Soliq va Hisob 🇺🇿
СтатистикаMuzaffar Abdurahmonov ! Aniq, foydali, soliq va buxgalteriya hisobiga oid. 👉 @muzaffar_av
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 74
- 1/48двое суток
- 84
- 1/72трое суток
- 91
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Nega ijara shartnomam bo'lsa ham 3-mezonda 0 yoki -5 ball olmoqdaman? Buning asosiy sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin: 1️⃣ Obyekt "Turar joy" toifasida bo'lsa: Eng ko'p uchraydigan xato. Agar ijara shartnomasi "noturar joy" (tijorat binosi) emas, balki "turar joy" (uy, kvartira) sifatida hisobga qo'yilgan bo'lsa, sizga ball berilmaydi, aksincha -5 ball chegirib tashlanadi (oilaviy korxonalar mustasno). 2️⃣ Maydon talabiga javob bermaslik (QQS to'lovchilar uchun): Agar siz QQS to'lovchi bo'lsangiz, ijaraga olingan obyekt maydoni 18 kv.m. dan kam bo'lmasligi qat'iy talab qilinadi. Kvadratura yetarli bo'lmasa, 7 ball berilmaydi. 3️⃣ Amalda manzilda yo'qlik: Korxonangizda noturar joy bo'lmasa va tekshiruvda ko'rsatilgan yuridik manzilda amalda faoliyat yuritmayotganingiz aniqlansa, reytingdan -5 ball olib tashlanadi. 4️⃣ Tizimda yoki hisobotda yo'qlik: Shartnoma ijara.soliq.uz da to'g'ri hisobga qo'yilmagan bo'lsa yoki mulk bo'yicha soliq hisobotlari topshirilmagan bo'lsa, ball hisoblanmaydi. @soliq_hisob
🧾 Aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar quyidagi xarajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi: ━━━━━━━━━━━━━━━ 1️⃣ Aksiz to'lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo'lgan, shuningdek aksiz to'lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo'lgan, aksiz to'lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish 2️⃣ Aksiz to'lanadigan tovarlardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish 3️⃣ Aksiz tovarlarni realizatsiya qilish narxi va tannarxi o'rtasidagi ijobiy farq 4️⃣ O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to'lanadigan tovarlarning buzilishi, yo'qotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yo'qotish yoki shikastlanish (sinish, bo'linish) aniqlanishi; uzoq muddatli shartnomalar bo'yicha daromadlar 5️⃣ REPO operatsiyalari bo'yicha daromadlar 6️⃣ Qimmatli qog'ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo'yicha olingan daromadlar 7️⃣ Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar 8️⃣ Tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar) 9️⃣ Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar 🔟 Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar 1️⃣1️⃣ Talab qilish huquqidan o'zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo'yicha olingan daromadlar 1️⃣2️⃣ Ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o'rnini qoplash tarzidagi daromadlar 1️⃣3️⃣ Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to'lanishi lozim bo'lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o'rnini qoplash summalari 1️⃣4️⃣ Valyuta hisobvaraqlari bo'yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi 1️⃣5️⃣ Aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaxs foydasiga o'z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaxsning ustav fondi shakllantirilganda (ko'paytirilgan yoki kamaytirilganda) 1️⃣6️⃣ Soliq kodeksining VII bo'limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi 1️⃣7️⃣ Dividendlar tarzida olingan daromadlar 1️⃣8️⃣ Foizlar tarzida olingan daromadlar ━━━━━━━━━━━━━━━ Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qaroriga 2-Ilova Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida NIZOM
Yuqoridagi yangilikni ko'p ko'rishdi ... https://ed2.customs.uz/ saytida 1 oy oldingi GTD (Bojxona yuk deklaratsiyasi)larni yuklab olishni pullik qilishgani yetmaganidek... ❌ 15- kun oldingi GTDlar bazadan tag-tugi bilan yo'q qilib qo'yilibdi (qidiruvda umuman chiqmayapti). @soliq_hisob
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🟦🟦🟦 Iyul oyida НД 40 rejimi bilan rasmiylashtirilgan BYUD lar uchun to'langan QQS summalar soliq QQS hisobotida aks etmoqda. Buni ko'rib juda xursand bo'ldim lekin, menda bitta kamchilik bor 3 BYUD atiga 2 ta BYUD ning ma'lumot ko'rinyapti 1 tasi izsiz yo'q (НД-40). O'ylashimcha texnik ishlar olib borilmoqda va bu kamchiliklar ham bartaraf etiladi degan umiddaman. To'g'rini aytaman bu yangilikdan mendan ham xursand inson bo'lmasa kerak 😎😎
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi. Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini…
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi. Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqarsa, mamlakatga yana 1,5 - 2 milliard dollar valyuta tushishi mumkin. Yil boshidan 47 ta maxsus iqtisodiy zonadan 29 tasida umuman eksport bo‘lmagani ham tanqid qilindi. Qolgan 18 tasidagi eksport hajmi 500 million dollardan oshmaydi. Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” tashkil etib, 208 ta korxona va 29 ta maxsus iqtisodiy zonaga yuborish topshirildi. Bu brigadalar korxonalarning sertifikat, aylanma mablag‘, bozor va logistika bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etadi. Shuningdek, ikki yildan buyon 300 million dollarlik 219 ta uskuna ishlatilmay turgani, yana 619 million dollarlik 154 ta uskuna bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakunlanmagani qayd etildi. Bir oy muddatda bu boradagi vaziyatni joyida o‘rganib, mavjud kamchilik va to‘siqlarni bartaraf etish topshirildi. Facebook|Instagram|X
TTN: Biroz boʻlsada vaqt tejaladi. Har safar TTN yozganda manzilni qoʻlda terishga vaqt sarflamaslik uchun: Mening manzillarim degan joyga oʻz omboringiz yoki yuk ortiladigan manzillarni bir marta kiritib qoʻying. Hamkor manzillari boʻlimida chiqishi uchun esa kontragentingiz (mijozingiz) oʻz kabinetidan oʻz manzilini kiritib qoʻyishi kerak. Hamma oʻz manzilini bir marta kiritib qoʻysa, keyingi safar viloyat, tuman deb oʻtirmasdan, tugmani bitta bosib tayyor manzilni tanlaysiz. Ham sizga, ham hamkorga ancha oson boʻladi. 👉 @soliq_hisob
#markirovka Markirovkalangan tovarlar harakati ustidan raqamli nazorat Tovarlar aylanmasining shaffofligini ta’minlash hamda iste’molchilarni sifatsiz va soxta mahsulotlardan himoya qilish maqsadida raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilish jarayonida avtomatik tekshirish (validatsiya) mexanizmi joriy etilgan. Avtomatik tekshiruvlar elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va onlayn nazorat-kassa texnikasi (ONKT) cheklarini rasmiylashtirish jarayonida amalga oshirilib, belgilangan talablarga muvofiq quyidagi ma’lumotlarni tekshiradi: ▫️markirovka kodining hujjatda majburiy aks ettirilganligi; ▫️markirovka kodining takrorlanmaganligi (dublikat emasligi); ▫️markirovka kodining haqiqiyligi va raqamli markirovka axborot tizimida mavjudligi; ▫️MXIK kodining markirovka kodiga muvofiqligi; ▫️tovar miqdorining markirovka kodlari soniga mosligi; ▫️markirovka kodining tovarni realizatsiya qilayotgan subyektga tegishliligi hamda tovarning belgilangan tartibda kirim qilinganligi; ▫️tovarni realizatsiya qilish uchun zarur lisenziya (ruxsat etish yoki xabardor qilish hujjati) mavjudligi; ▫️tovarning yaroqlilik muddati; ▫️tovarni xarid qilayotgan subyektda (chakana savdo) 2D-skaner qurilmasining mavjudligi; ▫️tadbirkorlik sub’yektining “Asl belgisi” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligi. ❗️Avtomatik tekshiruv natijasida nomuvofiqlik aniqlanganda, EHF yoki onlayn NKT chekini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda xato turiga qarab: ▫️markirovka kodi, MXIK, tovar miqdori yoki boshqa ma’lumotlarni to‘g‘rilash; ▫️tovar kirim hujjatlarini rasmiylashtirish; ▫️lisenziyani rasmiylashtirish yoki yangilash; ▫️“Asl belgisi” tizimida ro‘yxatdan o‘tish; ▫️zarur hollarda esa tovar yetkazib beruvchiga murojaat qilish lozim. Mazkur avtomatik tekshiruvlar raqamli markirovka tizimining ishonchliligini ta’minlash, tovarlar harakatining shaffofligini oshirish hamda qalbaki, takroran muomalaga kiritilgan va talablarga javob bermaydigan mahsulotlarning aylanmasini barvaqt bartaraf etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, raqamli markirovka masalalari bo‘yicha tezkor amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi «Raqamli markirovka bilan ishlash» servisi orqali Hududlararo soliq inspeksiyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Murojaatlar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Soliq to‘lovchilar javob sifatiga baho berishlari mumkin. Past baho olgan murojaatlar rahbariyat tomonidan alohida nazoratga olinadi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Shift+Alt tugmalarini bosaverib, kuniga bir yozuv tilidan boshqa yozuv tiliga yuzlab, minglab marta o'taverib charchab ketgan avlod bo'lsak kerak - BIZ! Ayniqsa bir dunyo narsa yozib, ekranga qaraganda boshqa tilda xato yozilganini ko'rib asabiylashishni aytmaysizmi)))
📢 1-iyuldan soliq ma’murchiligidagi muhim o‘zgarish! Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-sonli “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 🗓 Muddat: 2026-yil 1-iyuldan. 🏢 Kimlar tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga o‘tadi? Yirik soliq to‘lovchilardan tashqari quyidagilarning soliq ma’murchiligi, soliq hisobini yuritish va nazorati tegishli tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi: -Bozorlar va savdo komplekslari; -Savdo sohasidagi yuridik shaxslar; -Umumiy ovqatlanish sohasidagi yuridik shaxslar; -Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar; -Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuridik shaxslar; - Yakka tartibdagi tadbirkorlar; -O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar. Korxonalarga 1-iyuldan shahar yoki tuman soliq inspeksiyasiga o‘tishi to‘g‘risida xabarnomalar kela boshladi. @soliq_hisob✅
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️ ✅ 2026 yil 1 sentyabrdan: ▪️ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 soʻm; ▪️ bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 soʻm etib belgilandi. 23.06.2026y PF-115 🔛Obuna bo`ling🔛 🚀Telegram 📷 Instagram
Haqiqatmi ? 😁 @soliq_hisob
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 6-oktyabrda 1515-son bilan ro‘yxatga olingan Nizomda ish beruvchi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar o‘zi joylashgan joydagi Xalq banki filialiga jamg‘arib boriladigan pensiya badallari uchun o‘tkazilgan mablag‘larga xodimlar reyestrini taqdim etishi belgilangan. Muddat: Har oyning 15-sanasigacha oʻtgan oy uchun jamgʻarib boriladigan pensiya (INPS) pullarini toʻlab, orqasidan reyestrini ham Xalq bankiga topshirish shart. "Pulini toʻladim-ku, boʻldi-da" deb yurilaversa, Ma’muriy kodeksning 179²-moddasi bilan jarima . Jarimalar miqdori (BHMga nisbatan): Birinchi safar : 2 baravardan 4 baravargacha jarima. Ikkinchi safar qaytarilsa: 3 baravardan 5 baravargacha. Uchinchisida: 5 baravardan 7 baravargacha. Lekin bu bo'yicha shu paytgacha jarimani amalyotda qo'llashganini ko'rmadim..... @soliq_hisob
Hisob raqamda pul boʻlmasa ham soliqqa «platejka» «kartoteka» yuborish shartmi? Soliq kodeksi 115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash Soliq toʻlash majburiyatiga ega boʻlgan soliq toʻlovchi uni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka, oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart. Agar soliq toʻlovchida toʻlanmagan soliq qarzi mavjud boʻlsa, soliq organi unga soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 175-modda Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. @soliq_hisob
E-faktura sayt manzilini quyidagi linkdan topib olishingiz mumkin https://oldmy.soliq.uz/faktura/ru E-faktura oyma-oy fakturalarni analiz qilish uchun eng zoʻri .... E-fakturani bilgan biladi @soliq_hisob
Bojxona organi bilan akt-sverkamiz chiki-chiki bo'lishi uchun ba'zi bir jihatlarni ham inobatga olishimiz kerak boladi. 1- КТД / BDT Корректировка Таможенной Декларации / Bojxona Deklaratsiyasini Tuzatish | Stavka BXM * 25% 2- 12 turdagi yig'im | Bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi | Stavka BXM * 25% 3- Зак-Нар bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari ko'rik Досмотрь uchun | Stavka soatiga BXM * 2 barovar 4- Boshqa rejimlar uchun to'langan yig'imlar ИМ-74 uchun to'langan yig'imlar | Stavka Bojxona qiymatiga qarab * BXM aniqlanadi. Surat: SI