SHDPI yangiliklari
СтатистикаShahrisabz davlat pedagogika institutiga o'qishga qabul qilish bo'yicha rasmiy kanal Sayt http://shdpi.uz/uz Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/iFFXXDHLDRRLocf3A
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 942
- 1/48двое суток
- 1 079
- 1/72трое суток
- 1 164
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
2026-2027 o'quv yili uchun 2-oliy ta'lim qabul parametrlari Kunduzgi ta’lim uchun mavjud mutaxassisliklar ro'yxati Kechki ta’lim uchun mavjud mutaxassisliklar ro'yxati Qabul qilish tartibi va baholash mezonlari https://t.me/shdpi_qabul
Shahrisabz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi dual ta’lim (1+5) shakli qabul kvotasi (2026-2027) https://t.me/shdpi_qabul
2026-2027 o'quv yili uchun magistratura (kunduzgi) qabul parametrlari https://t.me/shdpi_qabul
2026-2027 o'quv yili uchun bakavriat (kechki) qabul parametrlari https://t.me/shdpi_qabul
2026-2027 o'quv yili uchun bakavriat (kunduzgi) qabul parametrlari https://t.me/shdpi_qabul
16.07.2026 sanada bo'lib o'tadigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni jonli kuzatib borish uchun quyidagi havolalardan foydalaning.
235 xona https://rtsp.me/embed/5k6k7H9Z/
https://rtsp.me/embed/GD9Nfb3z/
#Qabul2026 #Ikkinchi_mutaxassislik ❗️Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn arizalar topshirish boshlandi Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar 10-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari; ▪️Bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi; ▪️O‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishi tanlovi. Xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. ❓Qabul parametrlari va kvotalar qanday belgilanadi? Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda, oliy ta’lim tashkilotining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qitish to‘liq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩 ‼️SAT sertifikatlari “College Board” platformasi orqali vazirlikka elektron yuborish DI kodi – 30054 Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. 2026/2027-o‘quv yili magistratura qabulida mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari “College Board” rasmiy platformasi orqali 30054 DI kodi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilishi lozim. 📥 Natijalar DI kodi orqali quyidagi tartibda yetkaziladi: 1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi. 2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Vazirlikka taqdim etiladi. ❗️Eslatma: Qabul jarayonida faqat DI kodi (30054) orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Sertifikatni qo‘lda yuklash, PDF variantini tizimga joylash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul jarayonida hisobga olinmaydi. Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga roʻyxatdan oʻtish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyul kuniga qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Shahrisabz davlat pedagogika institutida Kasbiy ijodiy imtihonlar 15-iyuldan boshlanadi Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baxolash mezonlari 1. "Chizmatasvir", "Kompozitsiya" fanlari 🎨 2. Jismoniy madaniyat rus tili 🇷🇺🏃♂️ 3. Jismoniy madaniyat o'zbek tili 🇺🇿🏃♂️ 4. Jismoniy madaniyat Imkoniyati cheklanganlar uchun ♿️ 5. Musiqa ta'limi uchun 🎵 6. Musiqa ta'limi rus TTM uchun 🎼🇷🇺 7. TS va MG Ijodiy rus tili 🎭🇷🇺 8. Tasviriy san'at va Chizmachilik fanlari uchun 🖌
#Qabul2026 #Texnikum #Suhbat ❗️Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi. Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi. ❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi? Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) bo‘lgan, biroq baholarining kamida 50 foizi 5 (a’lo) (tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi. ❓Kimlar talabalikka tavsiya etiladi? Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. 📋 O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 👈 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⚡️ Bugundan magistraturaga qabul boshlandi 🎓 ◼️ Bugun — 1-iyuldan 30-iyulgacha davlat OTMlarining magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi. 🌐 Arizani my.edu.uz sayti orqali topshirish mumkin. 📄 Kerakli hujjatlar: 1️⃣ Bakalavr diplomi 2️⃣ Chet tilini bilish sertifikati ✅ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1️⃣ Tegishli yutuqlari mavjud 2️⃣♿️ Nogironlik ma'lumotnomasi mavjud (ko'rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo'lgan shaxslar) 3️⃣ 🌍 Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan talabgorlar ❗️Eslatma: ariza ma'lumotlarini kiritishda chet tili sertifikatlarini asl nusxasini (imzo va muhrli) yuklash talab etiladi. Xorijiy tilni bilish bo'yicha milliy sertifikatlar BMBAning tegishli bazasidan avtomatik tarzda olinadi.
