SHAHARSOZ
Статистика9860170109349119 Farrukh Madiev Bemalol tortinmay yozavering, sizga yordam berishga harakat qilamiz! https://www.instagram.com/samdaqu_urbanizm?igsh=MWxpdTlhZDdkNmRj @farrukhmadiev https://taplink.cc/madievfarrukh https://t.me/shaharsozlik1
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 16
- 1/48двое суток
- 18
- 1/72трое суток
- 19
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Бу_қизиқ! Сучжоу туннели — сув остидаги мўъжиза Сиз бундай манзарани тасаввур қила оласизми? Йўлда ҳаракатланаётган машиналар бирдан кўздан ғойиб бўлади. Аслида эса улар улкан кўл остидаги туннель орқали ҳаракатланмоқда. Бу — Хитойнинг Сучжоу шаҳридаги машҳур сув ости туннели. Лойиҳа 2004 йилда якунланган бўлиб, ўша пайтда Хитойдаги энг узун кўл ости туннели ҳисобланган. Қиймати 220 миллион евро бўлган туннелнинг узунлиги 8 километр, йўли эса 6 қаторли. Туннель қурилган ҳудудда кўлнинг чуқурлиги 7 метрга етган. Муҳандислар қурилиш вақтида сувни вақтинча тўсиш учун махсус дамбалар ва тўсиқлардан фойдаланган. Сув босими жуда юқори бўлгани сабабли унинг сизиб киришининг олдини олиш муаммо туғдирган. Шунга қарамай, мураккаб қурилиш ишлари атиги икки йилда якунланган. Бугун Сучжоу туннели Хитой муҳандисларининг юксак маҳорати ва замонавий инфратузилма имкониятларини намоён этувчи йирик лойиҳалардан бири ҳисобланади. Муниса Шамсиева тайёрлади. ✅@Zarnews_uz
Chorraha — ikki yoki undan ortiq avtomobil yo‘llari bir-biri bilan kesishadigan, tutashadigan yoki ajraladigan joy hisoblanadi. Chorrahalarda transport vositalari va piyodalar harakati kesishadi, shu sababli bu joylarda harakat alohida qoidalar asosida tartibga solinadi. Chorrahalar svetofor, yo‘l belgilari yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchi xodim yordamida boshqarilishi mumkin. Tartibga solinmagan chorrahalarda esa transport vositalari ustunlik qoidalariga amal qilgan holda harakatlanadi. Chorrahalarning asosiy turlariga to‘rt yo‘lli, T-simon, Y-simon va aylanma chorrahalar kiradi. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
#расман #тарқатинг Мустақилликнинг 35 йиллигига бағишланган мега лойиҳага старт берилди Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан Ёшларнинг инновацион ташаббусларини қўллаб-қувватлаш офиси томонидан “35 000 ташаббус” умуммиллий лойиҳаси йўлга қўйилди. Унда жамият ва давлат тараққиётига хизмат қиладиган инновацион ғоя ёки ташаббусингизлар билан иштирок этиш мумкин. Ташаббуслар 31 августга қадар, tashabbus.yito.uz сайти орқали қабул қилинади.
