11-maktab ma'naviy-ma'rifiy kanali
СтатистикаQoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani 11-sonli maktab Manzil: Qipchoq shaharchasi 1-Chinor kòchasi 1-uy
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 227
- 1/48двое суток
- 260
- 1/72трое суток
- 280
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
2026-2027-oʻquv yili kalendari 11-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlari T.me/steam_school_11
📣📣📣 😍😍😍 🚨 “Barcha yoʻnalishdagi” oliy ta’lim muassasalariga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun ajoyib tavsiya ⚡️ Tarix fanidan kuzgi milliy sertifikatga tayyorgalik ko‘rayotgan bo‘lsangiz @SHOHTARIX kanalidagi bepul darslar 12-avgust kunidan aynan siz uchun boshlanmoqda obuna bo‘lib oling! ✅ https://t.me/+nDL2dG4ZRyY3YTZi ✅ https://t.me/+nDL2dG4ZRyY3YTZi ⤴️ Siz ham qisqa vaqtdagi mana shunday ajoyib “NATIJALAR” ga loyiqsiz! 🔥 ✨ Biz bilan o‘z bilimingizni oshiring va mustahkamlab boring!
📚 Hurmatli ota-onalar! Farzandning odobi – oiladan, bilimga bo‘lgan munosabati esa maktabdan boshlanadi. Maktab formasi nafaqat tashqi ko‘rinish, balki intizom, mas'uliyat va ta'limga bo‘lgan hurmat ramzidir. 2026–2027-o‘quv yilida 5–11-sinf o‘quvchilari uchun maktab formasi quyidagicha belgilangan: 👦 O‘g‘il bolalar: ▫️ Oq ko‘ylak; ▫️ Qora kastyum; ▫️ Qora nimcha; ▫️ Qora galstuk; ▫️ Qora tufli.(Krasovka mumkin emas) 👧 Qiz bolalar: ▫️ Oq ko‘fta; ▫️ Qora kastyum; ▫️ Qora yubka; ▫️ Qora tufli.(Krasovka mumkin emas) Aziz ota-onalar, farzandlarimizning maktabga belgilangan forma bilan kelishlarini ta'minlash orqali ularning tartib-intizomli, mas'uliyatli va namunali o‘quvchi bo‘lib kamol topishiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Forma-bu mas'uliyat, zero oʻquvchilar orasida tabaqalanish boʻlmaydi. Farzand tarbiyasidagi hamkorligingiz va mas'uliyatli yondashuvingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Hurmat bilan, Amudaryo tumani MMTB tasarrufidagi 11-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi ma'muriyati.
📢 Hurmatli ota-onalar! Amudaryo tumani MMTB tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 1–4-sinf boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun belgilangan maktab formasi haqida ma’lumot beradi. 👧 Qizlar uchun: Qora rangdagi yubka; Oq ko‘ylak; Qora nimcha; Qora rangdagi maktab kurtkasi (bomber); Oq kolgotka yoki oq paypoq; Qora tufli.(Krasovka mumkin emas❌) 👦 O‘g‘il bolalar uchun: Qora rangdagi shim; Oq ko‘ylak; Qora nimcha; Galstuk; Qora rangdagi maktab kurtkasi (bomber); Qora tufli.(Krasovka mumkin emas❌) 📌 Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni yangi 2026–2027-o‘quv yiliga belgilangan maktab formasida tayyorlab kelishingizni so‘raymiz. Maktab formasiga rioya etish o‘quvchilarda tartib-intizom, ozodalikka rioya qilish va maktab ichki tartib-qoidalariga hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Tabaqalanishning oldini oladi. Hurmat bilan, Amudaryo tumani MMTB tasarrufidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati.
Ҳурматли ота-оналар фарзандларингизни телефонини текшириб туринглар 😨 Яқинларингизга юбориб огоҳлантириб қўйинг!
