tgindex
Soliq Servis

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
16
Всего постов
140
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
35 340
−155 за 4 дн.
Сутки
−40
−0,11%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 635
40 постов
Вовлечённость
10,3%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 140
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 904
1/48двое суток
3 327
1/72трое суток
3 589

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.2 71784

    🎥 my3.soliq.uz orqali chet ellik shaxslardan olingan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha QQS hisob-kitobini elektron tarzda yuborish mumkin! 🔝 Videoda mazkur hisobotni shakllantirish, avtomatik va qo‘lda ma’lumot kiritish, hisobotni tekshirish hamda soliq organiga yuborish tartibini bosqichma-bosqich ko‘rsatib beramiz. ⭐ Shuningdek, yuborilgan hisobotlarni “Hisobotlar jurnali” bo‘limi orqali kuzatish va yuklab olish mumkin. ✔️ my3.soliq.uz — soliq hisobotlarini masofadan turib tez va qulay taqdim etish imkonini beradi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 14 авг.3 12741

    #KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Soliq tekshiruvlari nima maqsadda o‘tkaziladi? ✔️ Javob: Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar, yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. 📌Soliq tekshiruvlari soliq majburiyatlarining qonunchilik talablariga muvofiq bajarilishini aniqlash, soliq hisoboti va to‘lovlarining to‘g‘riligini nazorat qilish hamda soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 137-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 14 авг.3 0924

    Bilasizmi? 🇺🇸AQShning ayrim shaharlari va hududlarida yomg‘ir suvlari uchun maxsus to‘lov mavjudligini bilasizmi? 🌧Yomg‘ir suvlari uchun to‘lov (Stormwater Fee) — yomg‘ir vaqtida tomlar, asfalt va boshqa suv o‘tkazmaydigan yuzalardan oqib tushadigan suvni yig‘ish va boshqarish xarajatlarini qoplash uchun undiriladigan to‘lov. 🪙 To‘lov miqdori ayrim hududlarda mulkning suv o‘tkazmaydigan yuzasi — masalan, bino tomi, asfaltlangan yo‘lak yoki avtoturargoh maydoniga qarab belgilanadi. 📣 Eng qizig‘i: bu aslida yom‘irning o‘zi uchun solinadigan soliq emas. Fuqarolar yom‘ir yog‘gani uchun emas, balki yom‘ir suvlarini boshqarish, drenaj tizimlari va infratuzilmasini saqlash xarajatlari uchun to‘laydi. 📈Ushbu mablag‘lar yom‘ir suvlarini oqizish tizimlarini ta’mirlash, suv toshqinlarining oldini olish va suvni boshqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. 💡Qiziqarli fakt: ba’zi hududlarda mulkning suv o‘tkazmaydigan maydoni qanchalik katta bo‘lsa, yom‘ir suvlari uchun to‘lov ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Ya’ni katta asfalt maydon yoki ulkan tom — katta to‘lovga olib kelishi mumkin. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🇺🇸В некоторых городах и районах США существует специальная плата за дождевые стоки. 🌧Плата за дождевые стоки (Stormwater Fee) — это сбор, который используется для покрытия расходов на сбор, отвод и управление дождевой водой, стекающей с крыш, асфальта и других водонепроницаемых поверхностей. 🪙Размер платы в некоторых районах может зависеть от площади водонепроницаемых поверхностей на участке — например, крыши здания, асфальтированной территории или парковки. 📣 Самое интересное: это не совсем «налог на дождь». Люди платят не за сам факт дождя, а за управление дождевыми стоками, содержание ливневой канализации и соответствующей инфраструктуры. 📈Полученные средства могут направляться на ремонт и развитие систем отвода дождевой воды, предотвращение подтоплений и обслуживание городской инфраструктуры. 💡 Интересный факт: в некоторых местах чем больше на участке крыш, асфальта и других водонепроницаемых поверхностей, тем выше может быть плата за дождевые стоки. Получается, что большая парковка или огромная крыша могут буквально увеличить ваш «счёт за дождь». 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 14 авг.3 14731

