STARTUP CENTER
Статистика🚀 Startaplar, hackathonlar va loyihalar bo‘yicha yangiliklar markazi✅ 🧠 Tanlovlar | Imkoniyatlar | Loyihalar
- Последний пост
- 21 мая
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿Toshkent viloyatida xarajatlari qoplanadigan oromgoh — Wiki-sfera Moliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz va o’zbek tili (kamida B2) Kimlar uchun ➡️16 va undan yuqori yoshdagilar qatnashishi mumkin. Foydali tomonlari ➡️Dasturda bepul qatnashish mumkin; ➡️Ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilot tomonidan qoplab beriladi; ➡️Targ'ibot tanlovi natijalari bo'yicha 1-3-o'rinlarni egallagan ishtirokchilar "Wiki-sfera" oromgohining 2-mavsumi uchun yo'llanmaga ega bo'ladi; Dastur haqida ➡️Bu safar oromgoh mashhur Garri Potter filmlari ruhida tashkil etiladi. Sehr, sir va sarguzashtga boy bo’lishi kutilmoqda. ⏰️Oxirgi muddat: 20-iyun, 2026 ➡️Batafsil: WikiTanlov #yozgi_va_qishki_maktablar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston
🚀 Farg'ona shahar yoshlari uchun AI Hackathon! Farg‘ona shahar yoshlari uchun 3 kunlik intensiv AI hakaton boshlanmoqda! Tanlovning birinchi kuni hamma yoshlar uchun ochiq, saralashdan so'ng 15 ta jamoa Finalda bellashadi! 🧠 Mavzu: AI orqali hal qilinadigan raqamli yechimlar 📍 Joy: Farg‘ona shahar Yoshlar Markazi 📅 Sana: 26–27–28 mart ⏰ Boshlanish vaqti: Payshanba 15:00 👥 Jamoalarda 3 kishidan ishtirokchi bo'lishi kerak 3 kun ichida siz: ✅ Real loyiha yaratasiz ✅ MVP tayyorlaysiz ✅ Pitch qilasiz 🏆 Eng yaxshi jamoalar taqdirlanadi! Ro'yhatdan o'tishga shoshiling! https://forms.gle/y8q6SJU7vsjPq4rQ8
Meet one of our mentors – Ozodbek Abduraximov! Ozodbek is a student at Fergana State Technical University and a recipient of the NSP-2025 scholarship, currently studying at Pavel Jozef Šafárik University in Slovakia. He is a three-time "Student of the Year" award winner and serves as the Head of the Startup Center "FSTU FIIT" ⚡️He has also been awarded the Muhammad Al-Khwarizmi Scholarship (2023–2024) and is a participant in the "Mirzo Ulugbek Vorislari" Data Science program (2024–2025) . With experience as a Startup Garage Assistant, he actively supports startup idea development, grant writing, and international competition participation. 📎 His project: Tahlilchi AI – an AI-powered demand forecasting system for retail and warehouse management. The platform analyzes real-time sales data to predict future demand, helping businesses reduce waste, minimize excess inventory, and optimize costs. 📌 More about his project 🗓 Application deadline: 27 March ⬇️ Apply here: [Addmission Form] Follow us on: 📱Telegram| 📱 Instagram| 📱 YouTube |📱 LinkedIn
🗣Startup Arena! Farg'onaga yo'l oldi! Startup Arena #Farg'ona 3-mart kuni Marg'ilon shahridagi IT Park binosida soat 10:00da bo‘lib o‘tadi! 🔗 O'z startapini pitch qilishni xohlaganlar yoki kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqchi bo'lgan barcha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
#Diqqat_muhim “Oliygoh kubogi” doirasida Hakaton tanloviga start berildi! Agar sizda sun’iy intellekt asosidagi innovatsion g‘oyalar mavjud bo‘lsa, ushbu hakaton aynan siz uchun! Ushbu tanlov mavzusi “Sun’iy intellekt asosida innovatsion loyihalarni joriy etish” 📌Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda bo’lib o’tadi: “Coding” (dasturlash asosida) “No Coding” (dasturlashsiz) 📌Mukofotlar quyidagicha: 1-o‘rin: 10 million so‘m 2-o‘rin: 6 million so‘m 3-o‘rin: 4 million so‘m “Oliygoh kubogi” g‘olibiga aylanib, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlarini qo‘lga kiriting! Ro’yxatdan o’tish Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
🇺🇿 Hogwarts Research Camp 2026 boshlandi! ✨ G‘oyalarni real loyiha va tadqiqotga aylantirish imkoniyati endi ochiq. IT, ekologiya, ta’lim hamda biznes yo‘nalishlarida ishlashni istagan yoshlar uchun maxsus dastur start oldi. Dastur davomida ishtirokchilar may–iyul oylarida o‘z loyihalari ustida ishlaydi, avgust oyida esa 1 haftalik intensiv Bootcamp’da qatnashadi. Ishtirokchilar uchun: 🌄 “Renessance” tog‘ oromgohida yashash 🍽 Kuniga 4 mahal ovqat 👩🏫 Mentorlar bilan ishlash 🎁 Sovg‘alar va investitsiya olish imkoniyati 👥 Har bir loyihada 6 nafar ishtirokchi Grant imkoniyatlari mavjud: • 100% grant • 50% grant • To‘liq kontrakt — 1 700 000 so‘m Ariza topshirish muddati: 20-mart, 2026. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qilinadi.
