- Последний пост
- 23 февр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
-Бир киши Ибн Халдундан сўради: -Фарзандларимизни қандай тарбиялашимиз керак? -Ибн Халдун айтди: Фарзандларингизни тарбиялашга уринманг. Чунки улар барибир сизга ўхшаб қолишади. Фақат ўзингизни тартибга солинг.
🗯Савол: Ўқиганни шафоат қиладиган сура қайси? ✅Жавоб: Саҳиҳ ҳадисда келганидек, Мулк сураси. 🗯Савол: Инсонни дажжолдан сақлаб қоладиган ўн оят қайси? ✅Жавоб: Каҳф сурасининг дастлабки ўн ояти. 🗯Савол: Қайси сура бир мартада тўлиқ нозил бўлган? ✅Жавоб: Муддассир сураси. 🗯Савол: Қайси сура Қуръоннинг ўркачи деб аталади? ✅Жавоб: Бақара сураси. 🗯Савол: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қайси сурани аёллар ўргансин деганлар? ✅Жавоб: Нур сурасини. 🗯Савол: Қайси сура Ҳаворийлар деб аталади? ✅Жавоб: Соф сураси. 🗯Савол: Видолашув сураси қайси? ✅Жавоб: Наср сураси. 🗯Савол: Мерос ҳақидаги сура қайси? ✅Жавоб: Нисо сураси. 🗯Савол: Қуръондаги энг буюк сура қайси? ✅Жавоб: Фотиҳа сураси. 🗯Савол: Араб алифбосидаги барча ҳарфларни ўзида жамлаган оят қайси? ✅Жавоб: Фатҳ сурасининг охирги ояти. 🗯Савол: Қайси сура кичик Нисо сураси деб аталади? ✅Жавоб: Талоқ сураси. 🗯Савол: Қуръоннинг келинчаги қайси сура? ✅Жавоб: Ар-Роҳман сураси. 🗯Савол: Қайси сурани нажот берувчи деб аталади? ✅Жавоб: Таборак, Мулк сураси. ✈️САВОБ УМИДИДА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!! АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН!!!🤲 ➡️ «ШАЙХ МУҲАММАДСОДИҚ МУҲАММАД ЮСУФ ҲАЗРАТЛАРИ!!!» КАНАЛГА ОБУНА БЎЛИШНИ УНУТМАНГ!!! 🤲👇👇👇 ➡️https://t.me/+xmD9M9DsEHQzMzZi –––––––––––––––––––– САВОЛ: Шаъбонинг ярмидан кейин рўза тутиб бўлмайдими?😳😳 ЖАВОБ:👇👇 ➡️ https://t.me/Shayx_Hazrat/41804
Bir kun keladi bizni jimjit holda kafanga o‘rashadi va hayotimiz tugadi, deb o‘ylagan paytimizda aslida hammasi endi boshlanadi. Eng qo‘rqinchlisi o‘sha lahzada o‘zini solih deb o‘ylagan insonning aslida “bankrot” bo‘lib chiqishidir. Chunki namozimiz, ro‘zamiz bo‘lsa-da, qalbimizdagi kibr, hasad, g‘iybat va zulm ularni yo‘qqa chiqarib yuborishi mumkin. Shuning uchun dunyo bizni aldamasin. Har lahza qalbni tozalashga, niyatni to‘g‘rilashga, Allohga yaqinlashishga intilishimiz kerak. Alloh taolo bizni haq yo‘ldan adashmagan, qalbi uyg‘oq va amallari kitobi o‘ng qo‘lidan beriladigan bandalaridan qilsin. @mavuhumiy
Islomda musulmon kishining o'zi to'g'ri yo'ldan yurib, zararli narsalardan chetda turib, faqat o'zini-o'zi tuzatish bilan ovora bo'lib qolishiga ''yaxshilik'' deb qaralmaydi. Balki haqiqiy musulmon odamlar orasida ham isloh ishlarini olib borishi zarur. Odamlar orasini isloh qilish musulmonchilikning asosiy g'oyalaridan biridir. © Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ''Iymon'' kitoblaridan
