tgindex
STIPENDIAT
@stipendiat_uzЯзыкиузбекский

Iqtidorli talabalar va iste'dodli yoshlar uchun tashkil etilgan "STIPENDIAT" klubining rasmiy kanali Kanalning rasmiy guruhi: @stipendiatuz Hamkor kanal: @TERSU_IELTS

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Языки
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
95
0 за 4 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
22
24 постов
Вовлечённость
23,2%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 24
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4
1/48двое суток
4
1/72трое суток
4

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 11 авг.5из Sherzod Karimjonov

    без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 🎯 UzCombinator 2-mavsumda bizga qanday founderlar kerak? Har bir muvaffaqiyatli kompaniya ortida to'g'ri asoschi turadi. Biz ham shu tamoyillarga asosan 3 xil turdagi founderlarni qidiryapmiz 👇 1️⃣ Mahsulot quruvchi (Builder) Yoshligidan dasturlash bilan shug'ullangan, haqiqiy mahsulot yaratgan, sun'iy intellekt vositalari bilan ishlay oladigan, foydalanuvchini yaxshi tushunadigan va boshlagan ishini oxirigacha yetkazadigan inson. 2️⃣ Biznes boshqaruvchisi (Operator) Oldin biznes yuritgan, daromad va foyda qilish tajribasiga ega, jamoa va jarayonlarni boshqara oladigan va endi o'z tajribasini texnologik startap qurishda qo'llamoqchi bo'lgan inson. 3️⃣ Raqobatbardosh (Competitor) Fan olimpiadalari, xalqaro musobaqalar yoki sportda yuqori natijalarga erishgan, kuchli raqobatda chiniqqan, intizomli va bosim ostida ham natija ko'rsata oladigan inson. Agar siz ham shu turdagi founderlardan biri bo'lsangiz hoziroq 2-mavsumga ariza topshiring: https://uzcombinator.uz/apply ⚡️ @uzcombinator

  • 🎓 QABUL BOSHLANDI! ❗️2026–2027-o‘quv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul boshlandi. 🎓 📅 Hujjatlar 1–20-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 💻 📌 Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: • Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma (3×4 hajmdagi fotosurat bilan) 📄 • ID-karta ma'lumotlari. 🪪 📲 Hujjatlarni topshirish: my.edu.uz 📲 ⚖️ Surxondaryo yuridik texnikumi sizni zamonaviy bilim, amaliy ko'nikma va istiqbolli kasb sari chorlaydi. 🏛👨‍⚖️ 📚 Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan boshlang! 🚀 📞 Murojaat uchun: ☎️ +998 76 221-72-01 📱 +998 99 689-39-67 📱 +998 99 237-99-27 📱 +998 93 638-47-64 #Qabul2026 #SurxondaryoYuridikTexnikumi #Texnikum #9Sinf 📲 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Library

  • 🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov Muddat: 20.07.2026 📥 Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar Muddat: 21.07.2026 📥“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi Muddat: 22.07.2026 📥“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 23.07.2026 📥“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 25.07.2026 📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang Muddat: 30.07.2026 📥 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 05.09.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 🟦🟦 📚TISUda Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-maydagi 182-sonli buyrug‘iga asosan Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovi yo‘nalishlari tasdiqlandi. 📌Nomdor davlat stipendiyalari universitetning bakalavriat bosqichi oxirgi 2-bosqichida tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ajratiladi. ✅Talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosan “a’lo” bo‘lishi, “yaxshi” baholari esa umumiy fanlarning 25 foizidan oshmasligi lozim. 🏅Quyidagi davlat stipendiyalari uchun hujjatlar qabul qilinadi: ✅Navoiy nomli davlat stipendiyasi ✅ Beruniy nomli davlat stipendiyasi ✅ Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi ✅ Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi ✅ Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi ✅ Bobur nomli davlat stipendiyasi ✅ Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi ✅ To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi ✅ Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi ✅ Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ✅ Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi 📍Hujjatlar 2026-yilning 15-iyul sanasigacha universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limining 221-xonasida qabul qilinadi. 📎Yo‘nalishlar ro‘yxati 🗣️ Yo‘riqnoma 📲Murojaat uchun: +998 99 025 25 12 ⚡️Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📷Instagram/ 🚀Telegram/ 🌐 Website/ 📱You Tube /🔵Facebook