Texnikumlarga onlayn qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga onlayn qabul boshlandi. 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bu yil abituriyentlar respublika bo‘yicha 570 ta texnikumdagi 166 ta kasb va mutaxassislik yo‘nalishidan birini tanlashi mumkin. Umumiy qabul kvotasi 202 ming 657 nafarni tashkil etadi. Yangi o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil oladigan texnikum o‘quvchilariga har oy 1 BHM (2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi) miqdorida stipendiya to‘lanadi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan, barcha fanlardan “4” va “5” baholarga o‘qigan hamda respublika yoki xalqaro kasbiy tanlovlar g‘oliblari esa 3 BHM (1-sentyabrdan 1 mln 320 ming so‘m) miqdorida stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlar dual ta’lim tizimi orqali korxonalarda amaliyot o‘tashi, ish tajribasini to‘plashi va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
🏫 Eng yaxshi maktab — uyingizga eng yaqin maktab(mi)? ➖ Har yili yoz yaqinlashishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarda "shirin tashvish" boshlanadi. Kimdir ishxonasiga yaqin, kimdir "nomdor", yana kimdir binosi muhtasham maktabni qidiradi. 🔰 Lekin aslida tanlov qanday bo‘lishi kerak? Bolangizning tongi qanday boshlanishini xohlaysiz? Tasavvur qiling, uzoqdagi "mashhur" maktabga borish uchun 7 yoshli bola kamida bir soat avval uyg‘onishi kerak. Uyquga to‘ymagan ko‘zlar, shoshilinch nonushta va tirbandlikdagi asabiy yo‘l... Nima uchun o‘z mikrohududingizdagi maktabni tanlash afzal? ➖ Sog‘lom rejim: Bola uyquga to‘yadi va xotirjam nonushta qiladi. Bu — bilimni o‘zlashtirishning birinchi sharti! ➖ Vaqt tejalishi: Yo‘lga sarflanadigan 1-2 soat vaqtni bola dam olishga yoki sevimli to‘garagiga sarflashi mumkin. ➖ Xavfsizlik va xotirjamlik: Yo‘ldagi tirbandliklar (ertalabki hamda kechki vaqtlardagi) boshqa soha vakillari ham ta'sir qilishi va uzoq masofa nafaqat bolani, balki ota-onani ham ruhiy charchatadi. Yaqin maktab — bu xavfsiz muhit demakdir. ➖ Ijtimoiy muhit va do‘stlar: Bola o‘z mahallasidagi do‘stlari bilan birga o‘qiydi, yaqinlari oldida oldida oʻzini yaxshiroq his qiladi, ota-onaning ham ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha maktab rahbarlari va qadrli ustozlar bilan birga har bir bolaga har bir maktabda sifatli ta’lim berilishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga soladi. Siz qanday fikrdasiz? Farzandingiz uchun maktab tanlashda asosiy mezoningiz nima? Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Олий мактабга топшишга номзод абитуриентнинг ФИШ, битираётган мактаби, тел рақамларини тақдим этиш керак
Эътиборлиси биронта олий ўқув юртида йўқ, имконият: 1. Уч йил ичида бакалавр, (бошқа ўқув юрталарида тўрт йил) 2. Ўқишни битиргандан кейин Солиқ тизимида иш нақд, ишга олиниши кафолат 3. Ушбу баклавр дипломи билан барча иқтисодиёт сохасида ишга жойлашиш имконияти бор
#soliq_oliy_maktabi 🎓 Soliq oliy maktabi — soliq tizimi uchun malakali kadrlar maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-son Farmoni hamda 2026-yil 16-iyundagi PQ–227-son qaroriga asosan Soliq oliy maktabi tashkil etildi. Mazkur oliy ta’lim muassasasi soliq tizimi uchun zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. 📚 Oliy maktabda quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlanadi: 🔹 Soliqlar va soliqqa tortish 🔹 Raqamli soliq ma’murchiligi 🔹 Soliq huquqi va moliyaviy nazorat 🔹 Buxgalteriya hisobi Bakalavriat ta’limi kamida 3 yillik dastur asosida tashkil etiladi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtiriladi. 📌 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlar Soliqlar va soliqqa tortish hamda Buxgalteriya hisobi yo‘nalishlariga 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz saytlari orqali hujjat topshirishlari mumkin. ✅ Eng yuqori natija qayd etgan 50 nafar abituriyent davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Soliq oliy maktabida zamonaviy o‘quv kampuslari, texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriyalar, axborot-resurs markazi, sport zali, stadion hamda qariyb 1000 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud. Bitiruvchilar davlat namunasidagi diplom bilan birga soliq maslahatchisi va auditor malaka sertifikatlarini olish uchun maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjatga ham ega bo‘ladilar. 📍 Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 3A-uy. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1198 Soliq oliy maktabi — kelajak soliq tizimi mutaxassislarini tayyorlaydigan zamonaviy ta’lim maskani. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