MAGISTRATURA kunduzgi ta’lim yo’nalishlari 📚 70110101 Pedagogika nazariyasi va tarixi 📚 70110201 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 📚 70110401 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 📚 70110701 O‘zbek tili va adabiyoti 📚 70110901 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 📚 70111101 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 📚 70111301 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) 📚 70220303 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 🧠 70310301 Psixologiya 🌍 70530203 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya) 🔭 70530510 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 📚 70110102 Pedagogika 🎵 70110601 Musiqa ta’limi va san’at 📚 70110804 Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) ⚽️ 70111201 Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 🔢 70540104 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 💻 70610105 Ta’limda axborot texnologiyalari ⚖️ 70111102 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta’limi) 📊 70410801 Menejment Shahrisabz davlat pedagogika instituti qabuliga oid yangiliklarni kuzatib boring 👇 https://t.me/shdpi_qabul
🔍 Magistraturaga topshirilgan hujjatlar qanday tekshiriladi? 📝 Magistratura ariza ma’lumotlari va yuklangan hujjatlar, shuningdek imtiyozlar hamda ta’lim yo‘nalishining mosligi OTM tomonidan tekshiriladi. 🎓 Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash 📄 Talabarning diplom ma’lumotlari u tamomlagan oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. ✅ Hujjatlar verifikatsiyasi 📂 Talaban tomonidan yuklangan hujjatlar, jumladan chet tilini bilish sertifikatlari, imtiyoz beruvchi yutuqlar hamda nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar tegishli axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali verifikatsiyadan o‘tkaziladi. ❕ Eslatma: hujjatlar qabuli 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi.
#Qabul_2026 📌Hurmatli fuqarolar Shahrisabz davlat pedagogika institutida tashkil etilgan Aloqa markazi (Call-markaz) 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari yuzasidan barcha savollaringizga javob berishga tayyor. ☎️ Murojaat uchun telefon raqamlari (+99875)-522-48-72, (+99875)-522-48-73, (+99875)-522-48-75, (+99875)-522-48-76. 📝 Qo‘shimcha ma’lumotlar institutning rasmiy telegram kanali t.me/shdpi_qabul da berib boriladi. ⏰ Aloqa markazi (Call-markaz) dushanba-shanba kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha sizning xizmatingizda! Tushlik vaqti 13:00 dan 14:00 gacha. 🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: | Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
Qabul tugadi. To'lovga yana 1 kun qo'shib berildi ◽️ Bugun — 26-iyun OTMlarga to'lov qilish uchun yana bir kun qo'shib berildi. Agar siz to'lovdan ozod toifaga kirmasangiz, bugun oxirgi kun. https://t.me/shdpi_qabul
https://t.me/boost/shdpi_qabul
#Targ‘ibot_tadbiri #oliy_ta‘limga_yo‘naltirish Assalomu alaykum! Mening ismim Saidjonova Munisa. Men Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistrantiman. Nega aynan bizning institutni tanladim? Chunki bu yerda kasbiy rivojlanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud: kuchli professor-o‘qituvchilar, zamonaviy ta’lim muhiti, qiziqarli talabalik hayoti va doimo olg‘a intilishga undaydigan ilhombaxsh muhit. Ayniqsa, Rus tili va adabiyoti kafedrasi faoliyatiga alohida to‘xtalmoqchiman. Bu yerda o‘z sohasining haqiqiy mutaxassislari mehnat qiladi. Ustozlar nafaqat chuqur bilim beradi, balki talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga, o‘z kuchiga ishonchini mustahkamlashga va yangi yutuqlarga intilishga ilhomlantiradi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti menga nafaqat mustahkam bilim, balki o‘z imkoniyatlarimga ishonish, katta maqsadlar qo‘yish va ular sari ishonch bilan intilishni ham o‘rgatdi. Bugun men faxr bilan ayta olaman: men — Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistrantiman! Siz ham bizning katta va ahil jamoamizga qo‘shiling hamda muvaffaqiyatli kelajagingizni biz bilan birga barpo eting! Здравствуйте! Меня зовут Саиджонова Муниса, я магистрантка Шахрисабзского государственного педагогического института. Почему я выбрала именно наш институт? Потому что здесь созданы все условия для качественного образования, профессионального роста и всестороннего развития личности. Особую благодарность хочу выразить кафедре русского языка и литературы. Здесь работают высококвалифицированные преподаватели, которые не только передают глубокие знания, но и вдохновляют студентов, помогают раскрыть их потенциал, поверить в собственные силы и стремиться к новым вершинам. Обучение в ШГПИ стало для меня важным этапом в жизни. Здесь я получила не только прочную теоретическую базу и практические навыки, но и уверенность в себе, мотивацию развиваться и достигать поставленных целей. Сегодня я с гордостью говорю: я — магистрантка Шахрисабзского государственного педагогического института! Если вы хотите получить качественное образование, раскрыть свои способности и построить успешную карьеру, добро пожаловать в ШГПИ! Присоединяйтесь к нашей большой дружной семье и создавайте своё успешное будущее вместе с нами! 🔂 Bizni kuzating: ✅Telegram |✅Facebook |🌐Instagram |🪐 shdpi.uz | 📹You tube