Sheʼriston
СтатистикаBaʼzida shunchaki sheʼrga ehtiyoj tuyasan @usmonosphere @sanduvoch_uz @ohangzor
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 12
- 1/48двое суток
- 13
- 1/72трое суток
- 14
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ayriliqni qog‘ozga bitsang, Qog‘ozning ham sarg‘ayar yuzi. Ayriliqni temirga bitsang, Temir chirib, sob bo‘lar shu zum. Bitsang baland-baland tog‘larga, Yer bo‘lishar to‘kilib duv-duv. Uni peshonamga bitding-a sen, Yaxshimi shu?... Yaxshimi shu? Shukur Qurbon @sheriston
Bu itlarni, Begoyim, Gʻajiydigan shashtim bor. Olaparga o‘chkorman, Qoplondayam qasdim bor. Rashkim kelar goh ular, Qo‘lingizni yalashsa. Nahot endi sizni men, Itlar bilan talashsam. Anvar Obidjon @sheriston
Tabriz tuprog‘ida og‘ir kechdi tun, Hatto shoirlarni bosdi salobat, Kel, ey, Mavlononing hurmati uchun, Menga Sheroziyning she’rlaridan ayt. Tabriz tuprog‘ida chayqalardi tun, Niliy qubbalarda qur’oniy oyat, Kel, ey, Tabriziyning hurmati uchun, Menga Shirvoniyning she’rlaridan ayt. Tabriz tuprog‘ida adashgandek tun, Yulduz sachrog‘ida shoda-shoda bayt. Kel, ey, Firdavsiyning hurmati uchun, Menga Shahriyorning she’rlaridan ayt. Tabriz tuprog‘ida eng oxirgi tun, May ichmay shoirlar yashardi sarmast. Kel, ey, mehmoningni hurmati uchun Menga Navoiyning she’rlaridan ayt. Asqar Mahkam, “Tabriz daftari”dan @sheriston
Yana bir goʻzal shoir olamni tark etibdi. Oxirati obod boʻlsin! Kanglum, mendan bo‘lak kiming bor sening, kanglum, sendan bo‘lak mening kimim bor? Ne desang, deguvchi - yolg‘izim mening, Ne aytsang, aytguvchi - o‘zing xokisor. Kanglum, meni tushunguvchi o‘zingsan faqat, kanglum, faqat seni anglab yetguvchi o‘zim. Mening vujudimda ulg‘ayar toqat, sening vujudingda g‘unchalar to‘zim. Kanglum, g‘amlarimning ashklari - dayro, kanglum, armonlaring qayg‘ulari - tog‘. Kanglum, seni qa’riga tortar bu dayro, kanglum, meni yanchib ketadi bu tog‘. Dahri dun dayrida chirpiragan gard – kanglum, bir kun ketarmiz chiqarmay na tog‘. Kimgadir qoldirib g‘aribgina dard, Kimgadir qoldirib g‘aribgina dog‘. Kanglum... kang... lum... Ikrom Otamurod @sheriston
Seni xayollarga toldirsam deyman, Ko‘nglingni ko‘nglimga oldirsam, deyman, Oyoq kiyimingni yashirib qo‘yib, Huzurimda ko‘proq qoldirsam, deyman. Shukur Qurbon @sheriston
*** ...Yaqindirsan savol qadar, Yiroqdirsan javob qadar, Yuragimni so‘rgan kadar – To‘lqin, to‘lqin, to‘lqina. Sochlaringni o‘par shamol, Qarog‘ingga qo‘nar hilol, Sog‘inchlarim bag‘rida xol – Zulfin, zulfin, zulfina. Nazzora aylagin gulim, Zorliqlardan tilim-tilim, Bir bora yayrasin dilim – Gulgun, gulgun, gulguna. Yondirsin ko‘zlaring xummor, Kipriklaring jonimga dor, Jonimay, jonimga nisor – Bo‘lgin, bo‘lgin, bo‘lgina. Yaqindirsan savol qadar, Yiroqdirsan javob qadar, Yuragimni so‘rgan kadar – To‘lqin, to‘lqin, to‘lqina. Ikrom Otamurod @sheriston
MADDOH BIRINCHI (Yovvoyi hangoma) Ovi baroridan kelgan ovchi Gʻorga qaytishda Suyunganidan O‘rmon sasiga jo‘rovoz Biri-i-i-nchi qo‘shiqni kuylab yuboribdi: — Aaaa! Uuuv! (Bir narsa, bir narsa) Shu qabilada Yana bir yovvoyi rassom Zerikkanidan Qulog‘ini qashib, Qoyaga ilk tasvirlarni chekibdi. Gulhan yonida Yonog‘i yal-yal yongan ayolni Olovgulga o‘xshatgan Birinchi hassos Gʻor shoirining ham Qorni to‘q edi. Shoiri yakto Tishini kavlab, labini yalab, O‘ylab-o‘ylab shu baytni to‘qibdi: “O‘zim yoqqan gulhanda O‘zim yondim, gulbadan!” ... Shu qabilida san’at rivojlandi deylik. Demak san’at – to‘qlarning ermagi. Demak san’at bekorchilikdan kelib chiqqan. Men esa ochman! Bolalarim och! Qulog‘imgacha qarzga botganman. Men xususiy g‘orda emas, Ijarada yashayman axir! Shunday qilib, Mana sizga modern baytim: — O, ulug‘ sardor! To‘da baxtiyor! Aaaa! Uuuv! Jamoliddin Badal @sheriston
@sheriston
ANGʻIZ OʻSGAN YERLARDA Ang‘iz o‘sgan yerlarda otlar bevaqt o‘lmagay, Yaxshi bo‘lsa ayollar erlar yuzi so‘lmagay. Qaysi yurtda chinakam botir bo‘lsa yigitlar, O‘shal yurtning ellari yovlarga qul bo‘lmagay. Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa o‘ldirar, Bog‘ ko‘rmagan bog‘ ko‘rsa, payhon qilar, so‘ldirar. Hushyor bo‘lgil, jon elim, elday saqla elingni, Yovlaringga yo‘l bersang, poymonangni to‘ldirar. Bosh kesilsa, yoronlar, sochga motam tutilmas, Qon qusilsa, yoronlar, ichga suvdek yutilmas. Qay bir millat tuprog‘in toptar ekan makkor yov, O‘zligin bilganlarning baxti aslo butunmas! Arg‘umog‘larga mining, G‘olib qilich yor bo‘lsin! Bu dunyoda har kimning o‘z Vatani bor bo‘lsin! Azim Suyun @sheriston
HAYO Chimchilab olganday chiroyli burning bor, xunuk hayotimda go‘zal o‘rning bor, oyog‘ing tortgancha bosh olib ketsang... bilaman, yurakday uzo-oq yurging bor. Qo‘lingdan ushlasam, – Qoching, – demasdan: – Qaydanam keldi shu sovching, – demasdan, muncha qizarmasang!? Jonim, endi men orqaga tashlagan soching emasman. Qorasi yuzingga shuvalib ketdi, surmang nechun buncha bo‘yalib ketdi?! Deding: – Ostonadan qaytdim, otamning kovushidan yomon uyalib ketdim... Shuhrat Azizov @sheriston
Botni reklamasi kuchli ekan. Oʻzi koʻpchilik avvaldan a’zo boʻlganini hisobga olib, 20 tacha odam qoʻshilibdi. Zoʻr, xursandman yaxshi odamlar koʻpligidan! @sheriston
TASHAKKUR Nega kulib boqding menga makkora, Erka so‘zlar bilan nega qilding rom! Sevging umidida qilib ovora, Nahotki etmasang bir bo‘sa in’om. Erka boqishlaring balki bir yolg‘on, Sochim oqlaridan kulishmidi yo? Aldagan bo‘lsang ham sendan hech qachon Ranjimoqqa mening haqqim yo‘q aslo! Mana necha kunki, sevging domida, Dunyo tashvishlarin unutdim butkul. Aldagan bo‘lsang ham ishq oromida, Yashatgan kunlaring uchun tashakkur! Shukrullo @sheriston
SO‘ROQ BO‘LARMIDI! Agar tun bo‘lmasa, chiroq bo‘larmidi! Ishqda vafo bo‘lsa, firoq bo‘larmidi! Bir ishvaning o‘zi ishqqa muhr bo‘lsa, Sevasanmi, degan so‘roq bo‘larmidi! Gavhar dengizda-yu, sevgi dilda bo‘lar, Chindan dilda bo‘lsa, goho tilda bo‘lar. Agar til bor desang yolg‘onchilarda ham, Tilimni kes, gung qil, pichoq bo‘larmidi! Yaxshi bo‘lmoq uchun shirin til ham kerak, Sevgini aytishga ochiq dil ham kerak. Chiroqda til bo‘lsa, axir parvona ham Ishq o‘tida yonib cho‘loq bo‘larmidi! Yo sevgimga shubha bilan qaraysanmi? Yo ishqimga biron dalil so‘raysanmi? Gar sevmasam seni, senga yozgan she’rim Yuragimda qaynar buloq bo‘larmidi! Sinamoqchimisan yoki qalb so‘zimni, Odob, axloqimu yoki to‘zimimni? Men odobsiz bo‘lsam, ming bor so‘zlashganda Bitta bo‘sa shuncha yiroq bo‘larmidi! Yoki nuqsoni yo‘q yorni izlaysanmi? Aybimni aytishga fursat ko‘zlaysanmi? Sen o‘zingni bog‘bon, meni cho‘l deb bilsang, Bog‘bon yaxshi bo‘lsa, yantoq bo‘larmidi! Sevmaganga xol ham xunuk dog‘ ko‘rinar, Asl bog‘bonga-chi, cho‘l ham bog‘ ko‘rinar, Gar sevmasang meni, ko‘rishmagan bir kun Yil tuyulib dimog‘-firoq bo‘larmidi! Sevasanmi deya bekor so‘rabman, yor, Sevishimiz so‘zsiz elga bo‘ldi oshkor. Agar sevishmasak, bugun ko‘rishganda Xayr deyish shuncha uzoq bo‘larmidi! Shukrullo @sheriston
Yo‘ldadirman Yigirma yil o‘tdi intizorlikda. Andrey VOZNЕSЕNSKIY. Siz kutasiz. Menam boraman. Uchib borodurman xuddi o‘q. Faqat… oldin xat yuboraman, O‘sha xatni yozganimcha yo‘q. Ko‘ngil ichga to‘kib borini, Bir yil, o‘n yil o‘tdi, bu ko‘pmi? Ayriliqning alafzorini Birgalashib o‘ramiz, xo‘pmi? Yigirma yil, o‘ttiz yil o‘tdi, Ko‘zingizga malol inmasmi? O‘ttiz yillab g‘ovlagan o‘tni O‘rar chog‘i chalg‘i sinmasmi? Qirq yil o‘tdi. Men tez boraman, Ranjimangiz, guvoh yer-u ko‘k! Faqat… oldin xat yuboraman, Xatni hali yozolganim yo‘q. Uchib borodurman xuddi o‘q, Bu holatni qanday sharhlayman? Borgan sari o‘rmonzor quyuq, Men kuyinib chalg‘i charxlayman. Siz kutasiz. Menam boraman. Halima Xudoyberdiyeva @sheriston
TURKNING KOʻZI Gʻamsiz tuproq yo‘qdir biroq, Turk tuprog‘i g‘amliroq. Ko‘zlar ichra… sinchiklab boq, Turkning ko‘zi namliroq. Nigohlari garchand tonggi, Ustivor baxt, obodi, Tub-tubida yangrar mangu Yassaviyning faryodi. Halol do‘stga do‘st turamiz, Shaymiz kam-u ko‘stiga. Qizil gullar o‘stiramiz Qayg‘umizning ustida. O‘zimizning bo‘lar albat Gʻamangiz baxt, shonimiz. Qonimiz-la qayta-qayta Yuvgan Turkistonimiz. Halima Xudoyberdiyeva Qoʻshigʻi bu yerda @sheriston
MENI ESLAGIN Tog‘lar qorin yoz eritsa. Meni eslagin. Derazangnn shamol chertsa, Meni eslagin. Yolg‘iz uyda chiroq yoqsang. Meni eslagin. Yuragingni firoq yoqsa. Meni eslagin. Hajringda zor yurganmni Eslagin, dildor. Hayotingga kirganimni Unutma zinhor! Xayrddin…
MENI ESLAGIN Tog‘lar qorin yoz eritsa. Meni eslagin. Derazangnn shamol chertsa, Meni eslagin. Yolg‘iz uyda chiroq yoqsang. Meni eslagin. Yuragingni firoq yoqsa. Meni eslagin. Hajringda zor yurganmni Eslagin, dildor. Hayotingga kirganimni Unutma zinhor! Xayrddin Saloh 1965 @sheriston
Men ishqimni sir tutadirman Gʻunchalarga berkitadirman Gʻuncha tongda ochilib ketar Ishq olamga sochilib ketar... Kim u kelgan, shamolmi daydi? U ishqimni alday boshlaydi. Ayt, shamolga, ayt, nari tursin, Oh, shamolning betlari qursin. Men ishqimni sir tutadurman, Shabnam ichra berkitadurman, Shabnam tongda so‘kilib ketar, Ishq olamga to‘kilib ketar. Kim u kelgan, xayolmi daydi? U ishqimni avray boshlaydi. Ayt, xayolga, ayt, nari tursin. Oh, xayolning yuzlari qursin. Men ishqimni sir tutadurman, Bilmam, qayga berkitadurman? Olim Tosh @sheriston
Chumchuq shoxga qo‘ndi, Shoxdan shoxga o‘tdi, Lippa yerga tushib Cho‘qib qochdi don. Turnalar o‘tmoqda, Sen-chi, yer titib Nasiba izlaysan Qanotsiz Inson! Nasibasin terib, Qushlar uchmoqda. Nasibasin terib, Uchmoqda erkin. Inson, sen umrbod Tinmay ter to‘kib Erkin yashaysanmi Qushlardek lekin... Shukrullo @sheriston
Vatan — yuraklarga berilgan kenglik. Qichqirib, chiranib, koʻkrakka mushtlab, Yalangʻoch shovqinga koʻmmaylik nomini. Vatan — yuraklarga berilgan kenglik. Shivirlab kuylaylik Vatan haqida Navbahor kuni Poʻstlogʻidan kechgan kurtakka oʻxshab. Shivirlab soʻylaylik Vatan haqida Uzoq qish tuni Oq tongni uygʻotgan ertakka oʻxshab. Shivirlab oʻylaylik Vatan haqida Tilsim deb uni, Farhodga aylangan goʻdakka oʻxshab. Vatan — yuraklarga berilgan kenglik... Abdulla Sher, Oʻzbekiston xalq shoiri @sheriston