#BU_MUHIM 🔘 Shaharsozlik renovatsiyasi nima va u bizga nima beradi? https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
Shaharsozlikda doʻnglik — tabiiy yoki sun'iy ravishda hosil bo'lgan, atrofdagi hududga nisbatan balandroq joy (relyef elementi) hisoblanadi. U shaharni rejalashtirish va qurilishda muhim ahamiyatga ega. Doʻnglik — shahar hududidagi atrof yer sathidan balandroq joy bo‘lib, u hududni rejalashtirish, binolarni joylashtirish, transport infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalashda e'tiborga olinadigan muhim relyef elementidir. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
📊 Ўзбекистон Республикасининг демографик кўрсаткичлари рақамларда 🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йил 1 июль ҳолатига Ўзбекистон Республикасининг демографик кўрсаткичлари статистик рақамларда (январь-июнь): 👥 Доимий аҳоли сони – 38 519,5 минг киши* 👨🦱 Эркаклар сони – 19 400,6 минг нафар 👱♀️ Аёллар сони – 19 118,9 минг нафар 🌇 Шаҳарда яшовчилар – 19 608,9 минг киши 🏘 Қишлоқда яшовчилар – 18 910,6 минг киши 🤩 Никоҳлар сони – 92,3 мингта 💔 Никоҳдан ажралишлар сони – 24,8 мингта 🌍 Ташқи миграция 🛬 Кўчиб келган – 1 649 киши 🛫 Кўчиб кетган – 5 422 киши * Рўйхатга олишнинг якуний натижалари эълон қилинганидан сўнг доимий аҳоли сони белгиланган тартибда, рўйхатга олиш натижалари асосида эълон қилинади. Шу муносабат билан, 2026 йил 1 июль ҳолатига демографик кўрсаткичлар жорий ҳисоб-китоблар — Адлия вазирлиги ва Ички ишлар вазирлигининг маълумотлар интеграцияси асосида шакллантирилган. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
❗️Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 🌳Umumiy foydalanishdagi ko‘kalamzor hududlar 2043-yil oxiriga qadar 385,0 gektarni va kishi boshiga 10 kvadrat metrgacha yetkazish ko‘zda tutilgan. 🏙 Shahar aholisi soni esa hozirgi 289,19 mingdan 2043-yil oxiriga borib 385 ming kishiga oshishi kutilmoqda. Shahar hududi 7 ming 966,78 gektardan 11 ming 847,06 gektarga o‘zgarishi belgilanmoqda. 🛣Shuningdek, magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kmdan 203 kmga oshirilishi reja qilingan. 🏛Loyihaga ko‘ra, tarixiy hududlarda rekonstrukiya ishlari, eskirgan binolarni buzish va alohida mavzelarni mustahkamlash ishlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarda qat’iy amal qilgan holda oshiriladi. Tarixiy hududning chekkasida, obidalar joylashgan hududlarda transport harakati tartibga solinishi ko‘zda tutilgan. 👉 @xushnudbek 👈
🛣 Ўзбекистонда автомобиль йўллари узунлиги қанча? 🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йил 1 январь ҳолатига Ўзбекистонда умумий фойдаланишдаги қаттиқ қопламали автомобиль йўллари узунлиги 42 054 километрни ташкил этган. 📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 0,4 фоизга кўпайган. 📌🌍 Қизиқарли таққослаш: бу масофа Ер шарини экватор бўйлаб бир марта тўлиқ айланиб чиқишга етади, ҳатто яна қарийб 2 минг километр йўл ортиб қолади. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
#BirlikShahri 🅿️ Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yerosti avtoturargohi va piyodalar o‘tish yo‘lagi. Bu yerda kelgusida avtomatlashtirilgan parkovka tizimi, velosiped ijarasi, elektromobillarni zaryadlash joyi, kofe zonalari va boshqa xizmatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
📢 BEPUL INGLIZ TILI KURSI — 1 OY! 🇬🇧 🆓 Mutlaqo bepul! 🎯 Grammatika 0 dan! 1 oy davomida siz bilan quyidagilarni qilamiz: ✅ Grammatika 0 dan — barcha zamonlarni mukammal o‘rganamiz (Present, Past, Future va boshqalar) ✅ Listening — boshlang‘ich darajadan 👉 A2 → A2+ darajagacha ko‘taramiz ✅ Reading — Reading Challenge kitobidan 📘 12 ta unit to‘liq ishlanadi ✅ Vocabulary — 🧠 600+ ta yangi so‘z yodlaymiz va amalda ishlatamiz 🎓 Kurs kimlar uchun? — Ingliz tilini 0 dan boshlayotganlar — Grammatikani tushunmayotganlar — A2 darajaga chiqmoqchi bo‘lganlar 📅 Davomiyligi: 1 oy 💥 Joylar cheklangan! 👉 Hoziroq yoziling va ingliz tilini 1 oyda jiddiy darajada ko‘taring! Murojat uchun @Teacher_abdrshdv Maqsadimiz – bilim ulashish orqali kimgadir yangi imkoniyatlar eshigini ochish. https://t.me/intizomenglishh
