SurxonOITS
СтатистикаOIV/OITS haqida noto‘g‘ri gaplarga ishonmang! Faqat rasmiy va tekshirilgan ma’lumotlarni oling. Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurash markazining rasmiy kanali: Ishonch telefoni: +998762242516
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 29
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 184
- 1/48двое суток
- 210
- 1/72трое суток
- 227
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ҳурматли Сурхандарё вилояти аҳолиси! Сурхандарё вилоят ОИТСга қарши кураш марказида 2026-йил 13-14 август кунлари соат 9:00 дан 15:00 гача "ТИББИЁТ-КОРУПЦИЯДАН ҲОЛИ СОҲА" мавзусида Очиқ эшиклар куни ўтказилади. Тадбирдан кўзланган асосий мақсад: -тиббиёт соҳасидан коррупсияга қарши муросасиз муносабатни шакллантириш; - Аҳолига кўрсатилаётган тиббий хизматларнинг шаффофлигини таъминлаш; - Фуқароларнинг ОИВ/ОИТС касаллиги бўйича тиббий саводхонлигини ошириш ва бепул тиббий ёрдам кўрсатиш. Очиқ эшиклар куни давомида Сиз учун: - ОИВ инфекциясига бепул ва аноним тарзда тест топшириш; - -малакали врач инфекционист, дерматолог ва психологларнинг бепул консултасияси; - Коррупсия ҳолатларига дуч келганда қаерга мурожаат қилиш бўйича ҳуқуқий маслахатлар; - "Ишонч телефони" ва мурожаатлар қутиси орқали тўғридан тўғри раҳбариятга мурожаат қилиш имконияти яратилади. Ҳурматли воҳадошлар! Тиббиёт - инсон саломатлиги билан боғлиқ бўлган энг маъсулиятли соҳадир. Унда коррупцияга асло ўрин йўқ. Ҳар қандай тиббий хизмат учун ноқонуний тўлов талаб қилинсса бефарқ бўлманг. Бу ҳақда дарҳол хабар беринг. Сизнинг саломатлигингиз биз учун энг катта бойлик. Ўз саломатлигингизга бефарқ бўлманг, марказимизга ташриф буюринг. Манзил: Термиз шахри Ибн Сино кўчаси 2-уй. ОИТСга қарши кураш маркази. Ҳурмат билан марказ маъмурияти. Ишонч телефон: 76-224-25-16
без подписи
ОИВ тестини яширинча топшириш мумкин — янги имкониятлар (+видео) ОИВга текширилиш учун энди навбатда туриш ёки шахсингизни ошкор қилиш шарт эмас. Тошкентда бир неча дақиқа ичида бепул ва аноним экспресс-тест олиш имкони пайдо бўлди. Нега бу бунчалик муҳим? Чунки ОИВ билан яшaётган кўплаб инсонлар касалликни ўз вақтида аниқламаслигига асосий сабаблардан бири — тест топширишдан қўрқиш ва жамиятдаги нотўғри муносабат. 🎥 https://youtu.be/jXSywo8xaCM Батафсил: https://uza.uz/posts/893603 Телеграм каналларимиз
без подписи
🟦🟦🟦 TIBBIYOT XODIMLARI FARZANDLARI UCHUN KONTRAKT SUBSIDIYASI YO‘LGA QO‘YILDI ❓Tibbiyot xodimlari farzandlarining to‘lov-kontrakti uchun subsidiya kimlarga ajratiladi? ‼️Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi tegishli qarori bilan bunga doir nizom tasdiqlangan. ❓Bu imtiyoz kimlarga tegishli? ❓Subsidiya qancha miqdorda beriladi? Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/200299 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
JINOYAT KODEKSI 210-MODDA PORA OLISH Batafsil infografikada👆 Tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz Sog'liqni saqlash vazirligining “Call-markazi” – 1203 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
