History Pro
СтатистикаTarix fanidan eng zarur va foydali ma'lumotlar. Veb-sayt: https://bit.ly/3q9QI57 Videodarslar: https://bit.ly/3ouqkm5 Tarix fanidan onlayn/oflayn darslarimizga ro'yxatdan o'tish: @trozmatov
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 73
- 1/48двое суток
- 83
- 1/72трое суток
- 90
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://t.me/davletovuz/26205
Mandatdagi oʻrinlarni koʻrsatadigan norasmiy botlar qayerdan chiqdi? BMBA endi APIʼlarni ham kimlargadir berayaptimi?
#32 Kamina Islom universiteti (deyilardi o'shanda) qoshidagi akademik litseyda 10 yil ishlab biron marta kuratorlik mas'uliyatini bo'ynimga olgim kelmagan, 32-aniq fanlar guruhi 2-kursligida "bizga kurator bo'ling" deb qayta-qayta iltimos qilganidan keyin o'ylab-o'ylab, ikkilana-ikkilana axiyri rozi bo'lgandim. Xuddi buvi "Suyunchi" filmida "Abdullani kim uylantiradi?" desa, nevaralari "o'zimiz uylantiramiz" deganday jo'r bo'lib, o'quvchilar ham "jurnalni o'zimiz yozamiz", "navbatchilikni o'zimiz qilamiz" qabilida va'dalar berib meni ko'ndirishgan edi. Aytish kerakki, o'quvchilanring aksariyati o'qishga qiziqmas edi, ayniqsa, BBS degan uchlik - har yerda ishkal-u muammo bo'lsa, yo tashabbuskori, yo ishtirokchisi bo'lib chiqadigan yigitlar, rahbariyat bilan ziddiyatlarga borishimga sababchi bo'lar, "bolalariz (!) falon narsa qilibdi" degan shikoyatalrdan bezillab turardim. Tez orada guruh bilan yaxshi chiqishib ketdik. Birgalashib dachaga borganda, o'quvchilarning mutlaqo boshqa qirralarini kashf qildim: darsda no'noq ko'ringan o'quvchilar maishiy masalalrda juda chaqqon, epchil, uddaburon edilar. Zo'rg'a "3"ga o'qiydigan o'quvchim ustozlar bilan muomalani qoyillatar, keksa, talabchan va injiq matematika ustozini: "Aziz ustozim, man sizni onam deganman-a, bittagina uch qo'yib bering himmat qilib" qabilida hazilar qilib ko'nglini yumshatishga erishar, nimaiki yumush bo'lsa, qo'lini ko'ksiga qo'yib "Xo'p bo'ladi, ustozim" deb turardi. Yozda sinfxonani ta'mirlash kerak bo'lganida esa yigitlarning o'zi birgalashib ishlashgan, o'quv yiliga xonani tayyor qilib qo'yishgan edi. Bir marta.. darsimni tahlil qilgani bir guruh ustozlar dabduristdan kirib qolishdi. Orqa partalarga qator bo'lib o'tirib olishdi. Xavotirim shunda ediki, sinfda nari borsa 4-5tasi uy ishi qilardi va darsga tayyor bo'lardi. Uyalib qolamanmi degan hadik bilan dars boshladim, ammo bolalar kutilmaganda shunaqa faollik ko'rsatdiki, tushunsa-tushunmasa, "Msn unaqa o'ylamayman", "Fikringga qo'shilaman" deb qo'yadimiye)) Hammadan ham "Men aytaman, men javob beray" deb qo'lini ko'tarib shovqin soladi-yu ko'zi bilan "mendan so'ray ko'rmang" deb imlaydi. Kulgidan o'zimni arang tiyib ishonganlarimdangina so'rayman, lekin qolganlar ham savol-javob oprasiga gap qo'shib, hazillar qilib turishadi. Darsdan keyin hamma kuzatuvchilar "32ni yaxshi o'qimaydi deyishardi, qo'li tushmadi-yu birontasining" deb hayratlarini izhor qilishganida, ma'qullab qo'yaverdim. Chindan ham, qoyillatib o'qimasayam, sho'x va beg'uborligi bor edi ularning; kurator bo'lib boshqa ustozlarga hecham bolalarni yomonlamadim, kimdir keskin fikr bildirsa, himoya qildim, har biridan fazilat topishga harakat qildim. Oxir-oqibat, bitiruv marosimi o'tkazdik, ahil oila bilan litseyni tamomlashdi.. Bugun, ular litseyni tamomlaganiga o'n yil bo'lganda, qizlar bilan diydorlashish nasib qildi. Men ularni o'qitgan paytim, taxminan ularning hozirgi yoshida edim, kuchim va g'ayratim ichimga sig'masdi.. Ular nafaqat chiroyli guldasta va esdalik sovg'asini tuhfa qilishdi, balki mening ishtiyoqi baland davrlarim bilan bog'liq xotiralarimni qayta yangilashdi. Shundan keyin 62-guruhga, PMda esa ikkita "Blue" sinfiga kuratorlik qildim. Har biri qadrdon, "o'zimniki" bo'lib qoldi. Kuratorlik katta mas'uliyat, tashvish, shu bilan birga oilangdan tashqarida ham oila a'zoalring bo'lishi mumkinligini his qilish imkoniyati hamdir.. Alloh men dars bergan barcha o'quvchilarimni panohida asrasin, har biri hayotda o'z o'rnini topsin! @suvaydo
Oʻquvchilarimdan biri sheʼr yozibdi. Rahmat! Tarix ustozga Tumanda noʻmer odin, Ustozimiz bor bizni. Eshitib koʻring oldin, Qiziqtirar u sizni. Qattiqqoʻldir, ha, biroz, Lekn oʻrgatishda soz. Yaxshi oʻqisz shunda, Dars qib boʻlsa ham tunda. Dars qilmasdan kim kelsa, Aytar: "Qachon kirar es?" Ammo baʼzi hollarda Deydi maqtab: "Malades!" Ustozga-ku farqi yoʻq, Kim oʻqiydi, kimdr yoʻq. Lekin kelib-ketganga, Otishga hech oʻqi yoʻq. Testini kim tugatsa, "Boʻsh oʻtirish kerakmas, Chunki oʻqish siz uchun, Sizga kerak, mengamas!" Kahoot — bu eng zoʻr oʻyin, Ammo yutishdir qiyin. Oʻqib kelganga mazza, Ikkichilarga aza. Oʻqimayabsz desa, Ne boʻlishin biladi. Agar shunday deb qolsa, Motivatsiya oʻladi. Baʼzida shunday deydi, "Menga kelibsz rahmat, Lekin oʻqimasangiz Ketavering marhamat!" Yodlang atamalarni, Sheʼr qilib shaharlarni. Masalan, Ohangaron, Chimkent, Sayram, Turkiston. Ustoz hech bir oʻquvchin Ajratmaydi zarracha. Barcha yaxshi koʻradi, Shu hislatin menimcha. Tarix juda qiziq fan, Zoʻr oʻqiydi qiziqqan. Qiyinchilik oʻtkinchi, Shuni biling birinchi! Bu vaqtlar oʻtar-ketar, Hozir oʻqing ish bitar. Oʻqimasangiz tamom, Oxiri boʻlar yomon. Hafa qildik sizni koʻp, Nma desak dediz hoʻp. Mayli endi, iltimos, Kechiring, tarix ustoz! Qancha rahmat aytsak kam, Ular yetmas sira ham. Minnatdordir birgina, Oʻquvchingiz — Muhsina!
#kuzatuv Bechora o'zbek Uyli bo'lasan deb pulini o'g'irlashadi. Zo'r universitet deb pulini olib, bir parcha qog'oz qo'liga tutqazib ketiga tepishadi. Zo'r xususiy maktab deb pulini shilishadi. Davolayman deb pulini olishadida, bir umrga mayib qilib qo'yishadi. Zo'r tovar deb, sifatsiz narsani berib pulini olishadi. Zo'r taklif, "islomiy" taqvoli rassrochka deb karrasiga qimmatga sotishadi. Chet elda zo'r ishga joylayman deb oborib sotishadi. Afsuski bular 1-2 ta odamda uchraydigan tasodifiy muammo emas, tizimli va katta ko'lamdagi muammolar. Reklamaga aldanmang! Artislani ma'bud qilib olganlar ayniqsa. @eresearch_iqtisodiyot
Shovqinli sinf charchaysiz, zarikarli darsni jonlantirishni istaysiz! Siz uchun 100 ta metodni tayyorlab qo'ydik. Sinalgan, eng yangi va qiziqlari. Yangi o'quv yiliga tayyorgarlikni hozirdan boshlang 25-28-iyul kunlari chegirmaga ulgurib qoling 👉@slaydxona_admin'ga "metodlar" deb yozing
Oʻzbekistonda oliy taʼlimni liberallashtirish oxirigacha yetkazilmasdan yarim yoʻlda toʻxtab qoldi. Oqibatda hammayoq bardak.
Hozir koʻrib qoldim. Universitetda oʻqib yurgan paytda shuni tarjima qilish(im) kerak degan edim.
Shu yerda turib tursin.
Hurmatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar! "x-variant" masalasi bilan shug'illanadigan vaqt kelmadimi?
Huquq fanidan imtihonda "x-variant" chiqib ketgan sheklli.
Тарих фанидан Миллий сертификат имтиҳони саволлари тарқалгани ва сотилгани ҳақидаги хабарлар ортидан юзага келган баҳслар давом этмоқда. Педагоглар 50 та саволдан 33 таси имтиҳонга мос келишини тасодиф деб бўлмаслигини айтса, Билимни баҳолаш агентлиги аномалия аниқланмаганини айтмоқда. Батафсил. https://www.gazeta.uz/uz/2026/07/08/tarix-milliy-sertifikat/ Telegram | Instagram | YouTube
Iqbol aka "Tanaffus" podkastda chiqibdi. Bundan besh yil avval Iqbol aka bu podkastda ham suhbatlashgan edik. Tomosha qilinglar:https://www.youtube.com/watch?v=70yTCAF1Wm0
Meni oʻquvchilarim boʻlganida yaxshiroq oʻynardik.
без подписи
Хитойнинг Zhejiang university (дунё бўйича ТОП-50 университетлар орасида 39-ўринда) нейробиологлари ва психологлари жамоаси 2021-йилда қисқа видеолар (reels/TikTok/shorts) мияда қандай жисмоний ва нейробиологик жараёнларни келтириб чиқаришини ҳамда нега айнан…
Хитойнинг Zhejiang university (дунё бўйича ТОП-50 университетлар орасида 39-ўринда) нейробиологлари ва психологлари жамоаси 2021-йилда қисқа видеолар (reels/TikTok/shorts) мияда қандай жисмоний ва нейробиологик жараёнларни келтириб чиқаришини ҳамда нега айнан ушбу формат тез қарамлик (аддиcтион) уйғотишини fMRT (функсионал МРТ) аппарати орқали ўрганишган. Олимлар талабалардан иборат кўнгиллиларни икки гуруҳга ажратишган: • Биринчи гуруҳга алгоритм томонидан айнан уларнинг қизиқишларидан келиб чиқиб шахсийлаштирилган, ўта жозибадор қисқа видеолар кўрсатилган (personalized videos). • Иккинчи гуруҳга еса умумий, нейтрал ёки тизим томонидан тасодифий танланган, алгоритмик ишлов берилмаган видеолар қўйиб берилган (general videos). Видео кўриш жараёнида иштирокчиларнинг мия фаолияти fMRT сканерлари ёрдамида сонияма-сония таҳлил қилиб борилган. Сканерлар шуни кўрсатдики, алгоритм танлаган шахсийлаштирилган қисқа видеолар бошланганда миянинг ventral tegmental area(VTA) деб аталадиган субкортикал (чуқур) қисми ўта агрессив тарзда фаоллашган. VTA — мияда дофамин ишлаб чиқарувчи ва мукофот тизимини бошқарувчи бош марказдир. Нейрал видеолар кўрилганда бу марказ тинч ҳолатда бўлган. Тадқиқот қисқа видеоларни тавсия қилувчи алгоритмларнинг ишлаш механизмини қимор ўйинларидаги слот-машиналарига тенглаштирди. Мия кейинги видеода нима чиқишини билмайди (яхшими ёки ёмонми), лекин екранни сурганида унга ёқадиган видео чиқса, VTA кутилгандан кўра кўпроқ дофамин ажратади. Бу мияда "яна бир марта сурсам, янада зўрроғи чиқади" деган чексиз занжирни ҳосил қилади. Енг хавфли хулосалардан бири: шахсийлаштирилган видеолар кетма-кетлиги миянинг Префронтал қобиғи (prefrontal cortex) фаолиятини пасайтириб юборган. Префронтал қобиқ — инсоннинг ўзини назорат қилиши, ирода кучи, вақтни ҳис қилиши ва "бўлди, телефонни летага қўйиб ишга қайтишим керак" деган рационал қарорларни қабул қилиши учун жавобгар зонадир. Aлгоритм бу зонани гўёки "гипноз" қилиб, вақтинча блоклаб қўяди. Маълум бўлишича, қисқа видеолар томоша қилинаётганда мия чуқур таҳлил режимини ўчириб, Default Mode Network (DMN) режимига ўтади. Бу режим одам хаёл сураётганда ёки транс ҳолатига тушганда фаоллашади. Яъни, одам видео кўраётганда ташқи оламдан бутунлай узилиб, вақт ўтганини сезмай қолади (шунинг учун 5 дақиқага кирган одам қандай қилиб 1 соат ўтиб кетганини билмай қолади). Хулоса Zhejiang university тадқиқоти қисқа видеоларни шунчаки "вақтни бекорга сарфлаш" емас, балки мия архитектурасини чалғитувчи ва иродани жисмоний даражада синдирувчи нейробиологик қурол еканлигини исботлади. Aлгоритм мияни осон ва меҳнат талаб қилмайдиган дофаминга тўйинтириш орқали уни қарамлик ҳолатига келтиради, бу еса ўз навбатида инсоннинг ҳаётдаги қийин, узоқ муддатли ва ҳақиқий ирода талаб қиладиган ишларни бажариш қобилиятини (мотивациясини) пасайтириб юборади.
Uree
Cambridge English, a co-owner of the IELTS exam, has been fined £875,000 (US$1.17 million) after automated scoring errors generated incorrect results for nearly 62,800 candidates worldwide. Zimbabvedagi tashkilotni qachon jazolaymiz?
ахмоқ катталар ва бечора қизчалар