- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 56
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 73
- 1/48двое суток
- 83
- 1/72трое суток
- 90
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🏆 DXX kubogi respublika bosqichi start olmoqda 🏟 Respublika bosqichi o‘yinlari joriy yilning 17-22-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 dan boshlanadi. 🏆 Final uchrashuvi 22-avgust kuni soat 19:00 da “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
без подписи
🇺🇿МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 35 ЙИЛЛИГИ 2026 йилги бош шиор: 🇺🇿 «Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!» 📌 Ойлик номи: «Маҳаллада ободлик ва меҳр-саховат ойлиги» ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
#Yangiobod_tumani Giyohvandlik — bu hech qachon yechim emas. U insonning sog‘lig‘ini, oilasini, orzu-maqsadlarini va kelajagini barbod qilishi mumkin. Bir lahzalik qiziqish butun umrlik afsusga aylanmasligi kerak. Aziz yoshlar! Hayotni tanlang, ilmni tanlang, sportni tanlang, halol mehnat va ezgu orzularni tanlang. Atrofingizdagi do‘stlaringizni ham bunday illatdan asrashga harakat qiling. Unutmang, haqiqiy kuch — o‘z tanlovingiz uchun mas’uliyatni his qilish va zararli odatlarga qat’iy «yo‘q» deya olishdir. Kelajagimiz sog‘lom va bilimli yoshlar qo‘lida. Keling, birgalikda giyohvandlikka qarshi kurashaylik! 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
O’quv markaz egalari uchun katta imkoniyat! ✔️ Ko’mak loyihasi - bu chet tillaridan yuqori ko’rsatgich ko’rsatgan va yurtimizning olis va chekka hududlarida o’quv markaz tashkil etmoqchi bo'lgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ochilgan loyihadir. 📌 Loyiha orqali yosh tadbirkorlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi. ❓ Ko’mak loyihasini ishtirokchisi bo’lmoqchimisiz? Siz unda Oʻquv markazlar forumida ishtirok eting. Ushbu forumda qatnashish orqali siz Ko’mak bilan o’z oʻquv markazingizga asos solishingiz mumkin. Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang! ➡️ @Murodbek_Rahmonberdiyev
📢 ЁШЛАР УЧУН ИМТИЁЗЛИ КРЕДИТ! 💼 18–30 ёшли ёшлар учун йиллик 18% ставкада кредитлар ажратилмоқда! 🎯 Мақсад: Ишсиз ёшларни банд қилиш ва тадбиркорликни ривожлантириш ✅ Шартлар: • 18–30 ёш оралиғида бўлиши • Амалда кредит мавжуд бўлмаслиги • Охирги 6 ойда банд бўлмаган бўлиши 💰 Кредит таъминоти: • 100 млн сўмгача — кафиллик • 100 млн сўмдан юқори — гаров 🔧 Қайси йўналишлар учун: • Ишлаб чиқариш • Хизмат кўрсатиш • Техника ва ускуналар • Тикувчилик • Ошпазлик • Асаларичилик • Қуёнчилик • Паррандачилик ва бошқалар 📞 Мурожаат учун: 94 400 66 99
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba. Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim. Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq. — Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы. Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему. Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних. Я взяла этот вопрос под личный контроль. В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.
без подписи
❓Yakuniy mandat natijalari qachon e’lon qilinadi? 2026–2027-o‘quv yili qabuli uchun qonunchilikda belgilangan tartibda 14–23-iyul — test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 25-iyuldan 8-avgustgacha — abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlaydi. 8–17-avgust — mandatni shakllantirish jarayoni amalga oshiriladi. 17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilmoqda. 18–27-avgust — oliy ta’lim muassasasiga tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi. Joriy yilda ham natijalar belgilangan sanadan oldinroq e’lon qilinishi mumkin. @unicheck_yangiliklar
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Yangiobod_tumani Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Yangiobod tumanida bo‘ldi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Yangiobod tumanida bo‘lib, hududda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Yangiobod tumanidagi o‘rganishlar davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevga tuman hokimi, Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev, tuman prokurori Sh. Salimov va tuman IIB boshlig‘i J. Xo‘janov hamrohlik qilib, hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan birgalikda tanishdilar. Dastur davomida direktor tumandagi iqtidorli o‘quvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning bilim olish, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari hamda kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdi. Shuningdek, u yaqinda faoliyat boshlagan IT Park Yangiobod filiali hamda Shodlik MFY binosida ochilgan "Ibrat farzandlari" o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Yakunda yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada kengaytirish hamda mavjud loyihalar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
Prezidentimiz mahallalarda ijtimoiy yordamlarni kengaytirish va davlat xizmatlarini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K