Oddiylikdan buyuklikka!
Статистика🔝 Jamoam qadrlaydigan rahbar va kompaniyalarni karra oʻstiruvchi TOP CEO bo‘lish yo‘lidagi tajribalarim bilan va 🏆 Shaxsiy rivojlanish va samaradorlik boʻyicha anglashlarim bilan boʻlishib boraman. ✍️ @habaryozishbot
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 13
- 1/48двое суток
- 14
- 1/72трое суток
- 16
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Pillasini o'zi yorib chiqishi shart. Bir kuni bolakay bobosi bilan sayr qilib yurganda pilladan qiynalib chiqayotgan kapalakni ko'radi. Achinib — pillani ochib yuboradi. Kapalak chiqdi. Lekin ucha olmadi. Ojiz bo'lib nobud bo'ldi. Chunki aynan o'sha qiyinchilik — kapalakka kuch berardi. Qanotlarini mustahkamlar edi. Men bir paytlar xodimlarimga qiynalishsa darhol yordam berardim. Natija — ojiz jamoa. Keyin dadamni eslаdim. U meni yoshligimda muhim qarorlar oldida hech qachon oldinga o'tmadi. Chekkada kuzatardi. Jim turardi. O'sha payt tushunmаsdim. Hozir tushunaman. U meni kuchli qilayotgan edi. Endi men ham jamoamga shunday qilaman. Qiyin vaziyatda, mas'uliyatli qarorда — ularni o'ziga tashlayman. Chekkada kuzataman. Natija — jamoam o'sayapti. O'ziga ishonchi oshayapti. Salohiyati ochilayapti. Yordam berish — ba'zan chekkada turish. Eng kuchli rahbar — o'zi emas, jamoasini kuchli qiladigan rahbar. Sizni hayotingizda chekkada turib kuzatgan, lekin aslida o'stirgan odam bo'lganmi? ✅ Javlonbek | IshKadr Asoschisi
Meni hech narsa to'xtatmadi. Komfort to'xtatdi. Bugun bir reelsda Odissey haqida ko'rib qoldim. Odisseyni hech kim to'xtatmagan. Na kuch, na qilich, na dushman. Lekin bitta ayol 7 yil to'xtatib qoldi. U kuch ishlatmadi. Sehr ishlatmadi. Shunchaki — hamma narsani berdi. Komfort berdi. Men o'zimda ham buni ko'rdim. Bir necha loyihani shijoat bilan boshladim. Har birida olov bor edi, intilish bor edi. Lekin ma'lum bir paytda — bemalol bo'lib qoldim. Komfortga tushdim. Va o'sha loyihalarim yopilib ketdi. Og'riq bizni harakatga undaydi. O'zgarishga undaydi. Komfort esa — sekin, shirin, xavfli. U to'xtatadi. Va siz to'xtatilganingizni ham sezmaysiz. Dushmaningiz sizga zarba urmaydigan, sizni erkalab to'xtatadigan narsa. Komfortdan qoching. Sizni hayotingizda komfort to'xtatgan payt bo'lganmi? ✅ Javlonbek | IshKadr Asoschisi
Rahbar o'rnak bo'lsa — jamoa ergashadi. Yaqinda ikkita chelenjni yopdim. * Shakarsizlik — endi odat. Atrofdagilar o'zgarishlarni o'zlari ta'kidlashdi. * Uyqu rejimi — 22:30 da yotib, 05:00 da turish. Bu ham shakllanib qoldi. Endi yangi chelenj — 30 kunlik kitob o'qish. "Mutolaa" ilovasini yuklab oldim. Bugun boshladim. Nega bu chelenjlarni ochiq qilaman? Chunki men IshKadr Academy o'quvchilarimga va jamoamga rahbar sifatida avvalo o'zim o'rnak bo'lishim kerak. Natija? O'tgan hafta o'quvchilarimizning 60% i ilhomlanib o'z chelenjlarini boshlashdi. Kimdir ertalab yugurmoqda. Kimdir kitob o'qimoqda. Kimdir kasbiy ko'nikmalarini shakllantiryapti. "Buni qiling" deb emas — o'zim ko'rsatdim. Ular ergashdi. Farzandlarimizga, o'quvchilarimizga o'rnak bo'lish — bu eng kuchli ta'lim usuli. PS: Siz atrofingizdagilarga qanday o'rnak bo'lyapsiz? ✅ Javlonbek | IshKadr asoschisi
