tgindex
Soliha | 💸 & Frilans

Soliha | 💸 & Frilans

Статистика

Yuz va ovozsiz blog yuritib daromad topishni o’rgatadigan ekspert Qarshiyeva Solihaning kanali✔️ Men bilan SMM-mutaxassislar, ekspertlar va tadbirkorlar daromadlarini blog yuritish orqali minimum 2 baravar oshirishadi💰 Murojaat uchun - @solihaqarshiyeva

Последний пост
11 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 201
−16 за 5 дн.
Сутки
−4
−0,33%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
521
20 постов
Вовлечённость
43,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 июн.1 287169

    🔝 YOZGI KONTENT IDEALAR Yozda kanalingizga joylash uchun kontent g’oya topolmayapsizmi? Bu postni o’zingizga saqlab qo‘ying! Quyidagi 15 ta kontent ideadan istalgan blog mavzusiga moslashtirib foydalanishingiz mumkin.⬇️ 1️⃣ Yoz uchun maqsadlaringiz ro‘yxati 2️⃣ Yozda o‘zgartirmoqchi bo‘lgan 5 ta odatingiz 3️⃣ “Mening ideal yoz kunim” mavzusida post 4️⃣ Yozgi ertalabki rutinangiz 5️⃣ Yozda o‘qish uchun tavsiya qiladigan kitoblaringiz 6️⃣ Yozgi playlist yoki sevimli qo‘shiqlaringiz 7️⃣ Issiq kunlarda produktiv bo‘lish sirlari 8️⃣ O‘tgan yozdan qolgan eng yoqimli xotirangiz 9️⃣Yoz uchun wish-list (amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar) 1️⃣0️⃣ Yozgi self-care va dam olish usullari 1️⃣1️⃣ Yozda foydali bo‘lgan ilovalar yoki servislar 1️⃣2️⃣ Yozgi challenge yoki marafon boshlash 1️⃣3️⃣ Yozda nimani o‘rganmoqchisiz? 1️⃣4️⃣ “Bir kunim qanday o‘tadi?” formatidagi kontent 1️⃣5️⃣ Yoz tugashidan oldin albatta qilmoqchi bo‘lgan 10 ta ish Auditoriya mukammal kontentni emas, samimiy va foydali kontentni kutadi🫂

  • 5 июн.1 3456

    #1yilda52kitob Жан Поль Сартр — Ставок больше нет Eng varog’i kam kitob bo’lgani uchun yo’lda mutolaa qilishga shuni tanlagan edim. Lekin bookblogerlar maqtaganchalik “vaaau” effekt ko’rmadim. Yevani boyligiga erishish uchun eri zaharlab o’ldiradi, Pyerni esa dushmani otib o’ldiradi. Keyin ular «загробный мир» da uchrashib qolib, “nega biz tirikligimizda bir-birimizni uchratmaganmiz? Aynan uzukka ko’z qo’ygandek bir-birimizga mosmizku” deyishni boshlashadi. Keyin ularga 24 soatga tirik odam bo’lib yashash imkoniyati beriladi. Qoidasi: agar 24 soat ichida bir-biridan hecham shubhalanmasa, sevishishda davom etishsa, tiriklar safida qolishadi. Agar shubhalanishsa, o’lishadi. To’g’risi, asar ideasi yaxshi, yomon emas. Lekin yozuvchini yozish uslubi yoqmadi. “Bordi, keldi, to’xtadi, gapirdi” shunaqa oddiy gaplar, so’z boyligi yo’q, mazza qilib atmosferani his qilib o’qimaysiz. “Farengeyt bo’yicha 451°” haqida ham shunday taqriz yozgan edim😁 Yozuvchi asar ustida yana sal ko’proq ishlab, sayqal berganida zo’r bo’lar edi. Elektron o’qiganim ham bir tarafdan yaxshi bo’libdi, endi buni bekorga sotib olib ovora bo’lmayman😊 160 bet. 23/52