    Soliq oddiy tilda ⁉️ Saldo — bu nima? 💡 Saldo — bu soliq to‘lovchining ma’lum bir sanadagi soliqlar bo‘yicha hisob-kitob holatini ko‘rsatuvchi qoldiq summa. 💬Oddiy qilib aytganda: saldo soliq bo‘yicha qancha to‘lash kerakligi yoki ortiqcha to‘lov mavjudligini ko‘rsatadi. 📈 Masalan: korxonaga 10 mln so‘m soliq hisoblandi va u 7 mln so‘mni to‘ladi. Bunday holatda 3 mln so‘m soliq qarzi qoladi. Agar korxona 12 mln so‘m to‘lagan bo‘lsa, tegishli holatda 2 mln so‘m ortiqcha to‘lov yuzaga kelishi mumkin. 📈Shu sababli saldo soliq to‘lovchining budjet bilan o‘zaro hisob-kitob holatini tushunishda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. 📌Qisqacha: Saldo — hisob-kitoblardan keyin qolgan qoldiq. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 13 авг.3 3695

    #KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga qachon yuboriladi? ✔️ Javob: Soliq kodeksining 117-moddasiga muvofiq, soliq qarzi aniqlangan kundan e’tiboran 3 ish kunidan kechiktirmay soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilishi kerak. 📌Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma — soliq to‘lovchiga mavjud soliq qarzini belgilangan tartibda uzish zarurligi haqida yuboriladigan hujjat. 💡Ya’ni, soliq to‘lovchida soliq qarzi aniqlangan bo‘lsa, soliq organi ushbu qarz bo‘yicha talabnomani tayyorlab, uni 3 ish kuni ichida yuborishi lozim. 🗂Bu tartib soliq to‘lovchini yuzaga kelgan qarzdorlik haqida o‘z vaqtida xabardor qilish va uni bartaraf etish imkonini berish uchun xizmat qiladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 13 авг.3 18032

    Soliq oddiy tilda ⁉️ Nazorat-kassa texnikasi — bu nima? 💡 Nazorat-kassa texnikasi (NKT) — xaridorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda operatsiyalarni qayd etish va saqlash, fiskal hujjatlarni shakllantirish hamda tegishli ma’lumotlarni fiskal ma’lumotlar operatori orqali soliq organlariga uzatish uchun foydalaniladigan qurilma va dasturiy-texnik vositalardir. 💬Oddiy qilib aytganda: NKT — bu faqat biz odatda ko‘radigan kassa apparati emas. Unga hisob-kitoblarni qayd etadigan, fiskal chek shakllantiradigan va u haqidagi ma’lumotlarni fiskal ma’lumotlar operatori orqali soliq organlariga yuboradigan turli qurilmalar va dasturiy yechimlar kiradi. 📈 Masalan: xaridor mahsulot sotib olganda, sotuvchi operatsiyani NKT orqali amalga oshiradi. Tizim xarid summasi va boshqa zarur ma’lumotlarni qayd etadi, chekni shakllantiradi hamda fiskal ma’lumotlarning soliq organlariga uzatilishini ta’minlaydi. 📌 Muhim: NKT soliq qonunchiligida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Foydalaniladigan texnikaga qarab, fiskal hujjatlar elektron yoki qog‘oz shaklida shakllantirilishi mumkin. 💡 Qiziqarli jihati: zamonaviy NKT endi faqat alohida kassadan iborat emas. Kassa funksiyalari dasturiy-texnik komplekslar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 13 авг.2 82014из soliqnews

    #налоговая_отчетность Возможность для предпринимателей сократить расходы на бухгалтерию ✅Новые субъекты предпринимательства по своему усмотрению могут в течение первых 6 месяцев бесплатно воспользоваться услугами по отправке налоговой и финансовой отчётности, которые предоставляет АО «Soliq servis». ✅Также малому бизнесу разрешено расходы на привлечение бухгалтерских организаций и налоговых консультантов вычитать из налогооблагаемой базы в двойном размере. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

  • 13 авг.2 28611из soliqnews

    #soliq_hisoboti Tadbirkorlar uchun buxgalteriya xarajatlarini kamaytirish imkoniyati ✅Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati «Soliq-servis» AJ tomonidan bepul amalga oshiriladi. ✅Kichik biznes subyektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini 2 barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat berilgan. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