Bugun 34 yil bo'libdi bu dunyoga kelganimga. Na katta tantana, na uzun nutq. Faqat bir fikr: 34 yilda eng katta o'rgangan narsam — hayotga hamma o'z vazifasi bilan keladi. Lekin afsuski, hamma ham uni aniqlay olmaydi. Men ham aniqlay olmadim — darhol. Qayta-qayta sindim. Ishongan narsalarim xato bo'lib chiqdi. Qaytadan boshladim. Yana sindim. Yana qaytdim. Lekin har bir sinishda bir narsa topdim — o'zimni. Asl vazifamga yana bir qadam yaqinlashtim. Hozir 34 yoshda ortga qarasam — afsuslarsiz qarayman. Chunki har bir siniq — yo'lning bir qismi ekan. Siz ham o'z vazifangizni qidiryapsizmi? Qidiring. Qiyin yo'ldan qo'rqmang — u sizni to'g'ri joyga olib boradi. 🥳 Javlonbek | IshKadr Asoschisi
Asling kabi bo'l — bu doimo to'g'ri emas. Yaqinda biri menga savol berdi: "Asling kabi bo'lish kerakmi yoki ko'ringaning kabi?" Javobim: "Asling sizni qoniqtirsa — asling kabi bo'l. Qoniqtirmasa — ideal o'zingga intil." Misol keltiray. Men 20 kg ortiqcha vaznni ko'tarib yuraman. Bu tasodif emas. Hozirgi odatlarim, xarakterim, kundalik tanlovlarim — bularning barchasi meni shu holatga olib kelgan. Demak "borimcha bo'laman" desam — natija ham o'zgarmaydi. Xo'sh, ideal o'zingni qanday shakllantirasiz? Oddiy. Avval shu yilgi maqsadingizni aniq yozing. Keyin o'zingizga savol bering: "O'sha maqsadga erishgan ideal o'zim qanday odam?" Masalan — yil oxirida 20 kg vazn tashlаmoqchisiz. O'sha odam: — Har kuni ertalab 1 soat yuguradi — Haftada 3 marta sport zalga boradi — To'g'ri ovqatlanadi — Shakardan voz kechgan — Kuniga 2 litr suv ichadi — Qat'iyatli va intizomli Mana shu xislatlarni hozirdan boshlang. Natijani kutmang — avval o'sha odamga aylaning. Asling seni boshi berk ko'chaga olib kirgan bo'lsa — uni himoya qilma. Ideal o'zingni shakllantir va o'sha pozitsiyani hozirdan ushla. Siz yil oxirida kim bo'lmoqchisiz? O'sha odamning bitta odatini yozing. Qanday? ✅ Javlonbek | Rahbarlik va Tizim
Taslim bo'l. Yaqin insonim ko'z yosh to'kib aytdi: "Nima qilay, juda qiynaldim..." Men uning niyatini ko'rardim. Go'zal niyat. Va u buning uchun butunlay o'zgarib ketgandi. Lekin nazdida — hech narsaga erishmagan edi. Men "Taslim bo'l" dedim. Va ich-ichimdan nimadir uzilib ketdi. Chunki bu so'zni men hech qachon aytmagan ekanman. Hatto o'zimga ham. Men "qahramon" edim. Ichimdag dard — ichimda qolardi. Jim. Qayta-qayta urinish. Qat'iyat. Chidash. O'sha kuni bu so'zlar meni juda charchatgan edi. Taslim bo'lish — zaiflik emas. Bu eng katta kuch. Allohga taslim bo'lganingda qalbing tinchiydi. Jarayonga zavqlanib kirishasan. Urinishdan lazzat olasan. Chunki natijani Unga topshirgansen. Bersa — himmat. Bermasa — hikmat. Biz ta'sir qila olmaydigan narsalarga intilganda ko'r bo'lamiz. Ta'sir qila oladigan narsalarga fokus qaratganda — erkin bo'lamiz. Taslim bo'l. Bu mag'lubiyat emas — bu ozodlik. PS: Siz ham ichingizda "qahramon" bo'lib charchagan kunlar bo'lganmi? ✅ Javlonbek - IshKadr Asoschisi