  • ❗️Ilmiy rahbarlar va konsultantlar bilishi muhim! 📌Ilmiy rahbar/konsultantga doktorant bilan olib boradigan ishi uchun 3 yil davomida haq to'lanadigan 300 soatda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: 1️⃣-YIL: TADQIQOT YO‘NALISHINI SHAKLLANTIRISH VA TAYYORGARLIK (100 SOAT). 1.1. Tadqiqot metodologiyasi va rejalashtirish (30 soat): Doktorant bilan ilmiy mavzuni aniqlash va uni takomillashtirish (5 soat); Tadqiqot metodologiyasini muhokama qilish va tavsiyalar berish (10 soat); Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda yo‘nalish ko‘rsatish (5 soat); Ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha maslahat berish (5 soat); Doktorantga texnik va metodik ko‘rsatmalar berish (5 soat). 1.2. Adabiyot tahlili va nazariy asos (40 soat): Doktorantga qaysi manbalar muhimligini tushuntirish (10 soat); Topilgan manbalarni tahlil qilish va ilmiy xulosalarni muhokama qilish (15 soat); Nazariy bo‘limni tekshirish, tuzatish va maslahat berish (15 soat). 1.3. Ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha maslahat berish (20 soat): Doktorant bilan maqola tuzilishini muhokama qilish (10 soat); Ilmiy maqolalarni tahrirlash va tavsiyalar berish (10 soat). 1.4. Empirik tadqiqotni boshlash (10 soat): Tadqiqot metodlarini tanlash va baholash (5 soat): Ilmiy tadqiqot usullarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maslahat berish (5 soat). 2️⃣-YIL: EMPIRIK TADQIQOT VA NATIJALARNI TAHLIL QILISH (100 SOAT). 2.1. Tadqiqot natijalari va ma’lumotlar yig‘ish (50 soat): Doktorantga ma’lumotlarni to‘plash usullarini tushuntirish va nazorat qilish (10 soat); Tadqiqot jarayonini kuzatish va fikr-mulohazalar berish (20 soat); Yig‘ilgan natijalarni doktorant bilan tahlil qilish (20 soat). 2.2. Ilmiy maqolalar va dissertatsiya yozish bo‘yicha maslahat berish (30 soat): Doktorantga ilmiy maqolalarni qanday nashr qilish bo‘yicha yo‘riq berish (10 soat); Tadqiqot natijalarini dissertatsiya matniga integratsiya qilish bo‘yicha maslahat berish (15 soat); Dissertatsiya bo‘limlarini tekshirish va tahrirlash (5 soat); 2.3. Ilmiy natijalarni baholash va ilmiy muhokamalar (20 soat): Doktorantning natijalari bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarish (10 soat); Doktorantni ilmiy seminar va konferensiyalarga tayyorlash (10 soat); 3️⃣-YIL: DISSERTATSIYANI YAKUNLASH VA HIMOYAGA TAYYORGARLIK (100 SOAT). 3.1. Dissertatsiya bo‘limlarini yozish va tahrirlash (50 soat): Dissertatsiya matnini tekshirish va tuzatishlar kiritish (30 soat); Ilmiy xulosalar va natijalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish (20 soat). 3.2. Ilmiy maqolalar va himoya materiallari tayyorlash (30 soat): Doktorantga ilmiy maqolalarni nashr qilish strategiyalarini tushuntirish (15 soat); Himoya materiallari va taqdimotni ko‘rib chiqish va maslahat berish (15 soat). 3.3. Himoya jarayoni va taqdimot tayyorlash (20 soat): Himoya taqdimotini ishlab chiqishda maslahat berish (10 soat); Himoya oldidan doktorant bilan savol-javob qilish va mashqlar o‘tkazish (10 soat). Ilmiy rahbar 300 soat davomida quyidagi asosiy ishlarni bajaradi: ✅ Tadqiqot metodologiyasini shakllantirish ✅ Adabiyot tahlilini muhokama qilish ✅ Ilmiy maqolalarni nashr qilish bo‘yicha maslahat berish ✅ Empirik tadqiqot jarayonini nazorat qilish ✅ Natijalarni tahlil qilish va muhokama qilish ✅ Dissertatsiya yozish jarayonida doktorantga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ✅ Himoya jarayoni uchun tayyorgarlik ko‘rish Natijada, ilmiy rahbar doktorantni ilmiy-tadqiqot jarayonining har bir bosqichida nazorat qilib, unga yo‘nalish ko‘rsatib boradi. ✅@scientific_servicess

