tgindex
Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati

Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati

Статистика

https://t.me/sherobod_mtb

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
117
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 360
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
 
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
459
40 постов
Вовлечённость
19,4%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 117
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati va kadrlar siyosatiga oid tarqalgan xabarlar yuzasidan Sherobod tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori F. Toshbadalov hamda ushbu ta’lim muassasasidagi kadrlar tayinlovi bo‘yicha aytib o‘tilgan da’volar va asoslanmagan taxminlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Direktorning yoshi va rahbarlik faoliyati bo‘yicha: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq, pensiya yoshiga yetish xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi. Maktab direktori F. Toshbadalov o‘z xizmat vazifalarini amaldagi qonunchilik talablari, ta’lim standarti hamda mehnat intizomiga rioya etgan holda bajarib kelmoqda. Uning ish faoliyati va egallab turgan lavozimiga loyiqligi doimiy ravishda yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan baholab boriladi. “Lavozimni meros qilib qoldirish” va kadrlar tanlovi haqidagi da’volar bo‘yicha: Maktab direktori lavozimi shaxsiy xohish yoki qarindoshlik rishtalari asosida “avloddan-avlodga o‘tkaziladigan” mulk emas. Davlat ta’lim muassasalariga rahbar kadrlarni tayinlash amaldagi qonunchilikga muvofiq, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, belgilangan tartibdagi saralash bosqichlari orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi “kelajakda lavozimni o‘g‘liga topshirish” haqidagi fikrlar hech qanday huquqiy va amaliy asosga ega bo‘lmagan taxminlardan iborat. Xulosa o‘rnida: Jamoatchilik va OAV vakillaridan tasdiqlanmagan, taxminlarga asoslangan hamda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatmaslikni, axborot berishda xolislik va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. 🔎Bizni kuzating👇 ✈️ https://t.me/sherobod_mtb

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🫥Sherobod tumanida 2026 yilgi sport o‘yinlari doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha hududiy bosqich musobaqasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 🫥Musobaqada hududdagi iqtidorli yosh shaxmatchilar, sport maktablari tarbiyalanuvchilari hamda shaxmatga qiziquvchi ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilardan yuqori diqqat-e’tibor, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va strategik yondashuv talab etildi. 🫥Musobaqa jarayonida shaxmatchilar o‘zaro keskin va qiziqarli partiyalarda kuch sinashib, har bir yurishni puxta o‘ylagan holda harakat qildilar. Ayniqsa, yosh ishtirokchilarning faolligi va shaxmatga bo‘lgan qiziqishi e’tiborga sazovor bo‘ldi. 🫥Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida shaxmat sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning mahoratini oshirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi va sportga bo‘lgan qiziqishni keng targ‘ib qilishdan iborat. 🫥Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, yuqori natija qayd etgan ishtirokchilarga keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilab qolindi. 🫥Sherobod tumanida bunday sport musobaqalarining muntazam o‘tkazilishi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda iroda, sabr-toqat va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 🔎Bizni kuzating👇 ✈️ https://t.me/sherobod_mtb

  • 📚 YAGONA MAKTAB FORMASI — YANGI O‘QUV YILIGA YANGICHA QADAM! Sherobod tumanidagi 77-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida pedagogik jamoa 2026–2027-o‘quv yilini yagona maktab formasida kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 👔 Maktabning pedagog jamoasi tomonidan yagona ish kiyimi — zamonaviy, tartibli va kasbiy qiyofaga mos maktab formasi tanlandi. Yagona forma — bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki intizom, jamoaviylik, masʼuliyat va taʼlim muassasasiga bo‘lgan hurmat ramzidir. 🏫 77-maktab pedagogik jamoasi yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat, yangicha maqsad va katta ishonch bilan boshlashga tayyor! 📖 2026–2027-o‘quv yili — yangi marralar sari! 🔎Bizni kuzating👇 ✈️ https://t.me/sherobod_mtb