❗️⭕️⭕️ 👥 Рўйхатга олиш натижаларига кўра, Ўзбекистон аҳолиси сони 39 млн нафардан ошди 🟥 Айни вақтда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг дастлабки натижаларига бағишланган матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда. Матбуот анжуманида маълум қилинишича, рўйхатга олишнинг дастлабки натижаларига кўра, Ўзбекистон аҳолиси сони 39 047 321 нафарни ташкил этди. Жорий статистик ҳисоб-китоблар бўйича ушбу кўрсаткич 38 236 704 нафар эди. Фарқ 810,6 минг нафарни ташкил қилди. Шунингдек, аҳоли сони 1989 йилдаги рўйхатга олиш натижаларига нисбатан 2 баробарга ошгани маълум қилинди. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
Yaponiyaning mashhur Shibuya chorrahasi Tokiodagi Shibuya o'tish joyi dunyodagi eng gavjum piyodalar o'tish joyi bo'lib, bir vaqtning o'zida 3000 tagacha odam o'tadi. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
без подписи
без подписи
🛣️ Dunyodagi eng murakkab transport yo’li — Xitoyning Chongqing shahridagi Xuanjuvan aylana yo’li. 🔗To’rt yo’nalishda 15 ta aylana va 20 ta yo’l mavjud bo’lib, besh qavat bir-biriga bog’langan. Eng tepasidagining balandligi 37 metrni tashkil etadi, bu 12 qavatli bino bilan teng. ✔️https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
https://youtu.be/7O11LEGki7M?si=d8DUcwHfyDCXmhVs Forest city-Arvoh shahar
#Shaharsozlik_kodeksi ☯️ Shahar atrofi zonasi nima? Shahar atrofi zonasi — bu shahar chegarasidan tashqarida joylashgan, ammo shahar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hududdir. Ushbu hududlar shahar va unga tutash aholi punktlarining kelgusidagi rivojlanishini ta’minlash, yangi obyektlarni joylashtirish hamda qulay yashash muhitini yaratish uchun xizmat qiladi. 🔗 Shahar atrofi zonalarida sanoat, kommunal va omborxona obyektlari, muhandislik hamda transport infratuzilmalari qurilishi mumkin. Shuningdek, bu hududlarda jamoa bog‘dorchiligi, uzumchilik va polizchilik bilan shug‘ullanish, dam olish maskanlarini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, shahar atrofi zonalari ekologik muvozanatni saqlash, sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash va shaharlarning istiqboldagi rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zaxira yer maydonlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Manba: Shaharsozlik kodeksi, 72-modda. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
Яқин тарихда Ўзбекистон шаҳарлари Манба ✅ https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
Tabiiy landshaft — bu tabiat kuchlari ta’sirida shakllangan, inson faoliyati natijasida sezilarli darajada o‘zgarmagan yoki juda kam o‘zgargan hududdir. Tabiiy landshaft tarkibiga relyef, iqlim, suv resurslari, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ushbu komponentlar o‘zaro bog‘liq holda yagona tabiiy majmuani hosil qiladi. Tabiiy landshaftlar yer yuzasining turli hududlarida uchraydi va ularning shakllanishi geografik o‘rin, iqlim sharoiti hamda geologik tuzilishga bog‘liq bo‘ladi. Tog‘lar, cho‘llar, o‘rmonlar, dashtlar, daryo vodiylari va ko‘llar atrofi tabiiy landshaftlarga misol bo‘la oladi. Tabiiy landshaftlar ekologik muvozanatni saqlash, biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash hamda insonlarning dam olishi va turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli tabiiy landshaftlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. https://t.me/Shaharsozlik_nazariy_malumotlar
Shu borada Toshkent Nyu Yorkdan ham, San Fransiskodan ham ilg'orroq shahar deb o'ylayman. Nyu Yorkni "a city that never sleeps" deyishadi. Bu haqiqatga yaqin gap emas. Nyu York shahri yaxshigina uxlaydigan, erta uxlaydigan shahar. Shartli kechki soat 1da bardan boshqa hech qanday yemakxona/kafe ishlamaydi (deyarli). Bay Areada menimcha soat 8-9da hamma joy yopiladi. Bostonda jamoat transporti 12da yopiladi. Uxlamaydigan shahar deyish Toshkentga ko'proq yarashadi, Nyu Yorkdan ko'ra. Yarim kechasi, odamlar, mashinalar ko'pligi, hayot qaynashi, 24 soat ishlaydigan kafelar borligi bu dunyoning katta shaharlarida ham kam uchraydigan narsa. To'g'ri - talab kam deyish mumkin, ishchi kuchi shunchalik qimmatki, kechasi ofitsiant uchun to'laydigan xarajat 1-2ta kiradigan mijozdan qimmatroqqa tushadi deyish mumkindir. Lekin, induced demand degan narsa bor baribir. Xullas, 24 soat ishlaydigan qahvaxona Toshkentda bor, Nyu Yorkda yo'q. Bo'lsa ham kishiga boshiga chaqilganda nolga yaqin. https://t.me/paiziev24/2261 @uzbekonomics