- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 94
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Бизнес
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 63
- 1/48двое суток
- 72
- 1/72трое суток
- 77
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
🔜 TexnoNova Hackathon Farg‘onaga kelmoqda! Texnologiya, dasturlash va startaplarga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun! 20-avgust kuni Farg‘ona Digital Hub’da yosh dasturchilar, dizaynerlar, innovatorlar va texnologiya ishqibozlarini birlashtiradigan TexnoNova Hackathon bo‘lib o‘tadi. 🚀 Sizni nimalar kutmoqda? • G‘oyangizni haqiqiy loyihaga aylantirish • Dasturlash va muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish • Networking va yangi jamoalar bilan tanishish • Bilim va g‘oyalaringizni namoyish qilish • Ishtirok sertifikati 🌱 Bu yilgi treklar: • Environment • Green Energy • Smart City 🥇 Mukofotlar: sertifikatlar, qimmatbaho sovg‘alar va pul yutuqlari! 👥 Jamoa: 2–5 kishilik 🗓 Sana: 20-avgust 📍 Manzil: Fergana Digital Hub 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: BU YERDA G‘oyangizni loyihaga aylantirishga tayyormisiz? 🚀
#Videolavha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yildi 📌Siz ham yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shmoqchimisiz? 🔹Ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi har bir foydali tashabbus muhim. 🔗Tashabbusingizni tashabbus.yito.uz platformasi orqali yuboring. Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustga qadar qabul qilinadi Sizning g‘oyangiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami bo‘lishi mumkin. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
без подписи
🌿“Yashil tashabbuslar” forumi: 100 million so‘mlik grant va innovatsion g‘oyalar maydoni Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hal qiluvchi bosqichlarida Farg’ona viloyati yoshlari ham ishitirok etishdi! Dastlabki 443 ta eko-startap orasidan saralab olingan eng istiqbolli 87 ta loyihalar ichida Umumjamoa hisobida eng ko’p grandlar yutib 1-o’ringa aynan Farg’onalik yoshlar munosib deb topilib 200 million so’m grand sohibiga aylanishdi!
без подписи
без подписи
без подписи
📢 Eko-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash o‘quv dasturi va biznes-loyihalar tanlovi boshlanmoqda! ♻️ Aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 💰 Ta’lim mutlaqo bepul. Barcha o‘quv xarajatlari loyiha hisobidan qoplanadi. 📍 Treninglar qayerda o‘tkaziladi: Toshkent, Angren va Nukus shaharlarida. 👥 Kimlarni taklif etamiz: Ish boshlayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni. Dasturda ayollar (o‘rinlarning kamida 50%) va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. O‘rinlar soni: har bir shahardan 40 nafar ishtirokchi. 📑 Qo‘llab-quvvatlash dasturi haqida Loyiha sizga g‘oyadan biznesni kengaytirishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishda yordam berish uchun bir nechta bosqichdan iborat: 🔹 Intensiv biznes-treninglar: 6 hafta davomida (haftasiga 2 marta) malakali murabbiylar bilan 12 ta mashg‘ulot. 🔹 Shaxsiy mentorlik yordami bilan akseleratsiya. 🔹 Biznes-loyihalar tanlovi — dastur bitiruvchilari $10 000 grant mablag‘larini qo‘lga kiritish uchun kurashishlari mumkin! 📚 Ta’limning asosiy yo‘nalishlari: 1. Aylanma iqtisodiyotga kirish va chiqindilarni boshqarish 2. Biznes asoslari va biznesni rejalashtirish 3. Marketing, brending va mijozlar bilan ishlash 4. Moliyaviy boshqaruv va rivojlanish strategiyasi 5. Biznes-reja ishlab chiqish va grant arizasini tayyorlash 🎓 Qanday qilib ishtirokchi bo‘lish va sertifikat olish mumkin? O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlash, sertifikatni qo‘lga kiritish va grant tanlovida qatnashish huquqini olish uchun treninglarda faol ishtirok etish hamda vazifalarni bajarish talab etiladi. Agar siz o‘z “yashil” biznesingizni rivojlantirishni va ekologiyaga hissa qo‘shishni istasangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz 👇 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza: https://forms.gle/3kvJXR8rHCE9Q9Jf7 Arizani to‘ldirgach, Telegram’dagi @circular_business_training manziliga to‘liq ism-sharifingizni, shuningdek, viloyat yoki shahringizni (Toshkent, Angren yoki Nukus) ko‘rsatgan holda “Men ro‘yxatdan o‘tdim” degan xabar yuboring. ⏳ Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 13-avgust 📞 Savollar uchun: @circular_business_training 💡 Eko-biznesingiz uchun bilim, mentorlik ko‘magi va boshlang‘ich sarmoya olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
❗️2026 йил 1 сентябрдан олий таълим ташкилотларида “Олийгоҳлар – стартаплар генератори” дастури амалга оширилади. Бунда: ▪️ олий таълим ташкилотларида IT-парк ва венчур жамғармалар билан ҳамкорликда талабалар акселераторлари жорий этилади; ▪️ талабалар учун нуфузли халқаро акселераторлар ва университетлар билан стажировка ва алмашинув дастурлари йўлга қўйилади; ▪️ олий таълим ташкилотларига талабалар ва илмий ходимларнинг истиқболли стартап лойиҳаларига инкубация марказлари ва талабалар акселераторлари орқали ҳар бир лойиҳага 20 минг АҚШ долларигача эквивалентда ўз маблағларини инвестиция қилиш ҳуқуқи берилади; ▪️ талабалар акселераторларида “стартап менежер” ва “стартап трекер” лавозимлари кўзда тутилади. Telegram | Instagram | Facebook
