Startapzona // Ilhomjon
Статистикаℹ️ Ushbu blogda IT olamidagi yangiliklar va startaplar haqida gaplashamiz.
- Последний пост
- 27 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 111
- 1/48двое суток
- 127
- 1/72трое суток
- 137
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish va davlat nazorati takomillashtiriladi – Prezident Farmoni ✍🏻 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF–141-son Farmoni bilan raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada davlat nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar tasdiqlandi. ⚡️ Mazkur hujjat bilan mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda sohadagi boshqaruv va nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi. ❗️ Farmonga muvofiq, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi zamonaviy talablar asosida yangilanadi hamda ularning o‘zaro uyg‘unligi ta’minlanadi. 📌 Yangilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi: – raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalariga oid maqsadli ko‘rsatkichlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga maqsadlariga muvofiqlashtirish; – “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilgan yoshlar sonini 2030-yilga qadar 5 million nafarga yetkazish; – radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish; – raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqish orqali tarmoqlar samaradorligini oshirish; – axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, raqamli texnologiyalar va noshirlik sohalarida davlat nazoratini mustahkamlash. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/198089 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Umummilliy AI Hackathon endi Farg'onada! 20–23 may kunlari Farg'ona shahrida "National AI Hackathon"ning navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi. Jamoangiz bilan birgalikda haqiqiy hayotiy muammolarga AI-yechimlar topish, mentorlar ko'magida ishlash va ekspertlar oldida loyihangizni taqdim etish imkoniyati. 💡 Eng yaxshi jamoalar 🤝 Kuchli mentorlar bilan ishlash 🚀 O‘z loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati! Farg'ona bosqichi treklari: ✅ Sog'liqni saqlash ✅ Ta'lim ✅ Tadbirkorlik ✅ Kosmik texnologiyalar Ishtirok etish shartlari: - 16 yosh va undan yuqori, pasport yoki ID-karta mavjud Farg'ona viloyatida yashovchi yoshlar uchun ochiq 🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ai-hackathon.uz ❗️Manzil tez kunlarda e’lon qilinadi Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
➡️▶️◀️🆗⬅️ 💚 Farg'ona, Roadshow’ni kutib ol! 16-may kuni IT Community Roadshow shahringizga keladi — bu AI va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlar seriyasi. Spikerlar va volontyorlar bilan birgalikda IT sohasida yo‘nalish tanlashni, orzudagi ishini topishni yoki o‘z startapini yaratishni istagan yigit-qizlar uchun master-klasslar va chiqishlar o‘tkazamiz. 🎤 Farg'onadagi Roadshow’da sizni quyidagi mavzulardagi chiqishlar kutadi: 🟢IT sohasida karyera qurishda AI-ning roli, 🟢muvaffaqiyatli startaplarni ishga tushirish, 🟢LinkedInda shaxsiy brendni rivojlantirish bo‘yicha professional maslahatlar, 🟢shuningdek netvorking, sovrinli interaktiv o’yinlar va yana ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar. Marg'ilon va Qo'qondan keladigan ishtirokchilarimizga Farg'onadagi IT Community Roadshow-ga kelish uchun bepul avtobuslar tashkil etamiz. Avtobusdagi o‘rinlar cheklangan, shuning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang. 🔥 Roadshow-ga bizning bot orqali ro‘yxatdan o‘ting – https://t.me/itcomuzbot va yirik tadbirning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. ❗️Ishtirok etish bepul. 💚 Homiylarimiz: Uzum, Huawei, UZCARD, Nippon Foundation, EPAM, shuningdek hamkorlarimiz: School 21, Women in Tech, va OLX-ga minnatdorchilik bildiramiz. 🗓 2026-yil 16-may (shanba) ⏱️ 10:00–17:00 (tushlik va kofe-breyklar kiritilgan) 📍 Farg'ona Davlat Texnika Universiteti (Farg'ona, Farg'ona ko'chasi, 86-uy) 🗣 Til: o‘zbek va rus tillarida 💚 LinkedIn | Instagram | Telegram | YouTube
🚀 Farg‘onada “Startup Roadshow” tadbiri! Startapchilar, innovatorlar va talaba-yoshlar uchun navbatdagi muhim uchrashuv tashkil etilmoqda. Agar sizda startap g‘oya bo‘lsa yoki mavjud loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz — bu tadbir aynan siz uchun! Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qarori mazmuni, undagi yangi imkoniyatlar va amaliy mexanizmlar batafsil tushuntirib beriladi. 💡 Muhokama qilinadigan asosiy mavzular: - G‘oyani validatsiya qilish va biznes modelining hayotiyligini tekshirish - Bozor va maqsadli auditoriyani tahlil qilish usullari - Investitsiya jalb qilishga tayyorgarlik bosqichlari - Pitch deck va taqdimot materiallarini professional darajaga olib chiqish Shuningdek, tadbirda muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilari o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, real keyslar asosida tavsiyalar beradi hamda savollarga javob beradi. 📍 Joy: Najot Ta’lim Farg‘ona filiali (6-qavat) 📅 Sana: 20-fevral 2026-yil 🕑 Soat: 14:00 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/N8kWWzuQ93A9gNmU8 📞 Savollar uchun: 33 007 04 16 ⚠️ Eslatma: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar soni cheklangan. Agar siz startap yo‘nalishida jiddiy harakat qilmoqchi bo‘lsangiz, bu uchrashuv siz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Ko‘rishguncha! 🚀 @itpark_fergana
Siz ham tengdoshlaringizdan o'rganib, an'anaviy oylik oladigan ish bilan cheklanmay, o'z startapingiz orqali insonlar hayotini yengillashtirishga harakat qiling va katta daromadga ham ega bo'ling. Startaplar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar: https://startupbase.uz/uz
#Tayinlov Viloyat hokimining qarori bilan Jalilov Bahromjon Odiljonovich Farg‘ona viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bahromjon Jalilov 1987-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti hamda Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti magistratura va doktorantura bosqichlarini tamomlagan. Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori. Mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshloq tumani iqtisodiyot kolleji o‘qituvchiligidan boshlagan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali katta o‘qituvchisi, bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, viloyat hokimligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar markazi UK direktori vazifalarida ishlagan. 2023-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Tayinlovga qadar Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) Farg‘ona viloyati filiali boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
🤖 DevPev #15 — Shaxsiy AI model yaratish Bu safar DevPev’da mustaqil va shaxsiy AI tizimlar yaratish haqida gaplashamiz. 📌 Meetup davomida quyidagilar muhokama qilinadi: - Open Source LLM’lar yordamida shaxsiy AI tizimlar yaratish jarayoni - Cloud xizmatlarsiz, lokal muhitda LLM ishlatish imkoniyatlari - Mashhur ochiq kodli modellar va ularning real imkoniyatlari - AI’ni o‘z ma’lumotlaringiz bilan o‘qitish va moslashtirish usullari - Lokal AI infratuzilmasi uchun kerakli hardware va software talablari - Real loyihalar asosida amaliy demo - Startaplar va kompaniyalar uchun custom AI yechimlar imkoniyatlari - Savol-javob va tajriba almashish Va, albatta, DevPev an’anasi davom etadi: 🍕 Pizza + Networking + Jonli muhokama 📅 Sana: 17-Yanvar, Shanba 📍 Joy: Najot ta'lim Farg'ona Filiali (6-qavat) ⏰ Vaqt: 17:00 ---- 👉 Ro‘yxatdan o‘tish: https://luma.com/uv67dt18 @devpevuz
Yoshlar hamda Ustozlar uchun ajoyib yangilik! Hozirgina bir yaxshi xabar bilan tanishdim, endi har yili "Besh million sun'i intellekt yetakchilari" dasturi doirasida milliy tanlov tashkil etib boriladi, bunga ko'ra tanlov g'oliblari uchun: — 500 nafar yoshlarga noutbuk; — 500 nafar yoshlarga qimmatbaho sovg'alar; — 100 nafar o'qituvchiga 1000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti; — 3 ta OTM ga pul mukofoti; — 2 ta umumta'lim maktabiga "Prezident sovg'asi" - Elektromobil. kabi ajoyib sovg'alar taqdim etiladi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang hamda harakatni hozirdan boshlang. "Besh million sun'i intellekt yetakchilari" dasturida ushbu havola orqali ta'lim olish va yangiliklardan xabardor bo'lish mumkin Qarorni to'liq matni bilan ushbu link orqali tanishib chiqish mumkin
🧠 Gov Challenge: AI Connect Texnologik yechimlar taraqqiyoti uchun hamkorlik uchrashuviga marhamat! 🌐 Markaziy bank va IT Park mamlakatimizda sun’iy intellekt (SI) asosidagi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tanlovga start beradi! Tanlov doirasida startaplar: ⏺SI yo‘nalishidagi loyihalar bo'yicha 10 kun ichida innovatsion yechimlar taklif qiladi. ⏺Eng yaxshi jamoalar Demo Day sahnasida texnologik yechimlarini namoyish etadi. Top startaplar uchun imkoniyatlar: ⏺Venchur jamg‘armalardan investitsiya olish. ⏺Tijorat banklari bilan autsorsing qilish. ⏺Startap savdosini amalga oshirish. ⏺Ma’lumot va infratuzilmadan umumiy foydalanish. ⏺Qo‘shma tadqiqot loyihalarida ishtirok etish. ❗️Loyihalarni topshirish muddati: 20-30 noyabrgacha. ❗️Demo Day: 5-dekabr, AloqaBank Bosh ofisi. 🧠AI Connect — bu bank sohasi va texnologiya olamining uchrashuv nuqtasi! Startupbase.uz platformasida loyihalar bilan tanishing va bugunoq o‘z yechimingizni bizga yuboring!