Ular kimga kulayotganini bilishmasdi... Bugun akademiyamiz derazasidan bir holatni kuzatib, avvaliga jahlim chiqdi, keyin esa ochiqchasiga kulib yubordim. Vaziyat shunday: Jamoamiz a’zosi, hali maktab o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, telefon orqali boshqa o‘quvchilarga Mobilografiya sirlarini o‘rgatayotgan edi. Shu payt ko‘chadan o‘tayotgan, boshqa markazda til o‘rganayotgan uchta yigit uni to‘xtab mazax qila boshlashdi. Nega kuldim? Chunki o‘sha yigitlar o‘zlari ustidan kulayotganini bilishmasdi. Ular "shunchaki telefon titayotgan bola" deb o‘ylagan qahramonimiz: ✅ Hozirda juda katta biznes loyihalarni boshqarmoqda; ✅ Katta tadbirkorlar bilan jiddiy muzokaralar o‘tkazmoqda; ✅ Maktabda ham a’lo baholari bilan obro‘ga ega; ✅ Eng muhimi — oyiga 300$ daromad topmoqda va bu raqam yaqin oylarda 700$ ga yetadi. U "bechoralar" esa hali ham ota-onasidan yo‘l kira uchun pul so‘rab yurishibdi... Ta'limdan oldin Tarbiya Bu holat menga bir haqiqatni yana bir bor eslatdi: Tarbiya berilmagan ta’lim — bu jamiyat uchun xavfli quroldir. Boshqa markazlar faqat "ilm" berishga usta bo‘lishi mumkin, lekin biz IshKadrda avval "Odam bo‘lishni", tartibni va o‘zaro hurmatni o‘rgatamiz. Bizda tartib (intizom) — ta’limdan ustun turadi. Chunki intizomsiz bilim — boshqarib bo‘lmaydigan energiya kabi foydasiz. "Kosmonavtlar" va Diplom egalari Bugun minglab yoshlar 4 yil universitetda o‘qib, qo‘lida "qizil" diplomi bilan ish topa olmay sarson yurishibdi. Bizning "Kosmonavtlar" esa (biz o‘quvchilarimizni shunday ataymiz) universitet yoshiga yetmasdanoq zamonaviy kasbni egallab, o‘zining mustaqil daromadiga ega bo‘lishmoqda. Mening xulosam: Farzandingizga ingliz tilini o‘rgating, matematikani o‘rgating — bu yaxshi. Lekin undan oldin o‘zidan yaxshiroq natijaga erishgan tengqurini hurmat qilishni va mehnatni qadrlashni o‘rgating. Aks holda, u olgan bilimlar hayotda unga faqat "mazax qilish" uchun xizmat qiladi, xolos. Sizningcha, hozirgi yoshlarga nima ko'proq yetishmayapti: Zamonaviy bilimmi yoki oddiy odob? t.me/IshKadr_Asoschisi
🤝 "Saloming bo'lmasa, ikki yamlamay yutardim..." Xalqimizda ushbu gap bejiz aytilmagan. Assalomu alaykum! Bu shunchaki bir so‘z emas, bu sizning muvaffaqiyatingizga ochiladigan birinchi va eng muhim Kalitdir. Siz dunyodagi eng zo‘r mutaxassis bo‘lishingiz, o‘nlab diplomlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Lekin samimiy salomingiz va odobingiz bo‘lmasa — barcha yutuqlaringizning qiymati 0 ga tushib qoladi. Nega? Salom — bu