tgindex
Shohida Ibragimova

Shohida Ibragimova

Статистика
@shohida_ibragim0vaузбекский

Bu yerda Siz-PUL ILMINI o'rganasiz va pul Siz uchun ishlashni boshlaydi! +100,000 o'quvchi, 99% natija bilan💸 + Ginnes rekordlariga kirgan 1chi o'zbek ayoli! +Ekspert, bloger, Inflyunser!🎙️ Aloqa uchun 👉🏻

Последний пост
18 февр.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
278
+1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 232
19 постов
Вовлечённость
443,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 8 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.

  • The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 20 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.

  • 🚀 Muvaffaqiyatning ko‘rinmas ildizlari: Facebook tashlandiq garajda yaralgani rostmi? Ilon Mask, Bill Geyts yoki Mark Sukerberg kabi milliarderlar haqida gap ketganida, ko‘pincha ularni oyoqqa noldan turib, cho‘ntagidagi bir necha sent bilan katta imperiya yaratgan daholardek tasvirlashadi. Aslida-chi? 📎 Ilon Mask boy oilada ulg‘aygan. Uning otasi Janubiy Afrikada bir nechta zumrad va olmos konlariga ega bo‘lgan. 17 yoshida Ilon Kanadaga ko‘chib o‘tib, sifatli ta’lim olgan va birinchi biznesini oilasi bergan katta sarmoya evaziga boshlagan. 📎 Bill Geytsning bobosi Sietl shahri hokimi (meri) bo‘lgan. Nufuzli oliygohlarda taʼlim olgan Billning IBM bilan tuzilgan shartnomani tasodof emas edi: uning onasi Meri Geyts IBMʼning direktorlar kengashi aʼzosi bo‘lib, eʼlon qilingan tenderni aynan "Microsoft" yutishiga va yirik buyurtmani qo‘lga kiritishiga sababchi bo‘lgan. 📎 Mark Sukerberg Facebook’ni garajda yaratganini hamma eshitgan. Ammo u garaj eng zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan bo‘lib, sharoitlari o‘z davrining evrostandartlariga javob berar edi. Markning otasi shaharning premium stomatologlaridan bo‘lib, o‘g‘li uchun dasturlash bo‘yicha shaxsiy murabbiy yollab, qimmat kompyuter sovg‘a qilgan, keyinchalik esa xususiy maktabdagi taʼlimini to‘liq to‘lagan. Garaj esa o‘spirinning sevimli joyi va ilhom maskani bo‘lgan. Garvardda otasining mijozlari yosh Sukerbergning loyihasi uchun dastlabki investorlarlarni jalb qilishiga yordam berishgan. Agar siz 20 yoshda nom taratib, milliarder bo‘lib ketolmagan bo‘lsangiz, o‘zingizni ayblamang! Hamma startni har hil oladi. Muhimi, boridan foydalana olish va maqsadga erishish yo‘lida to‘xtamaslik! 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • Ilm bo'lsayu amal bo'lmasa qiyin... (Hamma qizlar eshitishini xohlardim) 😊 Marvarid Ta'lim - obuna bo'ling ✅👇 ✅ https://t.me/+9-w0sVjBuWA0MTE6 ✅ https://t.me/+9-w0sVjBuWA0MTE6