#Davlat_tibbiy_sugurtasi 🔴 📌📌📌📌📌 ❓Davlat tibbiy sug‘urtasi hisobidan joriy yilning 6 oyida qancha bemor shifoxonada davolandi? Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2024-yil 5-sentabrdagi tegishli qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimida yangi moliyalashtirish tizimi joriy etildi. Bugunga kelib, ushbu islohot o‘zining dastlabki natijalarini bera boshladi. Buni joriy yilning dastlabki olti oyi yakunlari ham tasdiqlaydi. Xususan, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 1 mln. 490 ming 126 nafar bemorga shifoxona sharoitida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Buning uchun tibbiyot muassasalariga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 752,6 mlrd. so‘m o‘tkazildi. Natijada minglab oilalarning davolanish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlari davlat tomonidan qoplab berildi. Hududlar kesimida eng ko‘p mablag‘ Samarqand (105,6 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (93 mlrd. so‘m) va Farg‘ona (74,2 mlrd. so‘m) viloyatlariga yo‘naltirildi. Moliyalashtirish hajmi barqaror o‘sib, iyunda eng yuqori ko‘rsatkichga (155,7 mlrd. so‘m) yetdi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
BASSEYNDAGI GIGIYENA — ODDIY, LEKIN JUDA MUHIM! 🏊♀️Basseynda cho‘milish — dam olish va sog‘liqni mustahkamlashning eng yaxshi usullaridan biri. Biroq u faqatgina qoidalarga amal qilingan taqdirdagina xavfsiz va foydali bo‘ladi. Basseyn muhitida gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya qilish har bir inson uchun juda muhim hisoblanadi. 📌Basseynga kirishdan avval shaxsiy gigiyenaga alohida e’tibor qaratish lozim. Avvalo, suvga tushishdan oldin sovun bilan dush qabul qilish shart. Bu tanadan mikroblar va kirlarni yo‘qotib, suvning tozaligini saqlashga yordam beradi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/199260 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
#Диққат 🦠 Дунё ОИТС эпидемияси хавфи олдида турибди — БМТ UNAIDS ОИВга қарши кураш дастурлари учун ажратилаётган маблағлар камайиши касаллик тарқалишини кучайтириши мумкинлигидан огоҳлантирди. Ташкилот маълумотига кўра, халқаро молиялаштириш ҳажми 2024 йилдаги $8,8 млрддан 2025 йилда $7,3 млрдга тушган. Бу сўнгги 20 йилдаги энг паст кўрсаткичдир. 2025 йилда дунёда 1,2 млн киши ОИВ юқтирган, ОИТС билан боғлиқ касалликлар сабаб 570 минг одам вафот этган. Зарур чоралар кўрилмаса, 2030 йилгача бу кўрсаткич 3 млндан ошиши мумкин. Маълумот учун, ҳозир дунёда ОИВ билан яшаётган қарийб 41 млн инсон бор, уларнинг 9 млнга яқини даволаниш имконига эга эмас. 👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
без подписи
без подписи
🚨 OIVdan himoyalanish imkoniyati bor! Agar himoyalanmagan jinsiy aloqa, qon bilan xavfli aloqa yoki boshqa xavfli holat yuz bergan bo‘lsa, kechiktirmang! ⏰ **Muloqotdan keyingi profilaktika (MKP)**ni 72 soat ichida, imkon qadar birinchi 2 soat ichida boshlash OIV yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. 🏥 Eng yaqin OITSga qarshi kurashish markaziga zudlik bilan murojaat qiling! 📱 https://t.me/surxonOITS/ 📱 https://www.instagram.com/surxondaryooits/ 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=100086897 #OIV #MKP #Profilaktika #SoglomHayot #SurxondaryoOITS
без подписи
📌 Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik — kelajak xavfsizligi garovidir! Ko‘pincha to‘y harakatlari va shirin tashvishlar bilan bo‘lib, eng muhim narsa — salomatlikni ikkinchi darajaga surib qo‘yamiz. Tibbiy ko‘rikni to‘ydan keyinga qoldirish yoki unga yuzaki qarash, afsuski, bir umrlik afsus-nadomatga olib kelishi mumkin. 🩸 OITS (OIV) kabi og‘ir kasalliklarning oldini olish uchun nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish shart! 💡 O‘zingiz va yaqinlaringiz kelajagiga befarq bo‘lmang!
