tgindex
Softwareer
@softwareer_uzузбекский
Последний пост
12 мая
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
68
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
266
23 постов
Вовлечённость
391,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 12 мая1662из itechnic_me

    видео или голосовое, без подписи

  • Assalomu aleykum hammaga, Yangi makbuklar qullug bosinmi? 😆

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Komputerni baqirvorganini korganmisizlar 😉

  • видео или голосовое, без подписи

  • Sometimes leetcode really makes you struggle I have to admin especially if it is database (PSLQ)

  • видео или голосовое, без подписи

  • 17 мар.26691из sp_millatumidi

    🎙 IT dunyosi haqida tinglaymiz! 🎓 IT fakulteti 3-kurs talabasi Muzaffar Abduqodirov 💻 Har bir kuchli dasturchining ortida tinimsiz mehnat va katta orzular yotadi. Students’ Parliament jamoasi ushbu intervyuda aynan shunday talabalarimizdan biri bilan suhbatlashdi. 📌 “ U qanday boshlagan? Qanday qiyinchiliklarni yenggan? Va bugun qayerga yetib keldi?” - ko’pchilikni qiziqtirgan savollarga javob shu yerda⬆️ 🌐 Telegram | 🌐Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Assalomu alaykum hammaga! 🚀🔥 Bugun 15-yanvar. Taxminan 1 oy va 15 kun davomida hech qanday post joylamadim. Ko‘pchilik so‘ragan bo‘lsa kerak — nega? 👉 Sababi juda oddiy, lekin men uchun juda katta davr edi. Bu vaqt ichida: Muhim imtihonlar 📚 Internshiplar uchun eshiklar ochildi 🚪✨ Va eng muhimi — birinchi real projectimni boshladim 💻🔥 🎯 Eng qiziq tomoni — ushbu project uchun klient (xaridor) topish jarayoni bo‘ldi. Bu menga katta tajriba berdi. 💥 Katta yangilik: O‘zbekistonda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda top kompaniyalardan biri bo‘lgan Vention’ga 👉 Full Stack yo‘nalishida internshipga qabul qilindim! 🏆🔥 🇺🇸 Yana bir “first time”: Birinchi marta O‘zbekistonda turib amerikalik insonga Software Engineering bo‘yicha dars o‘tdim. Eng qizig‘i — u yosh bola emas 😄 👉 Automated QA bo‘yicha ishlayotgan professional edi! 📱 Texnik tomondan ham bo‘sh kelmadim: Birinchi mobil application’ni tugatdim ✅ Unity’da 6 ta scene’dan iborat Mario Kart game asset’ini olib, integratsiya qildim 🎮 O‘zim yaratgan o‘yinlarni ham qo‘shdim 🔥 Xullas, bu tanaffus — sukut emas, katta sakrash uchun tayyorgarlik edi 🚀 Oldinda yana ko‘p yangiliklar bor… Kuzatib boring! 😎🔥

  • Assalomu aleykum Hormangizlare bugun temp avjida

  • davomi... Ammo hozirgi kunda Yevropa madaniyatining ba’zi illatlari kirib kelmoqda. Misol uchun, farzand otasiga qarshi chiqadigan holatlar ko‘paymoqda, ijtimoiy tarmoqlarda turli buzg‘unchiliklarni aks ettiruvchi holatlar ortmoqda. Oilalarda qadriyat tushunchasi pasaymoqda, ota-o‘g‘il, ona-bola tushunchalariga ma’lum darajada putur yetmoqda (garchi keng qamrovli bo‘lmasa-da). ________________________________________ Xulosa qilib aytganda: Bularni o‘ylagan holda xayolimga bir nechta savollar keladi: • Biz, Z avlod (1995–2013-yillar oralig‘ida tug‘ilganlar), 5 yoshlilar avlodiga (2013–hozirgi kun) ota-bobolarimizdek adolatli, salobatli va oqibatli bo‘la olamizmi? • Biz qariganimizda, 5 yoshlilar avlodi bizga ota-bobolarimiz davridagi odob va qadriyatlarning qanchalik qismini ko‘rsata oladi? • 5 yoshlilar avlodi zamonaviy texnologiyalar (telefon, kompyuter, ijtimoiy tarmoqlar)dan to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadimi yoki hozirgidek faqat Instagram, TikTok’da ergashuvchi bo‘lib qoladimi — ergashtiruvchi bo‘lish o‘rniga?