#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz! 🔹Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavalludining 69 yilligi nishonlanmoqda. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, qat’iyat va fidoyilik bilan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak e’tirofga sazovordir. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsadlar doimo ulkan muvaffaqiyatlar bilan davom etsin. El-yurt ishonchi, xalqimizning mehr-muhabbati va duolari Sizga hamisha kuch-quvvat bag‘ishlasin. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, cheksiz shijoat va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan biri bilan sinab ko‘rishni istaysizmi? 🟢 StartupBase platformasida mamlakatning yetakchi agroklasterlaridan biri tomonidan 7ta Gov Challenge e’lon qilindi. Ochiq yo‘nalishlar: 🟢Agri EdTech platformasi 🟢 Agrologistika platformasi 🟢 Agromarketpleys 🟢 Aqlli fermani boshqarish uchun ERP tizimi 🟢 AgriFinTech platformasi 🟢 Aqlli qishloq xo‘jaligi uchun IoT platformasi 🟢 Innovatsion AgriTech yechimlari Tanlab olingan startaplar: 🟢 yirik agroklaster bilan pilot loyihani ishga tushirish; 🟢 mahsulotni amaliy sharoitda sinovdan o‘tkazish; 🟢 yirik korporativ buyurtmachi bilan ishlash; 🟢 mijozlar bazasini kengaytirish; 🟢 uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🗓 Arizalar 30-iyulgacha qabul qilinadi. 📖 Vazifalar bilan tanishing va ariza topshiring AgriTech startapingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylaning! @startupbaseuz Читать на русском Read in English LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Bravo, Argentina.🔥
#OAV_biz_haqimizda │"Dunyo bo'ylab" telekanali│ "ECO YOUTH SUMMIT" xalqaro yoshlar sammiti ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#diqqat_tanlov ✅ Talabalar o‘rtasida “Mahalla master rejasi” respublika tanlovi e’lon qilinadi! Mazkur tanlov respublika bo‘ylab belgilangan 16 ta “og‘ir” toifadagi mahalla uchun eng maqbul master reja loyihalarini ishlab chiqish orqali hududlarni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda. ⚫️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: - Biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yo‘nalishidagi bitiruvchi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqich magistratura talabalari etishlari mumkin. Jamoa tarkibi ichki saralash asosida 5 nafardan 7 nafargacha talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat bo‘ladi. ⚫️G‘oliblarni mukofotlash: - 5 ta eng yaxshi talabalar jamoasi g‘olib deb toplatilib, mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi. - Moliyaviy mukofot puli Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida ajratiladi. - Ajratilgan mukofot jamoadagi talabalar va pedagog o‘rtasida teng taqsimlab to‘lab beriladi. ⚫️Tanlov bosqichlari: - 15-sentabrgacha — OTMlar tomonidan talabalar guruhlarini shakllantirish; - 30-sentabrgacha — Ekspertlar ishtirokida master reja bo‘yicha onlayn seminarlar; - 30-oktabrgacha — Dastlabki master reja loyihalari muhokamasi; - 1-dekabrgacha — Yakuniy master reja loyihalarini topshirish; - 25-dekabrgacha — Yakuniy taqdimot va g‘oliblarni baholash. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🚀 Startupingizni katta sahnada namoyish etishga tayyormisiz? Sizda rivojlanayotgan startup yoki innovatsion g‘oya bormi? Endi uni investorlar, mentorlar va startup ekotizimi vakillari oldida taqdim etish imkoniyati sizni kutmoqda! 🎤 Startup Demo Day — o‘z loyihangizni namoyish qilish, ekspertlardan fikr olish va yangi hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyat. 📅 Sana: 11-iyul 📍 Manzil: Namangan (IT Park hamkorligida) 💡 Tadbir davomida siz: • Startupingizni taqdim etasiz; • Mentor va mutaxassislardan tavsiyalar olasiz; • Investorlar va hamkorlar bilan networking qilasiz; • Loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. ⏳ Joylar soni cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va startupingizni katta auditoriyaga olib chiqing. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun
без подписи
🎉 Yana bir startup ish faoliyatini boshladi! 🚀 Farg‘ona davlat texnika universiteti Startup markazi rezidentlari tomonidan ishlab chiqilgan Bridgin platformasi rasman ishga tushdi. Loyiha muallifi: 👨💻 Ibroximov Ozodbek Axliddin o‘g‘li 📚 Axborot telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 💻 Kompyuter injiniringi yo‘nalishi 🎓 613-23-guruh talabasi Bridgin — talabalarga grant, stipendiya, xakaton va boshqa imkoniyatlarni topish, yutuqlarni saqlash, AI yordamida CV yaratish hamda shaxsiy karyera rejasini tuzishda yordam beruvchi platforma. Startup jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaymiz va ularga rivojlanish, ko‘plab foydalanuvchilar hamda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!👏 🔗 Platforma: https://bridgin.uz/ Telegram: https://t.me/bridginuz #Startup #Bridgin #FDTU #StartupCenter #Innovation #AI #Talabalar #Grant #Career Bizni kuzating Telegram | Instagram