sizning "vizitka"ngiz Muloqotning dastlabki 7 soniyasida inson siz haqizda xulosa chiqarib bo‘ladi. Bunda: • Ovoz ohangi: Sizdagi ishonch yoki kibrni bildiradi. • Tana tili: O‘rindan turib salom berish — qarshingizdagi insonga nisbatan hurmatingiz belgisi. • Nigoh: Samimiy tabassum har qanday muzni eritadi. Muloqotning 70% muvaffaqiyati aynan shu "kirish qismi"ga bog‘liq. Hissiy "kontakt" va kelajak poydevori Biz ko‘pincha kerakli odamlar bilan telefon raqam almashishni "kontakt yig‘ish" deymiz. Aslida esa, birinchi salomingiz bilan siz o‘sha insonning xotirasida "hissiy kontakt" qoldirasiz. Tasavvur qiling: bir joyda o‘tiribsiz, xonaga yoshi kattaroq yoki mehmondo‘st inson kirdi. Siz e’tiborsiz qoldingiz. Oradan vaqt o‘tib, taqdir taqozosi bilan o‘sha insonga ishingiz tushdi. U sizning diplomlaringizni eslamaydi, u o‘sha kuni sizdan olmagan "hurmat"ni — salom bermaganingizni eslaydi. Va ishingiz bitmaydi. "Professional salomlashish" madaniyati: --- 1. O‘rningizdan turing: Bu sizning shaxsiyatingiz qanchalik buyukligini ko‘rsatadi. --- 2. Kutib oling: Salomni birinchi bo‘lib berish — bu kuchli insonning xislati. --- 3. Samimiy bo‘ling: "Assalomu alaykum" so‘zini shunchaki og‘iz uchida emas, qalbingiz bilan ayting. Xulosa: Muloqot — bu san’at, salom esa uning eng go‘zal asaridir. Dunyoni zabt etmoqchi bo‘lsangiz, uni salom berishdan boshlang. Sizningcha, hozirgi kunda yoshlarimizda salomlashish madaniyati qaysi darajada? Bu shunchaki odatmi yoki unutilayotgan qadriyat? t.me/IshKadr_Asoschisi
Ayol - qizlar borlaringizga shukur! Sizlar bo'lmasangiz bu hayot biz uchun zerikarli va oq - qoradan iborat. Bayramlaringiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!💐
🏆 Xatolar — bu mening muvaffaqiyatim uchun to‘langan "o‘qish puli" Men juda ko‘p xato qilganman. Yigirmadan ortiq loyihalarim o‘xshamagan, kutilgan natijani bermagan va hattoki kasodga uchragan. Bir kuni o‘tirib, barcha muvaffaqiyatsizliklarimni ro‘yxat qilsam, ular muvaffaqiyatlarimdan ancha ko‘p ekanini angladim. Lekin bir haqiqatni tushunib yetdim: Xatolarsiz o‘sish — bu illyuziya. Nega biz xato qilishdan qo‘rqamiz? Bolaligimizdan miyamizga bitta noto‘g‘ri "yorliq" yopishtirilgan: "Xato qilish — bu yomon". Maktabda xato qilsak past baho oldik, hayotda xato qilsak atrofdagilarning tanqidiga uchradik. Natijada, nimadir yangi ish boshlashdan, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqadigan "falaj" holatiga kelib qoldik. Xato — bu siz chiqayotgan zinaning pog‘onasi Mening "Zina" falsafamda har bir xato — bu keyingi bosqichga ko‘tarilish uchun tayaniladigan nuqtadir. Agar xato qilmasangiz, demak joyingizda turibsiz. Tepaga intilayotgan odamning esa oyog‘i toyishi tabiiy hol. Muhim qoida: Xato qilishdan emas, balki "qimmatga tushadigan" xato qilishdan qo‘rqish kerak. Qanday qilib "to‘g‘ri" xato qilish mumkin? Muvaffaqiyatli inson