Dunyoni ko'rayotgan lekin haqiqatni ko'rolmayotgan ko'rlarmiz go'yo :/
#kechinma Har bir kechikishning, har bir ayriliqning, har bir qalb ogʻrigʻining ortida goʻzal bir xayri bordir. Aslida kechikish degan narsaning oʻzi yoʻq, biz oʻzimizni boshqalar bilan solishtirishimiz natijasida kechikish degan nomni topib olganmiz. Nimaiki bizga atalgan boʻlsa Alloh xohlagan vaqtda albatta u bizga keladi. Har qanday koʻrinishdagi sinovlar kelganda goʻyo oʻzimizni jazolanayotgandek his qilamiz aslida buning nomi jazolanish emas, poklanishdir. Shunday vaziyatlarda sabr va duo bilan biz uchun atalgan yaxshiliklarni kutishimiz, nolib norozi boʻlgandan ancha yaxshi emasmi ? Toʻgʻri sabr qilish oson emas, ammo orzudagi gulzorga erishish uchun avval sabr bilan tikanzorni bosib oʻtish kerak… ...va bir kun Alloh O'zi istagan xayrli vaqtda duolaringni qabul qiladi va qalbingni hech mahzun bo’lmagandek xushnud qiladi…. Duo hamma eshiklarning kaliti, butun sirlarning tilsimidir, duo qilmoqdan voz kechma… Noumid bo’lma, balki istaklaringga qalbdan chiqadigan bir duo qadar masofa qolgandir… Allohning sen uchun yozganini, sen uchun ataganini kim buza oladi, kim barbod qila oladi???Sabr qil. Seni yaratgan albatta yo’lingni ko'rsatadi. Vakil o'laroq bandasiga Robbisi kifoya emasmi?! Alloh, hayolingga kelmaganlarni ham nasib ettirgan Qudratga Ega Zotdir, hayolingga kelib, duolaringga to'kilganlarni bermaydi deb gumon qilma.Sen hozirda yashayotgan sog’ligingga, hayotingga yetisholmagan milliondan ortiq banda bor, sen ulardan farqli o'laroq ushbu fursatlarning barchasi senga berilgan baxtli insonsan… Alloh ba'zan rejalaringni buzib yuboradi, chunki u rejalari balki hayotingni buzib yuborar edi. Sen bilmaysan, Alloh biladi…Tushkunlikka tushma, shu on oyatdagi "Sabr qiling, sabr ila g’olib keling" degan yerdasan. Aslo unutma, bugun senga ato etilgan ba'zi ne'matlar uchun, kecha Allohga yolvorib duo qilayotgan sen eding, shunday ekan shukr qil... Qalbingga botayotgan tikonlar, hayotingda barg urib ochiladigan gulning xabarchisidir… Sobit tur! Senga berilgan hayot, sen uchun eng xayrlisidir… Isyon etma, noshukr bo’lma… Unutma: Boshingga kelgan yomon ishlar, òtirib xafa bo’lishing uchun emas, balki kuchga kirib, oyoqqa turishing uchundir... Robbing sabringa yarasha sinov beruvchidir...))) ©️Musfirangiz)
🔸أَصْعَبُ المَعَارِكِ الَّتِي سَتَخُوضُهَا فِي حَيَاتِكَ، هِيَ الَّتِي تَدُورُ بَيْنَ عَقْلِكَ الَّذِي يَعْرِفُ الحَقِيقَةَ، وَقَلْبِكَ الَّذِي يَرْفُضُ أَنْ يَتَقَبَّلَهَا. 🔹Hayoting davomida o'tkazadigan eng og'ir jang — haqiqatni biluvchi aqling bilan, uni qabul qilishni istamayotgan qalbing o'rtasidagisidir. @sevimli_arabtili
Biz ko’p ilm oldik, faqat unga amal qilish qoldi. Biz shu kungacha faqat bilish uchun o‘rgandik, amal qilish uchun emas. Atrofga bir nazar tashlang – biladiganlar ko‘p, ammo amal qiladiganlar kam. Go‘yo ilmni jamg‘arishning o‘zi kifoya, unga amal qilish esa ixtiyoriydek. Axir, biz ilm olishni emas, ilm bilan yashashni o‘rganishimiz kerak emasmi? Yolg‘on haromligini bilamiz, lekin yolg‘onsiz kunimiz o‘tmaydi. Riyo kichik shirk ekanini bilamiz, lekin amallarimizni odamlarga ko‘rsatishdan tiyilmaymiz. Namoz farzligini bilamiz, lekin ba’zan dunyo matohlariga berilib uni qazo qilamiz. Ha, biz bilamiz, lekin amal qilmaymiz. Chunki biz faqat bilish uchungina o‘rganayapmiz, amal qilish uchun emas. Balki bilganlarimizni zahirada saqlamay, ularga amal qilish vaqti kelgandir? Balki hozir, bugun, shu ondayoq bilganlarimizga amal qilishni boshlashimiz kerakdir? @marvaah
Insonlar hattoki ingrashni ham tark qilganlar, biz esa og'zimizdan chiqayotgan ba'zi bema'ni so'zlarni tark qilolmayapmiz😕
Imom Ahmad ibn Hanbal o'lim to'shagida ingrab yotganlarida, Tovus roziyallohu anhudan ''Farishta har bir narsani, hatto ingrashni ham yozadi'', degan rivoyatni eshitdilar-u, darhol ingrashni tark etib, shu bilan to jon taslim qilmagunlaricha ingramagan ekanlar. © Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ''Iymon'' kitoblaridan
''Insonlar ko'pincha gunohga tanlab yondashadi: o'ziga qulay bo'lgan xatolarni oqlaydi, ammo o'zi yoqtirmagan gunohlarni qilganlarni ayovsiz qoralaydi." © Qaysidir Faylasuf )
#Media 5 HAR YILGIDEK YANA YANGI YIL MOJAROSI Yangi yil va iymon to'qnashuvi Qorboboni iloh qilib undan madad soʻrash ayni shirkdir #Yangi_yil Maksimal tarqatib ogohlantiramiz
#ozimga_eslatma Islomda Gunohga nafrat bilan qaraladi, Gunohkorga emas
без подписи
без подписи
Juft tanlar ekansiz — dinini ham tanlang! Halolni kasb qilgan, haromdan uzoq, yolgʻondan nafratlanadiganini tanlang. Iymoni kundan-kunga mustahkam boʻlayotganini, sizni toʻgʻri yoʻlga boshlaydiganini tanlang. Xatolaringizni muloyimlik bilan eslata oladiganini va ular ustida birga ishlaydiganini tanlang. — Chin juftlik — bir-birini dunyo va oxiratda baxtli qiladigan juftlikdir.
8+8+8 qoidasi Hayotda balansni ushlash uchun yordam beradi. Bir kunda 24soat bo'ladigan bo'lsa 8soatdan 3ga bo'lamiz. 1 - 8soat ish uchun 2 - 8soat uyqu uchun 3 - 8soat 3Fs, 3Hs, &3Ss 3Fs - Family, friends, faith (Oila, do'stlar, din) 3Hs - Health, hygiene, hobby (Sog'liq, gigiena, hobby) 3Ss - Soul, service, smile (Ruh, xizmat, tabassum)
Odamlar ichida mukammalini topa olmaysan. Shunday ekan, ular orasida nuqsoni senga ozor bermaydigan kishini izla.
Farzandlaringiz uchun yaxshi ona tanlashingiz o'zingiz uchun go'zal xotin tanlashingizdan muhimroq
https://www.instagram.com/reel/DRvmDG7jTcO/?igsh=NW0zM24wNjNmN2R4