  • Biznesda muvaffaqiyat formulasi Har qanday biznes muvaffaqiyatining siri — to‘g‘ri rejalashtirish, risklarni boshqarish va uzluksiz o‘sish. Sarmoya kiritishdan qo‘rqmang, lekin uni puxta o‘ylab qiling. Yangi imkoniyatlarni izlang, mijozlar ehtiyojini o‘rganing va bozordagi o‘zgarishlarga moslashing. Unutmang, biznes bu marafon — sabr, strategiya va qat’iyat bilan yutib chiqasiz! #Biznes #Muvaffaqiyat #SarmoyaTV 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • ⚡️ Oʻziga boʻlgan ishonchni oshirish uchun kuchli 7 maslahat: ❤️ Oʻzingizni yaxshi tanib oling: Oʻzingizning kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlang. Kuchli tomonlaringizni rivojlantirib, zaif jihatlaringiz ustida ishlashni odat qiling. Oʻzingizni anglagan inson hech qachon oʻzidan shubhalanmaydi. ❤️ Rivojlanish uchun maqsadlar qoʻying: Kichik, lekin aniq va erishish mumkin boʻlgan maqsadlar belgilang. Har bir maqsadga erishganingizda oʻzingizni mukofotlang. Bu sizga muvaffaqiyat tuygʻusini his qilishga yordam beradi va oʻz-oʻziga ishonchni oshiradi. ❤️ Tanqidni toʻgʻri qabul qiling: Har qanday tanqidni imkoniyat sifatida koʻring. Qaysidir jihatlaringizni yaxshilash uchun foydalaning va tanqidni shaxsiy haqorat sifatida qabul qilmaslikni oʻrganing. ❤️ Doimiy ravishda oʻzingizni rivojlantiring: Yangi bilim va ko'nikmalarni oʻrganing. Biror narsada ustun boʻlish oʻz-oʻziga ishonchni sezilarli darajada oshiradi. Kitob oʻqish, kurslarga qatnashish yoki tajribali insonlardan maslahat olish orqali oʻzingizni takomillashtiring. ❤️ Jismoniy va ruhiy holatni mustahkamlang: Sport bilan shugʻullaning, meditatsiya qiling va sogʻlom ovqatlaning. Jismonan va ruhiy jihatdan baquvvat boʻlish sizga oʻz kuchingizga ishonch bagʻishlaydi. ❤️ Qiyinchiliklarga yuzma-yuz boring: Qoʻrquvlaringizni yengib oʻtishga harakat qiling. Masalan, biror narsadan qoʻrqayotgan boʻlsangiz, oʻsha narsaga kichik qadamlar bilan yaqinlashing. Bu mashaqqatlarni yengib oʻtish ishonchni oshiradi. ❤️ Oʻzingizga munosib odamlar bilan oʻralang: Sizni qoʻllab-quvvatlaydigan, ijobiy fikrlaydigan va motivatsiya bera oladigan odamlar bilan vaqt oʻtkazing. Salbiy odamlar oʻzingizga boʻlgan ishonchni pasaytiradi, ulardan uzoqroq boʻlishga harakat qiling. 🌷 Reaksiyalar bilan bizni qo‘llab quvvatlang! 1⃣❤️ , 2⃣ 🔥 , 3⃣ ⚡️ , 4⃣ 👍 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • Sizning maqsadingiz bormi? 1952-yilda AQSHda universitetlar bitiruvchilari o'rtasida tadqiqot o'tkazildi. Ularga oddiy savol berildi: "Sizning maqsadingiz bormi?" Natijalar hayratlanarli edi: ▫️ Talabalarning atigi 3 foizi o'z maqsadlarini yozib qoldirgan. ▫️ 14 foizi o'z oldiga maqsad qo'ygan, lekin ularni yozmagan. ▫️ Qolgan 83 foizi maqsad haqida umuman o'ylamagan. Oradan 20 yil o'tib yana o'sha odamlar bilan suhbat o'tkazildi. Natija shuni ko'rsatdiki, o'z maqsadlarini yozgan 3 foiz talabalar qolgan 97 foizdan ko'proq daromad oluvchi insonlar bo'lib chiqdi. 🏆 Muddati bilan yozilgan orzu maqsadga aylanadi. Uni harakat haqiqatga aylantiradi. 🔝👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • Pomodoro texnikasi – samaradorlikni oshirish siri. ❗️Ko‘p ishlash har doim ham unumli ishlash degani emas. Aynan shuning uchun dunyoda eng mashhur vaqtni boshqarish usullaridan biri – Pomodoro texnikasi ishlab chiqilgan. Pomodoro texnikasi nima? ◀️Bu usul 1980-yillarda italiyalik Fransisko Cirillo tomonidan ishlab chiqilgan. Uning mohiyati shundan iboratki, siz qisqa vaqt davomida (25 daqiqa) to‘liq e’tibor bilan ishlaysiz, keyin esa qisqa tanaffus (5 daqiqa) qilasiz. Bu sikl 4 marta takrorlangach, 15-30 daqiqalik uzunroq dam olish tavsiya etiladi. Pomodoro texnikasining afzalliklari ➡️ Diqqatni jamlashni osonlashtiradi ➡️ Ish unumdorligini oshiradi ➡️ Charchashni kamaytiradi ➡️ Vazifalarni rejalashtirishga yordam beradi. Qanday qo‘llash mumkin? 1️⃣ Ishlaydigan vazifangizni tanlang. 2️⃣Taymerni 25 daqiqaga sozlang va faqat shu ishga e’tibor qarating. 3️⃣ Taymer chalingach, 5 daqiqa tanaffus qiling. 4️⃣ Shu jarayonni 4 marta takrorlang, keyin esa 15-30 daqiqa dam oling. ❓Siz Pomodoro texnikasini qo‘llab ko‘rganmisiz? Izohda fikrlaringizni yozing. 