🇺🇿CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati Moliyalashtirish: Bepul Kimlar uchun ➡️Tanlovda barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin; ➡️Dasturning boshqa loyihalarida qatnashayotganlar ham "WikiAntiKorrupsiya" loyihasida ishtirok etishi mumkin. Foydali tomonlari ➡️Tanlovda bepul qatnashish mumkin; ➡️G'oliblar xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki umumta’lim fanlari bo'yicha milliy sertifikat imtihonini topshirish uchun bir martalik bepul vaucherga ega bo'ladi. ⏰️Oxirgi muddat: Iloji boricha tez 🔗Batafsil: grantgo.uz #tanlovlar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Oʻzbekiston
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi. 📝 Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap g‘oyalarni yaratishga o‘rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi, tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha miqdorda mukofot beriladi; ➖ loyihalar har chorakda o‘quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi; ➖ marketpleyslar bilan hamkorlik o‘rnatib, ta’lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi. 🗒 2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi: ▶️ davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o‘z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo‘yicha: ▪️ kraudsorsing elektron platformasida e’lon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi; ▪️ har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) o‘tkazadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/131963 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram➖
🚀 PAYNET HACKATHON 2026 — IT SOHASIGA KIRISH UCHUN AJOYIB IMKONIYAT! Paynet talabalar va yosh mutaxassislarni Paynet Hackathon 2026’da ishtirok etishga taklif qiladi. 📅 O‘tkazilish sanasi: 25-fevral, 2026-yil Bu — o‘zingni ko‘rsatish, real biznes keislar ustida ishlash va yirik texnologik kompaniyada karyerani boshlash imkoniyati 💼🚀 🔹 KIMLARNI KUTYAPMIZ? • 18 yoshdan katta talabalar va yosh mutaxassislar • O‘qish yo‘nalishi yoki kurs bo‘yicha cheklov yo‘q • Ambitsiyali, motivatsiyaga ega va jamoada ishlashga tayyor ishtirokchilar 🔹 ISHTIROK FORMAT: • Jamoaviy ishtirok (1 jamoada 5 kishigacha) • Ro‘yxatdan o‘tish Google Forma orqali • Real biznes muammolari ustida ishlash • Paynet mutaxassislaridan mentorlik 🏆 ASOSIY SOVRIN: 🎯 Paynet’da stajirovka va muvaffaqiyatli ishtirokchilar uchun doimiy ishga joylashish imkoniyati 🗓 Ariza topshirish muddati: 16-fevral, 2026-yil 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/7ruMhHJZnhdQMTPC6
#Oliygoh_Kubogi Umumiy jamgʻarmasi 100 million soʻm boʻlgan "Oliygoh kubogi" tanlovlariga start berildi ✨O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarida "Oliygoh kubogi" tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 432-sonli buyrug‘i vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun innovatsion va texnologik tanlovlar tashkil etilmoqda! Musobaqalar quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi: 🔹Kiberxavfsizlik (CTF - Capture the Flag) 🔹 Hakaton (Coding va No Coding) mavzusi Sun'iy intellekt asosida innovatsion loyihalarni joriy etish 🔹Ideaton (Muhandislik yo‘nalishlari) 🔹 Robototexnika (Robo Sumo va Line Follower) 🔹 Dron Racing Mukofotlar: 1-oʻrin uchun 10 millon so‘m 2-oʻrin uchun 6 millon so‘m 3-oʻrin uchun 4 millon so‘m Murojat uchun: +998 90 055-79-78 Manzil: Farg‘ona davlat texnika universiteti Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