  • X avlod – Milleniallar – Z avlod – 5 yoshlilar Bugun universitetda o‘tirganimda, mashhur Xayrulla Xamidovning bir she’ri Instagram tarmog‘ida ko‘zimga tashlandi va u menga juda kuchli ta’sir qildi. Aynan shu mavzu meni chuqur o‘ylantirdi. Bu mavzu X avlod, ya’ni 1950–1990-yillarda yashab o‘tgan insonlar hamda Z avlod (1997–2012) o‘rtasidagi farq, hozirgi muhitning 5 yoshlilar (2013–hozirgi kun) oilasiga ta’siri haqida edi. ________________________________________ Xayrulla Xamidov – Eski odamlar haqida: O‘zini hammadan past bilguvchi So‘zlashganda ko‘zlar kulguvchi Sadaqani pinhon qilguvchi Eski odamlar endi yo‘q Ko‘zlaridagi mum to‘la hitob Kunlik umr katta bir kitob Duo qilsa darhol mustajob Eski odamlar endi yo‘q To‘nin mehmonga tushaguvchi Inson kabi hur yashaguvchi Odam Atoga o‘xshaguvchi Eski odamlar endi yo‘q Hatto bo‘riga qo‘ymay tuzoq Sog‘lar ichra qololganda sog‘ Tushda ham gunohdan uzoq Eski odamlar endi yo‘q Do‘sti uchun bermoq jonini Yashagan va topgan imkonini Birovni sotmagan hech qachonini Eski odamlar endi yo‘q Holimiz shu ketar kungacha Ish kattardi nochor shungacha Endi siz ham yashang yangicha Eski odamlar endi yo‘q ________________________________________ Darhaqiqat, agar siz 1990-yillargacha tug‘ilib hayot kechirgan insonlar bilan gaplashsangiz (istisnolar bor, albatta), ularda qadriyat va madaniyatning oliy cho‘qqisini ko‘rishingiz mumkin. Masalan, mening bir odatim bor: qayerdadir davraga kiradigan bo‘lsam, imkon qadar yoshi katta nuroniy otaxonlar atrofida o‘tirishga harakat qilaman. Buning sababi nima deb so‘rasangiz, aytaman — o‘rtacha yoshi 40 dan oshgan insonlar bilan suhbatlashsangiz, ulardan nimanidir o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi. Ularning atrofidagi muhit ham o‘zgacha bo‘ladi. Misol uchun, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan illatlardan biri — og‘izdan chiqayotgan so‘zning ma’nosini anglamaslik, oqibatini tushunmaslik, so‘kinish va uyatsiz so‘zlardan bemalol foydalanishdir. Ammo yoshi katta insonlar, o‘z qadriyatiga ega odamlar davrasida o‘tirar ekansiz, u muhit butunlay boshqacha bo‘ladi. U davrada so‘kinish emas, g‘iybat emas, ijtimoiy tarmoqlardagi soxta hayot emas — balki insoniyat hayotiga asoslangan hangomalar, X avlod (1950–1990) davridagi qadriyatlar, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, jamoat joylarida o‘zini tutish odobi haqida fikrlar bo‘ladi. Ba’zan u davralarda eshitadigan qadriyatlarni kitoblardan ham topish qiyin. Tarixdan bilamizki, X avlod boshlangan 1950-yildan 2010-yilgacha, ayniqsa mustaqillikka erishishdan oldingi davrda, insonlar hayoti hozirgidek farovon bo‘lmagan. Hozirgidek mashinalar, zamonaviy texnikalar yetarli bo‘lmagan. Masjidlarda, to‘y va marosimlarda, mehmonxonalarda yoshi katta insonlar bilan o‘tirganimda, ular oilada birlikni qanday saqlaganliklari haqida so‘zlab berishadi. Aynan shu qiyinchilik davrida shakllangan go‘zal odoblar, qadriyatlar haqida juda ko‘p narsalarni men ana shu kattalar davrasidan o‘rganganman. Buning yaqqol misoli sifatida aytishim mumkinki, mening biologiya fanidan bir ustozim bor. Bu insonni men o‘z qadriyatiga ega inson deb bilaman. Sababi, bu kishi uchun insonning yoshi muhim emas — eng muhimi, insonda shakllangan ong, dunyoqarash va ilmga bo‘lgan e’tibor. Agar sizda bilim bo‘lsa-yu, ammo insoniylik jihatidan boshqalarni hurmat qila olmasangiz, u kishi nazarida siz dunyodagi eng baxtsiz insonsiz. Ilm deganda faqat kitob o‘qish emas, balki dunyoviy tajriba, kasbiy ko‘nikma va insonlar bilan muomala qilish madaniyati ham tushuniladi. Xayrulla Xamidovning she’rini o‘qib xayolimga kelgan fikr shuki: X avlod vakillari — otalarimiz, bobolarimiz, onalarimiz, buvilarimiz — ularning oldiga boradigan bo‘lsak, ularning salobati va oiladagi muhit tufayli, ularning oldida xohlagan gapingizni gapira olmaysiz, xohlagan “qilig‘ingizni” qila olmaysiz (yaxshi ma’noda), chunki ular bizni shunday tarbiyalashgan.

Softwareer — tgindex