📢 Ҳурматли ота-оналар! 2026–2027 ўқув йили учун фарзандини 11-сонли мактабнинг 1-синфига қабул қилдирмоқчи бўлган ота-оналар диққатига! 1-синфга онлайн қабул жараёни 2026 йил 20 июндан бошланади. Қабул жараёнлари электрон шаклда амалга оширилади. Аризалар OneID орқали идентификациядан ўтган ҳолда my.gov.uz электрон платформаси орқали юборилади. Шу муносабат билан қуйидаги ҳужжат ва маълумотларни олдиндан тайёрлаб қўйишингизни сўраймиз: фарзандингизнинг белгиланган тартибдаги тиббий маълумотномаси; OneID тизимига уланган, ота ёки она номига расмийлаштирилган фаол телефон рақами. Ариза мазкур телефон рақами орқали юборилади. Тиббий маълумотномани ҳозирдан бошлаб олишингиз мумкин. Илтимос, ушбу маълумотни яқинларингиз ва бошқа ота-оналарга ҳам етказинг. 11-сонли мактаб маъмурияти. Маълумот учун +998972200237 +998930999888
Farzandni 1-sinfga onlayn roʻyxatdan oʻtkazish odatda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maxsus elektron platformasi (my.maktab.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi. Jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi ketma-ketlikka amal qiling: 1-bosqich: Tizimda roʻyxatdan oʻtish Saytga kirish: my.maktab.uz platformasiga yoki My.gov.uz portaliga kiring. Identifikatsiya: Ota-ona (yoki qonuniy vakil) oʻz telefon raqami yordamida roʻyxatdan oʻtadi yoki OneID tizimi orqali tizimga kiradi. 2-bosqich: Shaxsiy maʼlumotlarni kiritish Ota-ona maʼlumotlari: Tizimga ota-onaning pasport yoki ID-karta maʼlumotlari (JShShIR) kiritiladi. Koʻpincha bu maʼlumotlar baza orqali avtomatik yuklanadi. Farzandning maʼlumotlari: Bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi seriyasi, raqami va JShShIR kiritiladi. 3-bosqich: Maktab va hududni tanlash Yashash manzili: Doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turgan manzilingizni aniq koʻrsatasiz. Mikrohudud boʻyicha maktab: Tizim siz kiritgan manzil boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi (uyingizga yaqin) maktabni avtomatik ravishda taklif qiladi. Taʼlim tili: Bola qaysi tilda (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va h.k.) taʼlim olishini tanlaysiz. ⚠️ Muhim eslatma: Qonunchilikka koʻra, dastlab ariza faqat mikrohudud (biriktirilgan hudud) boʻyicha topshiriladi. Agar boshqa maktabga bermoqchi boʻlsangiz, mikrohudud boʻyicha qabul tugagach, boʻsh oʻrinlar qolsagina (odatda avgust oyida) ariza topshirish mumkin boʻladi. 4-bosqich: Arizani yuborish va kuzatish Tekshirish: Kiritilgan barcha maʼlumotlar toʻgʻriligini qayta tekshiring. Yuborish: "Arizani yuborish" tugmasini bosasiz. SMS-xabarnoma: Arizangiz muvaffaqiyatli qabul qilingani va uning holati (ID raqami) haqida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Arizani shaxsiy kabinet orqali ham kuzatib borishingiz mumkin. 5-bosqich: Maktabga borish (Yakuniy bosqich) Ariza maktab maʼmuriyati tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilingani haqida xabar kelganidan soʻng, belgilangan muddatda maktabga boriladi. Oʻzingiz bilan olib borilishi kerak boʻlgan hujjatlar: Bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma (026/u va 063/u shakllari); Bolaning 4 dona 3x4 oʻlchamdagi rangli fotosurati; Ota-ona va bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (asli bilan koʻrsatish uchun). Arizalar odatda har yili 20-iyundan boshlab qabul qilinadi. Jarayon davomida biror texnik nosozlik yoki savollar tugʻilsa, platformaning qayta aloqa operatorlari yoki koll-markaziga (+998 71 203-07-04) murojaat qilishingiz mumkin.