bilan omadsiz insonning farqi xato qilishda emas, balki o‘sha xatoning narxida: * Gipotezalarni test qiling: Katta pul tikishdan oldin, kichikroq mablag' bilan "arzon" xato qilib ko'ring. * Xatoni takrorlamang: Birinchi marta xato qilish — bu dars, ikkinchi marta o'sha xatoni qilish — bu tanlov. * Tez yiqiling va tez turing: Xatoga tushkunlik deb emas, balki "bu yo'l ishlamas ekan" degan ma'lumot (data) deb qarang. Xulosa: Bugun qilayotgan xatolaringiz — bu ertangi g'alabangizning poydevori. Faqat bitta narsani ta'minlang: xatolaringiz sizni sindirib qo'yadigan darajada qimmat bo'lmasin, lekin sizni o'zgartiradigan darajada kuchli bo'lsin. Sizning hayotingizdagi "eng qimmatli" dars bo'lgan xato qaysi edi? U sizga nima o'rgatdi? 🔝 t.me/IshKadr_Asoschisi
Niyat va Tarbiya: Mitti qahramonning ulkan darsi Bugun ijtimoiy tarmoqlarda bir videoga ko‘zim tushib, ancha vaqt o‘zimga kelolmadim. Tasvirlarda kichkina qizcha o‘zi uzoq vaqt yig‘gan ko‘zasini (kopilka) ko‘tarib, zargarlik do‘koniga kirib keladi. Uning maqsadi bitta — onasiga oltin taqinchoq sotib olish. 💍🥹 Ushbu qisqa video ortida ikki buyuk haqiqat yashiringan: 1. Niyat — dunyodagi eng qimmatli valyuta Bilasizmi, o‘sha ko‘zadan jami 12 000 tanga (taxminan 300 ming so‘m atrofida) pul chiqdi. Bu pulga u do‘kondagi eng kichik uzukni ham sotib ololmasligi mumkin edi. Lekin uning Niyati o‘sha do‘kondagi barcha brilyantlardan qimmatroq! Nega? Chunki u "majburiyat"dan emas, sof "muhabbat"dan harakat qildi. Biz o‘tgan postlarimizda aytganimizdek, Niyat — bu dunyo eshitadigan ovozdir. Bu qizchaning niyati shunchalik baland ediki, hatto do‘kon mudiri ham uning oldida ta’zim qildi. 2. Farzand — ota-onaning ko‘zgusi Bu qizcha yig‘gan pullariga qo‘g‘irchoq yoki shirinlik olmadi. U onasini xursand qilishni tanladi. Bu shunchaki bolalarcha xohish emas, bu — Tarbiya. Farzandlarimiz — bizning aksimizdir. Ular dunyoga oppoq qog‘ozdek kelishadi. Unga mehrni ham, saxovatni ham, "insoniylik" urug‘ini ham biz — kattalar ekamiz. Agar farzandingiz bugun kimningdir ko‘nglini olishni bilsa, bilingki, u buni sizdan ko‘rgan. Agar u dunyoga mehr bilan boqsa, demak siz unga o‘sha "ko‘zoynak"ni sovg‘a qilgansiz. Faqat ularning yaxshi yoki yomon inson bo‘lishini biz — ota-onalar va kattalar hal qilamiz. Xulosa o‘rnida Biz farzandlarimiz uchun bankda katta mablag‘ yig‘ishimiz, ularga qimmat kiyimlar olib berishimiz mumkin. Lekin ularga bera oladigan eng buyuk merosimiz — bu To‘g‘ri Niyat va Sof Qalbdir. Bugun farzandingizning ko‘zlariga bir qarang. U yerda siz o‘z niyatlaringiz va tarbiyangizning mevasini ko‘rasiz. Sizningcha, farzandlarimizga o‘rnak bo‘lish uchun biz o‘zimizda birinchi bo‘lib nimani o‘zgartirishimiz kerak? t.me/Ishkadr_asoschisi