#tanlov “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi! Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi. ❓Kimlar ishtirok etishi mumkin? Oliy taʼlim tashkilotlarining (davlat, nodavlat hamda xorijiy) kunduzgi taʼlim shaklida statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Schienche&Analytichs) yoʻnalishlarida tahsil olayotgan: 🔹 bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari; 🔹 magistratura bosqichi talabalari. Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi: 1️⃣ -bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi); 2️⃣ -bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili); 3️⃣ -bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat. 1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi. Hujjatlarni topshirish tartibi: Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim: 📧 sto1@stat.uz 📋 Taqdim etiladigan hujjatlar: ➖ maʼlumotnoma (CHV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan); ➖ motivation letter; ➖ akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma); ➖ xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa); ➖ ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa); ➖ erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa) Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi. Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998-71-203-80-00 (ichki raqam: 1531). Eslatma: Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” nizomida batafsil keltirilgan. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🚀 G‘oyangiz bor, lekin investitsiya yo‘qmi? "Taqdimot O‘zbekiston" 2-mavsumiga start berildi! Agar sizda startap g‘oya bo‘lsa — bu uni butun mamlakatga ko‘rsatish imkoniyati. Ariza topshirish oson, murakkab jarayonlar yo‘q — faqat 3 ta qadam. ✨ Saralashdan o‘tsangiz, sizni nimalar kutmoqda? 🔹 Ekspert yordami: Tajribali mentorlardan akseleratsiya jarayonlari. 🔹 Networking: Top investorlar bilan yuzma-yuz muloqot. 🔹 Real tajriba: Soha mutaxassislaridan amaliy bilimlar. 💰 Asosiy maqsad: Loyihangiz uchun investitsiya olish imkoniyati! ⏳ Ariza topshirish muddati: 30-yanvargacha Shoshiling — bunday imkoniyat bir marta keladi. 👉 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. ----------- 🚀 Have a great idea but no investment? "Taqdimot O’zbekiston" season 2 has officially started! If you have a startup idea, this is your chance to showcase it to the entire country. The application process is simple, no complex procedures — just 3 easy steps. ✨ What awaits the selected startups? 🔹 Expert Support: Acceleration programs led by experienced mentors. 🔹 Networking: Face-to-face meetings with top investors. 🔹 Real-world Experience: Practical insights from industry experts. 💰 Key Goal: The opportunity to secure investment! ⏳ Application deadline: january 30th hurry up — an opportunity like this comes once in a lifetime! 👉 Register via the link
🌱Ekologik tashabbuskorlar diqqatiga! Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi yoshlar uchun 3 ta mega tanlov e’lon qiladi: 1. “Yashil innovatsiyalar” tanlovi — innovatsion g‘oya va texnik yechimlar uchun (14–18 va 19–30 yosh toifasida). 2. “Ekologik-ijtimoiy loyihalar” tanlovi — ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishidagi eko-faollar uchun. 3. “Yashil tashabbuslar stipendiyasi” tanlovi — ekologiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan tadqiqotchilar uchun. 🏆 Tanlovlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi. 📌Arizalar 20-yanvardan 20-fevralgacha yashiltashabbus.uz sayti orqali qabul qilinadi.
🚀 CAU TECH HACKATHON 2026 CAU Tech Hackathon 2026 is an international technology event, bringing together students, school pupils, engineers, and young innovators from different countries to work on real-world challenges in artificial intelligence, cybersecurity, and robotics, with the support of Cisco. Throughout the hackathon, participants will collaborate in teams, solve practical cases, receive expert guidance, and compete for cash prizes, gaining valuable hands-on experience in a global tech environment. 🔹 Hackathon Tracks: 🧠 AI in Healthcare (for university students) A 48-hour hackathon focused on developing AI-powered solutions for healthcare, including medical data analysis, computer vision, intelligent systems, and digital health prototypes, supported by industry expertise and innovation standards promoted by Cisco. 🛡 Cybersecurity CTF (for university students) A hands-on Capture the Flag competition in cybersecurity and ethical hacking, where participants tackle challenges in system security, cryptography, digital forensics, and network defense, supported by Cisco Networking Academy. 🤖 Robotics Challenge (for school students, grades 10–11) An engineering competition where participants design, build, and program robots to complete technical missions under real competition conditions, fostering problem-solving and engineering thinking. 👥 Participation Format: • Teams of 4 participants • On-site participation at the Central Asian University campus • Open to university students and school pupils (depending on the track) 💰 Cash prizes for winning teams 📜 Participation certificates 🌍 International collaboration and hands-on experience 👉 Registration is now open — apply via the links provided in the description. 📩 For inquiries: @nazarovass @An0rka 🇺🇿 O'zbek tilida o'qish uchun
🌍 Xalqaro maydonda tajriba orttirish imkoniyati. Yoshlar ishlari agentligining Xalqaro aloqalar bo‘limida 3 oylik amaliyot o‘tashingiz mumkin. Talablar: 🔺 Kursidan qat’i nazar, barcha talabalar topshirishi mumkin; 🔺O‘zbek tilini bilish majburiy; 🔺Rus yoki ingliz tilini bilish (sertifikati bor nomzodlarga ustunlik beriladi); 🔺Ish vaqti o‘qish jadvaliga moslashtiriladi. 👑 Eng katta imkoniyat: Amaliyot davomida eng faol bo‘lgan 3 nafar ishtirokchi BMTda amaliyot o‘tash uchun yuboriladi. ✔️Xalqaro muhitda o‘sishni xohlasangiz — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
#Tanlov 📣 E’LON! HULT PRIZE 2026 – $1 000 000 STARTAP TANLOVI Farg‘ona davlat texnika universiteti talabalari uchun Hult Prize 2026 xalqaro startap tanlovida ishtirok etish imkoniyati mavjud! 🌍 Hult Prize — dunyoning 130 dan ortiq davlatlarida o‘tkaziladigan, g‘olib jamoaga 1 million AQSH dollari ajratiladigan nufuzli xalqaro tanlov. 👥 Ishtirok etish shartlari: - Universitet talabasi bo'lishi; - 2–4 kishidan iborat jamoa bo'lib ishtirok etishi; - tanlov payitida kamida 18 yoshga to‘lgan bo'lishi; - Ingliz tilida taqdimot qila olishi; - Aniq g‘oyaga ega yoki startap loyihasi bo‘lishi; - Loyiha SDGning kamida bittasiga mos bo‘lishi shart. 🏆 Universitet bosqichida eng yaxshi jamoa tanlanadi, hamda ular universitet nomidan respublika va xalqaro bosqichlarda qatnashadi. 📅 Arizalar qabuli oxirgi kuni: 2026-yil 17-yanvar 📍 Mas’ul bo'lim: Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi Telegram: @Qudratbek_Uzb Bizni kuzating Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt
Mirzo Ulug'bek Vorislari tanlovi Davlati: O'zbekiston🇺🇿 Tanlov shakli: Offlayn Yosh toifasi: 16-25 Tanlovda o'zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi. ➡️Imtiyozlari: - Bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarigacha bo'lgan moliyaviy mukofotlar - Loyihalarni real hayotda joriy etish - Kuchli networking 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 15-fevral
📋 IDEATON: Kutilayotgan natijalar va muddatlar O‘z g‘oyalaringizni taqdim etishga tayyormisiz? Unda bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar: ⏰ ASOSIY SANALAR 📅 Loyihalarni topshirish muddati: 15-yanvar 2026 Topshirish uchun havola: 12-yanvardan taqdim etiladi 🏆 Eng yaxshi g‘oyalarning mukofotlash: 24-yanvar 🎯 IDEATON MAQSADI Quyidagi ijtimoiy infratuzilma bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan fikr-mulohazalar qoldirish va baholashga qaratilgan portalning qulay front-end qismi g‘oyasini ishlab chiqing: ✅ Maktab va bolalar bog‘chalar ✅ Sport muassasalari ✅ Poliklinikalar va kasalxonalar ✅ Boshqa ijtimoiy infratuzilma 📦 NIMA TOPSHIRISH KERAK Har bir jamoa 3 komponentni bajarishi talab etiladi: 1️⃣ Pitch Deck [PDF yoki PPT] Sizning g‘oyangizni qisqacha taqdimoti - Siz hal qilayotgan muammo - Sizning yechimingiz - Maqsadli auditoriya - Taxminan 5-10 slayd 2️⃣ UI Design [Figma] Fuqarolar uchun portalning vizual dizayni - Ekran maketlari (wireframes) - Interfeys - Foydalanuvchi yo‘li - Geoportal ma’lumotlarini hisobga oling 3️⃣ Project Scope [DOC yoki PDF] Sizning loyihangizning detallarining qisqacha ta’rifi - Funksionallikning ta’rifi - Rejalashtirilgan texnik stack - Jamoa va rollari - Qo‘shimcha ma’lumot 💡 MUALLIFLIK HUQUQLARI Mualliflik huquqlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot 🔗 FRONT-END ISHLAB CHIQISH UCHUN MA’LUMOTLAR BAZASI Agentlikning Geoportali | Qo‘shimcha ma’lumotlar | Excel jadvali ma’lumotlar ❓ SAVOLLAR uchun - @socialhackathonsup
#Eʼlon 🚀 “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida respublika tanlovi start berildi! 🎯 Maqsad: Sun’iy intellekt va IT sohasida bilimli, raqobatbardosh yoshlarni hamda professor-o‘qituvchilarni tayyorlash 🎁 Mukofotlar: 🎓 OTMlar uchun — 100 / 50 / 25 mln so‘mgacha pul mukofotlari 💻 1000 nafar o‘quvchi va talabaga — noutbuk va sovg‘alar o‘rin olgan 👉 ushbu havola orqali ishtirok eting https://aileaders.uz/ Imkoniyatni boy bermang! Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
🚀 UEnter USolve startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga arizalar qabulini e’lon qiladi USolve — O‘zbekistonda IT va inklyuziv tadbirkorlik sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur bo‘lib, g‘oyalarni rivojlantirish, MVP yaratish va jamoalarni investitsiya jalb qilishga tayyorlashni maqsad qiladi. Dastur qanday o‘tadi? - Arizalarni saralash va dastlabki skrining - 100 ta jamoa ishtirokida g‘oyalar va MVP’larni takomillashtirishga qaratilgan xakaton - Inkubatsiya bosqichiga o‘tish uchun pitch-sessiya va saralash - Saralangan 50 ta startap jamoa uchun 1 oylik inkubatsiya dasturi - Venchur investorlar va hamkorlar ishtirokida Demo Day 🏆 Eng yaxshi 10 ta startap 2026-yil iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqadagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — GITEX 2026’da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 📍Dastur formati Dastur gibrid formatda — onlayn va oflayn faoliyatlarni uyg‘unlashtirgan holda o‘tkaziladi va bu O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan ishtirokchilarga dastur bosqichlarida to‘liq qatnashish imkonini beradi. ⏰ Arizalarni topshirish muddati - 2026-yil 31-yanvar Havola orqali ariza topshirish mumkin. Dastur Buyuk Britaniya Hukumati moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshiriladi. 🚀 UEnter объявляет о приёме заявок в программу поддержки стартапов USolve USolve — программа поддержки стартапов в сфере IT и инклюзивного предпринимательства в Узбекистане, направленная на развитие идей, создание MVP и подготовку команд к привлечению инвестиций. Как проходит программа? - Отбор и предварительный скрининг заявок - Хакатон с участием 100 команд для доработки идей и MVP - Питч-сессия и отбор лучших команд для инкубации - Месячная инкубация для 50 отобранных стартап-команд - Demo Day с участием венчурных инвесторов и партнёров 🏆 10 лучших стартапов получат путёвку на участие в одном из крупнейших технологических событий региона — GITEX 2026, который пройдёт в июне 2026 года в Астане. 📍Формат программы Программа будет проходить в гибридном формате, сочетая онлайн- и офлайн-активности, что позволит участникам из разных регионов Узбекистана участвовать во всех этапах программы. ⏰ Дедлайн подачи заявок - 31 января 2026 года Подать заявку можно по ссылке. Программа реализуется при финансовой поддержке Правительства Великобритании.