- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
"DILSO'ROV" Jazb aylar ruhimni olis manzara — Alvonlikka choʻkkan ufqning sarhadi… Siymo koʻrinadi: sochlarin tarab, Meni chorlar, pinhon qoʻlin chayqatib… Isming iforini ilkis shabada Nafis yetaklabon, urar yuzimga… Azroil esimdan chiqadi bu dam — Meni hatto oʻlim tutmas izimdan. Qorishib ketadi roʻyom va oʻngim, Axir, shuurim ham yetmas visolga. Yoʻlimdan qolmasman, koʻrinmas soʻngi — Tangrim, qandayin kuch berding ayolga?! S.B
"Bir-birimizdan bexabar oʻtib ketmaymiz-ku axir?! Nima qildik, nima qoʻydik, qaydamiz, bilmay qolsak-chi? Umrim yetmasachi bariga?" deganimda, "Yomonga oʻlim yoʻq, Suhrob" deya javob olgandim. *** Kimdan kim yuz burdi, bizmi? va’dami? Baxtdan biz kechdikmi? Yo baxt bizlardan? Biroq qancha yiroq bosmay qadamim, Izlar kechishmadi… va men izlardan… Porlaydi izhorlar – sirli, faromush, Qorachigʻing ichra. Zaboning jim-jit. Yo bizni tortmadi ishqiy bir ogʻush, Yo butunlay kechib ketmadi kimdir. Kulrang hayotimga rang boʻlib kirding, Gullab ketaverdi soʻlgan chamanlar. Tuslanib ketardi she’rlarga dardim, Kishnab ketaverdi unsiz samanlar. Axir, senga meni duchlagan bahor, Nedan qoʻrqish lozim? Xazonlardanmi? Gulim, gulbogʻingni eslagin bir bor – Senga duchlarmidi yomon odamni? S.B
видео или голосовое, без подписи
Мени ўзига ўхшатган (мақтаниш эмас) устоз-шоир Одил Икромнинг буюк санъат асари. *** Кўзингда бир калом тентирар унсиз, Кўзингда бир қайғу жилмаяр маъсум. Ахир, мен – кафанга ўралган бир ҳис, Кўзларинг оқига чулғанган мардум. Ахир, мен – заминда яшаган осмон, Ахир, мен – осмонга етмаган овоз. Ахир, бу дунёнинг ростлиги – ёлғон, Ахир, бу дунёнинг ёлғонлиги – рост. Ахир, бу дунёда мен бошқа дунё, Меники эмас бу ўткинчи кадар. Ахир, мен қирқ йилда бўлай деб бунёд, Кечдим тўққиз ойлик дунёдан бадар. Жисмимни киннадай ёриб кирган жон Чақирганим билан чиқмас бир муддат. Ёлворганим билан ёришмайди тонг, Ҳайдаганим билан кетмайди зулмат. Айтсанг-да – айтмасанг кетарман тўзиб, Гумроҳман – йўлимга тикаверма кўз. Ахир, мен – дунёга ўтмаган сўзинг, Ахир, мен – дунёдан ўтаётган сўз…
Oldin bizda, keyin bizdan sotvoganlarda. Bosingiz. https://t.me/+B6bBmmidKXliNGQy
Savol Hademay oy to‘lar, to‘lmaydi sabrim, hatto kelmasliging nuqtasida ham, nechuk yo‘qligingdan shivirlar labim, nechuk yo‘qliging-la ko‘radi baham, menga ko‘zyoshlarni to‘kmoqni o‘rgat, ketmoqni ko‘zlaring ichra yo‘l solib, nechuk cheksizlikdan tortmagayman tap, nechuk iztirobim ruhimga loyiq, qo‘llarim qaldirab chalar qismatim, aksini topadi damda birma-bir, nechuk muhabbatda mening ismatim, nechuk har bitganim – so‘zim balogir, ne tur hukm berar bizlarga barham, ayriliq sharpasi kelmasmi adash, nechuk go‘zalliklar ruhimga malham, nechuk og‘riqlaring bo‘ldi huzurbaxsh, bundan xohi xudman, xohi bexudman, ishqning oqibati erurman faqat, nechuk xayollaring bilan mas’udman, nechuk lozim emas bunda haqiqat, tilimdan chiqmaydi aldam-u qaldam, ko‘zing mehrobida qolaman tildan, nechuk sendan topar umrini tavbam, nechuk sendan to‘rtta tomonim qibla? 2026, avgust https://t.me/ahror_vuslat
Demak, aslo qadam bosma, Men vasfing-la o'tgum yashab. Lan’atlangan rind o'yimning, Ko'ylaridan mangu qaqshab. Jon berarman noming bilan, Ham dilovar, ham mulzam va shoiringga bir bor davo bo'lmasdan ishq, bo'lmasdan vaqt.