  • 2 июн.1 0938

    #1yilda52kitob@soliha_frilans Джейн Остен — Любовь и дружба Jeyn Ostenning yozish uslubi judayam boyligi, oson va qiziqarli o’qilishi bilan meni o’ziga jalb qiladi. Bu kitobida 3 ta roman jamlangan ekan. Qiziqarli tarafi, asar qahramonlari bir-biriga yozgan xatlari orqali nima bo’layotganini bilasiz. O’zgacha janr menga rosayam yoqdi, judayam xursand bo’ldim😍 1️⃣ Любовь и дружба Laura va Sofiyaning do’stligi, ularning erlari bilan munosabatlari haqida ekan. Qahramonlar shu qadar hissiyotga berilib yashashadiki, ba’zida ularning qarorlari judayam kulgili tuyuladi. Jeyn Osten o’sha paytdagi romantik romanlardagi ortiqcha dramatizm ustidan kulgandek xuddi😂. Jeyn Ostenning yumoriga yana bir bor tan berdim)) Yengil, kulgili va kinoyaga boy hikoya ekan. 2️⃣ Леди Сьюзен Menga eng yoqqani shu asar bo’ldi) Ledi Syuzen juda aqlli, chiroyli va makkor ayol. U odamlarni o’ziga ishontirishni, vaziyatdan o’zi uchun foyda olishni juda yaxshi biladi. Bir xatda bir gapni yozsa, keyingi xatda uning asl niyati butunlay boshqacha ekanini ko’rib qolishingiz mumkin. O’qib turib uning topqirligiga qoyil qoldim. Salbiy qahramon bo’lsa ham, asarni aynan u qiziqarli qiladi, ba’zida o’zim bilmagan holda uning tarafini olgandek ham bo’ldim😁 3️⃣ Замок Лесли Jeyn Osten “buni oxiriga yetkazmagan bo’lsam ham, shunday qoldirishni lozim topaman” deb yozgan ekan. Agar tugatganida bu ham ajoyib asar bo’lardi menimcha) Agar sizga xatlar shaklida yozilgan asarlar, ingliz klassikasi va yengil yumor yoqsa, albatta tavsiya qilaman ✅ 222 bet. 22/52

  • Yozning 1-kuni ham kelibdiya😁 Hash-pash deguncha 2026-yil ham yarmiga yetib qoldi) O’zimga qanchadan-qancha va’dalar bergandim ehheeeee, tasavvur ham qila olmaysiz😂 Men qilaman 9, Alloh qiladi 8 deb rejalarim ko’pi chippakka chiqib ketdi) Maylida, peshonada yozilganini ko’raveramiz, to’g’rimi? Sizchi? Yozga nima rejalar qilyapsiz?

  • “7️⃣ KUNDA 7️⃣ KARRA O’ZGARISH” chellenjimiz ertaga boshlanadi, tayyormisiz? Bu chellenjga to’g’ri va sog’lom ovqatlanish bo’yicha mutaxassis Yasmina G’ayratovnani ham taklif qilganman🔥 Nafaqat intizom va kitobsevarlik, balki sog’lom odatlar haqida ham gaplashamiz ✅ Tayyormisiz? Tezda qo’shilib oling! 📎 https://t.me/+Uo-WiK1oz-k5NmQ6

  • 30 мая534121

    #1yilda52kitob@soliha_frilans Николас Спаркс— Крутой поворот Nikolas Sparksning ijodini yaxshi ko’rishim sir emas: u shunchaki sevgi haqida yozmaydi. U insonlarning o’ylari, yo’qotishlari, qo’rquvlari va hayotdagi eng og’ir qarorlarini oddiy va hayotiy tilda yozadi. «Крутой поворот» ham aynan shunday asarlardan ekan. Kitob bosh qahramoni — sherif yordamchisi Maylz. Ikki yil oldin avtohalokatda xotini yo’qotgan va shu voqeadan keyin o’g’li bilan yolg’iz yashab keladi. Avtomobil haydovchisi xotinini urib ketganidan keyin voqea joyidan qochib ketgan, politsiya esa uni topa olmaydi. Maylz bundan juda siqiladi, hatto o’zi yolg’iz qidiruv ishlari olib boradi, ammo baribir qotilni topa olmaydi. Bir kuni uning hayotida Sara paydo bo’ladi. U o’g’lining yangi ustozi bo’ladi. Onasini yo’qotgandan keyin oldingi ustozlari uni qiynamay o’qitishga harakat qilib, natijada u tengdoshlaridan ancha orqada qolib ketgan bo’ladi. Buni Sara sezib qoladi va unga darsdan keyin qo’shimcha o’qishga qolishini taklif qiladi. Shunday qilib, Maylz va Sara bir-biriga ko’ngil qo’yadi. Ammo hammasi endi zo’r bo’ldi deb o’ylaganingizda, bir voqea hammasini tubdan o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun ham asar nomi “keskin burilish” bo’lsa kerak. Albatta tavsiya qilaman💯 351 bet. 21/52