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • Sherikchilikka kirishishdan avval esda tuting: Sherikchilik jarayonida aldov, manipulyatsiya, nizolar va hattoki sud ishlariga duch kelishingiz ehtimoli bor. Biznes sherik sizning muvaffaqiyatingizni bir necha barobar oshirishi yoki muammolaringizni yanada kuchaytirishi mumkin. Shu bois, biznes-sherikchilikni boshlashdan oldin quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish kerak: 1. 50/50 bitimlardan qoching. Bu, odantda, sherikchilikni asosiy turi, lekin qaror qabul qilish huquqi bitta shaxsda bo‘lishi lozim. 2. Sherikni aql bilan tanlang. Bitimga kirish oson, ammo undan chiqish ancha murakkab. Tanlovingizni diqqat bilan va puxta o‘ylab qiling. 3. Realistik kutilmalarni belgilang. Ko‘pchilik sizday qattiq ishlamaydi. Bitim har ikki tomon uchun ham adolatli bo‘lishiga ishonch hosil qiling. 4. Uzoq muddatli istiqbolni o‘ylang. O‘zingizdan so‘rang: keyingi 10 yil davomida shu odam bilan ishlay olasizmi? Agar javob “yo‘q” bo‘lsa, bitimdan voz keching. 5. Kutilmalarni aniqlashtiring va hujjatlashtiring. Har bir tarafning vazifalari, majburiyatlari va maqsadlarini ochiq muhokama qiling. Bularni yozma ravishda rasmiylashtirish zarur. 6. Agar bitimga imzo qo‘yilmagan bo‘lsa, demak hech nima kelishilmagan... Og‘zaki kelishuvlar inobatga olinmaydi. Har doim barcha muhim narsani hujjat shaklida tasdiqlang. 7. Sherikingizni yaxshilab o‘rganing. Faqat biznes sababli shoshilib yangi “do‘st” orttirmang. Odamlar o‘zining asl fe’l-atvorini vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa bosim ostida namoyon qiladi. 8. Pul masalasida eng yomonini kuting. Pul odamlarni o‘zgartirishi mumkin. Moliyaviy manfaatlar ortishi bilan sherikning xulqi ham o‘zgarib ketishiga tayyor bo‘ling. 9. Foyda/mukofotni natijaga bog‘lang. Motivlar xulq-atvorni belgilaydi. Agar sheriklar biznes ishlarida qatnashishidan qat’i nazar dividend/pul olaverishsa, ular ishlashga kamroq harakat qilishlari mumkin. 10. Eng yomon ssenariyga oldindan tayyor turing To‘g‘ri shartnomalar va ehtiyot choralar bilan ham hamkorlik ishlamasligi mumkin. Eng yomon ssenariyga oldindan tayyor turing. 11. Chiqish strategiyasini avvaldan muhokama qiling. Ishni boshlashdan avval, kerak bo‘lsa hamkorlikni qanday tugatish haqida kelishib oling. Aniq reja kelajakdagi nizolarning oldini oladi. Biz bilan birgalikda yuksaling! 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 🚩 QIMMATLI MASLAHATLAR ⭐️ Odamlar ortingdan ergashishini istasang, ularning ortidan yur! ⭐️ Yagona va eng mudxish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir! ⭐️ Har qanday savolga javob berish mumkin, faqat u to‘g‘ri berilsa bas! ⭐️ Jonzotlarni o‘ldirishdan saqlaning. Chunki odam o‘ldirish jonivorlarni o‘ldirishdan boshlangan! ⭐️ O‘tgan kun xaqidagi: Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildimu, nimalarga ulgura olmadim? degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaringiz uyquga ketmasin! 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • #biznes_idea 🎁 Bolajonlar sartaroshxonasi: Soch olishni bayramga aylantiring! Soch oldirish zerikarli, deb kim  aytdi? Kichkintoylar qaytib kelishni intiqlik bilan kutadigan mo‘jizaviy joy yaratish sizning qo‘lingizda! Boshlang‘ich sarmoya: ± 50 mln. so‘m. 🔵Ta’mirlash (20-25 m²): 15 mln. so‘m; 🔵Qulay kreslo va uskunalar: 20 mln. so‘m; 🔵Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlar: 3 mln. so‘m 🔵Boshlang‘ich marketing: 2 mln. so‘m 🔵Zaxira mablag‘: 12 mln. so‘m. Mijozlarga takliflar: 🟦O‘yin maydoni va tematik soch turmaklari; 🟦Bolalar uchun sovgʼalar; 🟦O‘smirlar uchun xizmatlar va afrikancha soch urash; 🟦Muzqaymoq va bolalar uchun streetfood savdosi. Biznesni rivojlantirish strategiyasi: 💕Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yurgazish va reklama; 💕Bolalar uchun soch turmak master-klasslari; 💕Franchayzing va yangi filiallar ochish. Ishga tushirish muddati: 🔵Tayyorlanish va ta’mirlash: 1 oy; 🔵Test rejimi: 2 hafta; 🔵Barqaror daromadga chiqish: 3-6 oy. Ijtimoiy mas’uliyat va jamiyatga beriladigan qadriyatlar: ✅ Xususiy bog‘cha va maktablar bilan hamkorlik qiling va bolalar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlang. Ushbu loyiha faqatgina daromad manbai bo‘lib qolmay, balki bolajonlarga quvonch ulashib, ota-onalar uchun qulaylik va ishonchni shakllantiradi. 👨‍💼 @Tayyor_Biznes_Rejalar- kanaliga obuna bo'ling!

  • 💸 Boy bo'lishning 6 siri 📈 1. Birinchi bo'lib o'zingizga to'lang; 2. Ustozlardan bilim oling; 3. Pullaringizni ishlatishga tiking; 4. Qarz olmang; 5. Pullaringizni faqat ozingiz bilgan tushungan sohaga investitsiya qiling; 6. Xudo berganiga minnatdor bo'ling, va harakatda davom eting! 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 💲 Daromadga taʼsir qiluvchi omillar! 📊 Tadqiqotchilar atrof-muhitning moliyaviy holatga taʼsirini oʻrganish maqsadida 72 millionga yaqin Facebook foydalanuvchilari maʼlumotlarini tahlil qilib, oʻrganishdi. ⏺Yashash joyi ⏺Daromad koʻrsatkichi ⏺Telefon brendi ⏺Boy do'stlari borligi ✔️ Olimlar insonlarni shu 4 ta kategoriyada oʻrganib, muhit insonning kelajakdagi daromadiga ta'lim yoki ish joyidan ko'ra kuchliroq ta'sir qiladi, degan xulosaga keldilar. 💫 Atrofida muvaffaqiyatli odamlarning yuqori foizi (kamida 40%) bo'lgan odamlar yaxshi daromadga ega bo'lishi ehtimoli ko'proq ekan. 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 🌟Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini nashr qilgan asarlarini o’qish tartibi. Yaqinlaringizga ulashib qo’ying! 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 🏠 BIZNES G'OYA: Mualliflik Xona Favvoralar Ishlab Chiqarish 💧 💰 Sarmoya Kiritish: 60 mln. so'm ⏱️ Qoplanishi: 10 oy 💵 Foyda: Oyiga 10 mln. so'm 📝 TA'RIFI: Dizaynerlik xona favvoralar ishlab chiqarish — oilaviy biznes uchun qulay va jozibador imkoniyat. Asosiy formatlari (variantlari): • Stolga o'rnatiladigan (2-5 mln. so'm) 🪑 • Devorga o'rnatilgan (4-6 mln. so'm) 🖼️ • Polga o'rnatiladigan modellari (6-8 mln. so'm) 🏢 ▎Biznes Afzalliklari: • Kichik xona (24 m²) 🏠 • Yuqori rentabellik (45%) 📈 • O'sib borayotgan bozor 🌱 • Ikki kishi bo'lib ishlash imkoniyati 👥 • Minimal kelishuvlar 📃 • Tez boshlash 🔋 🎯 Maqsadli Auditoriya: • 30-55 yoshdagi xususiy mijozlar 👤 • Ofislar va biznes markazlari 🏢 • Sog'lomlashtirish, spa va yoga studiyalari 🧘‍♀️ • Interyer dizaynerlari 🎨 📊 QISQA BIZNES-REJA BEPUL 👇 👨‍💼 @Tayyor_Biznes_Rejalar- kanaliga obuna bo'ling!

  • ☪️ Haqiqiy moʻmin boʻlishni istasang: 🟢Oʻzingni maqtama va seni boshqalar maqtashidan xursand boʻlma. Maddohlikdan saqlan. 🟢Hayotdagi barcha maqsadlaringni abadiy dunyoda olishing mumkin boʻlgan yaxshiliklar bilan bogʻla. 🟢Alloh senga in’om etgan ne’matlardan Uning Oʻziga itoat qilish uchun foydalan. 🟢Ega boʻlgan ilmingdan magʻrurlanma. 🟢Din borasida olgan tajribalaringdan sevinishni bil. 🟢Yigʻlasang, Alloh bergan imkoniyatlarning shukrini yetarlicha ado etolmayotganingdan yigʻla. 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 📹 Siz Ham Biznes Qila Olasiz! Bu Kitob Buni Isbotlaydi! #DAVRONBEK_TURDIEV 👨‍💼 @Tayyor_Biznes_Rejalar- kanaliga obuna bo'ling!

  • ✨ Odatlarni Shakllantirish: Amaliy Mashqlar 1️⃣ Maqsad: Ertalab erta uyg‘onish odatini shakllantirish Amaliy Mashq: Kechqurun yotishdan oldin signalni soat 6:00 ga qo‘ying va uyg‘onishingizni eslatadigan yozuvni signalga ulang. Masalan, "Bugun ajoyib kun boshlanadi!" Qadamlar: Signal chalingandan keyin darhol o‘rnidan turing. Suv iching va yuzingizni yuving. 5-10 daqiqa ertalabki stretching mashqlarini bajaring. 2️⃣ Maqsad: Har kuni 10 bet kitob o‘qish Amaliy Mashq: Sevimli stulingiz yoniga kitob qo‘ying va kunlik o‘qish vaqtingizni aniqlang, masalan, kechki soat 8:00. Qadamlar: Telefonni uzoqqa qo‘ying, ijtimoiy tarmoqlardan chalg‘imang. Kun davomida o‘qish uchun qulay va tinch joyni tanlang. Har kuni qayd daftaringizga qancha bet o‘qiganingizni yozib boring 3️⃣ Maqsad: Sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish Amaliy Mashq: Har kuni ertalab 1 dona meva iste’mol qilishni boshlang. Qadamlar: Muzlatkichingizni foydali ovqatlar bilan to‘ldiring. Shirinliklarni mevalar bilan almashtirishni odat qiling. O‘zingiz uchun ovqat rejasi tuzing va uni har kuni kuzatib boring. 4️⃣ Maqsad: Har kuni 10 daqiqa meditatsiya qilish Amaliy Mashq: Kechqurun yotishdan oldin jim joyda o‘tiring va chuqur nafas olish mashqini bajaring. Qadamlar: Har bir nafas olishda “Bugun tinch va mazmunli kun bo‘ldi” deb o‘zingizga ayting. O‘zingizni qulay his qiladigan joyni tanlang va maksimal darajada chalg‘imaslikka harakat qiling. Boshlash uchun 3-5 daqiqa yetarli, keyinchalik 10 daqiqaga ko‘paytiring. 5️⃣ Maqsad: Kundalik rejalashtirish odatini shakllantirish Amaliy Mashq: Har kuni ertalab yoki kechqurun kunlik maqsadlaringizni yozing. Qadamlar: 5 daqiqa vaqt ajratib, uchta asosiy vazifani aniqlang. Rejalaringizni tugatganingizda, belgilang. Har haftaning oxirida natijalarni tahlil qiling va yangi maqsadlar. ✅O‘zingizga qulay bo‘lgan kichik qadamlar bilan boshlang va har kuni davom ettirishga harakat qiling! Agar qiyinchiliklarga duch kelsangiz, o‘zingizni tanqid qilmang, balki o‘rganishga harakat qiling. 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy

  • 🧠 BENJAMIN FRANKLINNING O‘ZINI MUKAMMALLASHTIRISH USULLARI: 1⃣ Tilni tiy Oldingga qo‘ygan taomni hammasini yema. 2⃣ Sukut saqla O'zingga va boshqalarga foyda bo‘ladigan gapni so‘zla, foyda bo‘lmaydigan gapni gapirishdan saqlan. 3⃣INTIZOMGA muhabbat qo‘y Hamma buyumlaringni qo‘yish uchun joy, kerakli gapni gapirish uchun kerakli vaqt kerak. 4⃣ Uddasidan chiq Bajarilishi kerak bo‘lgan ishni bajarishni hal qil. Hal qildingmi, ishni bajarishning uddasidan chiq. 5⃣ Boshqalar haqida qayg‘ur Faqat o‘zingga emas, balki boshqalarga ham foyda keltiradigan narsalarni harid qil. Hech narsani bekorchi joylarga ishlatma. 6⃣ Mehnatsevarlik Vaqtni bekorga o‘tkazma, har doim foydali ish bilan mashg'ul bo‘l, har qanday bekorchi ishdan nari bo‘l. 7⃣Ochiqko'ngillik Tili boshqa, dili boshqa bo‘lishdan saqlan. Har doim dilingda o‘ylaganingni gapir. 7⃣ To‘g‘riso‘zlik Hech qachon odamlarga yominlikni ravo ko‘rma va ularni hafa qilma. 9⃣ Kechirimlilik Senga yetkazilgan ozor uchun hech qachon kek saqlama, hattoki ular hafa bo‘lishga arzisalar ham. ✅ Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: ✅Telegram | 📸Instagram  📹YouTube  | 🎶Tiktok

  • Bir necha iymonsiz odamlar Najib Fozilga savol beribdi: “Alloh tuyani igna teshigidan o‘tkaza oladimi?” Najib Fozil: “Ha, o‘tkazadi,” deb javob beribdi. Shunda ular yana so‘rashibdi: “Tuyani kichraytiradimi yoki ignani kattalashtiradimi?” Najib Fozil ilohiy qudratning cheksizligini ifodalab shunday javob beribdi: “Na tuyani kichraytiradi, na ignani kattalashtiradi… Osmondagi yulduzlarni ko‘z qorachig'inga joylagani kabi, vizillab o‘tkazadi.” 👉 Kanalga obuna bo'ling ☑️👇 ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy ✅ https://t.me/+-3pVk-u_ADI3M2Yy