  • 📅 Joriy yilning 13-avgust kuni Sherobod tumanidagi 77-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sherobod tuman UNICON Soft hududiy bo'limi xodimlar hamda Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ijroga mas’ul xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. 🎯 Mazkur seminarda hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda bu boradagi shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📌 Seminar davomida ishtirokchilarga: 🔹edo.ijro.uz tizimida hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish; 🔹 kelib tushgan topshiriqlarni ijroga qaratish; 🔹 topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish; 🔹 mobil ilovalardan foydalanish; 🔹 ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 🔎Bizni kuzating👇 ✈️ https://t.me/sherobod_mtb

  • 📢 Ishga qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymang! ⚖️ Ishga qabul qilish jarayonida pora olish yoki berish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, qonunga xilof ravishda mukofot yoki manfaat taqdim etish korrupsion huquqbuzarlik hisoblanadi va buning uchun qonunda javobgarlik belgilangan. ✅ Adolatli tanlov — halol kelajak! 🚫 Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaylik! 🤝 Halollik — taraqqiyot kafolati! Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik! 🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram   🌐Facebook 🌐Instagram  ▶️You tube 😉Twitter        🌐Veb-sayt

  • Joriy yilning 12-avgust kuni Sherobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi huzuridagi Ilk rivojlanish markazida tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirokida navbatdagi oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

  • “SOG‘ TANDA — SOG‘LOM AQL!” SHIORI OSTIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Sherobod tumanidagi 77-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql!” shiori ostida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishdan iborat. Tadbirlar davomida o‘quvchilar futbol, stol tennis, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, chaqqonlik, epchillik, kuch va jamoaviy hamjihatliklarini namoyon etdilar. Musobaqalar ko‘tarinki ruhda, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi. G‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! Sport — salomatlik garovi! 🔰Bizni kuzatishda davom eting! ✅ Kanalga ulanish ⏩ https://t.me/sherobod_mmtb

  • 📚SHEROBOD TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI 🌟“Dolzarb 30 kunlik” shiori ostida Sherobod tumanidagi 1-,2,-3,-27,-56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya, kimyo, informatika, rus tili va geografiya fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida  seminar-trening jarayonidan mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Seminar juda qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi. Seminarda o'qituvchilar o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni almashdilar. 👇 ✍🏻 Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Axborot xizmati.  🔰Bizni kuzatishda davom eting! ✅ Kanalga ulanish ⏩ https://t.me/sherobod_mmtb ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashildi ✅ TELEGRAM    ✅  YouTube ✅ Instagram      ✅  Efirni ko'rish ✅ Web-site        ✅ Facebook

  • #JARAYON Sherobod tumanidagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2026-yil 11-avgust kuni tarix fanidan o'tkaziladigan asosiy fan olimpiadasiga  tayyorgarlik jarayonidan   fotolavhalar 🔰Bizni kuzatishda davom eting! ✅ Kanalga ulanish ⏩ https://t.me/sherobod_mmtb

  • 📚SHEROBOD TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI 📚  “Dolzarb 30 kunlik” shiori ostida seminar-trening Sherobod tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Kimyoviy bog‘lanish. Elektron tuzilish va bog‘lanish turlarini tushunish” mavzusida, 27-sonli maktabda Geografiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida“O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari” mavzusida, 56-sonli maktabda Informatika fani o‘qituvchilari o‘rtasida“Ochiladigan ro'yxat va forma yaratish” mavzusida 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Состав слова и словообразование” mavzusida, 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Biologiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida  ““Molekulyar biologiya: DNK replikatsiyasi, transkripsiya va translatsiya jarayonlarining sinxronligi va xatolari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi. seminar-trening jarayonidan foto lavhalar. 🔰Bizni kuzatishda davom eting! ✅ Kanalga ulanish ⏩ https://t.me/sherobod_mmtb

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati — tgindex