🚨 OIV xavfi yuzaga keldimi? 72 soatni boy bermang! OIV yuqtirish xavfi yuzaga kelgan holatlarda Muloqotdan Keyingi Profilaktika (MKP) infeksiyaning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. ⏰ Esda tuting: ✅ MKP 72 soat ichida boshlanishi kerak. ✅ Davolash kursi 28 kun davom etadi. ✅ Qanchalik erta boshlansa, shunchalik samarali bo‘ladi. 📌 Qachon MKP tavsiya etiladi? • Himoyasiz jinsiy aloqadan so‘ng; • Shprits yoki igna bilan tasodifiy jarohatlanishda; • Tibbiyot xodimlarida qon bilan ishlash jarayonida shikastlanish kuzatilganda; • OIV bilan yashayotgan shaxsning qoni yoki biologik suyuqligi bilan bevosita aloqa bo‘lganda. 🏥 Qayerga murojaat qilish kerak? Shoshilinch ravishda hududingizdagi OITSga qarshi kurashish markaziga murojaat qiling. Mutaxassislar sizni tekshiradi, zarurat bo‘lsa MKP dori vositalarini belgilaydi va keyingi kuzatuvni tashkil etadi. ❤️ Salomatligingizni asrang! O‘z vaqtida murojaat qilish OIV infeksiyasining oldini olish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
📢 OIV infeksiyasidan himoyalanish – o‘z qo‘lingizda! OIV infeksiyasining oldini olish har birimizning mas'uliyatimizdir. Quyidagi oddiy qoidalarga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrang: ✅ OIV haqida ishonchli ma'lumotlarga ega bo‘ling. ✅ Himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalaning. ✅ OIV infeksiyasiga muntazam va ixtiyoriy tekshiruvdan o‘ting. ✅ Agar OIV yuqtirish xavfi yuzaga kelgan bo‘lsa, 72 soat ichida Muloqotdan Keyingi Profilaktika (MKP) uchun OITSga qarshi kurashish markaziga murojaat qiling. ✅ Faqat xavfsiz tibbiy muolajalar va steril tibbiy asboblardan foydalaning. 🛡 Erta profilaktika – sog‘lom hayot garovi! OIVni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolanish virusning tarqalishini oldini olishga hamda uzoq va sifatli hayot kechirishga yordam beradi. 📍 Surxondaryo viloyat OITSga qarshi kurashish markazi 📱 Telegram: https://t.me/surxonOITS 📱 Instagram: https://www.instagram.com/surxondaryooits/ 📱 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100086897 OIV #OITS #Profilakt
#OIV 📌 “OIV yashirin bo‘lishi mumkin. Vaqtida tekshiruv hayotni saqlab qoladi.” 👉 O‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling. 📌 “Har safardan keyin tekshiruv – o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun himoya.” 👉 Mas’uliyatli bo‘ling, sog‘lig‘ingizni nazorat qiling. 📌 “Bitta test – katta xotirjamlik.” #Tekshiruv #SoglomHayot #Salomatlik
❗️Тиббиёт — коррупциядан холи соҳа бўлиши шарт. 📞 Коррупцияга дуч келсангиз 1203га мурожаат қилинг. #Call1203 #MurojaatQiling #KorrupsiyagaYoq
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
📌 OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish – bu o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam! 🩸 OIV infeksiyasi uzoq vaqt davomida hech qanday belgilarsiz kechishi mumkin. Shu sababli o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tish kasallikni erta aniqlash va davolashni boshlash imkonini beradi. ✅ Tekshiruv: 🔹 Tez va ishonchli; 🔹 Maxfiylik asosida amalga oshiriladi; 🔹 Zaruratga ko‘ra bepul tibbiy maslahat va yordam ko‘rsatiladi. 💙 O‘z sog‘lig‘ingizni qadrlang! 📍 Vaqtni boy bermang – bugunoq OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘ting! 📞 Ishonch telefoni: +998 76 224-25-16 📱 Bizni kuzatib boring: 🔹 Telegram: https://t.me/surxonOITS 🔹 Instagram: https://www.instagram.com/surxondaryooits/ 🔹 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100086897