TSUE-TF_official
СтатистикаToshkent davlat iqtisodiyot universitet To'rtko'l fakultetining rasmiy axborot kanali \ Официальный новостной канал ТГЭУТФ 🏛 | | | 📧tf@tsue.uz 🌐www.tsue.uz 📲instagram.com/tdiutfofficial
- Последний пост
- 16:13
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 72
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Новости и СМИ
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 176
- 1/48двое суток
- 201
- 1/72трое суток
- 217
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🟦🟦🟦 🟦🟦 TDIUning faol va tashabbuskor yoshlari, bu imkoniyat aynan siz uchun! 🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿 TDIU yoshlari, faol boʻling, tashabbus koʻrsating va loyihada ishtirok eting! Sizning gʻoyangiz katta oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
TALABALAR DIQQATIGA! IJARAGA UY OLISHDA OGOH BO‘LING! 📌Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun hushyor bo‘ling! ⚠️Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
#Qonunchilik_yangiliklari 20 ming dollargacha ta’lim krediti: xorijda o‘qish imkoniyatlari kengaymoqda Dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar va pedagoglar uchun yangi imkoniyat! 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoshlar hamda pedagog xodimlarni xalqaro reytinglarning QS yoki THE TOP-300 ro‘yxatiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi. 📎 Yangi tartibga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olish uchun; 💵 Bir o‘quv yiliga 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi. Kreditning asosiy qarzi o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan keyin 7 oy o‘tgach boshlanib, 7 yil davomida qaytariladi. 📑 Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ▫️ ariza; ▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi; ▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun); ▫️ akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab); ▫️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys; ▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot; ▫️ mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun). 📈 Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi. Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglar uchun dunyoning yetakchi universitetlarida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi 💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 🔗Qaror bilan 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. ♻️ Lozihaga ko‘ra: 🔼 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi. ❗️Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan. 🔄 Uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan. 📁 Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Mehr faqat insonlarga emas, atrofimizdagi har bir jonzotga ham kerak Bir kosa suv, bir parcha ozuqa yoki shunchaki shafqatli munosabat — kim uchundir kichik ish boʻlishi mumkin. Ammo jonivor uchun bu hayotni saqlab qoluvchi mehr ifodasidir. Jamiyatning insonparvarligi eng avvalo ojizlarga boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Hayvonlarga mehr-shafqat koʻrsatish, ularni asrash va himoya qilish — nafaqat qonun talabi, balki har birimizning insoniy burchimizdir. Keling, mehr ulashaylik. Chunki ezgulik har doim kichik qadamdan boshlanadi. #MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik #EzguQadriyatlar #Yalpiz_Darxan Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi 💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. 🔗Qaror bilan 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. ♻️ Lozihaga ko‘ra: 🔼 100 ballik baholash tizimi saqlanib qoladi. Bunda joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi. Tibbiyot yo‘nalishlarida esa ballar alohida tartibda taqsimlanadi. ❗️Yakuniy imtihonlar ovozli va videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi, videoyozuvlar esa kamida bir yil saqlanishi rejalashtirilgan. 🔄 Uch oy ichida onlayn kuzatuv va kompyuterda imtihon topshirish platformalarini ishlab chiqish, shuningdek, har semestr yakunida talabalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish ham nazarda tutilgan. 📁 Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllarini joriy etish ko‘zda tutilgan. 💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🔈 Yotoqxonaga joylashish uchun ariza berish boshlandi 1-avgustdan yuqori kurs talabalari uchun, yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni start oladi. 📌1-kurs talabalari uchun esa yotoqxonaga ariza topshirish jarayoni mandat natijalari aniq bo’lgandan so’ng boshlanadi. 🔆 my.gov.uz portal orqali ariza yuborish 🔆 Yotoxonaga navbatni tekshirish 👆Batafsil ma’lumot videoda Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
#Махsus_videorolik Ayapbergenova Mavluda, Prezidentimizning yoshlar uchun ajratilgan kvotasiga asosan o‘tgan yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti To‘rtko‘l fakultetiga grant asosida talabalik baxtiga musharraf bo‘ldi. --- Ayapbergenova Mavluda, Prezidentimizdiń jaslar ushın ajıratılǵan kvotası tiykarında ótken jılı Tashkent mámleketlik ekonomika universiteti Tórtkúl fakultetine grant tiykarında studentlik baxtına miyasar boldı. ✅ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🎖 WS |💻 IG | 📝 FB |🎞TG
#YoshlarKuni #Bayram_tabrigi 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bayram tabrigi Qadrli yoshlar, muhtaram talabalar! Sizlarni va sizning timsolingizda barcha yurtimiz yoshlarini 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati nomidan samimiy muborakbod etamiz! Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda yoshlarning har tomonlama kamol topishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarildi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlarimizning o‘z intilish va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi yo‘lida keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Zero, bugungi shiddatli davrda har bir jabhada hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan tashabbuskor, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar yoshlarimiz, hech shubhasiz, yurtimiz kelajagining haqiqiy bunyodkorlaridir. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham mamlakatimiz yoshlarining nafaqat sifatli ilm olishlari, balki ularning iqtidor va qobiliyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishlari uchun zamonaviy shart-sharoitlarni ta’minlab kelmoqda. Universitet rahbariyatining doimiy diqqat-markazida turgan ushbu ezgu maqsad yo‘lida talabalarimizning intellektual va ijodiy yuksalishi uchun barcha resurslar safarbar etilgan. Biz o‘zining intilishlari, kreativ g‘oyalari va erishayotgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan barcha talabalarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz. Bugun talabalarimiz respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, nufuzli ko‘rik-tanlovlar hamda yirik sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, universitetimiz nufuzini va Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib kelayotganliklari har birimizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining missiyasidan biri – hozirgi davr talablariga javob beradigan kelajak yetakchilarini tayyorlashdan iboratdir. Biz mana shu sharafli yo‘lda siz kabi fidoyi va g‘ayratli yoshlarimizga suyanamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi unutilmas bayram bilan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, o‘qish va ilmiy izlanishlaringizda ulkan zafarlar, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! Hurmat bilan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
📌 Nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi? Agar siz xususiy universitetda o‘qiysiz va o‘qishingizni davlat universitetiga ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat mavjud! Har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha ko‘chirish uchun ariza topshirish mumkin. ✅ O‘qishni ko‘chirish jarayoni: 1️⃣Ariza topshirish: my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va kerakli hujjatlarni yuklang (transkript yoki zachotka). 2️⃣Imtihonlar: 15-20 avgust oralig‘ida test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 3️⃣Natijalar: Test natijasiga ko‘ra ko‘chirish tasdiqlanadi yoki turdosh bo‘lmagan yo‘nalishda kontrakt asosida o‘qish davom ettiriladi. Qanday yo‘llar mavjud? ☝️ Turdosh yo‘nalishga – maxsus test topshirish orqali. ☝️Noturdosh yo‘nalishga – kontrakt to‘lovi asosida o‘tish mumkin. 🚩Eslatma: Hujjatlarni vaqtida topshirish va imtihonga tayyorgarlik ko‘rish muhim! ✈️ Obuna bo’ling➡️ @OTM_Minbari
