovat qilishni ko‘paytiringlar, - Zikr qilishni ko‘paytiringlar, - Sadaqa qilishni ko‘paytiringlar, - Uning kunlarida ro‘za tutinglar.. Bas, u, biror bir kundek emas, unda bo‘ladigan solih amallar Alloh Taologa mana bu ramazonni 10 kunligidan ko‘ra suyukliroqdir
-17.07.2021 🌿 Zulhijjaning 10 kunini fazilati Zikr haqida zikrning fazli Ustoza: Ummu Tasnim🌿
-17.07.2021 🌿 Zulhijjaning 10 kunini fazilati Zikr haqida zikrning fazli Ustoza: Ummu Tasnim🌿
Dunyodagi eng afzal kunlar bo‘lgan Zulhijja oyining avvalgi 10 kunligini chiroyli ibodatlarlaringiz bilan ziynatlab ibodatlar bilan o‘tkazmoqchimisiz? Unday bo‘lsa zulhijja kirib kelishidan oldin unda qaysi amallar qilish afzal, ularga qancha ajr berilishini o‘rganib oling. Zulhijja kelishiga sanoqli kunlar qoldi...
без подписи