Startup Ambassadors
Статистика🇺🇿 Respublika bo‘ylab 208 nafar ambassadorlar tarmog‘i "Yoshlar ishlari agentligi" va "Yoshlar Ventures" loyihasi
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 204
- 1/48двое суток
- 233
- 1/72трое суток
- 252
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bir sirni sizga aytmoqchiman, ko'pchilikni iltimosiga binoan mobil app ustida ishlayapmiz😁 Mobil App tayyor bo'lguncha esa startap qurishni debocha.yoshlarventures.uz orqali o'rganib turing. DIQQAT SAVOL! Bilaman siz allaqachon o'rganishni boshlagansiz, nechta sertifikat oldingiz? @debochadur
✅ “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturining 1-kuni ham yakunlandi 🎓 Tadbir davomida Cornell University’dan tashrif buyurgan professorlar Wesley Sine, W. Chad Carlos va Mark Beck tomonidan ajoyib darslar o’tildi 📌Sessiyalar davomida asoschilarimiz startaplari uchun shaxsiy feedback olishdi, strategik qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirishdi. Bundan tashqari, asoschilarimiz uchun coffee break va lunch time tashkil etildi Kuzatishda davom eting hali barchasi oldinda🚀 ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
🌱 Innovatsiya va ekologiya bir maydonda! Butun Oʻzbekistondan "Yashil innovatsiyalar" tanloviga kelib tushgan 443 ta eko-startap orasidan saralangan 87 ta eng istiqbolli loyihalar endi final bosqichida o‘z salohiyatini namoyish etadi. ⚡ Forumda sizni: 💡Ekologik va texnologik yechimlar namoyishi; 🤝Davlat tashkilotlari, biznes vakillari, banklar, investorlar hamda soha ekspertlari bilan ochiq muloqot; 🏆 100 million so‘mgacha grant yutish mexanizmlari va mavjud imkoniyatlar haqida foydali ma'lumotlar kutmoqda. 📅 Sana: 7-avgust 🕙 Vaqt: 10:00 📍 Manzil: Zakovat Arena 🌿 "Yashil tashabbuslar" forumi — ekologiya, innovatsiya va ulkan imkoniyatlar birlashadigan maydon. Siz ham ushbu muhim voqeaning bir qismiga aylaning! Balki keyingi 100 million so‘mlik grant sohibi aynan siz bo‘lishingiz mumkin! 📱Telegram | 📱 Instagram
😳 Cornell Universtetidan kelayotgan Professorlarimiz bilan tanishing! 1️⃣ Professor Wesley Sine - Tadbirkorlik va innovatsiya bo’yicha dunyoning yetakchi tadqiqotchilaridan biri. Olti qit’ada minglab tadbirkorlarni o’rgangan, ularga maslahat bergan va dars bergan. Startaplardan tortib Fortune 500 kompaniyalargacha konsalting tajribasiga ega. 2️⃣ Professor W. Chad Carlos - Cornell universitetidan PhD darajasiga ega. Tadbirkorlik bo’yicha tadqiqotchi, pedagog, konsultant va executive coach. Ilgari KPMG’da Silikon vodiysining yetakchi texnologiya kompaniyalari, jumladan Google bilan ishlagan katta konsultant bo’lgan. 3️⃣ Professor Mark Beck - Harvard MBA. JELD-WEN kompaniyasining sobiq bosh direktori (CEO) bu davrda 8 ta kompaniyani sotib olish (acquisition) va muvaffaqiyatli IPO’ni amalga oshirgan. Danaherda $5 milliard qiymatidagi biznes portfelini boshqargan sobiq prezident. B-Square Precision Group kompaniyasining hammuassisi. 🚀 Ushbu professorlar 7–10-avgust kunlari Toshkentga tashrif buyuradilar. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🚀 STARTUP ARENA #AGRO Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi? O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor. Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti. Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar: 🏡 Aqlli issiqxonalar Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar. 🎯 Precision Agriculture Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar. 🌾 Agrotexnologiyalar Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar. 