SHARQDAN XABARLAR
СтатистикаYOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIY-MA'RIFIY, ADABIY-BADIIY, IJTIMOIY-SIYOSIY MAVZULARGA BAG'ISHLANGAN TDSHU USTOZ VA TALABALARINING ONLAYN MULOQOT MAYDONIGA XUSH KELIBSIZ!
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 330
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 777
- 1/48двое суток
- 890
- 1/72трое суток
- 960
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️⚡️⚡️ #Mandat2026 #YangiSharqshunoslar Farxodov Bunyodbek. Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Tarix yoʻnalishi talabasi. @sharq_xabar
SHARQDAN XABARLAR pinned a photo
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN CHELLENJ‼️ #Talabalik_muborak_yangi_sharqshunoslar 🎉 AZIZ ABITURIYENTLAR! HURMATLI YANGI SHARQSHUNOSLAR! Bugun barchamiz orziqib kutgan mandat natijalari e’lon qilindi! 🥳 🎓 TDSHU safidan joy olgan barcha yangi talabalarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarni Sharqshunoslik oilasida ko‘rib turganimizdan bag‘oyatda mamnunmiz! Shu munosabat bilan “Men sharqshunoslik talabasiman | Я студент Восточки” challenge’ini e’lon qilamiz! 🔥 📸 Mandat natijangizni biz bilan bo‘lishing! Sizning quvonchingizni kanalimizda yoritib, sharqshunoslar bilan birgalikda baham ko‘ramiz! 📩 Mandat natijangizni: @Dr_Inoyatullayev Telegram akkauntiga yuborishingiz mumkin. ✨ Sharqshunoslik sari ilk qadamingiz muborak bo‘lsin! #MenSharqshunoslikTalabasiman #ЯСтудентВосточки #YangiSharqshunoslar #Mandat2026 #TDSHU @sharq_xabar
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN QUTLOV‼️ Men sharqshunoslik universiteti talabasiman. Я студент восточки. 🎓Talabalik muborak yangi sharqshunoslar. @sharq_xabar
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️ #abituriyent ❗️Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1. my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3. Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Shuningdek, quyidagi botlar orqali ham mandat natijalarini bilishingiz mumkin: • @mandat_uzbmbbot • @mandat_uzbmb1bot • @mandat_uzbmb2bot @sharq_xabar
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️ Prezidentning tegishli farmonlari bilan: Davlatov Olim Davlatovich Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi; Davletov Ruslanbek Quroltayevich Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. @sharq_xabar
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN CHORLOV‼️ Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o‘rtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi! 🏆 Tanlov 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: 🔹 “Eng faol targ‘ibotchi tyutor” — ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish, talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish hamda tashabbuskorlik faoliyati; 🔹 “Eng faol kitobxon tyutor” — kitobxonlik madaniyati, berilgan asarlarni o‘qish va tahlil qilish, o‘zbek adabiyoti hamda jadidchilik namoyandalari haqidagi bilimlarni namoyon etish; 🔹 “Eng faol tashabbuskor tyutor” — tyutorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar, yangi takliflar va ularning amaliyotga joriy etilishi hamda samarali faoliyat. 📌 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣ Fakultet bosqichi — oktabr oyining II o‘n kunligida; 2️⃣ Universitet (yakuniy) bosqichi — noyabr oyining III o‘n kunligida. ✅Batafsil! @sharq_xabar
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️ Ayni kunlarda G‘arb tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Buyuk Britaniyaning Norwich shahrida joylashgan NILE (Norwich Institute for Language Education) markazida “Testing, Evaluation and Assessment” kursi doirasida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqdalar. Mazkur kurs doirasida ishtirokchilar til ko‘nikmalarini baholash, zamonaviy test topshiriqlarini ishlab chiqish, validlik va ishonchlilik tamoyillari, baholash mezonlari hamda innovatsion assessment yondashuvlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini takomillashtirmoqdalar. NILEdagi ushbu xalqaro tajriba professor-o‘qituvchilarning kasbiy va metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, Buyuk Britaniyaning ilg‘or ta’lim tajribasini o‘rganish hamda zamonaviy baholash usullarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. @sharq_xabar
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
📢❗️❗️❗️❗️❗️ 🌩️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq, talabgorlarning grant uchun akademik o‘zlashtirish bo‘yicha 80 ballik hamda ijtimoiy faollik bo‘yicha 20 ballik mezon asosida shakllantirilgan baholari e’lon qilinmoqda. 📌 Jami baholash mezoni: 100 ball 📚 Akademik o‘zlashtirish — 80 ball 🌐 Ijtimoiy faollik — 20 ball 🗣 AKADEMIK O'ZLASHTIRISH KO'RSATKICHLARI 🗣 IJTIMOIY FAOLLIK BALLARI ❗️Akademik o‘zlashtirish va ijtimoiy faollik natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlardan 48 soat davomida apellyatsiya murojaatlarini quyidagi platforma orqali yuborishlari so‘raladi: 🔗 Ijtimoiy faollik va akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi platformasi: Apellyatsiya uchun murojaat shakli ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube 📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
без подписи
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN XUSHXABAR ‼️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Rustam Sharipov dunyo reytingida TOP-1000 talikdan o‘rin olgan (555-o‘rin) Hindistonning Javoharlal Neru nomidagi universiteti bilan hamkorlikda 2026–2029-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihasi a’zosi etib tasdiqlandi. Shuningdek, professor Rustam Sharipov SUZ.IN xalqaro ilmiy jurnalining tahrir hay’ati a’zoligiga ham qabul qilindi. Ushbu yutuq olimning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faoliyati va ilmiy salohiyatining yana bir e’tirofi hisoblanadi. @sharq_xabar