Tabiiy ta’m
Статистика🍀Taomingiz shifoyingiz - Shifoyingiz taomingiz bo’lsin. 🌿100% Organik Non va Non mahsulotlari 🌿Tabiiy pechenyelar va turli xil Noodatiy retseptlar. 🍀Haqiqiy Ta’mni biz bilan kashf qiling Murojaat uchun: @Organik_konditor
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 111
- 1/48двое суток
- 127
- 1/72трое суток
- 137
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌿 Farzandingiz bilan birga 1 yil davomida 4 tilni BEPUL o‘rganishni xohlaysizmi? Bu shunchaki va’da emas — oliy ma’lumotli psixolog Shohista Abdurahmanova bilan birgalikda bosqichma-bosqich o‘rganasiz. 🤍 🌸 Harfdan qo‘shib o‘qishgacha 🌸 4 tilda o‘qishga tayyorgarlik 🌸 Busybook, o‘yinlar va kitoblar 🌸 AI videolar va multfilmlar 🎁 Bonus: Qimmat baxolanayotgan AI multiklar yasash kursi — BEPUL sovg‘a 👇 1700+ onalar safimizda. Siz ham qo‘shiling: https://t.me/+qHIu-TkAHKw1ZWY6 https://t.me/+qHIu-TkAHKw1ZWY6
🥞 Foydali pankeyk Masalliqlar: 🥚 2 dona tuxum 🥛 250 ml sut yoki kefir 🌾 80 g kepakli bug‘doy uni 🌾 40 g suli uni 💧 50–70 ml suv 🧂 Bir chimdim tuz 🥄 1 choy qoshiq eritilgan sariyog‘ yoki zaytun yog‘i Ixtiyoriy: bir chimdim dolchin Tayyorlanishi: Tuxum va tuzni yaxshilab aralashtiring. Sut yoki kefirni qo‘shing. Kepakli un va suli unini solib, bir xil xamir bo‘lguncha aralashtiring. Xamirni 10–15 daqiqa tindiring. Suli uni suyuqlikni tortib oladi, kerak bo‘lsa ozgina suv qo‘shing. Tovaga juda oz yog‘ surib, blinchiklarni ikki tomonlama pishiring. 🍓 Foydali ustiga: shakarsiz yogurt + rezavorlar yoki banan bo‘laklari + bir necha dona yong‘oq. 💚 Nega foydali? Kepakli un va suli uni blinchikni tolaga boyroq va uzoqroq to‘q tutadigan qiladi. Shakar qo‘shilmagani esa uni kundalik sog‘lom nonushta uchun yaxshi variantga aylantiradi. Tabiiy ta’m — mazali taom ham sog‘lom bo‘lishi mumkin 🌿
Forel yoki lososdan bowl Masalliqlar Forel yoki losos terisi bilan 100 g Shpinat ( ismaloq ) 50 g Avokado (0,5 dona ) 50 g Olcha Yoki Klyukva 10 g Yongʻogʻi 10 g Qovoq urugʻi 5 g Qizil piyoz 10 g Zaytun yogʻi 15 g Tuz taʼbga koʻra Qora murch taʼbga koʻra Sous uchun gorchitsa 5 g Balsamik uksus 5 g Zaytun yogʻi 5 g Limon suvi 20 gr Tayyorlanishi Forel yoki losos filesiga tuz va qora murch sepamiz , Zaytun yogʻi solamiz , qizigan tovada avval teri tomoni bilan 3–4 daqiqa qovuramiz agʻdarib yana 2 daqiqa pishiramiz Avokadoni parrak Shaklida kesamiz , Qizil piyozni yarim oy shaklida toʻgʻrimiz , yongʻogʻini quruq tovada yengil qovuramiz , Gorchitsa Balsamik uksus limon suvi va zaytun yogʻini aralashtirib sous tayyorlimiz , Likopchaga shpinatni solamiz yengil Aralashtiramiz , Va Tarelkaga Solib xamma maxsulotlarni Terib chiqib baliqni Qoyamiz , Va istemol qilishimiz mumkun ( limon Ovqatdagi xamma vitaminlarni Tanamizga sorilishiga yordam beradi ! ) Kaloriyasi : 596 Belok : 33 Jir : 44 Uglevod : 18
