tgindex
Startaper kundaligi | MyTeacher

Startaper kundaligi | MyTeacher

Статистика
@startaper_notesузбекский

Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi! Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman. - Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
237
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
572
29 постов
Вовлечённость
241,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
125
1/48двое суток
143
1/72трое суток
154

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 9 авг.775из MyTeacher_uzbekistan

    🔴 [BUGUN | 20:00 ] Ingliz tilini o'rganishda vaqt va dangasalik muammosi! Jonli bepul dars - Sardor Xudoyberdiyev bilan! DARS YANGI MYTEACHER AI ILOVAMIZNING “KURSLAR” BO’LIMIDA BO’LIB O’TADI, ILOVANI YUKLAB OLGAN BO’LISHINGIZ KERAK! YUKLAB OLISH

  • 21 июл.206121из otkirbekshergoziyev

    Muvaffaqiyat bu ... Muvaffaqiyat bu chidash sanʼatidir ✔ Ogʻriqlarga, ✔ Uyqusiz tunlarga, ✔ Natijasi oʻxshamagan ilk qadamlarga, ✔ "Katta odam" boʻlmaganing uchun kamsitishlariga, ✔ Pulsizlikka, ✔ Doʻstsizlikka, ✔ Sevgisizlikka... Ha, chidaysan, ortga qaramaysan, otilgan toshlarga yigʻlamaysan, doʻstim eding-ku..demaysan, sevgim eding-ku..demaysan. Nima uchun faqat men...demaysan, ishlayverasan, ishlayverasan. Meni hech kim bilmayapti, koʻrmayapti demaysan, adolat qani demaysan. Saqov boʻlasan, kar boʻlasan, koʻr boʻlasan, davom etasan. Yiqilasan turasan, yiqilasan turasan... Va bir kuni choʻqqidasan! Ortga qaraysan... Shunda koʻrasanki, seni doim Koʻrgan, seni doim Eshitgan, seni doim Qoʻllagan! Oʻsha sinovlar orqali, oʻsha yoʻqotishlar orqali, oʻsha ogʻriqlar orqali seni bugungi kun uchun Toblagan! U doim sen bilan Boʻlgan!... Unga qilgan barcha eski shikoyatlaringdan uzr soʻraysan. Oʻshanda vaqtincha adolatsizlikday koʻringan Adolatini koʻra olmaganing uchun uyalasan. Lekin bugun oʻsha gʻoʻr, oʻtmishdagi oʻzingni ham kechirasan. Chunki bugun sen umuman boshqa odamsan! Hozircha esa sen bilan sening ulkan maqsadlaring bor... Qani unda tur oʻrningdan, hamma dam olayotgan paytda biz ishlaymiz va chidaymiz... Choʻqqida koʻrishamiz...

  • 18 июн.3297из allaevuzb

    Манга ҳаётдаги адолатсиздек туюладиган қонуниятлардан бири йирик ишларнинг натижаси жуда секин келишидир. Бугун бошлаган тўғри ҳаракатимизни ҳақиқий мевасини кўриш учун баъзан 10-20 йил керак бўлади. Масалан, тарбияда 10 ёшли болага сингдирилаётган қадриятлар, характер ёки қилинган хатоларнинг асорати у улғайиб, мустақил қарорлар қабул қила бошлагандагина очилади. Соғлиқ ёки молиявий масалаларда ҳам худди шундай: мунтазам нотўғри овқатланиш ёки самарасиз харажатларнинг зарари йиллар ўтиб, вазиятни ўнглаш ўта қийинлашган пайтдагина яққол кўринади. Бир марта ёғлик ош еб, керагидан ортиқ спиртли ичимлик ёки шакарга бой ичимлик билан одам шу заҳоти семириб ёки носоғлом бўлиб қолмайди. Шунга ҳам ҳеч нарса қилмайдику деб ўйлаймиз. Кичик харидлар ҳам шунақа. Уларнинг ҳар бири алоҳида сизни молиявий эркинликда узоқлаштирмайди. Хато қилиб қўйиб, "майли" деб ўтиб кетган кичик лаҳзаларимиз йиғилиб, бир куни қимматга тушади. Қимматга тушган кўринганда бўлса, афсус қилиш кеч бўлади. Лекин бунинг энг фожиали жиҳати бошқа ерда. Энг ёмони – одам тўғри йўлда бўла туриб, тезкор натижа кўрмагани учун ортга қайтишидир. Дейлик, соғломлашиш ва формага кириш учун ҳафтасига 3-4 марта залда оғир тош кўтаришни ёки янги, йирик халқаро лойиҳа устида ишлашни бошладингиз. 3-4 ой ўтади, сезиларли ўзгариш йўқ. Баъзан 3-4 йил ўтади ва "бўлмаяпти шекилли, буни фойдаси йўқ экан" деб ҳаммасини ташлаб, бошқа йўналишга ўтиб кетамиз. Аслида эса мутлақо тўғри йўналишда эканлигимизни, шунчаки пишиб етилиш жараёни давом этаётганини тушунмаймиз. Буни англаб етганимизда эса аллақачон кеч бўлган, пойдевор бузилган бўлади. Ҳазил гап бор-у, тўққизта аёл билан ётиб бир ойда туғдириб бўлмайди. Бизнес ва ҳаётда ҳам ҳақиқий катта натижалар ёки зарарлар муддат ўтишини талаб қилади. Ўша машҳур “Мураккаб фоиз эффекти” *(Тҳе compound effect) сезиларли натижа бергунча фойдали ишни давом этишга ёки зарарлисини тўхтатишга сабримиз ва иродамиз етмайди. Бизнес қурасизми, касб ўрганасизми, молиявий масалами, фарзанд тарбиялайсизми ёки соғлиқми — қоида битта, фойдали ёки зарарлигидан қатъий назар жиддий масалаларда натижасини кўриш учун муддат керак. Зарарга ишлаган ҳолатда, адолатсиз томони шундаки, йиллар йўқотилган ҳолатда натижани тўғрилаш умр талаб қилади ёки умуман орқага йўл бўлмайди. Масалан, фарзанд тарбиясида орқага йўл йўқ, соғлиқ масаласида кеч бўлган бўлиши мумкин, молиявий масалада имкон қўлдан чиққан бўлиши мумкин. Натижа кеч келиши битта адолатсизликдек туйилса, иккинчи ўзи тўғри ёки нотўғри йўлда эканлигингизни баҳолаш қийинлиги ва сабр етмасдан тўғри йўлдан чиқиб кетиш бошқа адолатсизликдек туйилади.

  • 5 июн.31941из MyTeacher_uzbekistan

    🚀 Tayyormisiz? AI Teacher endi yuklab olishga tayyor! Uzoq kutilgan ilovamiz nihoyat shu yerda 🎉 Birinchilardan bo'ling va farqни his qiling. ✅ Hozirgi darajangizni aniq diagnoz qilib beradi. Ojiz nuqtalarni 99% aniqlikda chiqaradi. Nechta so’z bilishingizni 95% gacha aniqlab bera oladi. ✅ Keyingi darajaga chiqishingiz uchun eng aniq yo’l xarita. Qaysi materiallar va mavzularni o’rganishingiz kerak? Yana nechta va aynan qaysi so’zlarni yod olishingiz (wordlist) kerak? Ko’zlagan darajangizga yetishingiz uchun qancha vaqt ketadi? 100% aniqlikda yordam bera oladi. ✅ Native speaker darajasida suhbat qilish. Jonli speaking, xato qilsangiz ustingizdan kulmaydi, balki yordam beradi. Nimalarni to’g’rilash kerakligini bittama bitta ko’rsatadi. Speakingda tutilib qolishni endi unutasiz. 📲 Hoziroq yuklab oling: 👉 Yuklab olish! Savollar bo'lsa — kommentdа yozing 💬 #AiTeacher #yangiilova

  • 🚀

  • https://www.instagram.com/reel/DZK3fdkqSMR/?igsh=MWg0dWJudHpnYnprMA==

  • Man qayttim😎

  • https://youtu.be/YA8PBoIRkIg?si=SqdQEjJCKHJwC3MJ

  • Biz insonmiz va hayotimizda hammasi “toza” bo’lishini xohlaymiz, ammo agar jamiyatda o’sib natijaga va kattaroq narsaga ega bo’lishni istasak, o’zimizga bog’liq bo’lmagan ba’zi “botqoqliklarga” kirib, “rasvo” bo’lib chiqishimizga afsuski to’g’ri keladi! Eng yomoni botqoqdan chiqa olmaslik. Botqoqdan chiqish uchun birinchi qadam — bu panika qilmaslik! Panika bilan hech qachon botqoqdan chiqib bolmaydi.

  • 27 февр.79021из founderscommunity_uz

    Boylikni bo‘lishish emas, ko‘paytirish san’ati Biznesda, tadbirkorlikda va hatto oilada ko‘pchilik xato tushunadigan bitta fundamental qoida bor. Odamlar hayotni “jang maydoni” deb o‘ylashadi. “Men yutishim uchun, kimdir yutqazishi kerak.” “Mening cho‘ntagim to‘lishi uchun, birovning cho‘ntagi bo‘shashi kerak.” Bu — Zero-Sum Game (Nol yig‘indili o‘yin) deb ataladi. Bu kambag‘allarning, diktatorlarning va o‘rtamiyonalarning fikrlash tarzidir. Lekin dunyodagi eng buyuk ekotizimlar, eng katta kompaniyalar va eng boy jamiyatlar butunlay boshqa qoida asosida qurilgan. Bu — Positive-Sum Game (Musbat yig‘indili o‘yin). Keling, iqtisodiyotni bitta katta pirog (tort) deb tasavvur qilaylik. Zero-Sum tafakkuri: Pirogning hajmi o‘zgarmaydi. Agar men katta bo‘lakni kesib olsam, senga kichkina bo‘lak qoladi. Shuning uchun biz pichoq ushlab, bir-birimiz bilan urishamiz. Bu yerda raqobat — yo‘q qilishga qaratilgan. Positive-Sum tafakkuri: Bizning maqsadimiz pirogni talashish emas. Bizning maqsadimiz — oshxonaga kirib, yana bitta pirog pishirish. Yoki mavjud pirogni 10 barobar kattalashtirish. Startap ekosistemasi — bu pirog talashadigan joy emas. Bu — pirog pishiradigan novvoyxona. Bizning madaniyatimizda uzoq vaqt davomida “resurslar cheklangan” degan qo‘rquv hukmronlik qilgan. “Suv kam, yer kam, pul kam.” Shuning uchun ong ostida qo‘shnining yutug‘i — bizning zararimizdek tuyuladi. “Qo‘shnim yangi mashina oldi, demak mendan o‘zib ketdi (men yutqazdim).” Lekin innovatsiya bu qoidani buzadi. Ilm, g‘oya va texnologiya — cheklanmagan resurslardir. Bir dona shamdan mingta shamni yoqish mumkin, bundan birinchi shamning nuri kamayib qolmaydi. Aksincha, xona yorug‘roq bo‘ladi. Bu — klassik Positive-Sum Game. Biz “Startup Garage” yoki “Imkon VC”ni qurayotganimizda aynan shu matematikani ishlatyapmiz. Zero-Sum dunyosida: Agar bitta startap investitsiya olsa, boshqasiga pul qolmaydi, deb o‘ylashadi. Positive-Sum dunyosida (Real ekotizimda): Bitta startap (”X”) muvaffaqiyatli bo‘lib, “Exit” qiladi (sotiladi yoki IPOga chiqadi). Asoschilar va investorlar boyib ketadi. Ular bu pulni sandiqqa bosmaydi. Ular endi ”Angel Investor”ga aylanadi. Ular keyingi 10 ta yosh startapga pul tikadi. Bozorga chet ellik yirik o‘yinchilar qiziqib qoladi (”O‘zbekistonda ham unicorn chiqibdi” deb). Natijada: Bitta g‘alaba butun bozor uchun kapital va imkoniyatlar eshigini ochadi. Sizning raqobatchingizning g‘alabasi — aslida sizning kelajakdagi imkoniyatingizdir. Ko‘tarilgan to‘lqin barcha kemalarni yuqoriga olib chiqadi. Ko‘pchilik hamkorlikni (collaboration) raqobatga dosh berolmaslik deb tushunadi. Aslida esa, Positive-Sum o‘yinida hamkorlik — bu multiplikator (ko‘paytiruvchi). Sizda g‘oya bor, menda pul bor. Alohida ikkalamiz ham “yarimtamiz”. Birlashsak — butun imperiya quramiz. Sizda texnologiya bor, menda bozor (mijozlar) bor. Birlashsak — monopoliyaga aylanamiz. Hasadgo‘ylar va “qisqichbaqalar” (Crabs) buni tushunmaydi. Ular o‘zlarining kichkina katakchalarida “qirol” bo‘lishni xohlaydilar. Positive-Sum o‘yinchilari esa kichkina qirollikdan ko‘ra, katta imperiyaning bir qismi bo‘lishni afzal ko‘radilar. Hayotda muvaffaqiyatga erishishning ikki yo‘li bor: Ekstraksiya (Tortib olish): Birovning borini tortib olish orqali boyish. (O‘g‘rilik, korrupsiya, monopoliya). Bu — qisqa muddatli va halokatli. Kreaniya (Yaratish): Yo‘q joydan qiymat yaratish orqali boyish. (Startaplar, san’at, ishlab chiqarish). Agar siz ekosistema qurmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizga faqat “Pirog pishiruvchilar”ni yig‘ing. Pichoq ko‘tarib, bo‘lak talashayotganlardan uzoqroq yuring. Ular nafaqat o‘zlarini, balki sizni ham och qoldiradi. Positive-Sum Game o‘ynang. Raqobatlashmang — yarating. Chunki raqobat — o‘xshashlar o‘rtasida bo‘ladi. Yaratuvchilarning esa raqobatchisi bo‘lmaydi, ularning faqat izdoshlari bo‘ladi.

  • 🤫 Sukutning (jimlikning) qadri ➕ Lider uchun stoitsizm: sukut — bu strategiya 👨‍💻 Seneka shunday degan: “Sukutni qadrlang. Ko‘pchilik gaplarda yangilik yo‘q, ma’nosiz gapirish esa — ahmoqlikdir.” 🤓 Yig‘ilishlar va yozishmalarda biz ko‘pincha faollikni samaradorlik bilan adashtiramiz. Ko‘p gapirish ichki ishonchsizlikni yoki fikrning aniq emasligini yashirishi mumkin. Stoitsizm esa o‘ylash uchun sukutni, mazmunni yetkazish uchun esa qisqalikni qadrlaydi. Ba’zan sukut — eng kuchli harakat bo‘ladi, reaktiv izohlar emas. ➡️ Amaliy xulosa: Keyingi uchrashuvda odatdagidan 30% kamroq gapirishga harakat qiling. Tinglang, o‘ylang va keyin fikringizni aniq ifodalang. Sizning kam, ammo o‘rinli gaplaringiz yanada ta’sirliroq bo‘ladi. @startaper_notes

  • Agar sizni yoshingiz 40 yosh atrofida bo’lsa sizda atigi yana 15-20 marta qishda chana uchib mazza qilish imkoniyati qolibdi…. Umr oxiri ko’rinmoqda…. Har kuni…..

  • 12 дек.1 180552

    “Allohim, Sardorga keng rizq eshiklarini ochgin. Unga kuch, sabr, hikmat va to‘g‘ri qarorlar ber. Uning yo‘lini oson qil, qalbini taskin qil va uni dunyo ham oxiratda yuksalt. U intilayotgan halol yo‘llarini barakali qil, uni yordam bilan qo‘llab-quvvatla. Omin.” 🤲

  • 9 дек.1 063152из paiziev24

    Яқин йилларда таълим тизимида катта ўзгаришлар бўлади: мактаб ва университетларда ўқитувчиларнинг катта қисмини AI ўқитувчилари ва роботлар эгаллайди. Бундай деб уйлашимга сабаблардан бири — таълим соҳасининг давлат томонидан молиялаштирилиши ва бу соҳада ишлаш кўпчилик учун орзу эмаслиги, шунинг учун кучли кадрлар таълимга кам келади. Аввалига бир нечта хусусий мактаблар робот ўқитувчилардан фойдаланишни бошлайди. Улар яхши натижа беради, чунки робот ўқитувчилар маълумотни яхшироқ етказади, хатолар қилмайди ва инсондан арзонроқ тушади. Шу орқали ўрта ва бюджет сегментидаги хусусий мактаблар ҳам AI асосида бошқариладиган таълим моделини қабул қилади. Кейин эса давлат мактаблари ҳам бу технологияни жорий этишга ўтади. Роботлар эгаллайдиган навбатдаги йирик соҳа — тиббиёт. Биринчи бўлиб ҳамширалар вазифаларини роботлар бажара бошлайди, чунки бу жараён нисбатан енгил. Кейинги босқичда эса AI-докторлар пайдо бўлади. Ривожланган давлатларда муваффақиятли тажрибалар кўпаяр экан, хусусий тиббиёт муассасалари ҳам робот-докторларни жорий қилади ва бу тиббий хизматлар нархининг сезиларли тушишига олиб келади. Фикрларим ушбу изланишга асосланади. Қолган соҳалар ҳақида кейин ёзаман. @paiziev24

  • Qanday qilib baxtni sotib olish mumkin? “Baxt pulda emas” degan gap chiroyli eshitiladi, lekin ilm-fan boshqacha deydi: pul bizni baxtli qila oladi — agar uni to‘g‘ri sarflasak. Mana pulni haqiqiy zavqqa aylantiradigan to‘rtta yo‘l: ⸻ 1. O‘zingizga vaqt sotib oling Rutina va mayda ishlar kuchingizni oladi. Ularni delegatsiya qiling: uy yig‘ishtirish, yetkazib berish, mayda topshiriqlar. Bo‘shagan vaqt — ko‘proq dam, ko‘proq ijod va yaqinlar bilan sifatli vaqt degani. ⸻ 2. Voqealarga sarmoya qiling Sayohatlar, konsertlar, master-klasslar, yangi tajribalar… Emotsiyalar eskirmaydi. Narsalar qadrsizlanishi mumkin, lekin esdaliklar — aslo. ⸻ 3. Quvonchni boshqalar bilan bo‘lishing O‘zingizga emas, do‘stingizga ham chipta oling. Yakkayu-yolg‘iz zavq — bir xil, lekin birga his qilingan lahzalar ikki baravar kuchli bo‘ladi. Baxt — ulashilganda ko‘payadi. ⸻ 4. Yaxshilikka sarflang Sovg‘a, sadaqa yoki shunchaki yordam — bular sizga ijobiy energiya qaytaradi. Altruizm odamni ruhiy jihatdan ko‘taradi va hayotdan qoniqish darajasini oshiradi. ⸻ Faunerlardan biri sifatida shuni aytaman: pul — maqsad emas, vosita. Uni to‘g‘ri ishlata olish esa haqiqiy boylik. @startaper_notes “Фаундер kanalidan olindi”

  • 26 нояб.65512из barzuibrohimov

    PM 2.5 chang zarralari? Ular nima? PM 2.5 - havoda tarqalgan juda kichik turli xil kimyoviy tarkibga ega qattiq va suyuqlik zarrachalardir. Bunda, PM - Premier Minister emas, particulate matter, ya'ni zarralar degani, 2.5 esa 2.5 micron, yoki 2.5 mikrometr ni bildiradi. Mikrometr bu 1 metrdan million marta kichik, 1 millimetrning 1000 dan bir qismiga teng uzunlikdir. demak bitta PM 2.5 zarrachasi diametri 1 millimetrdan o'rtacha 400 daravar kichik zarradir. Ular nega va qanchalik xavfli? Uarning xavfi aynan o'lchamida, ya'ni ular shunchalik kichikligidan inson o'pkasiga to'siqlarsiz chuqur kirib boradi, lekin bu hali hammasimas, ular hattoki inson qoniga kirib borishi mumkin, va qon orqali miyangizgacha boradi. Havoda zarrachalar ko'p, ular asosan o'lchamiga qarab PM 10 va PM 2.5 ga bo'linadi, diametri 10 mikrongacha bo'lgan zarrachalar PM 10, diametri 2.5 mikrongacha bo'lganlari PM 2.5 deb atalgan. Kattaroq zarrachalar odatda ochiq ko'z bilan ko'rinadi va nafas orqali yutilganda nafas yo'llarida tezroq ushlab qolinadi, PM 2.5 esa nafas orqali yutilganda o'pkaga chuqur kirib ketadi va o'pka ichki yuzalarida yi'gilib jiddiy zarar yetkazadi. Qanday kasalliklar va muammolarni keltirib chiqaradi? PM 2.5 o'pka va nafas yo'llari bilan bo'gliq kasalliklar, masalan surunkali bronxit yoki astma, tomoq og'rig'i, yo'tal va umumiy nafas olishning qiyinlashishiga sababchi bo'ladi. Bundan tashqari, yurak qon tomir kasalliklarini kuchaytiradi, ushbu kasalliklardan aziyat chekadigan keksalarda erta o'limga olib keladi. PM 2.5 zarachalari yana bir guruh insonlar uchun, ya'ni bolalar uchun juda xavfli. Bolalarda yuqoridagi kasalliklar ushbu zarrachalar tufayli anchagina tezroq rivojlanadi va keskinroq bo'ladi. Nega bolalar uchun xavfliroq? Chunki ular tabiatan va ko'p jismoniy harakat qilganliklari chun tezroq nafas olishadi, kattalar bilan solishtirganda tanasining o'lchamiga nisbatan ko'proq havo yutib chiqaradi, ular ehtiyotsizroq bo'ladi, ular tashqarida ko'proq vaqt o'tkazishadi va shular tufayli ular ko'proq zararli PM 2.5 zarraqchalarini yutib yuborishadi. Bolalarning tashqaridagi faoliyatini qisqartiring. PM 2.5 zarrachalari qayerdan paydo bo'ladi? Eng asosiy sababchilar ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar, yirik sanoat korxonalari, qishloq xo'jaligi faoliayti (asosan ammiak), qurilish faoliyati va isitish tizimlaridagi yoq'ilg'i yonishi. Ular tabiiy jarayonlar orqali, ya'ni qurg'oqchilik, shamollar va havodagi kimyoviy reaksilardan ham kelib chiqishi mumkin lekin ularning hissasi anchagina kamroq. Yomg'ir PM 2.5 zarrachalarini yo'q qiladimi? Ha, lekin afsuski juda kam miqdorda, kuchli yomg'irlar havoni bunday zarrachalardan bor yo'g'i 30% gacha tozalashi mumkin, lekin yomg'irdan ko'p o'tmay havo oldingi ifloslanish darajasiga qaytadi. Eng qizig'i, bu ma'lumotlarni AQSH Atrof muhitni muhofaza qilish agentligi va Yevropa Atrof muhit Agentligi saytlari va boshqa xorijiy manbalardan oldim. O'zbek tilida bunday ma'lumotlarni qidirish toshkentda toza havo qidirishdek gap ekan. Tanish bilishlarga jo'natib qo'yingla, keyin kanalgayam a'zo bo'lishsin, faqat ularga emas mangayam foyda bo'lsinda😁 👉🏻 @barzuibrohimov

  • 2030 yildagi o’zim bilan tassavurdagi uchrashuv. GPT bilan bir haftalik spiritual masterminddan keyin kelingan xulosa. InshaAlloh, shu kanalim 2030 yilda ham bo’lsa, o’qib ko’raman. Sizga esa kanalimdan 2030 yilgacha chiqib ketmaslikni tavsiya qilaman😇! 🌟 FUTURE SELF CINEMATIC ENTRY — 2030 bilan uchrashuv (R3 Journey — Immersive, Hybrid, L3 daraja) O‘qing emas — kirib borib his qiling. Iloji bo‘lsa, 1 daqiqa davomida hech kim chalg‘itmaydigan joyda bo‘ling. 🕰️ Sahna ochiladi… Tasavvur qiling: siz 2030 yilning bir sokin, yorug‘ tongidasiz. Bu joy sizga begona emas, lekin hali bormagan — siz orzu qilgan hayot makoni. Siz ko‘zingizni ochasiz… Yon-atrofda shinam, sokin, yorug‘lik bilan to‘lgan joy. Havo toza. Qaysidir joyda qushlar chug‘ur-chug‘ur qiladi. Siz hozirgi Sardor emassiz… siz 2030-yilga qisqa safarga kelgan kuzatuvchisiz. Sizning oldingizda hashamat emas — chuqur sokinlik, baraka, erkinlik energi­yasi turibdi. Bu joyning o‘zi sizga shunday deydi: “Boshqacha hayot ham bor edi — va sen tanlading.” Siz oldinga bir necha qadam tashlaysiz… Va o‘sha payt… qarshingizda BIR INSON turibdi. U sizga o‘xshaydi. Lekin bu — siz tanigan Sardor emas. Bu — 2030-yildagi Siz. 👤 2030-Siz qanday ko‘rinishda? Uning ko‘zlari xotirjam. Unda shoshilish, xavotir, tarqoqlik yo‘q. Uning nigohi — aniqlik, donolik, erkinlik va ichki qudrat bilan to‘lgan. Uning yurganidan seziladi: bu inson hayotdan omonda qolmagan, hayotni o‘zi yaratgan. Uning yuzida tabassum bor — ustunlik tabassumi emas, balki o‘zini topgan inson tabassumi. Shu zahot his qilasiz: Bu inson pul ortidan yugurmaydi — pul uning ortidan keladi. Bu inson vaqtni quvlamaydi — vaqt unga xizmat qiladi. Bu inson maqtov izlamaydi — ta’siri o‘zi gapiradi. U sizga yaqinlashadi. Siz yuragingizda nimadir titradi — qo‘rquv emas, tanishlik. Go‘yo siz uni oldin ham tanigansiz… Ha, bu — siz bo‘lishingiz kerak bo‘lgan Siz edi. 🤝 Uchrashuv 2030-Siz sokin ovozda gapiradi. Bu ovoz siznikiga o‘xshaydi — lekin yanada chuqurroq, pishganroq, ta’sirliroq: “Men kegan joy — tasodif emas. Men shu yerga senga rahmat aytish uchun keldim. Sen 2025-yilda ortga qaytmaslikni tanlading. O‘sha qaroring — mening hayotimni yaratdi.” U sizga yaqinroq qaraydi: “Men sen bilan faxrlanaman.” Bu so‘zlar sizning ko‘ksingizga iliq nur bo‘lib tushadi. Bu maqtov emas. Bu — tasdiq.