  • 13 авг.2 6704

    Bilasizmi? 🇬🇧 Angliyada soch pudrasiga soliq joriy etilganini bilasizmi? 🙂 Soch pudrasi solig‘i — 1795-yilda Buyuk Britaniyada joriy etilgan soliq bo‘lib, erkaklar sochlarini parvarish qilishda ishlatadigan pudra uchun undirilgan. 🪙 Soliq miqdori yiliga 1 gvineyani tashkil etgan. Soliq to‘lagan shaxsga maxsus guvohnoma berilgan va u soch pudrasidan qonuniy foydalanishi mumkin bo‘lgan. 📣 Eng qizig‘i: o‘sha davrda parik va pudralangan sochlar yuqori tabaqa vakillari orasida juda mashhur edi. Shu sababli hukumat modani ham davlat daromadining manbaiga aylantirgan. 📈Keyinchalik bu soliq modaning o‘zgarishi va soch pudrasidan foydalanishning kamayishi bilan ahamiyatini yo‘qotdi. Soliq 1869-yilda bekor qilingan. 💡 Qiziqarli fakt: soliq aslida hukumat uchun katta daromad manbaiga aylanishi kutilgan edi, biroq vaqt o‘tishi bilan tabiiy soch turmaklari ommalashib, pudralangan pariklar modadan chiqib ketdi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🇬🇧В Великобритании существовал налог на пудру для волос. 🙂 Налог на пудру для волос был введён в Великобритании в 1795 году. Он распространялся на пудру, которую мужчины использовали для ухода и укладки волос и париков. 🪙 Размер налога составлял 1 гинею в год. После уплаты человеку выдавали специальное свидетельство, подтверждающее право пользоваться пудрой. 📣 Самое интересное: в то время напудренные волосы и парики были особенно популярны среди представителей высших слоёв общества. Поэтому государство фактически решило обложить налогом модную привычку. 📈Однако мода постепенно менялась: естественные причёски становились популярнее, а использование париков и пудры сокращалось. Налог отменили в 1869 году. 💡 Интересный факт: первоначально правительство рассчитывало получать от этого налога значительные доходы, но со временем сама мода на напудренные волосы практически исчезла. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 12 авг.3 49862

    #KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmasa, to‘lov topshiriqnomasini taqdim etishi shartmi? ✔️ Javob: Ha, shart. Soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, to‘lov topshiriqnomasi belgilangan muddatda taqdim etilishi lozim. 📌Muhim: Hisobvaraqda mablag‘ning mavjud emasligi to‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida taqdim etish majburiyatini bekor qilmaydi. Shu sababli soliq to‘lovchi belgilangan muddatlarga rioya qilishi va to‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida taqdim etishi kerak. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 115-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 12 авг.3 39663

    Soliq oddiy tilda ⁉️ Qoldiq qiymat — bu nima? 💡Qoldiq qiymat — bu asosiy vosita yoki boshqa aktivning boshlang‘ich qiymatidan unga hisoblangan amortizatsiya summasi chegirilgandan keyingi qiymatidir. 📈Masalan:korxona 100 mln so‘mga ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi. Bir necha yil foydalanish davomida uskuna bo‘yicha 30 mln so‘m amortizatsiya hisoblandi. ✍️ Demak: 100 mln so‘m − 30 mln so‘m = 70 mln so‘m ➡️ Uskunaning qoldiq qiymati 70 mln so‘mni tashkil etadi. ✍️Qoldiq qiymat aktivning buxgalteriya hisobidagi joriy qiymatini aniqlashda muhim ko‘rsatkichlardan biridir. U aktivning dastlabki qiymati qancha bo‘lganini emas, balki amortizatsiya hisoblangandan keyin hisobda qancha qiymatda aks ettirilayotganini ko‘rsatadi. 📌Muhim: qoldiq qiymat aktivning bozordagi haqiqiy sotuv narxini anglatmaydi. Masalan, buxgalteriya hisobida uskuna 70 mln so‘m deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning bozordagi narxi bundan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. 💡Qiziqarli jihati: aktivdan foydalanish davomida amortizatsiya hisoblanishi natijasida uning qoldiq qiymati odatda bosqichma-bosqich kamayib boradi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 12 авг.3 47852

    Bilasizmi? AQShning Meyn shtatida yovvoyi ko‘k mevalarga maxsus soliq solinadi🫐 🪙 Blueberry Tax — yovvoyi ko‘k mevalar uchun maxsus soliq bo‘lib, shtatda qayta ishlanadigan yoki shtatdan tashqariga qayta ishlash uchun yuboriladigan yovvoyi ko‘k mevalarning har bir funtiga 1,5 sent miqdorida soliq undiriladi. ↗️ Mazkur soliqni, odatda, yovvoyi ko‘k mevalarni birinchi bo‘lib qabul qiladigan qayta ishlovchi korxona yoki ularni shtatdan tashqariga yuboruvchi jo‘natuvchi hisobot beradi va to‘laydi. 📌 Qiziqarli jihati shundaki, AQShda hatto ma’lum bir qishloq xo‘jaligi mahsulotiga bag‘ishlangan alohida soliq turi mavjud. Meyn shtatida yovvoyi ko‘k mevalar shu qadar muhim mahsulot hisoblanadiki, ular uchun alohida soliq qonunchilikda belgilangan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? В американском штате Мэн существует специальный налог на дикую чернику🫐 🪙Blueberry Tax — специальный налог на дикую чернику. В штате взимается 1,5 цента с каждого фунта дикой черники, которая перерабатывается в штате или отправляется за его пределы для переработки. ↗️ Как правило, этот налог декларирует и уплачивает переработчик, который первым получает необработанную чернику, либо отправитель, который направляет её за пределы штата. 📌Интересно, что в США существует отдельный налог, посвящённый конкретному сельскохозяйственному продукту. В штате Мэн дикая черника настолько значима, что для неё предусмотрен отдельный налог в законодательстве. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 12 авг.4 4362678