26-iyun — «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni» ——— 26 июнь — «Халқаро гиёҳвандликка қарши курашиш куни» Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Yangi_qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-1155 Qonuni imzolandi. —- Ózbekstan Respublikası Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tárepinen 2026-jıl 22-iyunda "Ózbekstan Respublikasınıń ayırım nızam hújjetlerine korrupciyaǵa qarsı gúresiw nátiyjeliligin arttırıwǵa, korrupciyaǵa baylanıslı jınayatlar ushın juwapkershiliktiń sózsiz ekenligin támiyinlewge qaratılǵan qosımshalar hám ózgerisler kirgiziw haqqında"ǵı ÓRN-1155-sanlı Nızamǵa qol qoyıldı. ✅ To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati 🎖 WS |💻 IG | 📝 FB |🎞 YT
🏆 To‘rtko‘lda “Hokim kubogi” start olmoqda: Shaxmatsevar yurtdoshlarimizni chorlaymiz! Yurtimizda davom etayotgan “Yoshlar oyligi” hamda 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan To‘rtko‘l tumani hokimligi barcha sport ixlosmandlarini shaxmat bo‘yicha o‘tkaziladigan an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasiga taklif etadi! Eng diqqatga sazovor jihati — musobaqada yosh chegarasi yo‘q! Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha shaxmatsevar tumandoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. 📍 Musobaqa o‘tkaziladigan joy: Tuman sport maktabi binosi. ⏰ Boshlanish vaqti: 26 iyun kuni soat 09:00 (Tantanali ochilish marosimi). Musobaqa g‘olib va sovrindorlari uchun tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho va ajoyib sovg‘alar tayyorlangan. O‘z mahoratingizni ko‘rsating, dona suring va bosh sovrin — “Hokim kubogi”ni qo‘lga kiriting! Barchaga zafarlar yor bo‘lsin! --- ️ Tórtkúlde "Hákim kubogi" start almaqta: Shaxmat súyiwshi watanlaslarımızdı shaqıramız! Elimizde dawam etip atırǵan "Jaslar aylıǵı" hámde 26-iyun - Xalıqaralıq náshebentlikke qarsı gúresiw kúni múnásibeti menen Tórtkúl rayonı hákimligi barlıq sport ıqlasbentlerin shaxmat boyınsha ótkeriletuǵın dástúriy "Hákim kubogi" jarısına mirát etedi! Eń itibarlı tárepi - jarısta jas shegarası joq! Onda 7 jastan 70 jasqa shekemgi barlıq shaxmat súyiwshi rayonlaslarımız qatnasıwı múmkin. ✅ Jarıs ótkeriletuǵın orın: Rayonlıq sport mektebi imaratı. ✅ Baslanıw waqtı: Saat 09:00 (Rásmiy ashılıw máresimi). Jarıs jeńimpazları hám sıylı orın ieleri ushın rayon hákimligi tárepinen qımbat bahalı hám ájayıp sawǵalar tayarlanǵan. Óz sheberligińizdi kórsetiń, dana súriń hám bas sawǵa - "Hákim kubogi"n qolǵa kirgiziń! Hámmege tabıslar yar bolsın!
❗️Prezident topshirig’iga asosan, ertaga O’zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi o’yini munosabati bilan, davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 dan boshlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
📌TDIU To‘rtko‘l fakultetida ustoz-shogird an’analari asosida yo‘lga qo‘yilgan samarali va tizimli faoliyat o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Professor-o‘qituvchilarning bilim va tajribasi, talabalar bilan olib borayotgan individual ishlari natijasida iqtidorli, izlanuvchan hamda tashabbuskor yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. ⚡️Bugungi kunda fakultetimizning bir qator talabalari nafaqat o‘quv jarayonlarida, balki ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va jamoat ishlarida ham yuqori faollik ko‘rsatib, nufuzli nomdor stipendiyalar hamda ko‘krak nishonlari sohibiga aylanmoqdalar. Bu yutuqlar talabalarning mashaqqatli mehnati, ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari va fakultetda yaratilgan qulay ta’lim muhitining amaliy samarasidir. ✨Ishonchimiz komilki, fakultetimizda tahsil olayotgan zukko, bilimdon va iste’dodli talabalar soni yildan-yilga ortib boradi. Ular kelgusida yurtimiz taraqqiyoti, ilm-fan rivoji va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar sifatida kamol topadilar.
#maxsus_videorolik Sport – salomatlik garovi: Tumanda xotin-qizlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi ——— Sport - salamatlıq girewi: Rayonda hayal-qızlar arasında jarıslar ótkerildi To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati Kanalga ulanish: @Turtkul24news