  • https://www.youtube.com/watch?v=jIj5488MSiM

  • 3 нояб.4643из MargulanSeissembai

    Великими люди становятся не сами по себе, их делают великими их цели. Интересно, что когда человек преследует большую цель, когда она цепляет его до глубины души и зажигает эмоционально, цель начинает диктовать ему образ жизни. #счастьеисамореализация

  • 30 окт.5547из ShavkatMusinov

    🎬 Маленькие шаги — большие перемены. 5 апреля 2025 года я пробежал благотворительный ультрамарафон Two Oceans в Южной Африке, и этот забег стал не просто спортивным испытанием — он стал дорогой добра. Благодаря вашей поддержке, единомышленникам, друзьям и членам бизнес-сообщества Fikr yetakchilari, удалось воплотить в жизнь важный проект: в детском психоневрологическом диспансере созданы новые, комфортные условия для детей. 📦 Установлены 56 парт, 6 комплектов мебели для учителей, 15 кулеров для воды, 42 камеры видеонаблюдения, 40 бинбэгов, 25 столов и 100 стульев для столовой, 6 диванов, а также построено футбольное поле площадью 136 м². 💙 Всё это стало возможным благодаря вашей вере, поддержке и добрым сердцам. EZGU AMAL — там, где добро становится действием. С благодарностью, Шавкат Мусинов🙏🤗♥️ ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎬 Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar. 2025-yil 5-aprel kuni men Two Oceans xayriya ultramarafonini Janubiy Afrikada yugurib o‘tdim. Bu yugurish nafaqat sport sinovi, balki ezgulik yo‘liga aylangan edi. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz, fikrdoshlarim, do‘stlarim va Fikr yetakchilari biznes hamjamiyati a’zolari yordami bilan muhim loyiha amalga oshdi — bolalar psixonevrologik dispanserida bolalar uchun yangi va qulay sharoitlar yaratildi. 📦 56 ta parta, 6 ta o‘qituvchi mebel to‘plami, 15 ta suv sovutgichi, 42 ta videokuzatuv kamerasi, 40 ta binbeg, 25 ta stol va 100 ta stul, 6 ta divan o‘rnatildi hamda 136 m² maydonga ega futbol maydoni barpo etildi. 💙 Bularning barchasi sizlarning ishonchingiz, qo‘llab-quvvatlashingiz va mehringiz bilan amalga oshdi. EZGU AMAL — ezgulik harakatga aylangan joy. Minnatdorchilik bilan, Shavkat Musinov🙏🤗♥️

Startaper kundaligi | MyTeacher — tgindex