Oshmi yoki Xonim? Nega bizni aytilmagan gaplarimiz "o'ldiradi"? Tasavvur qiling: Er ertalab ishga ketayotib, hayolida kechki ovqatga Osh yeyishni niyat qildi. Lekin buni ayoliga aytmadi. Ayoli esa uni shirin so‘zlar bilan kuzatib, kun bo‘yi uch farzandi bilan uy yumushlariga sho‘ng‘idi, charchadi va kechki ovqatga mazali Xonim tayyorladi. Er ishdan charchab keldi. Dasturxonda Osh emas, Xonimni ko‘rgach, portladi. Jahl ustida ayolini ham, bolalarini ham ko‘chaga haydadi va keyinchalik ajrashib ketdi. Hikoya sizga g‘alati tuyulyaptimi? Qahramonni "telba" yoki "axmoq" deb so‘kyapsizmi? Aslida, bu qahramonning o‘rniga o‘zimizni qo‘yib ko‘raylik. Biz ham har kuni mana shu odam kabi "hafachilik marafoni"da qatnashamiz. Bizning eng katta xatomiz: "Telepatiya"ga ishonishimiz Bizda shunday g‘alati odat bor: kimgadir nimanidir aytmaymiz, lekin u hayolimizdagini topib, amalga oshirishini kutamiz. Agar o‘sha aytilmagan "kutuvimiz" sodir bo‘lmasa — qattiq hafa bo‘lamiz. Hafa bo‘lish — bu borliqning sizning kutuvingizga mos kelmaganidagi hissiy reaksiyasidir. Lekin o‘sha "bechora" borliq yoki o‘sha inson sizning ichingizdagi gapni qayerdan bilsin? Biz o‘zimizga azob berishda "professional"miz: ---- 1. Niyat qilamiz (ichimizda). ---- 2. Kutamiz (jim turgancha). ---- 3. Hafa bo‘lamiz (bajarilmagani uchun). Xulosa: Munosabatlarni aytilmagan gaplar, amalga oshmagan hayoliy kutuvlar bitiradi. Agar sizga nimadir kerak bo‘lsa — bu haqda gapiring. Agar kimgadir nimadir demoqchi bo‘lsangiz — ayting. Dunyo sizning hayollaringizni o‘qishga majbur emas. Sizda ham shunday bo'lganmi? Hayolingizdagi narsani kimdir topishini kutib, keyin hafa bo'lib yurganmisiz? 🔝 @ishkadr_asoschisi
Jamiyatparvarlik — kichik odatlardan boshlanadi Otamning juda oddiy, lekin juda kuchli bir odati bor. U kishi soat, pult yoki boshqa texnikalarning batareykasi kuchi tugasa, uni hech qachon yerga ham, axlatga ham tashlamaydi. Xonasida bitta kichik quticha bor. Barcha ishlatilgan batareykalar faqat shu qutiga yig‘iladi. Bu bizning uyimizda qat’iy qoida. Hamma amal qiladi. Bahona yo‘q. Nega? Chunki bitta oddiy batareyka: 20 m² yer maydonini yoki 400 litr suvni zaharlashi mumkin. Bu raqamlar oddiy emas. Bu — tabiatga bevosita zarar. Jamiyatparvarlik ham shundan boshlanadi. Masalan: - Biz ko‘pincha qo‘limizni yuvishda litrlab suv ishlatamiz. Aslida esa bitta stakan suv ham yetarli. - Ko‘chaga axlat tashlaymiz. Aslida esa bir necha qadam narida axlat qutisi turadi. Katta muammolar katta shovqin bilan emas, kichik beparvoliklardan boshlanadi. Va jamiyatni o‘zgartirish ham: katta gaplar bilan emas, kichik, to‘g‘ri odatlar bilan boshlanadi. Agar har kim o‘zidan boshlasa — tabiat ham, jamiyat ham yutadi. @sim2grt
Agar afsona bo‘lishni istasang — bos, oldinga yur va taslim bo‘lma, hatto zanjiring uzilib qolsa ham. Agar u shunchaki g‘alaba qozonganida, bu oddiy g‘alaba bo‘lardi. Lekin zanjirsiz, faqat iroda bilan yutish — bu haqiqiy triumf. Endi qachonki “zanjirsiz gaz berish”ga to‘g‘ri kelsa, bundan yanada ko‘proq xursand bo‘laman. (Mihail Grebunyuk kanalidan) 🔝 @sim2grt