  • Yagona elektron platforma yaratish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi 2026-yil 1-avgustdan boshlab dissertatsiya himoyasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar jumladan, dissertatsiya va avtoreferatni taqdim etish, retsenzentlar hamda rasmiy opponentlar xulosalarini elektron shaklda yuborish, himoya jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy ishlarni baholash bosqichlari elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Mazkur platformani yanada takomillashtirishda Sizning takliflaringiz juda muhim. Agar Sizda mazkur platformani takomillashtirish, uning funksional imkoniyatlarini boyitish, foydalanuvchilar uchun qulay va samarali ishlashini ta’minlash, hujjatlar aylanishini soddalashtirish hamda inson omilini kamaytirishga qaratilgan taklif va mulohazalar mavjud bo‘lsa, ularni mazkur havola orqali taqdim etishingizni so‘raymiz. Keling, ilmiy attestatsiyaning zamonaviy, ochiq, shaffof va samarali raqamli tizimini birgalikda yarataylik. Batafsil: https://oak.uz/pages/30760

  • DISSSERTATSIYA MAVZUSINI TANLASH – ILMIY SAFARNING ENG MUHIM BOSQICHI! Ko‘pchilik izlanuvchilar uchun dissertatsiya mavzusini tanlash – eng birinchi va eng qiyin qaror. Chunki bu tanlov sizning ilmiy yo‘nalishingizni, kelajakdagi maqolalaringizni, hatto ilmiy darajangizga eltuvchi yo‘lingizni belgilaydi. Quyidagi 5 real maslahat sizga to‘g‘ri mavzuni topishda yordam beradi: 1. Amaliy muammoni tanlang. O‘zingiz yashayotgan hududda yoki sohangizda hal etilmagan, dolzarb muammo bormi? Mavzuni hayot bilan bog‘lang – bu sizga qiziqish va motivatsiya beradi. 2. Manba bazasini tekshiring. Tanlagan mavzuingiz bo‘yicha yetarli adabiyotlar, ilmiy maqolalar, statistik ma’lumotlar mavjudmi? O‘zingizdan so‘rang: “Bu mavzuni asoslash uchun ilmiy manbalar topa olamanmi?” 3. Ilmiy yangilik kirita olasizmi? Mavzu tanlashda "Bu ishda nima yangilik qilaman?" degan savolga javob bering. Ilmiy yangilik – bu sizning asosiy yutug‘ingiz bo‘ladi! 4. Yo‘l-yo‘riq so‘rashdan uyalmang. Ilmiy rahbaringiz, sohaga oid mutaxassislar bilan fikr almashish sizga ancha to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. 5. Tajriba, ehtiros, istiqbol. Mavzu sizga yoqsin, shaxsiy hayotingiz yoki kasbiy faoliyatingiz bilan uyg‘un bo‘lsin. Shunda siz bu mavzudan charchamaysiz! "To‘g‘ri tanlangan mavzu – muvaffaqiyatli himoyaning yarmi" ✅ @scientific_servicess

  • #diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ “Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi; - Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi; - 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim. Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: - Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi; - Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi; - Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi; - Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi; - So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur; - Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas; - G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart; - Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar). ❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 12-16 Yoshli Do‘stimga Ingliz Tili va Dasturlash Maslahatlari 👇👇👇👇 https://binodil.github.io/2026/04/20/23-yillik-tajribam-12-16-yoshli-dostimga-ingliz-tili-va-dasturlash-maslahatlari/

