tgindex
SHERALISHER

Yurist va advokat Sherali Jurayev Advokatlik xizmati uchun @advokat_sheralisher ga murojaat qiling

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
49
0 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
62
22 постов
Вовлечённость
126,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
7
1/48двое суток
8
1/72трое суток
8

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Qonun bo'lmagan joyda, tartib ham erkinlik ham bo'lmaydi!

  • 8 июл.271из yurist_Shamsiddinov

    Буюк рассом Пикассо ресторанда официантканинг илтимосига кўра 15 дақиқада уни расмини қоғоз салфеткага чизиб берибди. Официантка хурсанд. Нархини эса, 20.000 доллар дебди. Официантка эса, хафа бўлиб бор йўғи, 15 дақиқа вақт сарфладингизку, инсофингиз борми, дебди. Пикассо эса, шу расмни 15 дақиқада чизиш даражасига келиш учун 20 йил умримни сарфлаганман, бу ўша умримнинг компенсацияси, деб жавоб берибди. Хулоса: Аслида масалангизни “бир зумда” ҳал қилган мутахассисни сарфлаган вақтига эмас, ўша даражага етишгача кетган умрига пул тўлайсиз. Афсуски, одамлар фақат “бир зумда”ни кўради холос... 👉 @yurist_shamsiddinov

  • без подписи

  • без подписи

  • Kuni kecha “YURIST VA KADR” NTMda mehnat huquqining dolzarb masalalariga bag’ishlangan o’quv kursimiz ham nihoyasiga yetdi. Mehnat masalalarida kimda qanday masala bo’lsa, murojaat qilishingiz mumkin. Huquqlaringiz qonun doirasida himoya qilamiz! @sheralisher7

  • #ibrat_uchun Ота-онани мажбурлаб туринг! @sheralisher7

  • ⚡️BUGUNGI KUN HOLATIGA O‘ZBЕKISTON HUDUDIDA: ➖mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m; ➖bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m; ➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so‘m; ➖ yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so‘m; ➖ nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so‘m; ➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so‘m; ➖ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (918 000 so‘mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m; ➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so‘m; ➖ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m. @sheralisher7

  • Barcha boshlangan hafta barakali va manfaatli bo'lsin!

  • ❓Ish oʼrni qisqargan xodimni rahbar ish bilan taʼminlashga majburmi? 1️⃣ Ish beruvchi qisqartirishga tushgan xodimni ish bilan taʼminlashga majbur emas. 2️⃣ Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 100-moddasi 1-qismida agar mehnat shartnomasi shtatlar yoki xodimlar soni qisqarishi munosabati bilan bekor qilinadigan boʼlsa ham ish beruvchi ishdan boʼshatilgan xodimga koʼpi bilan 2 oylik ish qidirish davrida oʼrtacha oylik ish haqi toʼlab borishi koʼrsatilgan. ▫️Eʼtibor bering, bunda xodim ishdan boʼshaganidan keyingi 2 oylik davr nazarda tutilyapti, yaʼni xodim qisqartirish sababli ishdan boʼshagan boʼlsa ham, agar u ishga joylashmagan boʼlsa, ish beruvchi xodimning arizasiga asosan unga ishdan boʼshaganidan keyingi 2 oy davomida unga ish haqi toʼlab beradi (ishdan boʼshatish nafaqasi hisobga olingan holda). @sheralisher7

  • #bilasizmi Nikohni bekor qilish uchun sudda davlat boji kimdan undiriladi? Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo‘lsa, o‘zaro kelishgan holda tomonlarning biridan undiriladi. Davlat boji summasi BHMning 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish uchun esa BHMning 4 baravari miqdorida undiriladi. @sheralisher7

  • ⚡️Xotin-qizlar kuni munosabati bilan adliyada barcha xodimlarni, shu jumladan erkaklarni ham maoshining 100 foizi miqdorigacha rag’batlantirish berilibdi. Boshqa davlat tashkilotlari ham o'rnak olsa bo'ladigan ishlarni qiladi-ye, shu vazirlik... @sheralisher7

  • Qarz berilganligini guvohlar orqali isbotlash mumkinmi? Kundalik hayotimizda qarz olish va qarz berish tez-tez uchrab turadigan holat hisoblanadi. Agar qarz olgan kishi qarzini tezda qaytarib bersa xo'p-xo'p. Lekin qarzni bermasa nima qilish kerak? O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 733-moddasida qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (3.875.000 so'm)dan ortiq bo'lsa, yozma shaklda tuzilishi shartligi ko'rsatilgan. Ushbu summadan kam bo'lgan qarzlarni esa biz deyarli doimo og'zaki shaklda kelishuv asosida beramiz. Lekin, ushbu holda qaz olgan kishi qarz olganini tan olmasa yoki kelishuvni boshqacha tarzda buzadigan bo'lsa, qarz berganingizni kimnidir guvoh qilib isbotlab berolmaysiz. Shu sababli, bunday holda qarz berganingizni isbotlaydigan biror bir dalilga ega bo'ling, masalan qarz olinganligi haqida tilxat yoki bu haqida kelishuv bo'lganligini telefonda yoki boshqa biror qurilma orqali bo'lganligi tasdiqlaydigan dalilga. Agar qarz olgan kishi haqiqatda sizga qaytarib beradigan, ishongan do'stingiz bo'lsa, bular shart emas. Bu faqatgina, qarz olib, uni qaytarib bermaydiganlarga qarshi usul edi. @sheralisher7

  • 2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi. Barchaga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin @sheralisher7

  • Qozog'istonda pedofillar ozodlikka chiqishdan oldin bichiladi Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan kimyoviy kastratsiya (bichish) ozodlikka chiqishdan 6 oy oldin qo‘llaniladi. P.s. Manimcha yaxshi amaliyot @sheralisher7

  • Respublika darajasidagi tashkilotning Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo'limi boshlig'ining oyligi 1 mln 700 ming bo'lishi g'alatimasmi? Shu oylik bilan korrupsiyaga qarshi kurashib bo'ladimi? @sheralisher7

  • Hozirgina Toshkent shahrida qisqa muddatli yer silkinishi bo’ldi. Alloh o’zi asrasin hammamizni!!!

  • #2025_yil_1_oktabrdan ❗️ 1-oktabrdan qonunchilikda nimalar o'zgaradi? 🔹 Davlat xizmatchilarining xizmat safarini tashkil etish “hrm.argos.uz” orqali amalga oshiriladi ➖ BATAFSIL; 🔹 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslar joriy etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹 Nomzodlarni sudyalikka tayyorlash Odil sudlov akademiyasining 6 oylik kurslarida tashkil etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹 “Yashil makon” platformasida ochiqlikni ta'minlashda yangi mexanizmlar joriy etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹 Pensiyaga oid xizmatlar fuqarolarni biometrik identifikasiya qilish orqali ko'rsatiladi ➖ BATAFSIL; 🔹 Oq shakarga nisbatan aksiz solig'i bekor qilinadi ➖ BATAFSIL; 🔹 Moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi ➖BATAFSIL. @sheralisher7

  • ❗️Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishga haqqi bor! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram. Demak, bugun xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli. 🔰 Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi. @sheralisher7

  • Hammaga boshlangan yangi hafta omad va samaradorlik tilayman!!! Xudoga shukur, o'tgan hafta advokatlik litsenziyasini olish uchun o'tkazilgan malaka imtihonidan ham o'tib oldik. Endi nafaqat huquqqa oid postlar orqali, shuningdek advokat sifatida ham huquqlaringizni himoya qilishim mumkin. Advokat xizmati bo'yicha @advokat_sheralisher telegram akkountiga murojaat qilishingiz mumkin). @sheralisher7

  • Mehnat huquqi kanalida yozilgan mazkur post yuzasidan RADDIYA Ustoz Muhammadamin Karimjonov o'zlarining kanalida da'vogar manfaatida ishga tiklashga oid ish bo'yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati kiritib, ushbu apellyatsiya shikoyati sud tomonidan qanoatlantirilganligini, xodimning o'zining avvalgi ishiga tiklanganligi, ish beruvchi xodimni g'ayriqonuniy ishdan bo'shatganligi uchun endi qonun oldida javob berishi hamda adolat tiklanganligi haqida yozibdilar. Ushbu ishda ish beruvchining vakili sifatida ishtirok etganligim sababli, holat bo'yicha barcha holatlardan xabardorman. Ushbu holatda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini qonunchilikda belgilangan tartibga rioya qilgan holda bekor qilgan, birinchi instansiya sudi tomonidan ham ushbu holatlar tan olingan. Biroq, Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atining ishni apellyatsiya tartibida ko'rgan sudyalari shoshma-shosharlik hamda ishga oid hujjatlarni to'liq o'rganmaganligi sababli, ish beruvchining qonuniy xatti-harakatlarini g'ayriqonuniy deb topgan. Bizda apellyatsiya instansiyasining ajrimini bekor qilish uchun yetarli dalillar mavjud. Taftishda ko'rishguncha endi, ustoz! @sheralisher7