tgindex
Последний пост
3 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
180
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
208
24 постов
Вовлечённость
115,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
160
1/48двое суток
183
1/72трое суток
197

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 💧 SUV — OBI HAYOT! 💧 🌊 Shodlik bolalar oromgohida "Suv — obi hayot" mavzusida ekologik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga suvning inson hayoti va tabiat uchun beqiyos ne'mat ekani, undan oqilona foydalanish hamda har bir tomchi suvni asrab-avaylashning ahamiyati haqida qiziqarli tushunchalar berildi. 👧🧒 Bolajonlar suvni tejash bo‘yicha o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, tabiatga mehr va ekologik madaniyatni namoyon etdilar. 💙 Suvni asrash — kelajagimizni asrashdir! Har bir tomchini qadrlaylik, suvni tejaylik va uni kelajak avlodlarga asrab yetkazaylik! #ShodlikOromgohi #SuvObiHayot #SuvniTejaylik #Ekologiya #BolalarTarbiyasi #TabiatniAsraylik Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🇺🇿 Vatanparvarlik — yoshlar qalbida! 🪖 📍 "Shodlik" bolalar oromgohida Andijon harbiy prokurori yordamchisi, adliya podpolkovnigi S. U. Yormatov hamda Buloqboshi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. ✨ Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, harbiy texnika va jihozlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Harbiy orkestrning jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🚒 Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan hayotiy xavfsizlik qoidalari va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. 💚 Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiy kasbga hurmat, mardlik, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🇺🇿 Yurt tinchligi va Vatan ravnaqi — barchamizning muqaddas burchimiz! #ShodlikOromgohi #Vatanparvarlik #Yoshlar #HarbiyTadbir#MaNaviyat Telegram

  • 🇺🇿 Vatanparvarlik — yoshlar qalbida! 🪖 📍 "Shodlik" bolalar oromgohida Andijon harbiy prokurori yordamchisi, adliya podpolkovnigi S. U. Yormatov hamda Buloqboshi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. ✨ Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, harbiy texnika va jihozlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Harbiy orkestrning jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari esa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🚒 Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan hayotiy xavfsizlik qoidalari va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. 💚 Mazkur tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiy kasbga hurmat, mardlik, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🇺🇿 Yurt tinchligi va Vatan ravnaqi — barchamizning muqaddas burchimiz! #ShodlikOromgohi #Vatanparvarlik #Yoshlar #HarbiyTadbir#MaNaviyat Telegram

  • Buyuk siymolar ijodi – bolajonlar nigohida Oromgohimizda faoliyat olib borayotgan Biser to‘quvchilik, Zardo‘zlik va Rassomchilik klublari a'zolari tomonidan buyuk ajdodlarimiz hamda milliy adabiyotimiz va san'atimiz namoyandalariga bag‘ishlangan ijodiy ishlar yaratildi. Bolajonlar o‘zlarining mahorat va iste'dodlarini namoyon etib, Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini rassomchilik yo‘nalishida, Cho‘lpon siymosini esa zardo‘zlik san'ati orqali mohirona aks ettirdilar. Tadbir davomida Cho‘lponning Vatanga muhabbat, ezgulik va insonparvarlik ruhidagi g‘azal hamda she'rlari jarang sochib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yosh ijodkorlarning ushbu noyob ishlari oromgoh muzeyidan munosib o‘rin egallab, kelgusida ham bolajonlar uchun ma'naviy-ma'rifiy meros va qimmatli eksponat sifatida xizmat qiladi. Telegram

  • 🌞 Shodlik oromgohi sizni kutmoqda! 🌿 Aziz ota-onalar! Farzandingizning yozgi ta'tilini unutilmas va mazmunli o'tkazishini istaysizmi? Shodlik oromgohida bolajonlarni quyidagilar kutmoqda: ✨ Qiziqarli va foydali to'garaklar 🏊‍♂️ Basseyn va sport musobaqalari 🎭 Madaniy-kechki dasturlar va konsertlar 📚 Kitobxonlik, ijodiy mashg'ulotlar hamda intellektual o'yinlar 🤝 Yangi do'stlar va iliq xotiralar 👩‍🏫 Tajribali tarbiyachilar va xavfsiz muhit 🍽️ Sifatli va mazali ovqatlanish Farzandingiz bu yozni quvonch, sarguzasht va yangi bilimlarga boy o'tkazsin! Shodlik oromgohi — bolalar uchun quvonch, ota-onalar uchun ishonch! 🌈 Shoshiling, qabul davom etmoqda! Sizni va aziz farzandingizni Shodlik oromgohida kutamiz!