    Soliq xizmati xodimlari kuni muborak bo‘lsin!🇺🇿 Shunday kasblar borki, ularning ortida shunchaki raqamlar va hujjatlar emas. Ularning ortida — mamlakatning buguni va kelajagi uchun mas’uliyat turadi! Soliq xizmati sohasidagi faoliyat chuqur bilim, prinsipiallik, adolat va yuksak mas’uliyatni talab etadi. Sizlarning har kungi mehnatingiz iqtisodiyotni mustahkamlash, davlatni rivojlantirish va jamiyat farovonligi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi. Kasbiy mahoratingiz yangi yutuqlarga, har bir qaroringiz katta natijalarga yetaklasin. Har bir ish kuningiz esa jamiyat va mamlakat taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan mehnatingiz naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatib tursin. Taraqqiyot yo‘lida. Vatan uchun. Kelajak uchun. 🇺🇿 Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! ➖➖➖➖➖➖➖ С Днём работников налоговой службы!🇺🇿 Есть профессии, за которыми стоят не просто цифры и документы. За ними — ответственность за настоящее и будущее страны! Работа налоговой службы требует знаний, принципиальности, справедливости и высокой ответственности. Каждый день ваш труд помогает укреплять экономику, развивать государство и создавать условия для благополучия общества. Пусть профессионализм ведёт к новым достижениям, решения — к большим результатам, а каждый рабочий день напоминает о важности дела, которому вы служите. Во имя развития. Во имя страны. Во имя будущего. 🇺🇿 С профессиональным праздником! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 11 авг.3 86426

    ☄️ Tasnif.soliq.uz saytida mahsulotlarni qadoqlash yanada qulay! 💯 Endilikda mahsulotlarning iste’mol, tashqi va transport qadoqlarini elektron shaklda rasmiylashtirish mumkin. 🎥 Videoda tasnif.soliq.uz saytida mahsulot qadoqlarini yaratish va ulardan foydalanish tartibini bosqichma-bosqich ko‘rsatib beramiz. 😎Kerakli mahsulotni toping, qadoq turini tanlang va zarur ma’lumotlarni kiritib, qadoqni shakllantiring. ✔️ Yaratilgan qadoqlarni “Shakllangan qadoqlar” bo‘limidan boshqarish mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 11 авг.3 87884

    Soliq oddiy tilda ⁉️ Amortizatsiya- bu nima? 💡Amortizatsiya — bu korxona uzoq muddat foydalanadigan aktiv qiymatini uning foydalanish davri davomida bosqichma-bosqich xarajatlarga o‘tkazish jarayonidir. 📈Masalan: korxona 100 mln so‘mga ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi. Uskuna bir necha yil davomida foydalaniladi. Uning qiymati birdaniga emas, balki belgilangan tartibda yillar davomida amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlarga o‘tkaziladi. ✍️ O‘zbekiston soliq qonunchiligida amortizatsiya qilinadigan aktivlarga asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kiradi. Asosiy vosita sifatida, odatda, uzoq muddat — 12 oydan ortiq foydalaniladigan va belgilangan qiymat mezoniga javob beradigan mol-mulk e’tirof etiladi. 📌 Biroq barcha aktivlar amortizatsiya qilinmaydi. Masalan, yer va boshqa tabiiy resurslar, muzey predmetlari hamda ayrim boshqa aktivlar amortizatsiyaga tortilmaydi. 💡 Qiziqarli jihati: aktivning qiymati amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlarga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Shu sababli amortizatsiya nafaqat buxgalteriya hisobida, balki soliq hisobida ham muhim ahamiyatga ega. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 11 авг.4 19961

    Bilasizmi? AQShda butun mamlakat uchun yagona savdo solig‘i stavkasi mavjud emas. 🪙 Sales Tax — savdo solig‘i stavkalari shtatlar, okruglar va shaharlar tomonidan belgilanadi. Shu sababli bir xil mahsulot uchun to‘lanadigan yakuniy summa xarid amalga oshirilgan hududga qarab farq qilishi mumkin. ↗️ Masalan, do‘kondagi mahsulot narxi 100 dollar deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, xaridor kassada ushbu summaga tegishli savdo solig‘i qo‘shilganidan keyin ko‘proq to‘lashi mumkin. 📌 Qiziqarli jihati shundaki, AQShdagi ko‘plab do‘konlarda narx yorlig‘ida soliq hisobga olinmaydi. Shu sababli xaridor mahsulotning yakuniy narxini kassada biladi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? В США нет единой ставки налога с продаж для всей страны. 🪙Sales Tax — налог с продаж — устанавливается штатами, округами и городами. Поэтому за один и тот же товар покупатель может заплатить разную сумму в зависимости от места покупки. ↗️ Например, если на ценнике указано 100 долларов, на кассе к этой сумме будет добавлен соответствующий налог с продаж. 📌Интересно, что во многих американских магазинах налог не включён в цену на ценнике. Поэтому окончательную стоимость покупки покупатель узнаёт только на кассе. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 10 авг.5 5611334

    💳 1 foizlik cashback o‘rniga 12 foizlik ijtimoiy cashback olish mumkinligini bilasizmi? 🎥 Ushbu videoda ijtimoiy cashback kimlarga berilishi, imtiyozdan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar, Soliq mobil ilovasi orqali cashback olish tartibi hamda uni kuzatish shartlari haqida ma’lumot beriladi. 🔺 Shuningdek, ijtimoiy cashback tasdiqlanishi uchun xaridor, mahsulot va tadbirkorga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin. ➡️ Videoni tomosha qiling va Soliq mobil ilovasining imkoniyatlaridan foydalaning. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 10 авг.4 97041

    #KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash usuli sifatida mol-mulkni xatlash nima? ✔️ Javob: Soliq kodeksining 114-moddasiga muvofiq, mol-mulkni xatlash — bu soliq organining soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati bo‘lib, u soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash usuli hisoblanadi. 🔼Oddiy qilib aytganda: 🔴 Mol-mulkni xatlash — soliq qarzini undirishni ta’minlash uchun qo‘llaniladigan huquqiy choradir; 🔴Bunda soliq organi yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini vaqtincha cheklashi mumkin; 🔴 Mazkur chora soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 10 авг.4 4324

    Soliq oddiy tilda ⁉️Likvidlik — bu nima? 💡 Likvidlik — bu aktivning o‘z qiymatini imkon qadar saqlagan holda tez va oson pulga aylantirilish darajasidir. ⌛Likvidligi yuqori bo‘lgan aktivlarni qisqa vaqt ichida sotish yoki naqd pulga aylantirish mumkin. Likvidligi past bo‘lgan aktivlarni esa sotish ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. 🚩Muhim: likvidlik qanchalik yuqori bo‘lsa, aktivni pulga aylantirish shunchalik oson va tez amalga oshiriladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

  • 10 авг.4 57551

    Bilasizmi? O‘rta asrlarda Angliyada jun savdosidan olinadigan soliqlar davlatning eng muhim daromad manbalaridan biri bo‘lgan. 🪙 O‘sha davrda Angliya Yevropadagi eng yirik jun eksportchilaridan biri bo‘lib, ushbu mahsulot mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin egallagan. ↗️ Jun eksportidan tushadigan bojxona bojlari va soliqlar qirollik xazinasining asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib, davlat boshqaruvi, harbiy yurishlar va yirik qurilishlarni moliyalashtirishga xizmat qilgan. 📌 Shu sababli tarixchilar junni o‘rta asrlar Angliyasining iqtisodiy qudratini ta’minlagan eng muhim mahsulotlardan biri sifatida e’tirof etadi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? В средневековой Англии налоги и таможенные пошлины на торговлю шерстью были одним из главных источников доходов государственной казны. 🪙В тот период Англия являлась одним из крупнейших экспортёров шерсти в Европе, а спрос на английскую шерсть был чрезвычайно высоким. ↗️ Доходы от экспорта шерсти и связанных с ней налогов направлялись на финансирование государственного управления, военных кампаний и строительства. 📌Именно поэтому историки считают торговлю шерстью одной из основ экономического могущества средневековой Англии. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram