Sirojiddin | Blog
СтатистикаShaxsiy Blog. Manfaat va'da qilinmaydi. • Sport • Shaxsiy fikrlar • Tajriba ulashish
- Последний пост
- 27 мар.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mashhur astronavt Michael López-Alegría “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyuradi 30-mart, dushanba kuni soat 10:00 da dunyoga mashhur astronavt Michael López-Alegría “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyuradi. Michael López-Alegría NASAning eng tajribali astronavtlaridan biri bo‘lib, shu kungacha 6 ta kosmik missiyada qatnashgan, 296 kundan ortiq vaqtni kosmosda o‘tkazgan va 10 marta ochiq kosmosga chiqqan. Shuningdek, u Xalqaro kosmik stansiyaga amalga oshirilgan birinchi xususiy missiyalarga rahbarlik qilgan astronavtlardan biridir. Mazkur tashrif “Space Technology Conference 2026” xalqaro konferensiyasi doirasida amalga oshiriladi va talabalar hamda yoshlar uchun kosmik texnologiyalar, ilm-fan va global tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. 📌 Uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://forms.gle/ggykRRsdeBcK8sWAA 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎓 Qabul boshlandi! “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling. 🌐 Hujjat topshirish
MANAGEMENT Oxirgi 6 oyda 2000+ insonlardan tashkil topgan jamoa qanday boshqarilishi haqida sekin-sekin tushunib bormoqdaman. ⭐️ Management falsafasiga ko'ra 1 inson 7-11 tagacha insonlarni boshqara oladi. Bu raqamlar kattalashsa, boshqaruv susayadi, e'tibor kamayadi natijada jamoada liderning o'rni bilinmay qoladi. Shuning uchun: 1) Oddiy 7-11 xodimlarni boshqarishga LEADER tayinlanadi. 2) 7-11 ta LEADER ni boshqarish uchun TEAM LEADER tayinlanadi. 3) 7-11 ta TEAM LEADER uchun esa SHIFT MANAGER tayyorlanadi. Mana shu tarzda iyerarxiya davom etadi. Asosiy Direktor esa qo'l ostidagi 11 tacha bo'lgan xodimlarni boshqaradi. 🤓 Shuni tushunib yetdimki, Insonlarni boshqarishdagi eng katta to'sqinlik bu - xarakter. Mana shu xarakter ishga ta'sir qilmaslik uchun har bir vazifalar bajarilish bosqichlari STANDARDLASHTIRILADI. 🔥 Agar xodim tez-tez standardga bo'ysunmasa, oxir-oqibat ishdan chetlashtiriladi. @sirojiddin_diary
Kimdadir Germaniya Law bo'yicha PhD qilish rejasi bo'lsa, Goethe University Frankfurtda fully-funded Phd dasturi bor. Phd 4 yil davom etadi va 4 yil davomida har oy 1300 yevrodan Scholarship beriladi. Ikkinchi yildan boshlab, 0,5 stavka research assisstant bo'lib ishlasangiz ham bo'ladi. Ham scholarship olasiz, ham tayyor ish. Doctoral Program in Law, Finance and Economics Agarda researchga qiziqsangiz yaxshi imkoniyat!
MBZUAI UGRIP Bakalavrda oʻqiyotganlar uchun juda zoʻr imkoniyat. MBZUAI’da 4 haftalik yozgi lager, toʻliq grant asosida. Hamma narsa to‘liq qoplangan: - stipendiya - borib kelish aviachipta - viza - yotoqxona - sugʻurta Birinchi cohortda men mentorlik qilganman. Juda yuqori saviyada va foydali bo‘lgan. Qozogʻistondan juda ko‘p bolalar boradi. Bizdan ham borsin. Hujjat topshirib ko‘ring. Siz hech narsa yo‘qotmaysiz. Qabul qilinsangiz, zo‘r tajriba va sayohat. Bo‘lmasa, kuchli tajriba orttirasiz. Ikkala holatda ham foyda. Arizalar yopilishiga oz qoldi. Batafsil: https://mbzuai.ac.ae/ugrip/
2025-yilning qaysi kunini yana bir marta yashab ko’rgan bo’lar edingiz? Which day of 2025 would you like to live through one more time?
ENGINEERS 🇺🇿 Build your product in San Francisco 🇺🇸 Developer in Residence 📅 Start: Jan 12 ⏳ Duration: 45 days 👥 Spots: 30 You get - Mentors who’ve built $200M ARR companies - Silicon Valley–level execution and feedback - No product required - Full-time commitment Top 10 teams receive 💰 Funding - all major costs covered 🌉 2 months building in Silicon Valley ⏰ Deadline: 28 December Apply: uzcombinator.sarmo.vc @ladybytes
🔝 Kaizen (Continuous Improvement) - bu atamani balki bilarsiz, balki birinchi marta o'qib turgan bo'lishingiz mumkin. Bu Kaizen atamasi Yaponcha so'z hisoblanadi. Rossiyada Kaizen instituti ham mavjud. 🧐 Bu nimaga kerak ? Qayerlarda ishlatiladi ? Shularga javob topamiz. Kaizen - har doim rivojlanish. Kompaniyalarga juda muhim hisoblanadi. Masalan ishda xodimlar necha foiz yuklamada (Загруженность) ishlamoqda ? Safiada 1500+ konditerlar ishlaydi. Har bir xodim qanchalik ishlamoqda, samaradorlikni hisoblash mana shu Kaizen orqali o'ylab topildi. Kaizen Safiaga 5 yildan beri qo'llanib kelinar ekan. Ergonometrikani yaxshilash, ish joyida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavotir, muammolarni oldini olish, mahsulotlar ishlab chiqarish hududiga o'z vaqtida yetib borishni ta'minlash, standartlashtirish va hkz.. 📄 Kaizen uchun har oy 4 kun, 8 soatdan dars o'tiladi. Mavzular oldindan tanlab olinadi. Bu management level dagi xodimlarni aqlini rivojlantirish, ularni saviyasini o'stirish uchun juda muhim hisoblanadi Hozirda Kaizen qo'llaniladigan men bilgan kompaniyalar: Safia, Korzinka Bu post o'z ko'zim bilan ko'rgan, o'zimni tajribalarimdan kelib chiqgan holda yozildi
Korzinka.uz asoschilaridan Alisher Hoshimov aka bilan suhbat xulosalari (12.04.2025) 1. Yangi o‘yinchilarda doim eng zo‘r bo‘lish imkoniyati bor, chunki eski o‘yinchilar ishlayotgan tizimni buzishga ko‘zlari qiymaydi. 2. Taklifim: bitta sohada ishlang va shu sohaning eng zo‘riga aylaning. 3. Milliardlab daromad ko‘rgan kompaniyalarda ishlagan xodimlarni yollash kerak. Agar shunday kompaniyaga aylanishni istasangiz. 4. Katta tizimlarda menejer vakolati tobora kamayadi. 5. Har bir market xodimi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida rahbariga bo‘ysinadi. 6. Hamma xodimlar KPI asosida ishlaydi. Komanda oyligi reja bilan bog‘langan. 100% dan yuqori har bir foiz uchun bonus beriladi. 7. Xodimlarga karyera qilish uchun imkon beramiz. Oddiy xodimlar orasidan menejer va head office vakillari chiqadi. 8. O‘sish bilan bog‘liq ravishda tayyor menejerlarni yollashni boshladik. Lekin ichki maktabdan chiqqan menejerlar ko‘proq samarali bo‘ladi. 9. Har bir xodimning razryadi va attestatsiya tizimi mavjud. 10. Qoidani buzgan xodim attestatsiyaga kiritilmaydi va bonuslardan mahrum qilinadi. 11. Nonvoylar tadbirkor sifatida mustaqil ishlaydi. Agar boshqa sohalarda ham nonvoylar modeli joriy qilinsa, samarali bo‘ladi. Chunki tadbirkorlar bilan ishlash oson. 12. SSSR davrida taksichilarning KPI’si ko‘proq benzin sarflash edi, natijada ariqlardan benzin hidi kelardi. 13. City Taxi loyihasida haydovchilarni tadbirkor emas, xodim sifatida ishlatmoqchi edik, lekin bu ishlamadi. 14. Operatsion direktor ishi aniq, sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Juda murakkab formulalarga hojat yo‘q. 15. Rahbarga faqat bitta odam yaqin bo‘lmasligi kerak. Aks holda faqat o‘sha soha rivojlanadi, boshqalar esa oqsoqlanadi. 16. Har bir rahbarning samaradorligini o‘lchash zarur. 17. Komandada har xil odamlar bo‘lishi kerak. Qarshi fikr bildiradiganlar ham kerak. 18. Avtokrat bo‘lsangiz, xatolarni ko‘ra olmaysiz. 19. “Xonlik” tizimiga aylanishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Xonliklar parchalangan. 20. Kengayishda siz zo‘r qilayotgan ishni bir xodimga topshiring. Dastlab sizdek qila olmasligi mumkin, lekin keyin sizdan ham yaxshi bajarishi mumkin. Fokus evaziga. 21. Xodimlar doimiy siz bilan qolishi uchun o‘z ustida ishlashi shart. Siz rejalaringizni ularga yetkazishingiz, o‘qish va rivojlanish uchun imkoniyat yaratishingiz lozim. Aks holda, o‘rnini o‘zlashtira oladigan kadrga topshirishga majbur bo‘lasiz. Agar vakolatni bermasangiz, sizning ham o‘sishingiz to‘xtaydi. 22. Ba’zi xodimlarning kompaniyadan chiqib ketishi tabiiy. O‘z ustida ishlamagan bilan xayrlashish ham shunday. Eng yaxshi holat — xodim va kompaniya bir tempda o‘sishi. 23. Alisher aka ham dastlab hamma ishni o‘zlari bajarganlar. 24. Kengaygan sayin barcha kadrlar “yulduz” bo‘lmaydi. O‘rtamiyona kadrlar bo‘lishi tabiiy. 25. Hozircha franshiza bermayapmiz. Samarqandni qaytarib oldik, Nukus ham tugatiladi. Franshiza bo‘yicha tajriba o‘xshamadi. 26. Eng sevimli ko‘rsatkichim: “viruchka” va cheklar soni. 27. Barcha instruksiyalarni bitta varaqda yozib chiqqanman. Hanuzgacha shundan foydalaniladi. 28. Biz organik o‘sganmiz. Trening markazi ham bitta varaqdan boshlangan. 29. Ketgan xodimlar tarixini HR yuritadi. Qayta yollashda bu hisobga olinadi. To‘g‘ri ketgan bo‘lishi kerak. 30. Farzandingiz bilan kelishgan holda yashash yaxshi: “Darsingni bajarganingdan keyin birga boramiz.” 31. Tarbiya gap bilan emas, ko‘rsatish bilan bo‘ladi. 32. Farzandimdan hech qachon pul berkitmaganman. 33. Farzandimiz qilayotgan ishining natijasidan rozi bo‘lsak, u mas’uliyatli bo‘ladi. Xodimlar bilan ham shu usul samarali. 34. Bitta yaxshi xodim, rahbari to‘yiga kelmagani uchun, 15 yillik ish faoliyatidan keyin ketib qolgan. 35. Xodim bilan yaqin bo‘lish kuchli effekt beradi, lekin badali ham og‘ir — unga tayyor turish kerak. P.s. Mana nima uchun mutaxassis bilan suhbatlashish kerak…
#Diqqat_tanlov ⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qiladi! “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilinadi. Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 12-noyabrdan 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi. Tanlovga oid maʼlumotlar 📎veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi. Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
✅✅✅✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 💬 Bugun “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi ishtirokchilari bilan Yangi O‘zbekiston universiteti magistratura bitiruvchisi Usmonov Sirojiddin uchrashdi. 🗣 U 2026-yilda Boston University va Northeastern University kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan qabul xati olgan bo‘lib, yaqin kelajakda ushbu universitetlarda tahsilni davom ettirishni rejalashtirgan. ✅ Tadbirda o‘quvchilarning dunyoning yetakchi universitetlariga topshirish jarayonini osonlashtirish, ularning profillarini yanada boyitish, hamda O‘zbekistondan nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga kirayotgan yoshlar sonini oshirish kabi maqsadlar ko‘zlangan. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar uchun ilhomlantiruvchi va foydali bo‘ldi. Bizni kuzatib boring👇 📱Telegram I📱InstagramI 📱FacebookI📱YouTube
5 WHY ? 5 ПОЧЕМУ? 5 NEGA? 🤔 Muammolarni asl ildizini bilish uchun ish beradigan metod. Muammoni sizga aytishganda, darhol aybdorni qidirmasdan, "root cause" (muammoni ildiz sababi) ni bilish kerak. 💯 Bu metod hozir real-world industryda ishlatiladi. Sababi professional yondashuv hisoblanadi. Misol uchun rasmda: - Nega polga qumni to'kyabsan ? Ishchi: Chunki pol sirg'anchiq va xavfli - Nega sirg'anchiq va xavfli? Ishchi: Chunki moy(yog') to'kilgan - Nega moy to'kilgan ? Ishchi: Chunki uskunadan moy tomchilamoqda? - Nega uskunadan moy tomchilamoqda? Ishchi: Chunki moy muftasidan moy oqmoqda - Nega moy muftasidan oqmoqda? Ishchi: Chunki moy muftasi rezinasi joyidan chiqib ketgan 💥 Bingo: Sabab topildi, polga qum to'kishdan, uskuna rezinasigacham. Bu post haqiqiy real-world tajribadan kelib chiqib yozildi. Foydali bo'ladi degan umiddaman, ishlatib ko'ring! @sirojiddin_diary
Meeting with NVIDIA Regional Director We are excited to announce that Anton Juraev, Regional Director for Business Development in CIS at NVIDIA, will be visiting New Uzbekistan University. Anton Juraev has been at the forefront of advancing cutting-edge technologies across the CIS region. With years of experience in building partnerships and driving innovation, he plays a key role in expanding the influence of NVIDIA—a global leader in AI, data science, and advanced computing solutions. His expertise connects academia, industry, and business development, creating opportunities for collaboration and growth. 🗓 Date: September 24 (Wednesday), 2025 🕙 Time: 09:30 📍 Location: UCA, 2nd floor, New Uzbekistan University Register now: https://forms.gle/Q8UM4QnapfvcJogw5 💡 Students from AI & Robotics, Software Engineering, Cyber Security and Applied Math majors are highly recommended to register for this event. Don’t miss this opportunity to meet and learn from a leader representing one of the most innovative technology companies in the world!