#shaxsiyfikrim@sim2grt 🏎️ “Ferrari tezlikni, Mercedes esa mukammallikni tanladi” Ferrari aytgan ekan: > “Tezlik — bu hamma narsa!” Mercedes esa bu so‘zni eshitib, ich-ichidan o‘ylabdi: > “Balki men ham shunaqa bo‘lishim kerakdir... Men ham tez bo‘lishim kerakdir...” Va shu fikr bilan u o‘zining eng katta dushmanini yaratdi — taqqoslashni. Ferrari — bu poyga ruhi, adrenalin, shiddat. Mercedes esa — qulaylik, nafislik, ishonch. Ikkovlon dunyoni zabt etgan, lekin bir-biriga o‘xshamaganligi uchun. Biz ham hayotda xuddi shunday xatoga yo‘l qo‘yamiz. Birov tez boyibdi, birov tez mashhur bo‘libdi — va biz ichimizda o‘zimizni urishamiz: > “Men ham shunaqa bo‘lishim kerak...” Yo‘q. Shart emas. Siz Ferrari bo‘lishingiz shart emas, agar sizning ruhingiz Mercedes bo‘lsa. Eng muhimi — o‘z tezligingizda yuring. Chunki manzilga eng tez emas, eng tayyor odam yetadi. Internetda har kim o‘z tajribasini “eng to‘g‘ri yo‘l” deb gapiradi. Lekin unutmang: tajriba — bu xarita emas, yo‘l belgisi. Har bir insonning hayot xaritasi boshqacha. Kimdir tog‘ ortidan yuradi, kimdir dengiz bo‘yidan. Muhimi, siz o‘zingizning yo‘lingizni bilasizmi? Demak, kimdir sizga “tezlik muhim” desa, o‘ylang: > “Men uchun nima muhim?” Chunki bu dunyoda siz bo‘la oladigan eng buyuk inson — bu o‘zingizning eng to‘liq versiyangizdir. 🔝 @sim2grt
Samuray oson yo'lni tanlamaydi. U to'g'ri yo'lni tanlaydi, xatto u yo'ldan yolg'iz yurishiga to'g'ri kelsa ham. Eng og'ir janglardan biri bu - o'zingni yengish uchun olib borilgan jangdir. Lekin, u - yagona yutqazmaydigan jangimizdir. 🔝 @sim2grt
#shaxsiyfikrim@sim2grt Ichki resurslar – asosiy kuch manbai Resurslarimiz ichki va tashqi boʻladi. Agar sizda ichki resurslar boʻlmasa, tashqi resurslaringiz qanchalik koʻp boʻlgani ahamiyatga ega emas. Ichki resurslar: diqqat, shijoat, intizom, ishonch, ruhiyat va boshqalar. Tashqi resurslar: tanish-bilish, pul, imkoniyat va barcha moddiy narsalar. Intizom boʻlmas ekan, oʻzgarish boʻlmaydi. Shijoat boʻlmas ekan, vaqtingiz qancha koʻp boʻlsa ham, ahamiyatga ega emas. Shuning uchun, juda muhim boʻlgan ichki resurslarni oʻstiring! Shunda tashqi resurslar oʻz-oʻzidan hayotingizga kirib keladi. 🔝 @sim2grt
#savol Butun hayotingiz, har bir daqiqangiz, har bir kuningiz videoga yozib olinib, uni farzandlaringizga ko'rsatishsa. Ular buni ko'rib nimadandir o'rnak olgan va sizdan faxrlangan bo'larmidi? 🔝 @sim2grt
#savol Bir yil o'tib, bugunki kuningiz haqidagi yozuvlarini ochyapsiz ? U yerda nimani ko'rishni xolar edingiz? 🔝 @sim2grt
#qoida@sim2grt Shogirdlaring, jamoa aʼzolaring muammolar bilan emas, balki muammo va uni yechimlar bilan murojaat qilishiga oʻrgat! Yechimini oʻziga qoʻyib ber, aks holda sen faqat oʻzingni oʻylagan boʻlasan va sanda ojiz shogird, ojiz jamoa shakllanadi! 🔝 @sim2grt