✨ “SEMURG‘” KITOBI ASOSIDA IJODIY TANLOV Assalomu alaykum, aziz kitobxonlar va sahifamiz kuzatuvchilari! Sizlarni Muhammad Siddiqning “Semurg‘” kitobi asosida tashkil etilayotgan onlayn tanlovga taklif qilamiz. 🔖 Tanlov quyidagi 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi: 1-yo‘nalish — Eng yaxshi audio ijro “Semurg‘” kitobidan istalgan she’rni ifodali tarzda audio shaklida ijro eting va ko‘rsatilgan manzilga yuboring. Ovozning ravonligi, tinglovchiga yetkazib berish mahorati va badiiy talqin e’tiborga olinadi. 2-yo‘nalish — Eng yaxshi video ijro Kitobdagi istalgan she’rni badiiy mahorat bilan ijro etib, sifatli formatda video tayyorlang va ko‘rsatilgan manzilga yuboring. Shuningdek, videoni Instagram sahifangizga https://www.instagram.com/muhammadsiddiq_alijonov ni belgilab joylang. Videodagi ijodiy yondashuv, o‘ziga xos badiiy talqin e’tiborga olinadi. 3-yo‘nalish — Eng yaxshi taqriz “Semurg‘” kitobi haqida o‘z taassurotlaringiz, badiiy tahlilingiz va xulosalaringizni taqriz shaklida yozing va ko‘rsatilgan manzilga yuboring. Kitob mazmunini to‘g‘ri anglash, badiiy tahlilning chuqurligi, muallifning mustaqil fikri, yozish uslubi hamda xulosaning asoslanganligi e’tiborga olinadi. 🏆Har bir yo‘nalish bo‘yicha bir nafardan g‘oliblar hakamlar hay’ati bahosi asosida aniqlanadi hamda quyidagi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. 🎙Eng yaxshi audio ijro g‘olibi uchun sovg‘alar: 1. Nazar Eshonqul – “Saylanma” (2 jildlik) 2. Sharifjon Ahmad – “Ming bir kitob” 3. Murod Chuvush – “Hech” 4. Abduvali Qutbiddin – “Bor” 5. Humoyun Fattoh – “Qaltis” 📹 Eng yaxshi video ijro g‘olibi uchun sovg‘alar: 1. Somerset Moem – “Yomg‘ir” 2. Xulio Kortasar – “Ishg‘ol qilingan uy” 3. Jianna Molinari – “Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin” 4. Harper Li – “Tasbeh daraxti soyasida” 5. Andrey Platonov – “Jon" 6. Fris Uilfort – “Turkiston kundaligi” 7. Simona Devis – “Montessori go‘dak” ✍️ Eng yaxshi taqriz g‘olibi uchun sovg‘alar (“Izlam” turkumi): 1. Mansur Jumayev – “Biz kutgan fasl” 2. Shahriyor Shavkat – “Ham” 3. Nozima Habibullayeva – “Nafas” 4. Najmiddin Ermatov – “Turon sog‘inchi” 5. Furqat Alimardon – “Qorakuya” 6. Suhrob Ziyo – “Daryo” 7. Muhammadxon Yusupov – “Deraza ortida” 8. Bayram Ali – “Bosiriq” 9. Mohira Eshpo‘latova – “Qirq birinchi kun” 10. Gulrang Ubayeva – “Gulqaychi” 11. Jaloliddin Sayyid – “Huqqaboz” 12. Jumanazar Yo‘ldosh – “Sir” 13. Rahmat Bobojon – “Ro‘baro‘” 14. Gulhayo Anorova – “Avron” 15. Sevara Alijonova – “Mahkum sayohati” Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p ovoz yig‘gan ishtirokchilar ham g‘olib deb topiladi va “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan kitoblar orasidan 2 donasini ixtiyoriy tanlaydi va shu kitoblar bilan taqdirlanadi. 