  • Kommentlar qaniyuuuuu?👀 Hamma menga o’xshab hayitlab ketib qoldimi mehmonga😁

  • Agora prinsipi Ular odamni mahsulot sotib olishidan oldin ma’lum bir ishonchlar zanjiri orqali olib o‘tadi. Va aynan shu narsa sovuq auditoriyada ham juda yuqori konversiya beradi. Bu prinsipni Telegram kanalida ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham ishlatish mumkin. Buning uchun har kuni atigi 15 daqiqa kontentga vaqt ajratish kifoya. Xo’sh, ishonch zanjiri qanday quriladi?⬇️ 1️⃣ O‘zingizni auditoriyaga muntazam eslatib turasiz. 2️⃣ Auditoriya bilan mustahkam aloqa o’rnatasiz. 3️⃣ Odamlarning ishonchini asta-sekin qozonib olasiz. 4️⃣ Sotuvlaringizni “legal doping” bilan kuchaytirasiz. 5️⃣ Kontentingizga haqiqiy qaramlik hosil qilasiz. Ana shunda, sizning har bir postingizni intizorlik bilan kutishni boshlashadi✅ Mana shunday marketing sirlarini ochadigan postlar ko’o’o’o’p bo’lsin desangiz, reaksiyalarni bang’illatib tashlang, ko’rib xursand bo’lay😍

  • Kontent odamlarning dunyoqarashi va ishonchlarini shakllantiradi. Ular nimaga ishonadi? Nimaga ishonmaydi? Hammasini ular tanovul qilayotgan kontent hal qiladi. Bekorga: “Biz — yegan narsamizning o‘zimiz”, deyishmaydi. Bu yerda kontent — miya uchun oziq vazifasini bajaradi. Shuning uchun bugungi kunda postlarni shunchaki chiroyli yozishning o‘zi yetmaydi. Asosiysi — odamlarda to‘g‘ri ishonchlarni shakllantira olish. Sotuvga asta-sekin va tabiiy olib boradigan ishonchlarni. Eng yirik kopirayting kompaniyalaridan biri — Agora ham barcha matnlarini aynan shu prinsip asosida quradi. Qanday prinsip ekanligini 5 ta ❤️ dan keyin aytaman)

  • Qaramlik uyg‘otadigan marketing haqida gaplashamizmi? Kontent — bu zamonaviy narkotik. Odamlar unga doridek bog‘lanib qolishgan. Bo‘sh vaqtida. Ish paytida. Yo‘lda. Ovqatlanayotganda. Navbatda. Tirbandlikda. Tadbir vaqtida. Ertalab. Kunduzi. Kechqurun. Tunda. Doim. Hamma joyda. Shunchaki atrofga qarang… Nimani ko‘ryapsiz? Har ikkinchi odam smartfon ekraniga tikilib o‘tiradi. Ular kontentni xuddi qo‘lidan konfeti tortib olinayotgan yosh boladek ochko‘zlik bilan “yutishyapti”. Va bu oqibatsiz qolmaydi.

  • Kecha olgan insaytlarim bilan bo’lishmoqchiman😁 Anchadan beri blog yuritishda qiyinchiliklarim bo’layotgandi, o’zimdan hecham ko’nglim to’lmayotgan edi. Yaqinda Yasminaga ham dardimni doston qilgandim, “nima qilishni bilmayapmaaaaan” deb😂 Kecha Nozimani kanaliga tavsiya tarifiga ikkinchi layfstayl kanalimni reklamaga berdim. Chunki hozir menda asosiy fokus layfstayl kanalimda. Reklamadan keyin kelgan obunachilar bilan tanishib, ularning yozganlarini o’qib, yangi-yangi kontent idealari kelishni boshladi. Qilayotgan ishim “shunchaki kontent” emas, kimlargadir foyda ekanligini tushundim. Yanada yaxshiroq yuritish, yanada foydali va manfaatli kontent yaratishga olam-olam motivatsiya oldim. Bu bilan nima demoqchiman? Agar kanal yuritishingizdan ko’nglingiz to’lmayotgan bo’lsa, obunachilaringiz fikrini so’rab ko’ring. Sizga yangi g’oyalar berishar ekan😁 Lekin baribir eng katta motivatsiyani blogingiz orqali topadigan daromadingiz beradi🤣 shuning uchun, tezroq blogingizni monetizatsiya qilish usullari haqida o’ylashingiz kerak)) Bekorga katta blogerlar blogini har kuni yuritmaydi)) ularning motivatsiyasi kuchli🔥

  • Bepul chellenj boshladim! 7 kun — 1-iyundan 7-iyungacha davom etadigan “7 kunda 7 karra o’zgarish” nomli chellenj tashkil qilyapman😍 Qatnashishni xohlovchilar ikkinchi kanalimga o’tib oling, hamma yangilik o’sha yerda⬇️ ➡️ https://t.me/soliha_vlogs

  • Qurbon hayit ayyomingiz muborak bo’lsin🫂 Kim nima bilan band? Men hozirgina go’shtlarni qovurishni boshladim, kechroqqa ota-onam mehmonga kelishadi😍 Ertaga esa o’zim ketaman yotib qolishga😁

  • #1yilda52kitob@soliha_frilans Александр Куприн — Гранатовый браслет Bu kitobda 3 ta hikoya jamlangan ekan: 1️⃣ Суламифь Sulaymon shoh va Sulamif ismli oddiy oiladan chiqqan qizning atigi 7 kun cho’zilgan fojiali sevgisi haqida. Boshida qizning 13 yosh, Sulaymonning esa 1000 ta xotini bor, 45 yoshli erkak ekanligini tasavvur qilib ko’zim 😳 bo’lib qoldi, keyin esa o’sha vaqtga nisbatan bu norma bo’lganligini eslab o’zimni bosishga harakat qilsam-da, baribir bu hikoyada sevgi ko’ra olmadim. 2️⃣ Гранатовый браслет Jeltkov degan oddiygina odam knyaginya Vera Nikolaevnani yillar davomida jimgina sevadi. Hech narsa talab qilmaydi, evaziga hech nima kutmaydi. Shunchaki sevadi. Faqat bayramlarda xat yozib turadi. Bir tug’ilgan kuniga esa anor shaklidagi bilaguzuk sovg’a qilgach, Vera eridan u bilan gaplashib boshqa unday qilmasligini aytishni so’raydi. Jeltkov Veraga telefon qilib “hech bo’lmasa shu shaharda qolib sizni borligingizni bilib tursam maylimi?” deb so’raydi. Veradan rad javob olgach esa Jeltkov o’zini o’ldirishni lozim topadi. 3️⃣ Колесо времени Rus yigit Mishika (Mixail) va fransuz ayoli Mariyaning sevgi hikoyasi. “Agar ayol sevsa, sevgilisi undan ustun bo’lsa, uning darajasiga ko’tarilishga harakat qiladi. Agar undan past bo’lsa, uning darajasiga tushishga harakat qiladi” deb avtor g’irt haqiqatni aytgan. Mariya go’zal, chiroyli, intelligent, empat ayol. Mishkani sevib qolgach, o’zi birinchi qadamni tashlaydi. Ammo Mixail boshida uni ko’klarga ko’tarib yoqtirgan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan unga odatiylik bo’lib qoladi, keyinchalik esa uni o’zgartirishga harakat qilishni boshlaydi. Masalan, Mariya ko’chada otlarni ko’rsa ularga shakar berib erkalaydigan odati bo’ladi. Bir marta Mishka unday qilma, ular quturgan bo’lishi mumkin deydi. Keyin mana shunday “unday qilma”lar ko’payishni boshlaydi. Yana bir “unday qilma”dan keyin esa Mariya shunchaki uni hayotidan g’oyib bo’ladi. Shu joyida Mariyaga qoyil qoldim. Uni o’zidan kechishga majbur qiladigan sevgini emas, balki o’zini tanlay olgani uchun. Kuprinning yozish uslubi menga juda yoqdi, shunaqangi boy va go’zal yozilganki, o’qib mazza qilib yubordim. Sizga ham tavsiya beraman✅ 221 bet. 20/52

  • 25 мая774121

    Roppa-rosa 14 yil oldin maktabni bitirgan ekanman😳 Lekin maktab davrim xuddi kechagidek esimda😁 Muammolarim oddiygina nima kiyish-u, uyga vazifalarni qilish edi, qadriga yetmagan ekanmiz🤣 Siz maktabni bitirganingizga qancha bo’ldi?))

  • U esa mana bunday ma’lumot berdi⬆️ Buni o’qib esa ta’bim tirriq bo’lib ketdi. Nega desangiz birinchi bo’lib Mishel Ardan borishga qaror qiladi, keyin esa Barbiken va Nikol qo’shiladi. Demak, internetda topsa bo’ladigan oddiy ma’lumotni ham GPT topa olmay teskari ma’lumot beryaptimi, demak unga vaaaaapshe ishonmaslik kerak degan xulosaga keldim. Siz ham shuni yodda tuting😊

  • Ba’zida kitob o’qib turib ham, oxiri nima bo’lishiga qiziqib ketib GPT dan spoyler so’rab oladigan odatim bor😁 Bu safar ham shunday so’radim)

  • Fikrlaringizni o’qib judayam xursand bo’ldim, yana bir bor auditoriyam saviyali va o’qimishli ekanligiga amin bo’ldim😍 Ko’r ko’rni qorong’ida topadi degandek, biz bir-birimizni juda yaxshi topganmiz😁 Yaqinda GPT ta’bimni rosa xira qildi, keyingi postda negaligini aytaman⬇️

  • Hamma sohada emas. Lekin beginner dasturchilar, o'rtacha mantaj ustalari, dizanynerlik, dispetcherlar, bugalterlar kabi kasblarni olib qo'yishi mumkin.

  • Shuning bilan birga SI ni biladigan soha mutaxassisi juda katta kuch va yordamchiga ega bo'ladi. Vaqti va energiyasi tejaladi