💧 WaterTech Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar. 🌦 ClimateTech Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar. 🚚 Supply Chain Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar. 💳 AgriFinTech Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar. 🌍 ExportTech O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar. Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi. 🚀 26 avgust kuni DEMO DAY Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi. 👇 Ariza topshirish: https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6
🚀 DEBOCHADA FROM ZERO KURSI Avgust oyidagi qabul boshlandi! Startapingiz bormi yoki startupga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🔥 📚 1 oy davomida Debochadagi maxsus darslar orqali o‘z g‘oyangizni bosqichma-bosqich rivojlantirib, uni real loyihaga aylantirasiz. 👥 Haftalik workshoplar Yoshlar Ventures loyiha menejerlari bilan amaliy bilimlar, tajriba va foydali tavsiyalar olasiz. 🎯 DemoDay - katta final! Inkubatsiya yakunida o‘z loyihangizni venchur fondlari va investorlar oldida pitch qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 📲 Qatnashish uchun yopiq Telegram guruhimizga qo‘shiling! https://t.me/+LSxgSXXMiEZmZDc6 ⏳ Deadline: 09.08.2026 Shoshiling! Balki sizning g‘oyangiz aynan shu 1 oyda real startupga aylanar. 🚀
🚀 "Sherdor Games" akseleratoriga rasman start berildi! ✅ Yoshlar Ventures Sherdor Games loyihasini ishga tushirdi. Sherdor Games o'zi qanday loyiha? 🎮 Sherdor Games 45 kunlik dastur bo‘lib, unda siz ‘prototip’dan to‘liq o‘yinga qadar yo‘lni bosib o‘tasiz. Akselerator qatnashchilari quyidagi yirik imkoniyatlarni qo'lga kiritishadi: • $1000 miqdorida stipendiya; • Venchur fondlari va nashriyotlardan $50 000–$100 000 gacha investitsiya jalb qilish; • 45 kun davomida professional marketing ko'magi; • Autsorsing loyihalari va shaxsiy o‘yinlarini ishlab chiqish uchun hamkorlik shartnomalari. 👨🏫 Kuni kecha akseleratorning 1-kuni yakunlandi. Dasturning ilk kunidanoq sohaning kuchli mentorlari jamoalar bilan bevosita muloqot qilib, o'yin yaratish sirlari va o'z amaliy tajribalarini bo'lishishni boshlab yuborishdi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
🚀 Sherigingiz yarim yo'lda ketib qolsa, ulushi nima bo'ladi? (Cliff va Vesting haqida) 📌 Ma'nosi Tasavvur qiling, startap boshladingiz va sherigingizga (CTO) 20% ulush berdingiz. U 2 oydan keyin "ishim ko'payib ketdi" deb chiqib ketdi. Lekin 20% ulush uning cho'ntagida qoldi va u kelajakdagi daromadingizga sherik! Bu har bir startap asoschisining eng katta qobusi. Buning oldini olish uchun 3 ta sehrli tizim ishlatiladi: 📜 ESOP - Xodimlarga va sheriklarga pul o'rniga kompaniya ulushini berish dasturi. ⏳ Cliff - Sinov muddati (odatda 1 yil). Shu vaqt ichida ketgan kishi 0% ulush oladi. 📈 Vesting - Ulushning vaqt o'tishi bilan (masalan, 4 yil davomida har oy) bosqichma-bosqich rasmiylashuvi. 💡 Hayotiy Misol (Case Study) Siz (CEO) va dasturchi sherigingiz (CTO) loyiha boshladingiz. Unikiga 20% ulush ajratdingiz. Shartnoma tuzildi: 1 yil Cliff + 4 yillik Vesting. 1-holat: CTO 8-oyda loyihani tashlab ketdi. Natija: U 0% ulush oladi. Chunki 1 yillik Cliff (sinov muddati) tugamadi. Startap xavfsiz qoldi! 2-holat: CTO 1 yil to'liq ishladi. Natija: Cliff tugadi va uning 5% ulushi (20% ning 1/4 qismi) rasmiylashdi. Qolgan 15% ulush esa keyingi 3 yil davomida har oy bo'lib-bo'lib berib boriladi. 🛠 Asoschilar uchun maslahat/Xulosa Hech qachon birinchi kundanoq (hatto eng yaqin do'stingizga ham!) ulushni 100% topshirib qo'ymang.