Ўзбекистон Стартап экотизими ўсиши тезлиги бўйича дунёда етакчи эканлиги эътироф этилди! Президентимизнинг АйТи соҳасига алоҳида эътиборлари туфайли Ўзбекистон дунёда энг тез ўсаётган стартап экотизимига эга эканлигини Dealroom.co халқаро таҳлилий компанияси томонидан эълон қилинди. Бу каби янгиликлар юртимизга венчур фондлари ва бошқа стартап экотизими иштирокчиларини қизиқишини янада орттириб, ёшларимиз ўз стартап ғояларини ривожлантириб боришлари учун қўшимча имкониятлар ошиб боришига ёрдам беради. Стартапингиз бўлса, албатта уни startupbase.uz да рўйхатдан ўтказинг ва уни ривожлантириш бўйича қўшимча маълумотларга эга бўлинг! Ўзбекистон дунёда №1 эканлиги ёритилган хар қандай ижобий маълумот албатта ҳамюртларимиз учун ўзига хос ғурур ва ифтихор белгисига айланади. Ундан аввал юртимиз дунёда одамлар ўзини энг хавфсиз ҳис этадиган мамлакат рейтингида биринчи эканлигини эшитиб ҳам жуда хурсанд бўлган эдик ва ҳозиргача чет эллик инвесторларни ва туристларни таклиф этишда ушбу фактдан фойдаланамиз: https://t.me/shshermatov/601
Farg‘ona abituriyentlari uchun 50 ta grant IT Park University Farg‘ona viloyati bitiruvchilari uchun grant dasturini ochmoqda. 2025 yilda bakalavriatning birinchi o‘quv yili uchun to‘lovning 100% qismini qoplaydigan 50 ta grant ajratildi. Kirish imtihonlari Abituriyentlar ikki imtihon topshiradilar: — Ingliz tili imtihoni. Abituriyentlar quyidagi tan olingan sertifikatlardan biriga ega bo‘lsa, imtihondan ozod qilinadi: IELTS, TOEFL, DTM, CEFR, Cambridge, Internation, Astrum. Minimal daraja — B1. — Matematika imtihoni. SAT, DTM yoki Astrum sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar imtihondan ozod qilinadi. Qolgan hollarda imtihon standart shaklda o‘tkaziladi. Nomzodlarni saralash Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar orasidan eng yaxshi 50 nafari tanlab olinadi. Ular grantni qo‘lga kiritib, bakalavriatning birinchi yilida bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar. Grant nimalarni qoplaydi? Grant bakalavriatning birinchi o‘quv yilida kontrakt to‘lovining 100% qismini qoplaydi. Bu iqtidorli talabalar uchun moliyaviy xarajatlarsiz sifatli IT ta’lim olish va istiqbolli sohaga qadam qo‘yish uchun noyob imkoniyatdir. Imtihonlar qayerda o‘tkaziladi? Farg‘ona va Nukus abituriyentlari uchun kirish imtihonlari IT Park Uzbekistan filialida o‘tkaziladi: — Marg‘ilon — IT Park Uzbekistan filiali Nima uchun ishtirok etish kerak? IT Park University’da ta’lim olish — bu: • EPAM — jahon darajasidagi Amerika IT-kompaniyasi o‘qituvchilari; • har yili sanoat talablariga muvofiq yangilanadigan zamonaviy ta’lim dasturlari; • sanoat hamkorlari bilan loyihalar va xalqaro amaliyotlar; • grantlar va yuqori natijalarga erishgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash; • bitiruvchilarning 80 foizi allaqachon IT-kompaniyalarda ishlaydigan hamjamiyat. 📌 Kirish imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish 🟢🟢🟢 50 грантов для абитуриентов из Ферганы IT Park University открывает грантовую программу для выпускников из Ферганы. В 2025 году выделено 50 грантов, которые покроют 100% стоимости обучения за первый год бакалавриата. Вступительные экзамены Абитуриенты проходят два экзамена: — Экзамен по английскому языку. Абитуриенты могут быть освобождены от экзамена, если у них есть один из признанных сертификатов: IELTS, TOEFL, DTM, CEFR, Cambridge, Internation, Astrum. Минимальный уровень — B1. — Экзамен по математике. Освобождение возможно при наличии сертификатов SAT, DTM или Astrum. В остальных случаях экзамен проводится в стандартном формате. Отбор кандидатов Среди всех абитуриентов, успешно сдавших экзамены, будут выбраны 50 лучших по результатам. Они получат гранты и смогут учиться бесплатно в течение первого года. Что покрывает грант? Грант покрывает 100% стоимости обучения за один год бакалавриата. Это уникальная возможность для талантливых студентов получить качественное IT-образование без финансовых затрат и начать карьеру в самой перспективной отрасли. Где проходят экзамены? Вступительные экзамены для абитуриентов из Ферганы и Нукуса будут проводиться в филиале IT Park Uzbekistan: — Маргилан — филиал IT Park Uzbekistan Почему стоит участвовать? Обучение в IT Park University — это: • преподаватели из EPAM — американской IT-компании мирового уровня; • современные образовательные программы, ежегодно обновляемые в соответствии с требованиями индустрии; • проекты с индустриальными партнёрами и международные стажировки; • гранты и поддержка студентов с высокой успеваемостью; • сообщество, где 80% выпускников уже работают в IT-компаниях. 📌 Регистрация на вступительные экзамены