  • Yillar davomida yig‘gan bilimingiz hozir qayerda ishlayapti? Minglab talabalar, magistrantlar va tadqiqotchilar har kuni ilmiy maslahatlarga, tajribali mutaxassislarning yo‘l-yo‘rig‘iga ehtiyoj sezadi. Balki siz uchun oddiy tuyuladigan bilim va tajriba, kimningdir ilmiy faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bugun dunyoda bilim eng qimmat aktivlardan biri hisoblanadi. Uni saqlab qo‘yish emas, undan qiymat yaratish muhim. Izlanuvchi.uz platformasi o‘z sohasi bo‘yicha tajribaga ega olim va mutaxassislarni ekspert sifatida hamkorlikka taklif etadi. Bilimingiz boshqalarga foyda bersin. Tajribangiz qadrlansin. Salohiyatingiz esa yangi imkoniyatlarga eshik ochsin. Ehtimol, siz izlayotgan imkoniyat ham, kimdir izlayotgan ekspert ham aynan shu yerda uchrashar. Izlanuvchi.uz ✅ @scientific_servicess

  • #scholarship_request Oxirgi paytlar mana shunaqa iltimos bilan ko’pchilik yana murojaat qilib yoza boshladi. Bilmaganlar uchun eslatma: mentorgo.uz loyihasi bilan hamkorlikda “Stipendiantlikka qadam” kursini ochganmiz. Bir necha yildan beri yoshlarga orzularidagi stipendiyani yutishi uchun yordam berib kelyapti. Istalgan payt aloqaga chiqib, kurs qatnashchisiga aylanishingiz mumkin: https://t.me/mentorgouz/136

  • #Diqqat_dastur #yoshlar “1000 kitob” loyihasi volontyorlik dasturiga nomzodlar qabulini e'lon qiladi! Kitob targ‘iboti, tarjima va media jarayonlarining ichida bo‘lishni istasangiz, unda bu dastur aynan Siz uchun. ✍️ Nomzodlar 31-mayga qadar ushbu so‘rovnomani to‘ldirib, bizga taqdim etishi kerak. So‘rovnoma 👉 https://surl.li/mlgnya ⚠️ Eslatib o‘tamiz, 20 nafar nomzod saralash asosida volontyorlar safiga qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • Do'stlar, yordam! hozir ideatondamiz. Biz uchun bir daqiqalik so'rovnomani to'ldirib beringlar 🙏 har bitta javob biz uchun muhim https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdhZqYoSNoYy5UQm6j8HlLFvp6QLb57oa5DOrR7Gqe2tupviw/viewform?usp=publish-editor Tarqatishga…

  • Do'stlar, yordam! hozir ideatondamiz. Biz uchun bir daqiqalik so'rovnomani to'ldirib beringlar 🙏 har bitta javob biz uchun muhim https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdhZqYoSNoYy5UQm6j8HlLFvp6QLb57oa5DOrR7Gqe2tupviw/viewform?usp=publish-editor Tarqatishga maksimal yordam kerak 🙏

  • 15 мая38из Lutfiya Esanova

    🚀 Jahon School umumiy qiymati 2 milliard 370 million so'mlik GRANT e'lon qiladi. Bu grant o'quvchilarga Jahon School maktabimizda bepul o'qish imkonini beradi. Grant kimlar uchun: 🔸 2026-2027-o'quv yilida 8-9-10-sinfga o'tadigan iqtidorli yoshlar; 🔸 Xalqaro va mahalliy fan olimpiada g'oliblari. Grant shartlari qanday? 🔸 O'quvchilar 3 bosqichli saralashda ishtirok etishlari kerak: - ariza; - fan bilimlaridan imtihon; - suhbat. 🔸 Qatnashchilar 7-maydan 31-maygacha arizani to'ldirishlari kerak bo'ladi; 🔸 Imtihon va suhbat bosqichlari 7-iyun sanasida Jahon School binosida boshlanadi. 🔸 Boshqa qo'shimcha ma'lumot ushbu rasmiy kanal orqali e'lon qilinadi. Barcha iqtidorli o'quvchilarni ushbu grantda ishtirok etishga chaqiramiz. Grantda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali arizangizni qoldiring! 👇 🔗 Havola: https://forms.gle/t65Rg8yPjh9AUGEx7 Jahon School — salohiyatni kashf etamiz! 📞 78-777-07-07