❗️ANONS❗️ Yozgi oromgohga farzandingiz uchun onlayn yo'llanma xarid qilish qo'llanmasi. 📹YT | 💬Web | 🔵TG | 📱IG| 📱 FB
🏫 Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot ➖ Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi 1-sinfga chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi: “Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?” Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q! 🔰 So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan, 1-sinfga elektron qabul jarayoni o‘tgan o‘quv yilida 64 ta tuman va shaharda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib, 135 ta tuman va shaharlarda ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan. Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz? ➖ my.gov.uz yoki my.maktab.uz elektron portallariga kirib, ONE ID tizimi yoki telefon raqamingiz orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. ➖ Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi. ➖ Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va “Arizani yuborish” tugmasini bosasiz. Yuborilgan arizangiz 3 ish kuni ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha 1 ish kuni ichida telefoningizga SMS-xabarnoma keladi. Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering: ➖ Qabul muddatlari: Arizalar 20-iyundan 1-avgustga qadar faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa 1-avgustdan so‘ng (bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda) amalga oshiriladi. ➖ Yosh chegarasi: Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi. ➖ Til bilish darajasi: Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, qabul rad etilishi mumkin. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentning 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan. ➖ Xizmat narxi: Mazkur davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
#Kelajak_soati
❗️Diqqat, atigi 3 kun qoldi: Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olish muddati uzaytirilganidan xabaringiz bormi? 🟡 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga grant asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 8-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi. ⏺ Bugun, 5-iyun ekanligini hisobga olsak, ariza topshirish uchun sizda yana 3 kun vaqt bor. Muddat tugashiga oz fursat qolganda tizimda yuklanishlar bo‘lmasligi uchun hoziroq harakat qiling! 💬 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. 🔅 Aziz xotin-qizlar! Imkoniyatni boy bermang, hujjatlarni oxirgi soatlarga taqab o‘tirmasdan, hoziroq my.gov.uz orqali yuboring. https://youtu.be/mJeNU4FXphg?si=1-lJ7DTT0W2K2DQs #Tavsiyanoma2026 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati Veb sayt |Facebook |Instagram |Youtube
#Jonli_efir #Eslatma 📣 Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar! ✅ 2026-yil 5-iyun kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. ➖ Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan: ➖ 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari; ➖ elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari; ➖ jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida vazirlik mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi. 