tgindex
Shahriyor | dev

Shahriyor | dev

Статистика
@shahriyordevанглийский

Student of: https://t.me/tuituz_official 🎓 3/5👨‍🎓and @najottalim, @cambridge_learning_center Instagram: shahriyor.js Admin: @shahriyorjs

Последний пост
21:09
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
английский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
155
−3 за 1 дн.
Сутки
−3
−1,90%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
175
20 постов
Вовлечённость
112,9%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 25
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
139
1/48двое суток
159
1/72трое суток
171

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🚀 "Samarkand-2028" sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirildi Bugun Xitoy va O‘zbekistonning qo‘shma loyihasi doirasida "Samarkand-2028" giperspektral sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli ravishda orbitaga chiqarildi. Loyihada Xitoy raketa va uchirish jarayonini ta’minlagan bo‘lsa, O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh bortidagi sun’iy intellekt (SI) modulini ishlab chiqdi. O‘zbekiston yaratgan SI moduli edge computing texnologiyasi asosida ishlaydi. U ma’lumotlarni Yerga uzatmasdan, orbitaning o‘zida tezkor tahlil qilish imkonini beradi. 🌱 Qishloq xo‘jaligi: Ekinlarning holatini kuzatish, hosildorlikni baholash va kasalliklarni erta aniqlashga yordam beradi. 💧 Suv resurslari: Daryolar, suv omborlari va tuproq namligini monitoring qilib, suvdan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 🌍 Ekologiya: Chang bo‘ronlari, havo sifati va yashil hududlar holatini kuzatadi. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, Xitoy tomoni ham sun’iy yo‘ldosh yig‘adigan giperspektral ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

  • Docker — bu dasturlarni konteynerlarga joylab, istalgan kompyuter yoki serverda bir xil tarzda ishlashini ta'minlaydigan ochiq kodli platforma

  • roadmap.sh — dasturchilar uchun readmaps. @shahriyordev

  • 27 июл.27721из Sardoroga_blog

    Savolga meni javobim: sohasini biladigan + AI'ni tushunadigan odam yutadi. Lekin gap shu yerda tugamaydi. Chunki "AI'ni ozgina tushunish" ertaga suvdek arzon bo'ladi — hamma tushunib qoladi. O'shanda hamma yana bir chiziqqa qaytadi. Va o'sha chiziqda faqat bitta narsa ajratib turadi: kim o'z ishini chinakam biladi. Ya'ni AI hammani tenglashtiradi. G'alaba esa yana o'sha eski joyda — mahoratda qoladi. Poyga AI bilan boshlanadi, mahorat bilan tugaydi. Rasmga yaxshilab e'tibor qilamiz)

  • 26 июл.1983из Sardoroga_blog

    Do'stlar, bu ketishda kimlar yaxshi chopadi bilasizmi? Deylik 3 xil kishi bor: - AI dan zo'r foydalana oladigan - o'z sohasini mohir ustasi - o'z sohasini ustasi + jichcha ai tushunadigan kishi Savol jaydaricha: kim yutadi?

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🔷 SOLID nima va nega dasturchiga kerak? Bugun obyektga yo'naltirilgan dasturlashning (OOP) eng muhim tamoyillaridan biri — SOLID haqida gaplashamiz. SOLID — bu 5 ta prinsipning bosh harflaridan tashkil topgan qisqartma bo'lib, kodni chiroyli, kengaytiriladigan va qo'llab-quvvatlash oson bo'lgan holatda yozishga yordam beradi: S — Single Responsibility Principle Har bir klass faqat bitta vazifaga javobgar bo'lishi kerak. Bitta klass ichida bir nechta mas'uliyat bo'lsa, kodni o'zgartirish qiyinlashadi. O — Open/Closed Principle Klasslar kengaytirishga ochiq, lekin o'zgartirishga yopiq bo'lishi kerak. Yangi funksiya qo'shish uchun eski kodni o'zgartirmasdan, yangi kod yozish orqali kengaytirish lozim. L — Liskov Substitution Principle Agar B klassi A klassidan meros olsa, dasturda A o'rniga B ni ishlatganda hech qanday xatolik chiqmasligi kerak. I — Interface Segregation Principle Katta, "hammasi bittada" interfeys yaratgandan ko'ra, kichik va aniq interfeyslar yaratish yaxshiroq. Klass o'ziga kerak bo'lmagan metodlarni implement qilishga majbur bo'lmasligi kerak. D — Dependency Inversion Principle Yuqori darajadagi modullar quyi darajadagi modullarga emas, balki abstraksiyalarga bog'liq bo'lishi kerak. 💡 SOLID — bu qat'iy qoida emas, balki kodni yaxshilash uchun yo'l-yo'riq.

  • 10 июл.16321из Sardoroga_blog

    Bugun kamida 1 ta narsa o'rganamiz: TDD (Test-Driven Development) Postni o'qimasdan, qisqa xulosasini bilmoqchi bo'lsangiz eng oxirgi qatorga tushing. Tikuvchi andazasi va me'mor loyihasi — aynan TDD (kodni test orqali boshqarish) mohiyatidir. Professional dasturchi ham kod yozishdan oldin, o'sha kod qanday ishlashi kerakligini belgilovchi "andaza" (test) yozadi. (Bu mani gapim emas:D) Ko'pchilik avval kod yozib, keyin xatoni qidiradi. TDD ustasi esa teskari yo'l tutadi va 3 bosqichli aylanma (loop) asosida ishlaydi: 🔴 1. RED (Andaza chizish) Hali kod yo'q, lekin u qanday natija berishi kerakligini bilasiz. Masalan, chegirma funksiyasi uchun "100$ ga 20% chegirma berilsa, 80$ qaytsin" deb test yozasiz. Testni yurgizasiz — u qizil bo'lib yiqiladi, chunki funksiyaning o'zi hali yo'q. 🟢 2. GREEN (Kostyumni tikish) Vazifa — dunyodagi eng zo'r kodni yozish emas, shunchaki haligi testni yashil qilish. Minimal kod yozasiz, funksiya ishlaydi va o'lchovga tushib, testdan o'tadi. 🔵 3. REFACTOR (Dizaynni to'g'rilash) Poydevor mustahkam, test yashil. Endi kodni tozalaysiz, optimizatsiya qilasiz va go'zallashtirasiz. Har o'zgarishda testni yurgizib tekshirasiz — biron joy buzilsa, "nazoratchi" (test) darrov baqiradi. Nima uchun professionallar TDD ni tanlaydi? • Qo'rquv yo'qoladi: kodning bir chetini o'zgartirsangiz, boshqa joyi buzilib ketishidan qo'rqmaysiz. Testlar har bir millimetrni nazorat qiladi. • Arxitektura toza bo'ladi: test yozish uchun kodni majburan toza va modulli tarkibda yozasiz. • Jonli hujjat (documentation): loyihaga yangi kelgan dasturchi testlarni o'qib, tizim qanday ishlashini darrov tushunadi. 💡 Xulosa: TDD — vaqtni yo'qotish emas. Bu matoni noto'g'ri kesib qo'yib, qaytadan sotib olishga ketadigan asab, pul va vaqtni tejash san'atidir. Yaxshi usta andazasiz ish boshlamaydi. Professional dasturchi — testsiz kod yozmaydi! Postning eng qisqa xulosasi: Test yozing! @sardoroga_blog

  • Bugun Git va GitHub haqida gaplashamiz. 🔥 Git va GitHub — farqini bilasizmi? Ko'pchilik bu ikkalasini bir xil narsa deb o'ylaydi, lekin aslida ular butunlay boshqacha ishlaydi 👇 📌 Git — kodingizdagi har bir o'zgarishni kuzatib boruvchi dastur. U kompyuteringizda mahalliy ishlaydi, ya'ni internetsiz ham to'liq foydalanish mumkin. Bugun bir funksiya yozdingiz, ertaga uni o'zgartirdingiz — Git ikkalasini ham eslab qoladi. Xato qilib qo'ysangiz — Git yordamida osongina oldingi versiyaga qaytib olasiz. Bu esa dasturchi uchun juda katta xotirjamlik beradi, chunki kodni "buzib qo'yishdan" qo'rqmaysiz. 📌 GitHub — o'sha Git orqali saqlangan kodni internetga (bulutga) yuklab qo'yadigan platforma. U orqali loyihangizni boshqalarga ko'rsatishingiz, jamoa bo'lib birga ishlashingiz, va har bir o'zgarishni tekshirib, muhokama qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, GitHub'da xatoliklarni yozib qo'yish (issue) va o'zgarishlarni taklif qilish (pull request) kabi juda foydali imkoniyatlar ham bor — bu esa jamoaviy loyihalarda ishlashni ancha osonlashtiradi.

Shahriyor | dev — tgindex