без подписи
Bugun menyuda shifoli taomlardan biri yasmiqli sho'rva @tabiiy_taam
🌾 BUTUN DONLI OVSYANKA Ko‘pchilik ovsyankani faqat bo‘tqa sifatida biladi. Ammo butun donli, kam qayta ishlangan suli o‘zining ko‘plab foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. ✨ Nimalari bilan foydali? 🥣 Tolaga boy — ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va uzoqroq vaqt to‘qlik hissini beradi. 🫀 Yurak uchun foydali — suli tarkibidagi beta-glukan deb ataladigan eruvchan tola xolesterin miqdorini me’yorida ushlab turishga yordam berishi mumkin. 🌿 Hazm uchun yaxshi — muntazam va yetarli miqdorda iste’mol qilinganda ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi. ⚡ Uzoq vaqt energiya beradi — murakkab uglevodlar tufayli energiya nisbatan sekin ajralib chiqadi. 💪 Mineral va vitaminlar manbai — suli tarkibida magniy, fosfor, marganes, temir hamda B guruhi vitaminlari mavjud. 🌾 Butun donning afzalligi shundaki, donning kepak va urug‘ qismi ham saqlanadi. Shu sababli u oddiy, kuchli qayta ishlangan suli mahsulotlariga qaraganda ko‘proq tola va ozuqaviy moddalarni berishi mumkin. @tabiiy_taam
🌾 Nega suv tegirmonida tortilgan un boshqacha? Unning foydasi faqat bug‘doyning o‘ziga emas, uni qanday maydalanganiga ham bog‘liq. Suv tegirmonida don tegirmon toshlari orasida sekinroq va nisbatan past haroratda maydalanadi. Toshning aylanish tezligi yuqori bo‘lmagani uchun ishqalanishdan hosil bo‘ladigan issiqlik ham kamroq bo‘ladi. Bu esa muhim, chunki donni juda tez va kuchli qizdirib maydalash uning ayrim tabiiy komponentlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🌾 Bug‘doy donida kraxmal va oqsildan tashqari: • vitaminlar • mineral moddalar • tolalar • urug‘ning yog‘li qismi va boshqa tabiiy birikmalar mavjud. Ayniqsa, donning tashqi qismi va murtagi alohida ahamiyatga ega. 💧 Suv tegirmonining yana bir o‘ziga xos tomoni — tegirmon toshlari suv kuchi bilan aylantiriladi. Shu sababli maydalash jarayoni an’anaviy, sekinroq usulda kechadi. Natijada bizga donning tabiiy ta’mi, hidi va tarkibiy qismlari yaxshi saqlangan un olish imkonini beradi. 🥖 Bunday un bilan tayyorlangan nonning ta’mi ham o‘zgacha: bug‘doyning tabiiy hidi seziladi, non to‘yimli va xushbo‘y bo‘ladi. Shuning uchun un tanlashda faqat “qaysi nav?” deb emas, “Bu don qanday va qanday usulda maydalangan?” deb ham so‘rash kerak. 🌿 Chunki foydali non — faqat retseptdan emas, sifatli don va sifatli undan boshlanadi. 🤍 Foydali ovsyankani tanlashni bilasizmi? @tabiiy_taam
Demak marafon uchun birinchi qiladigan ishim sog'lom, tabiiy, vitamin va minerallarga boy suv tegirmon uni sotib olish Suv tegirmon uni haqida ma'lumot berishimni xoxlaysizmi? 👏 ha albatta 👍juda kerak edi ❤️men bilaman @tabiiy_taam
🌿 Yangi qo‘shilganlar, xush kelibsiz! 🤍 Kanalda qoling, chunki bu yerda sizni shunchaki mazali retseptlar emas, balki foydali, shifobaxsh va davo maqsadida tayyorlanadigan taomlar retseptlari ham kutmoqda 🥖 Tabiiy nonlar 🍪 Foydali pechenyelar 🥗 Sog‘lom taomlar 🌿 Shifobaxsh va davo maqsadidagi retseptlar Hali sizlar bilan juda ko‘p foydali narsalarni bo‘lishamiz! 💚 @tabiiy_taam
🌿 Xo‘sh, bu marafonda nimalardan kechaman va nimalarni ko‘paytiraman? Marafonda o‘zimga qattiq cheklovlar qo‘ymayman. Atigi 3 ta narsadan kechib, 3 ta foydali mahsulotni ko‘paytiraman. 💚 🚫 3 TA NARSADAN KECHAMAN: 1️⃣ Qayta ishlangan mahsulotlar (kolbasa, fast-fud, gazli shirin ichimliklar va margarin — bularni men ancha yillardan beri umuman iste’mol qilmayman). 2️⃣ Shakar 🍬 Shirinliklar, choydagi shakar va ortiqcha shakarli mahsulotlarga bir oy tanaffus beraman. 3️⃣ Oq un Oq undan tayyorlangan non, pishiriq va boshqa mahsulotlarni ham vaqtincha ratsionimdan chiqaraman. 🌱 RATSIONIMGA ESA 3 NARSANI KO‘PAYTIRAMAN: 🥛 1. Qatiq 🥣 2. Ovsyanka 🥗 3. Karamli salatlar Bu uchalasini kundalik ratsionimga ko‘proq qo‘shishga harakat qilaman. ✨ Maqsadim — och yurish yoki o‘zimni qiynash emas. Ratsionimni soddalashtirib, foydali mahsulotlarni ko‘paytirish va 30 kun davomida o‘zimdagi o‘zgarishlarni kuzatish. Oldingi marafonimda natijalarim juda yaxshi bo‘lgan edi. ❤️ Natijalarni bo‘lishib boraymi?🌿 @tabiiy_taam
Oxirgi paytlada juda holsizman, tez charchab qolyapman, mandagi belgilar qon kamayganini, ichaklarimda muammo borligini bildiryapti, shu sababli o'zimga o'zim bir oylik marafon qilmoqchiman Buni avval ham qilganman, natijasi bomba bo'lgan, bir oy ichida - 3 kg vazn tashlaganman - yuzim tiniqlashgan - umumiy tanamda tetiklikni his qilganman - charchoq sezilarli darjada yo'qolgan, aksincha energiya paydo bo'lgan - ich kelishi yaxshilangan - kayfiyatim yaxshilangan Bu marafonda atigi uch narsadan kechib uch narsani ko'paytiraman Sizlarga qiziqmi?Qiziq bo'lsa ❤️ @tabiiy_taam
Ismaloq topolmasangiz seldre ham yaxshi, man yashil smuziga kivi ham qo'shsman
🥤 Vazn kamaytirishga yordam beradigan 3 xil smuzi Vazn tashlash uchun albatta och yurish shart emas. To‘g‘ri tanlangan mahsulotlardan tayyorlangan smuzi yengil, mazali va to‘yimli tamaddi bo‘lishi mumkin. 🌿 🥒 1. Yashil smuzi • 1 dona bodring • 1 hovuch ismaloq • ½ dona yashil olma • ½ limon sharbati • 1 osh qoshiq chia urug‘i • 200 ml suv 🍓 2. Qulupnayli smuzi • 150 g qulupnay • 150 g tabiiy qatiq • 1 osh qoshiq chia urug‘i • 100 ml suv • Istasangiz, ozgina dolchin 🥑 3. Avokadoli to‘yimli smuzi • ½ dona avokado • ½ dona bodring • ½ limon sharbati • 1 hovuch ismaloq • 200 ml suv • 1 osh qoshiq chia urug‘i 🥣 Tayyorlanishi: Barcha masalliqlarni blenderga solib, bir xil massa bo‘lguncha aralashtiring. ✨ Muhim: Bu smuzilar yog‘ni o‘z-o‘zidan eritmaydi. Vazn kamayishi uchun umumiy ovqatlanish tartibi va kunlik kaloriya miqdori ham muhim. Smuzi ichishni yoqtirasizmi? 🍓🥒 Qaysi birini birinchi tayyorlab ko‘rardingiz? 👇 @tabiiy_taam
🥛 Vazn olish uchun tabiiy va to'yimli kokteyl Agar sog'lom tarzda vazn yig'moqchi bo'lsangiz, ushbu kokteylni har kuni nonushtadan keyin yoki tamaddi sifatida ichishingiz mumkin. 🌿 Masalliqlar: • 500 ml tabiiy sigir suti • 1 dona banan • 2 osh qoshiq asal • 2 osh qoshiq ghee yoki qaymoq • 1 hovuch mayiz • 1 hovuch yong'oq 🥣 Tayyorlanishi: Barcha masalliqlarni blenderga solib, bir xil quyuq massa bo'lguncha aralashtiring. 💪 Foydasi: ✔️ Kaloriyaga boy ✔️ Oqsil, foydali yog' va tabiiy uglevodlarga boy ✔️ Mushak massasini va vaznni sog'lom oshirishga yordam beradi ✔️ Bolalar va ozg'in kattalar uchun ham mos ❗ Eslatma: Agar sizda qandli diabet, sut mahsulotlariga allergiya yoki boshqa surunkali kasalliklar bo'lsa, iste'mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Siz vazn yig'ishda nimalarga ko'proq qiynalasiz? Izohlarda yozib qoldiring. Siz vazn yig'ishda nimalarga ko'proq qiynalasiz? Izohlarda yozib qoldiring. 🌸 @tabiiy_taam
без подписи
Kecha sizlarga zakvaskada tayyorlayotgan kepakli vatrushkalarimni aytgandim. Mana, pishirib yeb ham bo'ldik. 😍 Bu vatrushkalar: 🌾 zakvaskada tayyorlangan, 🤎 100 g kepakli un qo'shilgan, 🥣 mayin tvorogli nachinka bilan tayyorlandi. Ularning hidi butun uyni tutdi, ta'mi esa yanada yoqimli chiqdi. Alhamdulillah. ❤️ ❓ Lekin bir narsani unutganman, xatoyimni topinglarchi @tabiiy_taam
Bugungi bir kunlik rejalarim 1. Katta o'g'limga ves olishi uchun tabiiy kokteyl tayyorlab berdim (har kun tayyorlayman) 2. Tabiiy sok tayyorladim hammamiz uchun, ovqat qildim 3. Qur'on o'qidim 3 bet ( yana o'qiyman kechki payt) 4. Zikrlar ( Subhanolloh, Alhamdulillah, Allohu akbar, Subhanollohi va bihamdihi, La ilaha illalloh, istig'for, la havla vala quvvata illa billah va boshqalar 100 tadan 5. Kichkina o'g'limga kitob o'qib berdim (Bobomning oshqozonidagi mamlakat kitobidan) o'zi ham o'qib biladi, baribir o'qib beraman 6. Audio kitob eshitdim Hadis va hayot kitobidan 7. Audio podkast eshitdim farzand tarbiyasi va maktab tanlash bo'yicha 6 yosh o'g'lim uchun 8. O'g'limni qur'on darsini qilamiz birga 9. Kepakli undan vatrushka qilyapman, shuni pishirib, qur'ondan yana 12 bet o'qisam bo'ldi, keyin kechki sayr va oila davrasida dam olaman 😊 Sizlarda nima gap, nimalar bilan bandsizlar? @tabiiy_taam
без подписи
Zakvaska kursimda o'qiyotgan o'quvchim, shunaqa ajoyib bo'g'irsoqlar pishiribdila zakvaska qoldig'idan @tabiiy_taam
Agar sizga ikkita nonni bepul berishsa, qaysi birini tanlardingiz? 🥖 8 ming so'mlik oddiy non. 🌾 20 ming so'mlik tabiiy zakvaskali non. Lekin ikkalasini ham bir hafta davomida har kuni farzandingiz yeydi... Qaysi birini tanlaysiz? Nima uchun? @tabiiy_taam