OʻzMPU Tarix fakulteti
СтатистикаTarix fakulteti rasmiy kanali🇺🇿 Kanalimizga obuna bo'ling
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 18
- Всего постов
- 91
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 123
- 1/48двое суток
- 140
- 1/72трое суток
- 152
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👍 O‘zMPU yoshlari uzoq kutilgan Quvnoqlar va Zukkolar ko‘rik-tanlovi boshlanmoqda 🔥"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining 2026-yilgi mavsumi va Premyera ligasining 5-mavsumida qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🚨Ro‘yxatdan o‘tish 24-avgustagacha 🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈Telegram 😎Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Joriy yilning 11-12 avgust kunlari Tarix kafedrasi professori (v.b), t. f. d. Taniyeva Guldona Mamanovna boshchiligida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Tarix fakultetining 3-4 kurs tarix yo'nalishi talabalari qadimiy Xiva shahri hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi Ichan qal'a, Nurillaboy saroyi, Qizil qal'a, Tuproqqal'a, Chilpiqqal'a, Ayozqal'a, Gour qal'a, Mizdahon qal'a kabi arxeologik yodgorliklari, I. Sovitskiy nomidagi Qoraqslpog'iston Respyblikasi madaniyat va san'at davlat muzeylari bo'ylab sayohat taskil etildi. Sayohat davomida talabalar yurtimizning miloddan oldingi davrlaridan to bugungi kungacha bo'lgan boy o'tmishidan saqlanib qolgan qimmatli ashoviy dalillarini ko'rish imkoniga ega bo'lishdi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Dolzarb_90_kun Joriy yilning 12-avgust kuni Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining 50 nafar professor-o'qituvchilari va talaba yoshlardan iborat jamoasi "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildilar. Sayohat davomida Islom sivilizatsiyasining jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi noyob ekspozitsiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Markazdagi noyob eksponatlar, tarixiy manbalar va zamonaviy ekspozisiyalar jamoada katta taassurot qoldirib, milliy va diniy-ma’rifiy merosimiz bilan faxrlanish, ajdodlar ilmiy merosini chuqur o‘rganish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. 🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈Telegram 😎Instagram
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг!
Hurmatli rektorimiz Hilola Uktamovna! 🗣Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti koʻp ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizni tavallud ayyomingiz – tugʻilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona va yoshlarga doir siyosatning mazmun-mohiyatini biz talaba-yoshlarga doimo yaqindan yetkazib, kelajagimiz yo'lida bor kuch-e'tiboringizni ayamayotganingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Har safar "Rahbar va yoshlar" uchrashuvini tashkil etganizda, har bir talaba-yoshlarning fikri, taklifini alohida eshitasiz, bildirilgan takliflar amalga oshirilishi talaba-yoshlarda yangi kuch va shijoat bag‘ishlaydi Universitetimizda taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish, talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochish yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz bizga ulkan kuch va ilhom bagʻishlamoqda. Ushbu qutlugʻ kunda sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, shaxsiy baxt va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, yangi Oʻzbekistonning kelajagi boʻlgan malakali kadrlar va pedagoglarni tayyorlashdek sharafli faoliyatingiz doimo zafarlardan iborat bo‘lsin! Yana bir bor tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin! Eng samimiy hurmat va ehtirom ila, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talaba-yoshlari 🔴Bizni kuzatishda davom eting: ✈Telegram 😎Instagram