👉 O‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma bo‘yicha yuzaga kelgan muammoga izoh berdi. Bayonotning qisqa mazmuni: ➖ joriy yildan arizalar my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda, tizim ijtimoiy daftarlar bazasiga ulangan. Bundan maqsad — tavsiyanoma berishda inson omilini to‘liq yo‘qotish; ➖ haqiqatan ham oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan, biroq daftarlarda ro‘yxatda turmagan xotin-qizlar mahallalardagi mas’ullar orqali ijtimoiy daftarlarga kiritish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin; ➖ tavsiyanoma uchun arizalar 8-iyungacha (7-iyun oxirgi kun) qabul qilinadi. Tavsiyanomaga ariza yuborish havolasi: 📲https://my.gov.uz/uz/service/1432 ✅ O‘zimdan qo‘shimcha: 🔹Qo‘mita tavsiyanoma borasida faol targ‘ibot olib borishi, joriy yilgi o‘zgarishlarni oldindan ogohlantirishi va xotin-qizlarga batafsil tushuntirishlar berib borishi lozim edi. Haliyam kech emas; 🔹 ijtimoiy reyestrga yoki daftarlarga kirishning tartibi haqida ma’lumotlar kerak; 🔹 vaqt kamligini hisobga olib, ijtimoiy daftarlarga kirish uchun berilgan arizalar tezda ko‘rib chiqilishi shart. Buning uchun kerak bo‘lsa, tun-u kun ishlar tashkil qilinishi lozim. Ma’lumot uchun: 4-iyun sanasi holatida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar soni 10 ming 476 nafarni tashkil qilmoqda. O‘tgan yili 14 mingdan oshiqroq tavsiyanoma berilgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
✨ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga grant asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi! 💻 Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. 🔗 Ariza topshirish havolasi: https://my.gov.uz/uz/service/1432 ❓ Kimlar ishtirok eta oladi? 👉 Maktabning 11-sinfini, kollej yoki texnikumni tamomlagan hamda quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi xotin-qizlar: ⏺ "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar vakillari; ⏺ To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota yoki onasidan (yoki ikkalasidan ham) ayrilgan qizlar; ⏺Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar; ⏺ Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi ayollar/qizlar; ⏺ 2 va undan ortiq farzandi bor, ijarada alohida yashayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari; ⏺ Ota-onasidan biri yoki har ikkisi I yo II guruh nogironi bo‘lgan oilalar qizlari. ❗️Muhim: Tavsiyanomа yuqoridagi mezonlar bo'yicha "Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar vakillari bo‘lgan xotin-qizlar uchun avtomat shakllantiriladi. Qolgan mezonlar bo’yicha xotin-qizlar bir vaqtning o‘zida "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turishi talab etiladi. ❗️Eslatma: Tavsiyanomа faqat birinchi marta oliy ta'lim olish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun tatbiq etilmaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan xotin-qizlar my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin. 🎓 Oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot
▶️ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun imtiyozli tavsiyanomani onlayn olish tartibi 🎓 Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish mavsumi yaqinlashmoqda. Endi xotin-qizlarimiz imtiyozli tavsiyanomani ortiqcha ovoragarchiliksiz, uydan chiqmasdan olishlari mumkin. 👇 Videoqo’llanmada my.gov.uz orqali bir necha daqiqada tavsiyanomaga ariza yuborishni bosqichma-bosqich koʻrsatib oʻtdik. 📌 Eng muhim shartlar: ⏺ Bakalavr diplomiga ega boʻlmaslik; ⏺ Talaba boʻlmaslik; ⏺ Ijtimoiy daftarlardan birida (“Ayollar”, “Yoshlar” daftari yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”)da roʻyxatda turish. 💡 Muhim jihat: Agar “Ijtimoiy reyestr”da boʻlsangiz — qoʻshimcha mezon tanlash shart emas. Agar “Ayollar” yoki “Yoshlar” daftarida boʻlsangiz — tizimdagi 5 ta mezondan biriga mos kelishingiz kerak. ❗️Eslatma: Maʼlumotlari reglament talablariga mos kelmagan talabgorlarga tizim tomonidan avtomat rad javobi beriladi. ▶️ https://youtu.be/mJeNU4FXphg?si=1-lJ7DTT0W2K2DQs ▶️ Videoni yaqinlaringizga ulashing! 🎓 Barcha abituriyent xotin-qizlarimizga oʻqishga kirishda omad yor boʻlsin! 📱 my.gov.uz — hayotingizni yengillashtiradi! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot