Shinavandatopia
СтатистикаEng yaxshi yozilgan fentezi tushlar tilida yozilgan. - R. R. Martin Murojaat va takliflar uchun: @shinavanda_asoschilari @QalandarovAbror Donat qilmoqchi bo'lganlar uchun: @shinavandatopiadonaters
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 108
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 231
- 1/48двое суток
- 264
- 1/72трое суток
- 285
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Baelor va, ehtimol, uning otasi Daeron II ajdarlar va bashoratlardan voz kechib, o'zlari yashayotgan jamiyatga moslashish, kamtarlikni o‘rganish va o‘zlarini “ustun” deb biladigan takabbur Targaryenlar kabi tutish o‘rniga haqiqiy siyosat orqali sulolaning obro‘sini yaxshilash kerakligini chinakam tushungan yagona Targaryenlar edi. Baelor o‘z sulolasi xalq orasida unchalik sevilmasligini va ularning bitta noto‘g‘ri qadami ham qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini tushungan. Shuning uchun ham Maekar o‘zini mehmon sifatida kutib olgan lordlarga nisbatan jahli chiqib, qo‘pollik qilganida, Baelor uni koyigan. Shuning uchun ham u o‘z farzandlariga ajdodlari yoki mashhur Targaryenlarning ismlarini berish o‘rniga, o‘ziga xos ismlar (Valaar, Matarys) tanlagan deb o'ylayman. Chunki bunday ism bolani mag‘rurlikka yetaklashi yoki uning zimmasiga katta bosim yuklashi mumkinligini bilgan. Axir Baelorning o‘zi ham yoshligida kuchsiz qirolga adash bo'lgani uchun masxara qilingan. Bundan tashqari u jiyaniga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishga, aka ukalar orasidagi keraksiz nizoni oldini olishga harakat qilgan. Chunki u Ajdarlar raqsi qanday yakunlanganini va o‘z bobosi (Aegon IV ) o‘z qarorlari bilan oilani qanday ikkiga bo‘lib, oxir-oqibat fuqarolar urushiga olib kelganini juda yaxshi bilardi. Agar Baelor yashab, qirol bo‘lganida, ehtimol, u Targaryenlar sulolasini ancha yaxshi tomonga o‘zgartirgan bo‘lardi. Nima deb o'ylaysiz, Baelorning taxtga chiqishi Westerosning keyingi hayotini yaxshiroq holatga olib kelarmidi ? @Shinavandatopia
Jorj Martin intervyularidan birida Baelorning o'limi "butun Westeros ahvoliga ta'sir ko'rsatgan" falokatlardan biri ekanligini aytib o'tgandi. Keling shu haqida gaplashamiz. Nega Baelor o'limi siyosiy jihatdan Targaryenlarga jiddiy zarba bo'lgandi ? Soon... @Shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи
Cho‘l monstrlaridan tub aholigacha: Jorj Lukas va Deyv Filonining Tuskenlarga bo‘lgan qarashlaridagi falsafiy inqilob Star Wars olamidagi deyarli yarim asr davomida ro‘y bergan eng qiziqarli va sezdirmay o‘tkazilgan epizodik evolyutsiyalardan biri — bu Tatooinening qum tepaliklarida yashovchi Tuskenlar (Tusken Raiders / Sand People) obrazidir. Dastlab 1977-yilda ekranga chiqqan bu mavjudotlar shunchaki "cho‘l yirtqichlari" edi. Ammo oradan yillar o‘tib, uzoq-uzoq galaktikadagi eng murakkab va chuqur madaniyatlardan biriga aylandi. Xo‘sh, Jorj Lukas va Deyv Filoni o‘rtasidagi bu tushunchaviy farq nimadan iborat ? 1. Jorj Lukas (Klassik Vestern va Arxetipik Vaxshiylik) Jorj Lukas Original va Prequel trilogiyalarini yaratishda 1950-yillardagi Amerika vesternlaridan, xususan Jon Ford rejissyorligidagi filmlardan juda katta ilhom olgan. Vesternlarda ko‘chmanchi fermerlarga to‘satdan hujum qiladigan, tili va yuzi tushunarsiz "yovvoyilar" qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, Lukas Tuskenlarga ham aynan shunday vazifani yukladi. Sujetdagi roli: A New Hope: Tuskenlar Luke Skywalker uchun Tatooinning qanchalik xavfli va shafqatsiz maskan ekanligini ko‘rsatib beruvchi birinchi jismoniy to‘siq. Attack of the Clones: Bu yerda ularning roli yanada qorong‘ulashadi. Kligg Larsning iborasini eslaylik: "Ular odamga o‘xshab yuradi, lekin shafqatsiz, aqlsiz monstrlar." Lukas Tuskenlarni qasddan yuzsiz va shafqatsiz qilib ko‘rsatdi. Chunki ular dramaturgiya nuqtai nazaridan bitta bosh vazifani bajarishi kerak edi: Anakin Skayuolkerni sindirish, uni g‘azab va nafrat domiga tortish. Shmi Skayuolkerni qiynab o‘ldirgan bu qabila Anakinning Qorong‘u tomonga o‘tishidagi birinchi ommaviy qirg‘inini ("nafaqat erkaklarni, ayollar va bolalarni ham") amalga oshirishi uchun zarur fojia katalizatori edi. Lukas falsafasi: Tuskenlar — sivilizatsiyadan tashqaridagi, muloqotga kirishib bo‘lmaydigan arxetipik tahdid. Ular tushunilishi kerak bo‘lgan xalq emas, balki bosh qahramonning ruhiy inqirozini yuzaga chiqaruvchi tashqi kuchdir. 2. Deyv Filoni va Antropologik burilish (Tub aholi va Post-kolonial nigoh) Endi oradan yillar o‘tib, Deyv Filoni (Jon Favro bilan birgalikda The Mandalorian va The Book of Boba Fett seriallarida) maydonga tushadi va Tuskenlarga xuddi antropolog yoki sotsiolog kabi yondashadi. Filoni Lukas yaratgan konsepsiyani inkor etmadi, balki ob'ektivni biroz surib, boshqa rakursdan qaradi: Tatooinning haqiqiy egalari kim va ular nima uchun bunday tajovuzkor? Madaniy va ijtimoiy qayta talqin: Resurslar urushi va Kolonizatsiya: Filoni ko‘rsatib berdi-ki, Tuskenlar sababsiz tajovuzkor emas. Ular Tatooin hali okeanlarga boy bo‘lgan davrlardan beri yashab kelayotgan tub aholi (indigenous people). Fermerlar, konchilar va poyezdlarda o‘tib borayotgan jinoyatchilar ularning muqaddas yerlarini payxon qiladi va eng qimmatli resurs — suvni ochiqchasiga o‘g‘irlaydi. Tili va Etikasi: Filoni ularga mukammal tana tili va ishoralar san'atini (sign language) berdi. Din Djarin (Mandalorian) ular bilan muloqot qiladi, resurslarni adolatli bo‘lishish evaziga Krayt-ajdarhosi oviga qo'shiladi . Ruhiy e'tiqod va Oila: Boba Fett Tuskenlar qabilasiga asir tushib, keyinchalik ularning a'zosiga aylanganda, tomoshabin birinchi marta Tuskenlarning ruhiy dunyosini ko‘radi. Ularning tushlar orqali ruhlar bilan bog‘lanishi, sehrli kaltakesak yordamida o‘z Gaffi tayog‘ini (Gaffi stick) yasash marosimi va qabila ichidagi jipslik ularni to‘liq insoniy darajaga olib chiqadi. Filoni falsafasi: Gumanizm va dekonstruksiya. Siz "yovvoyi monstr" deb bilgan har qanday guruh ortida, shunchaki siz tushunmagan murakkab madaniyat, tarix va ota-bobolarining yerini himoya qilish istagi yotadi. Lukas Tuskenlardan Anakinning qorong‘ulikka qulashini oqlash va fojia yaratish uchun dahshatli niqob sifatida foydalangan bo‘lsa, Filoni o‘sha niqobni yechib, ortida urib turgan insoniy yurakni va jamiyatni ko‘rsatib berdi. Bu evolyutsiya Star Wars koinotining vaqt o‘tishi bilan qanchalik ulg‘aygani va murakkablashganining yaqqol isbotidir. #starwars @Shinavandatopia
Shepherd kimligi haqida "Fire and Blood" kitobini o'qiganlar yoki ushbu kitobga tanish bo'lganlar juda yaxshi bilishadi. Agar siz "Taxtlar O'yini" dagi High Sparrowdan nafratlansangiz, Shepherdga tayyor turing, u karrasiga yomonroq😂 Xullas, Twitterda leaklarni o'qib turib qiziq detalga ko'zim tushdi, unga ko'ra Roderick Dustin Ormund bilan jangga kirishadi va qo'lini chopib tashlaydi, ammo o'ldirishga ulgurmasdan ajdar olovi ikkisini ham yoqib yuboradi, Roddy o'ladi, ammo Ormund emas. Ormund yaralar hidiga chidolmay azoblanadi, Roxton uni azobini yengillashtirib o'ldirmoqchi bo'lganda ma'lum sabablarga ko'ra o'ldirolmaydi, jang tugagandan keyin esa Ormund tanasi hech qayerda topilmaydi. Qiziq... Qiziq tomonida shundaki kitobda Ormund emas, Roddy qo'lidan ayriladi, Ormund esa o'ldiriladi. Buni Shepherdga nima aloqasi bor ? Chunki Shepherdning 1 qo'li yoq va ko'rinishi "o'liksimon" bo'ladi, bu esa leaklarga ishonsak Ormundniki bilan bir xil. Bundan tashqari Shepherd va Ormund Targaryenlar va ajdarlarga nisbatan keskin nafrati bilan tanilishgan va ular o'ta kuchli diniy fanatik. Shaxsan o'zim bu taxmindan juda xursandman, Ormund 1 mavsumda yo'qotiladigan obraz darajasidan balandroq, va Targaryenlarga juda katta zarba bergan odam qaysidir random ruhoniy emas aynan u bo'lishi plot jihatdan ham mantiqliroq bo'lardi. Ushbu taxminga qanday qaraysiz ? @shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи
Ormund Hightower = Shepherd ? 3 mavsum finali uchun chiqarigan leaklardan kelib chiqib taxmin qilinayotgan plot oʻzgarishi. Bu post leaklarga asoslangan, aniq amalga oshishi tasdiqlanmagan, shaxsiy taxmin va postda spoylerlar bo'lishi mumkin. Sooon... @shinavandatopia
Jorj R. R. Martin bir necha oylik sukutdan so‘ng blogini yangiladi: Ancha vaqt bo‘ldi, bilaman... Bu yil, yumshoq qilib aytganda, juda og‘ir o‘tdi. Shunchalik ko‘p voqealar sodir bo‘ldiki, hammasi birgalikda juda bosim qildi. Ajoyib, hayajonli lahzalar ham bo‘ldi. Hatto orzularim ushaldi. Ammo dahshatli kunlar ham yetarlicha edi. Do‘stlarimni yo‘qotdim. Qayg‘u va depressiya bilan kurashdim. Eng og‘ir sinovlar hali oldinda bo‘lishi ham mumkin. O‘tgan sentyabrda 77 yoshga kirdim va sizga aytaman, qarilik hech ham maroqli emas. Shunga qaramay, go‘zal damlar ham bo‘ldi. Balki hayot shudir. Asarlarimni o‘qigan bo‘lsangiz, buni allaqachon bilasiz. Yozadigan gaplarim juda ko‘p. Imkon qadar ularni ulashishga harakat qilaman, yordamchilarim ham ko‘mak beradi. Lekin postlarim, ehtimol, qisqa va shoshilgan holda yoziladi. Uzoq umr tilaymiz, qolgani bir gap bo'lar) @shinavandatopia
"Muz va Olov qo'shig'i" olami, tarix va "Kingdom" mangasining ashaddiy muxlisi sifatida so'nggi paytlarda mutloq monarxiya tizimi og'ir vaqtlar kelganda keskin, ammo eng optimal yechim bo'lolishi haqida o'ylab keldim. Bunga bir qancha asoslar mavjud. "Muz…
"Muz va Olov qo'shig'i" olami, tarix va "Kingdom" mangasining ashaddiy muxlisi sifatida so'nggi paytlarda mutloq monarxiya tizimi og'ir vaqtlar kelganda keskin, ammo eng optimal yechim bo'lolishi haqida o'ylab keldim. Bunga bir qancha asoslar mavjud. "Muz va Olov qo'shig'i" dan boshlasak, hammaga ma'lumki Aegon bosqinidan oldin Westeros bir qancha mustaqil qirolliklardan tashkil topgan mintaqa bo'lib, hudud bir qancha xonadonlar o'rtasidagi cheksiz urushlar, ittifoqlar va doimiy o'zgarib turuvchi chegaralardan aziyat chekkan. Aynan Aegon bosqini ushbu qirolliklarni yagona boshqaruvga olib kelishi vaziyat anchagina yumshab qolishiga sabab bo'ldi. Haa bosqin davomida bir qancha buyuk xonadonlar butkul yo'q qilindi (Gardener, Hoare), minglab odamlar o'ldirildi, yerlar vayron qilindi ammo Westeros uzoq vaqt yagona mutloq boshqaruv ostida nisbatan tinch hayot kechirdi. Miloddan avvalgi Xitoy haqida gaplashsak, Szin Shi Xuandidan oldingi Xitoy Westerosning Aegon bosqinidan oldingi holatiga ma'lum darajada o'xshash edi: markazlashmagan, urushlar bilan to'lgan va bir nechta mustaqil davlatlarga bo'lingan. Dastlab yuzlab mayda qirollik, keyinchalik 7 ta yirik qirollik o'rtasidagi shafqatsiz urushlarda Szin Shi Xuandi g'olib chiqadi va ulkan Xitoyni birlashtirib qonli urushlarga chek qo'ydi. Bundan tashqari yagona pul, yozuv va o'lchov birliklarini ishlab chiqib aholiga ko'p tomonlama tinchlik taqdim etdi. Bu urushlardagi millionlab o'limlar 1 asrdan ortiq davom etgan urushlarga chek qo'yish uchun to'langan to'lov edi. Shayboniyxon haqida esa boshqa postda gaplashamiz) @shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Aegon Targaryen, Szin Shi Xuandi va Muhammad Shayboniyxon. Nega bu 3 ism yonma-yon keldi ? Axir biri hayoliy obraz, boshqasi miloddan avvalgi davrda yashagan imperator yana biri esa tariximizda katta roli bor bosqinchi. Keling, shu 3 ismni birlashtirgan asos haqida gaplashamiz. Soon... @shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи
Rayan Kondal 4-mavsumida yovvoyi ajdarlar Cannibal va Grey Ghost paydo bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi: “Bu serialda "Aniq" yoki "Kuting" degan so‘zlarni ishlatish xavfli. Oldinda hali juda ko‘p voqealar bor. Axir serialning nomi "House of the Dragon". Bu Ajdarlar raqsi hikoyasi. Vaqt o‘tishi bilan hali yana boshqa ajdarlarni ham ekranda ko'ramiz deb o'ylayman. @shinavandatopia
Daeron va Ormundning munosabatlari juda nosog'lom va dahshatli. Bu haqiqiy ruhiy zo'ravonlikka asoslangan munosabat. Daeron Ormunddan ko'rgan yagona "muhabbat"ni muhabbat deb biladi, holbuki u umuman iliqlik emas. Daeron Ormundning to'liq ta'siri ostida, ammo buni o'zi anglamaydi. Ormund mohir manipulyator, u qachon mehr ko'rsatishni, qachon esa jazolashni juda yaxshi biladi. Ormund qahramonini yoqtirishimga yana bir sabab Yettilik e'tiqodiga ergashuvchilarning ikkiyuzlamachiligi va "double" standartlarining mukammal timsoli. Ular o'zlarini boshqalardan ustun deb bilishadi, aslida esa odamlarning e'tiqodini hokimiyatga erishish uchun qurol sifatida ishlatishadi. "E'tiqod ular uchun qanday qurol bo'lsa, ajdarlar ham Targaryenlar uchun xuddi shunday quroldir". Muz va Olov qo'shig'i olamida e'tiqod bilan hazillashib bo'lmaydi. E'tiqod, deyarli Aenysni taxtdan ag'darishga muvaffaq bo'lgandi. E'tiqod qiroldan xuddi soatli bombaga qanday muomala qilinsa, shunday ehtiyotkorlikni talab qiladi. @shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи
Ormund Hightower allaqachon butun serialdagi eng qiziqarli obrazlardan biriga aylandi. U O'rta asrlardagi tipik feodal ramzi va vaziyatga qarab qiyofasini o'zgartira oladigan "buqalamun" turidagi mohir siyosatchi. James Norton o'zining xarizmasi va aktyorlik mahorati bilan mavjud tartibni ag'darishga tayyor bo'lgan, raqiblarni hisoblashishga o'zi majburlaydigan, xavfli va ignor qilib bo'lmaydigan darajadagi antagonistni a'lo sifatda gavdalantirdi. "Talabgor va toxic parenting" iborasi haqida eshitgansiz. Ormundni bu turdagi eng ashaddiysi deb ta'riflash mumkin😂. U Daeronning qirol bo'lishini xohlaydi. Ammo bu faxr yoki muhabbatdan emas. Aslida, bu uning shaxsiy manfaatidan kelib chiqadi. Chunki agar Ormund Daeronni taxtga o'tqaza olsa, amalda o'zi qirolga aylanadi. Daeron qo'g'irchoq qirol bo'ladi, Ormund esa taxt ortidagi haqiqiy hokimiyatni qo'lga oladi. Ormundning butun yo'li shaxsiy manfaat va cheksiz ambitsiyaga asoslangan. Ormund Hightowerda xavfli narsissizm va psixopatiyaning yengil alomatlari bordek taassurot uyg'otadi. U shoshqaloq emas, aksincha har bir qadamini puxta hisoblaydi. Shafqatsiz, mohir manipulyator, boshqalarga hamdardlik hissidan deyarli mahrum va yolg'onni ustalik bilan ishlatadi. U sabrli, ammo ba'zida g'azab portlashlarini ham namoyon qiladi. Shunga qaramay, bu g'azabni ma'lum darajada nazorat qila oladi va ayrim holatlarda uni ataylab, maqsadga erishish uchun namoyish qilayotgandek ko'rinadi. Nihoyat, kitobdan farqli bo'lgan bir narsani chinakamiga yoqtirdim. Ormund kitobda shunchaki Ottoning jiyani va Hightowerlarning harbiy yurushlardagi yetakchisi qilib tasvirlangan xolos. Serialga kelsak, Ryan Condall dastlab u haqida "Ormund Tywin Lannister turidagi obrazlardan deganda hayron qolgandim. Endi esa faqatgina shu masalada qoyil qoldim) Post uzunlashib ketdi, 2 qismda Ormund - Daeron munosabati va bu urushdagi E'tiqod kuchi ajdarlarnikidan aslo kam emasligi haqida gaplashamiz) Aytgancha, sizga Ormund Hightower obrazi yoqdimi ? @shinavandatopia
Asoiaf edit #edit @shinavandatopia
видео или голосовое, без подписи