🗓 Tanlov o‘tkazilish sanasi: 1-avgustdan 30-avgustga qadar davom etadi. 📥 Ishtirok etish uchun tayyorlagan ishlaringizni👉 @M_Alijonov ga yuboring. 🔰 Natijalar e’lon qilinadigan sana: 1-sentabr Tanlov yakunlangach g‘oliblar sovg‘asi pochta orqali yetkazib beriladi. ❗️Eslatma: Agar sizda "Semurg‘” kitobi bo‘lmasa 👉 ushbu havola ostida qoldirilgan ma’lumotlar orqali yoki @semurgkitob telegram manzili bilan bog‘lanib kitobni onlayn xarid qilishingiz mumkin. Barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Bir kitob orqali o‘z qobiliyatingizni sinab ko‘ring va eng sara kitoblarni qo‘lga kiriting. ✨ Ushbu e’lonni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. @Muhammad_Siddiq
ОЖИЗ (юрагимга) Босиб турар сени қўрқувинг, Гунгман, ахир менга жон ширин. Етолмайди тунни нур қувиб – Ичимизда ҳақиқат чирир. Кутиб Тангри мурувватини шоирона ўйнаймиз соққа. Бор кучимиз, бор қувватимиз, Етар қизлар кўнглин олмоққа. Тош отмаймиз ўлаксахўрга, Олқишлаймиз ўрусми, муғул. Кирса ҳамки туркийлар гўрга, Гул ҳидлаймиз, мастонавор, гўл. Ҳа, панага тикканмиз чодир, Қилич тутмоқ биз учун нобоп. Бу ўлкада ягона ботир бобом эди – раҳматли бобом... Жонтемир @Jontemir_t
*** ena, koʻzlaringga termuldim uzoq: bu olam sendayin mardni koʻrmabdi. qorachigʻing aro oralabdi oq – bu gal sochlaringni bobom oʻrmabdi... shu chogʻ maydalanib ketdi jigaring, bariga koʻnding-u, bobom kutmadi. qora devorlardan oʻtgan egaring, yulingan rayhonlar uzra oʻtmadi. axir, bu sen kechgan yoʻllar betiga men xayolot ichra boqa olmayman. sen ham aytmay ketma, bobom ketidan, men bu botqoqlikda oqa olmayman. meni tamom ayla, rahmon, roziman. birma-bir kechibon orzularidan va oxir oʻzidan kechgan osiyman, faqat kecholmagan Orzigulidan.
https://t.me/suhrobbegjon/636
Ikkinchi donat)
Men unga Humoyun Fattohning: *** Hushimga kirib kel, tushlarimdan tush, Qo‘ynimdagi mumtoz dardni parchala! (Tinglagin, o, nohaq sayradi haqqush, Mast bo‘lib, sollandi qara, archalar.) Bir ranglar istadim, tuydilar yoqut, Qog‘ozga rasmingni so‘z bilan chizsam... O‘zingni ilhom deb o‘ylaysan yoxud She’rimdan o‘zini izlagan qizsan. Kosamni sabrga to‘ldirma lim-lim, Quloq sol berkinib solgan dodimga. Seni rom etmagan qaqshagan ko‘nglim, Sen maftun bo‘lgansan iste’dodimga. Sen - men ham tushuna olmagan tovush, Sen - bir shoir anglab yetmagan tilsim... Ro‘yoga qaytaqol, tushlarda qovush, Sendan farzand emas, she’rlar tug‘ilsin! she'rini o'qitganimda, menga shunday degandi: "Sizga o'xshab yozarkan-a? Ajoyib". Men esa: "Yo'q. Balki men unga o'xshab yozarman, lekin bunisiyam aniqmas",- deb javob bergandim. Esimga tushib ketdi.
ҲОФИЗГА Соҳибдилим — дилоро, Аййит, тўхтасин карвон, Най пуфлаган қуюннинг Энасими биёбон. Соҳибдилим — дилоро, Қайда у чашма гирён. Жилға бўлган кўнглимни Қуритиб бўлди мижгон. Соҳибдилим — дилоро, Кўзим менинг қулфмидур? Очиб нигоҳим чиқса, Чопган қилич зулфмидур? Соҳибдилим — дилоро, Қақнус гулхани қани? Бор бўлса юзга суртай, Ўтини ё кулини. Соҳибдилим — дилоро, Кўп риёзат чекдим-ку! Ўзим кетдим, йўлингга Тоқатимни экдим-ку! Соҳибдилим — дилоро, Васлинг саробми, рўё, Ҳофиз эмасман, ишқда Абдувалиман гўё… Соҳибдилим — дилоро! Абдували Қутбиддин
*** Ona shahar. Qoq tun. Hilolsiz samo. Qalam esa bezor, jerkadi ilhom… Xayolot bir goʻzal… bari sof, ammo, Biz hali goʻdakmiz — hissiyotlar xom. Asli goʻdak boʻlib oʻtgaymiz yashab, Axir, sevgi hissi — chaqaloqday pok. Intihoga qadar ketmagay tashlab, Botqoq yuzida ham qalqigay oppoq… Oʻzimdan ham olib, sevgayman seni, Momaqaymoqdan ham, oydan, quyoshdan va tugar boʻlsam men ezilib, sinib, Qabr gullarimni oʻstirma yoshdan... Biroq, achinaman, baridan oxir oʻlimim sevgingni tiriltirsa, voh. Bunda ikkimiz ham magʻlubmiz axir, Gʻolib — biz yetmagan sevgijoʻy nigoh. Hech nima oʻzgarmas, demak, men ketsam, Oshiqning oʻlimi tugʻar yangisin. Men seni topurman rizvonga yetsam — Men uchun xudodan soʻragin izn… iyul, 2026 S.B
Sevgi — biz koʻksimizda koʻtarib yuradigan umidlarning eng ogʻiri. ©️
QARZDORLIK Bosh olib ketishga hali ko‘p erta: Hosilga kirmagan bog‘lar qoshidan, Ulg‘aytirgan avaylab, tergab, Tosh ko‘chalar, tog‘lar qoshidan. Bir qiz yashar qaydadir mahzun — Poyida tiz cho‘kkan emasman. Yo‘lda, Ochlik qiynagan mahal yong‘oq tashlab o‘tgan qarg‘aning iniga rizq to‘kkan emasman. Mana shu betizgin ruhingdir, deya Ko‘zimga dengizni ko‘rsatolmadim. O‘zim g‘o‘ramanu yozganlarim — xas. Har qadam shoqollar duch keldiyu lek, Yo‘limdan chiqmadi birorta yo‘lbars. Murodga yetmadi boshlangan ertak, Egarlangan otim uloqni olmay bosh olib ketishga hali ko‘p erta. Bo‘ynimni sog‘ingan g‘amdorlaridan, Hushyorlaridanu hushdorlaridan, Janoza, qo‘zg‘olon, "yor-yor"laridan, Barmog‘im tegmagan chiltorlaridan, Shahrisabz mozorlaridan Bitta qabr qarzim bor mening. Bosh olib ketishga hali ko‘p erta.... Jontemir @Jontemir_t
Ichingni bandasiga to'kma, bir rov befarqlik qilsa, o'zingni yer bilan bir his qilib yuborasan. Ana, qog'oz bor, qalam bor, so'z bor, keng maydon bor! Omadingni bersin. S.B
*** Qo'shtepa, ko'chalar olmali, qushli, Erta kirib kelar kuz – sohibjamol. Har doimgidan ham esmoqda kuchli, Demak, sochlaringni sog'ingan shamol! Kuylagim kelyapti, tevarak jimdir… So'zingni hijjalab etaman tafsir, O'zgarib ketadi butunlay tarhim. Men shoirman, suyun batafsil, Men shoirman, baxtingga qarshi. Cheti uchib ketgan ko'nglimni sindir… Tasbehli qo'llarda uzatilar may, Bir qultum ichmayman, va’dami, va’da. Masjiddan chiqaman ibodat qilmay, Kechir, qo'llaringni qaytardim qadah! Yig'lagan men emas, rubobdir, simdir… Chekinma, men cho'kdim chekingan sari, Necha yil men sorig' o'tdim bahordan. Ishongin, qoshingga bir kecha g'arib, Ishongin, qoshingga ulug' shahardan Shaytonga gul otib qaytadi kimdir… ©️ Humoyun Fattoh
Futbol va uning kelajagi.