Cliff va Vesting haqida gaplashamiz? Bular o'zi nima u bu kim biladimi?
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄 Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀 Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆 👉 Darsni boshlash Qani, ketdik! 🔥 Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
🎓 Amaliyotni oson toping yoki eng yaxshi iste'dodlarni kashf eting! 🔥 "1 daqiqada tushuntir" loyihasining navbatdagi sonida mehmonimiz U-intern amaliyot platformasi asoschisi bo'ldilar. 📹 Ushbu video davomida U-intern qanday muammoni hal qilishi, talabalar uchun amaliyot topish jarayonini qanday osonlashtirishi va nega bu yagona platforma yoshlar hamda kadr qidirayotgan mahalliy kompaniyalar uchun eng qulay yechim ekanligi haqida qisqacha taqdimot berdilar. 💬 Videoni tomosha qiling va loyiha haqida o'z fikringizni izohlarda qoldiring. ⚡ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
Building the New Generation of Startup Founders ⚡️ Yoshlar Ventures xalqaro hamkorlik doirasida "Cornell University" delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qiladi. 📆 "Cornell SC Johnson College of Business"ning 3 nafar professori ishtirokida 7–10-avgust kunlari startap asoschilari uchun maxsus seminarlar va amaliy sessiyalar tashkil etiladi. ✅ Dastur davomida startup qurish, global fikrlash, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va asoschilarning strategik qarorlar qabul qilishi kabi mavzular yoritiladi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Yangi kurs kutyotganlar bormi? 👀
https://meet.google.com/xrb-gjty-fcz
https://meet.google.com/xrb-gjty-fcz
⚡️ Sirdaryolik startapchilar, diqqat qiling! Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Yoshlar Ventures jamoasi vakillari Ertaga Yangiyerda bo’ladi. Maqsad bitta: siz bilan yuzma-yuz ko’rishib, startapingiz haqida bevosita o’zingizdan eshitish. 🗓 30-iyul, soat 10:00 (9:30da yig’ilamiz) 📍 Yangiyer shahri. Aniq manzil Telegram guruhda e’lon qilinadi. Uchrashuvda: • Startapingizni qisqa pitch qilasiz • Savollarga javob berasiz va fikr olasiz • Loyihangiz mos kelsa, investitsiya bosqichiga o’tish imkoniyati ochiladi Qatnashish tartibi oddiy: ariza formasini to’ldirasiz, oxirida Telegram guruh havolasi chiqadi. Aniq manzil va boshqa tafsilotlar o’sha yerda bo’ladi. Arizani hozir to’ldiring 👇 https://forms.gle/UBDzgFVtGeLWNmDV9
https://debocha.yoshlarventures.uz/dashboard/events/f7ad5c5e-8bbb-40db-950c-869cf1bf7397
https://debocha.yoshlarventures.uz/dashboard/events/f7ad5c5e-8bbb-40db-950c-869cf1bf7397
🔥 Vanihoyat! Barcha Kutgan Kun Keldi! 🥳 Uzoq kutilgan va hayajonli jarayondan so‘ng, UzCombinator 2-mavsum "Suhbat" natijalari e’lon qilinadigan sana va vaqt aniq bo‘ldi! 🚀 📅 Sana: 29-iyul ⏰ Vaqt: 20:00 📌 Natijani qanday bilish mumkin? • uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • Profilingizga kiring • O'z natijangizni bilib oling! 🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang! Eng zo'r reaksiyalarni sahifamizda ulashamiz! Barchaga omad tilaymiz! ⚡️ ⚡️ @uzcombinator
⚡️ Investitsiyasiz o‘sish yetarlimi? Startapchilarga doim bitta savolni beraman: “Bootstrap usulida topayotgan daromadingiz keyingi o‘sishga yetadimi yoki yo‘q?” Agar javobingiz “Yo‘q, tezroq kengayish uchun investitsiya kerak” bo‘lsa, demak bu video aynan siz uchun. 👉 Batafsil: Debocha @debochadur ⚡️