  • 🤝 "Do‘stlik bolalikdan boshlanadi" Do‘stlik — inson hayotidagi eng bebaho tuyg‘ulardan biridir. Uning ilk poydevori aynan bolalik davrida qo‘yiladi. Birga o‘ynab, birga kulib, quvonch va taassurotlarni baham ko‘rgan bolalar o‘rtasida samimiy, mustahkam do‘stlik rishtalari shakllanadi. Oromgohimizda tashkil etilgan "Do‘stlik bolalikdan boshlanadi" tadbiri ham ana shu ezgu g‘oyani tarannum etdi. Tadbir davomida bolajonlar turli milliy raqslar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari, jamoaviy o‘yinlar va ijodiy chiqishlar orqali do‘stlik, ahillik, mehr-oqibat va birdamlikning naqadar muhim ekanini namoyon etdilar. Har bir bolaning yuzidagi tabassum, bir-biriga ko‘rsatgan hurmati va qo‘llab-quvvatlashi chinakam do‘stlikning yorqin ifodasi bo‘ldi. Bu unutilmas lahzalar bolajonlar qalbida iliq xotira bo‘lib qoladi va ularni kelajakda ham doimo ahil, mehribon hamda vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishga ilhomlantiradi. Telegram

  • 🌟 Shodlik oromgohi — bolajonlarning eng to‘g‘ri tanlovi! 🌟 Shodlik oromgohida bolajonlar maroqli dam oldilar, yangi do‘stlar orttirdilar, sport musobaqalari, ijodiy to‘garaklar, qiziqarli tadbirlar va unutilmas kechki dasturlarda faol ishtirok etdilar. Bu yerda o'tgan har bir kun quvonch, taassurot va baxtli lahzalarga boy bo‘ldi. Farzandlarimizning samimiy tabassumi va ota-onalarning iliq e'tirofi biz uchun eng katta mukofotdir. 💚 Kelgusi yilda ham tanlovingiz — Shodlik oromgohi bo‘lsin! Sizni yana quvonch, do‘stlik va unutilmas sarguzashtlar bag‘rida kutib qolamiz! Telegram

  • ✨ Gulxan atrofida unutilmas oqshom! 🔥 Shodlik oromgohida kechki dastur bolajonlarga quvonch va zavq ulashdi. Gulxan atrofida yangragan kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin raqslar va samimiy kulgular oqshomga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Har bir lahza do‘stlik, birdamlik va beg‘ubor bolalikning eng go‘zal onlari bilan yodda qoldi. Maroqli damlar, yorqin taassurotlar va unutilmas xotiralar — bularning barchasi Shodlik oromgohidagi kechki dasturda mujassam bo‘ldi. 🌟 Shodlik oromgohi — baxtli bolalik maskani! Telegram

  • 💙 Shodlik oromgohi — e'tirofga loyiq maskan! 👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍 Bu yerda bolajonlar nafaqat maroqli dam olmoqda, balki yangi do‘stlar orttirib, o‘z iste'dodlarini namoyon etish, sport bilan shug‘ullanish va ijodiy to‘garaklarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ota-onalarning samimiy e'tirofi va bolajonlarning quvonchli tabassumi biz uchun eng katta mukofotdir. Ularning ishonchi va iliq fikrlari bizni yanada mas'uliyat bilan ishlashga undaydi. Shodlik oromgohi — baxtli bolalik, unutilmas xotiralar va yorqin kelajak sari ishonchli qadam! Telegram

  • 🎨 Ranglar jilosi, bolalik quvonchi! 🌈. Bugun oromgohimiz hududida bolajonlar asfalt ustida rang-barang rasmlar chizib, o‘z tasavvuri va ijodkorligini namoyon etdilar. Har bir rasmda ezgulik, tinchlik, tabiatga mehr va baxtli bolalik aks etdi. Asfalt rasmlari tanlovi bolajonlarning iste'dodini yuzaga chiqarish, ularning tasavvur olamini yanada boyitish hamda quvnoq kayfiyat ulashdi. Ranglarga burkangan maydon esa chinakam bolalik bayramiga aylandi. Shodlik oromgohi — har bir kun yangi taassurot, yangi ijod va unutilmas lahzalar maskani! Telegram