Tafakkur maydoni. (Ozod nazar)
СтатистикаTafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Siyosatga, adabiyotga, jamiyatga qiziquvchilar uchun bu kanal!!!! Takliflar bo'lsa @MECreativ
- Последний пост
- 19 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shamol keltirgan tartibsizlik uchun shamolni ayblay olmayman, axir derazani ochgan o'zim edim
"Ursa odam bo'ladi"...mi? UCL (University College London, Pedagogika (Ta'lim) bo'yicha QS reytingida dunyoda 1-o'rinni egallab kelayotgan universitet) e'lon qilgan tadqiqotda jismoniy jazo hamda bolaning imtihondagi yutuqlari va xulq atvori o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, jismoniy jazo va bolaning imtihon natijalari hamda xulq-atvori yomonlashishi o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlangan. Xususan, 3, 5 va 7 yoshlarida jismoniy jazo berilgan bolalarning GCSE (maktab o'quvchilari 16-yoshida topshiradigan imtihonlar) natijalari, xususan, ingliz (ona) tili va matematika natijalari jismoniy jazo qo'llanilmagan o'quvchilarga nisbatan pastligi, shuningdek, bunday bolalarda boshqalarga nisbatan tazyiq (bullying) va boshqalarni urish, itarish kabi salbiy xatti-harakatlar ko'proq kuzatilishi aniqlangan. Tadqiqotning yetakchi muallifi Dr Anja Heilmann so'zlariga ko'ra, tadqiqot jismoniy jazo bolaning rivojlanishi va farovonligiga salbiy ta'sir qilishini yana bir bor isbotlab berdi. Tadqiqot hammuallifi Dr Becca Lacey esa bolaga nisbatan jismoniy jazo o'rta va uzoq istiqbolda yomon akademik ko'rsatkichlar va g'ayriijtimoiy xulq-atvor kabi salbiy oqibatlarga olib kelishini ta'kidlaydi. Toshent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi maktablardan birida yaqinda bo'lib o'tgan mojaro esa O'zbekistonda aksar pedagoglar hozirgi bolalarni urish (jismoniy jazo qo'llash) tarafdori ekanliklarini ko'rsatdi. Mojaroda o'quvchi sog'ligiga zarar yetkazgan pedagog o'z kasbi sha'nini himoya qilgan deb topildi, mojaroni xolis yoritgan va har ikki tomonga so'z berishga harakat qilgan jurnalist esa bir necha soat ichki ishlar organlarida ushlab turildi.
🛑Qur'on karim haqida ma'lumot 1. Qur'onning ismi— Furqon 2. Qur'onning laqabi— Majid 3. Qur'onning tili— Arobiy 4. Qur'on nozil bo'lgan yil— 611 milodiy yili 5. Qur'on nozil bo'lgan oyi— Ramazon oyi 6. Qur'on nozil bo'lgan kecha— Qadr kechasi 7. Qur'on nozil bo'lgan joy— Makka hiro g'or. 8. Vahiyni yuborgan— Alloh Ta'ala 9. Vahiyni qabul qilgan— Muhammad Sallohu Alayhi Vasallam. 10. Vahiy farishtasi— Jabroil 'Alayhi salaam 11. Birinchi nozil bo'lgan oyat— (إقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ) 12. Oxirgi oyat— (الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الْإِسْلَامَ دِينًا ۚ ) 13. Birinchi nozil bölgan sura— Muddassir surasi 14.Oxirgi nozil bo'lgan sura—Nasr surasi 15.Eng buyuk sura—Baqara surasi 16.Eng kichkina sura—Kavsar surasi 17.Eng barokatli oyat— Oyatul kursi 18.Eng buyuk oyat—Baqara suraning 286 oyati 19. Eng kichkina oyat—(مُدْهَامَّتَانِ) 20. Qur'onning onasi—Fotiha surasi 21. Qur'onni qalbi—Yasin surasi
Toshkentdagi tirbandliklar haqidagi munozarada eng kam gapiriladigan jihat avtomobillar emas, jamoat transporti. Bunda narx emas, qulaylik muhim. Odamlar harakat qilishdan oldin doim alternativalar haqida o'ylashadi. Ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak: tanishlaringiz orasida kimdir Londonga sayohat qilsa, avtobus yoki metroda yuradi; Dubayga sayohat qilsa, bunday odamlar ancha kamroq uchraydi. Masala pulda emas. Dubayda ham, xuddi Londonday, avtobuslar taksidan ancha arzonroq. Masala — qulaylikda. TIrbandlikni kamaytirish uchun, moshinada yurish talabini kamaytirish kerak. Avtobuslar samarali ishlashi uchun ikki muhim shart bor. Birinchisi — shahardagi barcha joylar avtobus bekatidan eng ko'pi bilan 10 daqiqalik yurish masofasida bo'lishi. Ikkinchisi — avtobusni kutish eng ko'pida 10 daqiqa tashkil etishi. Shu ikki shartni bajarmagan shaharda avtobuslarning qulayligi past, demak tirbandliklar muammosi yechilmagan bo'lib qolaveradi. Bu ikki shart qandaydir oson eshitilishi mumkin, lekin aslida unday emas. Birinchi shartdagi muammo — o'sha alternativalar haqida. Agar siz avtobusda bir joyga borsangiz, lekin oxirgi manzilingizga yana boshqa transport kerak bo'lib qolsa — avtobusning eng muhim vazifasi, ya'ni oxirgi qadam muammosi (last mile problem), yechilmayapti. Ikkinchi shart esa oddiy — odamlarning o'rtacha sayohat vaqti 30 daqiqa bo'lsa, ular masofaning 30 foizini kutishga rozi bo'lishlari mumkin, undan ko'p emas. Shuning uchun 3 soatlik shaharlararo avtobus sayohatini odamlar 1 soat kutsalar ham kutishadi, lekin 20 daqiqalik avtobus sayohatini 20 daqiqa hech kim kutmaydi. Undan ko'ra, moshina yoki taksi olib qo'ya qoladi. Toshkentda tirbandliklar muammosini hal qilish uchun avtomobillarni emas, jamoat transporti qulayligini yaxshilash kerak. Buning uchun ikkita shart zarur (shart deganda buni qilmasa, masala hal bo'lmaydi): har qanday joy, uy, ishxona avtobus bekatidan piyoda 10 daqiqalik masofada bo'lishi kerak va avtobusni kutish 10 daqiqadan oshmasligi kerak. Shu ikki shart, tirbandlikni kamaytirish va shaharsozlik masalalari ustida fikrlovchilarni asosiy ko'rsatkichlari bo'lishi kerak. Aytgancha, shaharda zaborlar qo'yish - yomon. @Hoshimoviqtisodiyoti
#professorningkundaligi Biz universitetda o‘qigan paytimizda forma yo‘q edi. Universitetda forma bo‘lishi kerak degan tushunchaning o‘zi yo‘q edi. Qachon paydo bo‘ldi o‘zi bu odat? Adashmasam... yoshlarning kiyinishida diniy motiv ko‘zga tashlana boshlaganda edi, shekilli. Tag‘inam bilmadim... Endi esa, nazarimda, sababi esdan chiqib, bizning tashqi belgilarga, yaʼni mazmun-mohiyatdan ko‘ra shaklga urg‘u beruvchi anʼanaviy yondashuvimizga ko‘ra, forma bolani darsga kiritmaslik uchun sabab darajasiga ko‘tarildi. Universitet yoshidagi vatandoshimizga haliyam yosh boladay munosabatda bo‘lib, uning qanaqa kiyinishi, sochini qanaqa turmaklashiga aralashish, mening nazarimda, oliy taʼlimga yarashadigan harakat emas. Ilm erkin fikrlashni talab qiladigan narsa. Boshqa tomoni - oliy taʼlim muassasalari bizda hali ham bevosita o‘zining vazifasi, yaʼni ilm bilan shug‘ullanish, yoshlarga ilmni o‘rgatishdan ko‘ra "maʼnaviy", agar shunday deyish o‘rinli bo‘lsa, targ‘ibot vositasi sifatida ko‘riladi... Formaga urg‘u berish shuning oqibati, menimcha. Aytgancha, men ishlayotgan universitetda forma bekor bo‘lganiga 5-6 yil bo‘lib qoldi. Shunday erkinlik berilgan bo‘lsa-da, talabalar o‘qishga nomunosib kiyinib kelayotgani yo‘q. Taʼlimning vazifasi qoidalarning muhimligi bilan birga tanqidiy fikrlashni, mustaqil fikr yuritishni o‘rgatish. Shu bizni formadan ko‘ra ko‘proq tashvishga solishi kerak. @psixolingvist
Ўн олти йил дунёнинг 3-чи иқтисодиётига эга бўлган мамлакатни бошқарган бир аёл… Кейинги бир куни, якка ҳолда бир турк дюнерчисининг 6 евролик дюнер навбатида. На кортеж бор. На сирена. На атрофни ёриб очиладиган йўллар. Қудратни тарк этгандан кейин ҳам халқ орасига қўшила олсанг, демак ўша курси сени катта қилмаган. Давлат бошқарган инсон оддий табуреткада жимгина дюнер ея олса, демак у ерда тизим шахсдан каттароқдир. Дюнер 6 евро бўлиши мумкин. Аммо ўша суратнинг қиймати анча юксак. Чунки асл куч — Қўриқчисиз юра олиш, Кўз-кўзсиз яшай олиш, Ва курсидан тушгандан кейин ҳам инсон бўлиб қолишдир. P.S. Чириган Ғарбнинг кераксиз пропагандаси. Бу фантастик “сюрреализм”ни ҳаётимизга кириб келишига рўхсат бермаймиз.
📖Nega samolyotda biznikilar uxlaydi, yevropaliklar esa o‘qiydi? Samolyotda uchganingizda yevropalik yo‘lovchilarning deyarli har biri qo‘liga kitob, jurnal yoki elektron rider oladi. Bizning yurtdoshlarimizda esa bu manzara kamdan-kam uchraydi. Buning bir necha sabablari bor va ularni bugun ko’rib chiqamiz. Birinchidan, g‘arb jamiyatida o‘qish – hordiq chiqarish vositasi. Bolalikdan kitob ko‘ngilochar narsa sifatida singdiriladi. Bizda esa mutolaa uzoq vaqt davomida faqat "imtihon topshirish", "diplom olish" yoki "vazifa bajarish" bilan bog‘lanib kelgan. Natijada inson samolyotga dam olish uchun chiqqanda, tabiiyki, o‘zini "ishlatishni" (o‘qishni) xohlamaydi. Ikkinchidan yevropaliklar individualistik jamiyatda yashaydi. Kitob ular uchun atrofdagilar bilan muloqot qilmaslik, o‘zining shaxsiy hududini himoya qilish va begonalardan "himoyalanish" vositasi hisoblanadi. Bizning odamlarimiz esa ekstravertroq biz uchun yonimizdagi odam bilan tanishish, suhbatlashish yoki shunchaki atrofdagilarni kuzatish kitobdan ko‘ra jonliroq va qiziqroq tuyuladi. Uchinchidan, rivojlangan davlatlar kitobxonlik bosqichini bosib o‘tib, keyin raqamli dunyoga kirishgan. Bizda esa xalq endigina erkin kitobxonlikka o‘tayotgan bir paytda internet va ijtimoiy tarmoqlar (Reels, TikTok) kirib kelgan. Natijada miyamiz kitobdan olinadigan murakkab zavqdan ko‘ra, smartfondan keladigan "oson dofamin"ni afzal ko’radi. Yana bir sababi esa g‘arblik yo‘lovchi uchun samolyotdagi 3-4 soat o‘z intellektual kapitaliga investitsiya kiritish uchun "tashqi dunyodan uzilgan" ideal vaqt. Bizda esa vaqt tushunchasiga ko‘pincha investitsiya qilinadigan aktiv emas, shunchaki o‘tkazilishi kerak bo‘lgan resurs sifatida qaraladi.
❤️@Kuynavobot orqali yuklab olindi🚀 📥
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ilmiy ishonchsizlik bo'yicha O'zbekiston dunyoda top-10talikda 2025-yilda O'zbekiston ilmiy maqolalari ishonchsiz deb topilib, ilmiy bazalardan chiqarilgan ("qaytarib olingan") davlatlar orasida top 10talikka kirgan. (Retraction - ilmiy manbalarda chop etilgan maqolaning "qaytarib olinishi", ishonchsiz, ilm talablariga mos kelmaydi, deb e'tirof etilishi). Hindistonlik tadqiqotchi Achal Agrawal PostPub Retraction Dashbord - qaytarib olingan ilmiy maqolalar portali ma'lumotlariga asoslanib e'lon qilgan tahlilidan shunday xulosa kelib chiqadi. O'zbekistonlik Bobir Muratovga ko'ra esa, biz nafaqat qaytarib olingan maqolalar soni bo'yicha top-10talikka kiramiz, balki foiz hisobida (ya'ni, e'lon qilingan maqolalar va qaytarib olingan maqolalar nisbati) olsak, dunyoda 1-o'rindamiz. Ya'ni, O'zbekiston - ilm-fan borasida dunyoda eng ishonchsiz davlat, degan xulosa qilish mumkin. O'zbekiston uchun ilmiy maqolalarining ishonchsiz deb e'tirof etilishi, qaytarib olinishi "pik" (eng ko'p sodir bo'lgan) davri 2015 va 2023-yillarga to'g'ri kelganini ko'rish mumkin. 2015-yilda har 1000tadan 11tasi, 2023-yilda har 1000tadan 9ta maqola "qaytarib" olingan. Maqolalarning "qaytarib" olinishi sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Masalan, 2023-yilda asosiy sabab "research" (ya'ni tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi, masalan, ma'lumotlar yoki ularning tahlilida xatolik, yoki ilmiy xulosalar ishonchsizligi) bo'lgan. 2024-yilda esa asosiy sabab "integrity" (ilmiy halollik qoidalariga amal qilinmaganligi) bo'lgan. OTMlar kesimida tahlil qilinsa, eng ko'p "qaytarib olingan" maqolalar Buxoro davlat universiteti hissasiga to'g'ri kelgan va ularning hammasi tadqiqotning ilmiy talablarga javob bermasligi sababli "qaytarib" olingan. Keyingi o'rinda - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, bu universitet nomidan chop etilgan maqolalar aksariyati ilmiy halollik talablariga mos kelmagani uchun ishonchsiz deb e'tirof etilgan. Va ishonchsiz (sifatsiz) maqolalar chop ettirish bo'yicha top-3talikka "milliy tadqiqot instituti" deb e'tirof etilgan Toshkent irrigatsiya instituti kirgan. Mana bu postimda O'zbekistonda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan bog'liq muammolar haqida yozgan edim. Tadqiqotchilarga ilmiy ish nimaligi, uning qanday amalga oshirilishi, talablari haqidda o'rgatmasdan, ko'p hollarda xalqaro ilmiy bazalarni o'qish imkonini bermasdan maqolalar talab qilaverishi, OTMlar sifat emas, chop qilingan maqolalar soni ketidan quvishi mana shunday "sharafli" reytingda birinchilikni olganimiz sabablaridan biri bo'lsa kerak.
#murojaatnoma ⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi. 👉 @xushnudbek 👈
Kecha Garvardga kirgan Dilafruzning ushbu universitet mandat javoblarini ochish jarayoni. Jonli efirda uzoqdagi yaqinlari bilan birga ochgan ekan. Mazza! @domlajon t.me/domlajon
видео или голосовое, без подписи
Bugun shunday bir gapni o'qidim: Noto'g'ri tushunishga tayyor turgan kishiga baribir to'gri tushuntira olmaysan...
Oʻychi oʻyini oʻylaguncha tavakkalchi hammasini rasvo qilib boʻladi)
видео или голосовое, без подписи