MILLIY SERTIFIKAT 📝
СтатистикаUshbu kanalda - Milliy sertifikat uchun g'azallar tahlili - Ona tili va adabiyot fanidan foydali ma'lumotlar - Online testlar - Essey yozish sirlari tajribali o'qituvchi tomonidan o'rgatiladi Boğlanish: @GulshanMardanova Telefon nomer: +998939975044
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 35
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 178
- 1/48двое суток
- 203
- 1/72трое суток
- 220
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Мандат эртага, 15 август куни соат 08:00 да эълон қилинади
без подписи
🚨 ESSE XULOSASINI QANDAY YOZISH KERAK? 📌 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan esse tekshirish yo‘riqnomasida xulosa qismida talabgor o‘zi qo‘llab-quvvatlayotgan qarashni aniq bayon qilishi, asos ko‘rsatishi va bu qarashning jamiyat hayotiga ta’sirini yoritishi talab qilinadi. Demak, xulosa shunchaki esseni tugatib qo‘yadigan jumla emas! 🎯 XULOSA FORMULASI: POZITSIYA → ASOS → JAMIYATGA TA’SIR Masalan: ❌ “Xulosa qilib aytganda, kitob o‘qish juda foydali.” ✅ “Xulosa qilib aytganda, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitob mutolaasiga ustuvor ahamiyat berish ma’qul. Muntazam mutolaa mustaqil fikrlash va keng dunyoqarashni shakllantiradi. Bu esa jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.” 🔥 Kuchli xulosa — aniq pozitsiya, puxta asos va jamiyatga ta’sirning bir nuqtada jamlanishidir. https://t.me/teacher_Gulshan
#Foydali 🚨 ESSE XULOSASINI KUCHSIZ QILADIGAN QOLIP Ko‘pchilik xulosani bir xil usulda tugatadi: ❌ “Har ikki yondashuvning ham o‘ziga xos afzalliklari bor. Inson o‘ziga ma’qulini tanlashi mumkin.” Bu — xato yondashuv. Chunki esse oxirida muallifning aniq pozitsiyasi sezilishi kerak. “Ikkalasining ham foydasi bor” deyish esa fikrdan qochishga o‘xshaydi va ballga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Mana, farqiga qarang 👇 🔹 Mavzu: Kitob o‘qishmi yoki internetdan foydalanishmi? ❌ “Har ikkisining ham foydali jihatlari bor. Inson o‘ziga keraklisidan foydalanishi mumkin.” ✅ “Internet tezkor ma’lumot olish imkonini bersa-da, kitob insonni chuqurroq mushohada qilishga undaydi. Shu sababli, bilimni mustahkamlashda kitob mutolaasini ustun qo‘yaman.” 🔹 Mavzu: An’anaviy ta’limmi yoki onlayn ta’limmi? ❌ “Har ikkala ta’lim shaklining ham afzalliklari bor. O‘quvchi o‘ziga qulayini tanlashi mumkin.” ✅ “Onlayn ta’lim qulaylik yaratadi, ammo ta’limda bevosita muloqot va nazorat muhimligini hisobga olsak, an’anaviy ta’limni samaraliroq deb hisoblayman.” 🔹 Mavzu: Yoshlar bo‘sh vaqtini sportgami yoki kitobgami ajratishi kerak? ❌ “Sportning ham, kitobning ham foydasi bor. Har kim o‘z qiziqishiga qarab tanlashi mumkin.” ✅ “Sport jismoniy salomatlikni mustahkamlasa, kitob tafakkurni boyitadi. Biroq yoshning intellektual rivoji nuqtayi nazaridan mutolaani ustun qo‘yish maqsadga muvofiq.” 📌 Demak, xulosada: ❌ “Ikkalasining ham foydasi bor.” ❌ “Inson o‘ziga ma’qulini tanlaydi.” ❌ “Har kim o‘z xohishiga qarab ish tutishi kerak.” o‘rniga: ✅ “Men qaysi fikrni ma’qullayman?” degan savolga aniq javob bering. 🔥 Xulosa — ikki fikrni yarashtirish joyi emas. Xulosa — sizning yakuniy pozitsiyangiz! https://t.me/teacher_Gulshan
✍️ Muhokamali esseda kirish qismini yakunlashning samarali usullari Muhokamali esseda kirish qismi test topshirig'ida berilgan esse vaziyatining mazmunini yoritadi va o'quvchini asosiy muhokamaga olib kiradi. Milliy sertifikat esselarida kirishning yakuniy jumlasi har doim ham shaxsiy pozitsiyani ifodalashi shart emas. U muhokama yo'nalishini belgilovchi tezis vazifasini ham bajarishi mumkin. 🔹 1. Muammoli savol orqali O'quvchini mushohada qilishga undaydi. Namunalar: ❓ Xo'sh, aslida qaysi fikr o'rinli? ❓ Bu masalaga qanday yondashish maqsadga muvofiq? ❓ Mazkur vaziyatga qaysi nuqtayi nazardan qarash to'g'ri bo'ladi? 🔹 2. Dolzarblikni ta'kidlash orqali Muammoning bugungi kundagi ahamiyatini ko'rsatadi. Namunalar: 📌 Ushbu masala bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. 📌 Mazkur muammo jamiyatda keng muhokama qilinmoqda. 📌 Bu mavzu bugungi ta'lim tizimida alohida e'tibor talab etmoqda. 🔹 3. Bahs mavjudligini ko'rsatish orqali Qarama-qarshi fikrlar borligini ifodalaydi. Namunalar: ⚖️ Har ikki yondashuvning o'ziga xos asoslari bor. 🔹 4. Tahlilga yo'naltirish orqali Muammoni chuqurroq ko'rib chiqishga chorlaydi. Namunalar: 🔍 Mazkur masalaga har tomonlama yondashish zarur. 🔍 Ushbu muammoni xolis tahlil qilish muhimdir. 🔍 To'g'ri xulosaga kelish uchun masalani turli nuqtayi nazardan ko'rib chiqish lozim. 🔹 5. Mushohadaga undash orqali o'quvchini keyingi fikrlarga tayyorlaydi. Namunalar: 💭 Bu masala har birimizni o'ylantirishi tabiiy. 💭 Mazkur muammo yuzasidan asosli xulosa chiqarish muhimdir. ✅ Eslab qoling! Kuchli kirish = Esse vaziyatini yoritish + muammoni ochish + muhokama yo'nalishini belgilovchi tezis. Shundagina kirish qismi asosiy qismga mantiqiy va tabiiy o'tish (ko'prik) vazifasini bajaradi. https://t.me/teacher_Gulshan
Muhokamali esseda fikr topa olmayapsizmi? Ko‘pchilik o‘quvchilar: "Ustoz, bitta fikr yozaman, keyin boshqa fikr kelmay qoladi..." deydi. Aslida, yuqori baholanadigan esse bitta fikrni cho‘zib yozish bilan emas, mavzuni turli nuqtayi nazardan yoritish bilan ajralib turadi. Lekin ayrim mavzular borki, haqiqatan bu vaqtda "fikr qochadi". Shunday hollarda men “Zanjirsimon fikr rivojlantirish” usulini tavsiya qilaman. Bu usul faqat fikr umuman kelmay qolgan vaziyatda “yo‘l ochib olish” uchun ishlatiladi. Aslida esa mavzuni turli tomondan yoritish eng to‘g‘ri yondashuvdir. 🟢 Misol Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlar foydalimi? 1-fikr Fikr: Ijtimoiy tarmoqlar bilim olish imkoniyatini kengaytiradi. 1️⃣ Nima uchun? — Chunki ularda bepul darslar, bloglar va foydali kontentlar mavjud. 2️⃣ Misol. — Masalan, ko‘plab o‘quvchilar YouTube, Telegram yoki boshqa platformalar orqali chet tillari va fanlarni o‘rganmoqda. 3️⃣ Tahlil. — Bu esa o‘quvchiga mustaqil o‘rganish va o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini beradi. 4️⃣ Zanjirni davom ettirish savoli. — “Yana qanday salbiy yoki ijobiy tomoni bo‘lishi mumkin?” 💡 Shu savol sizni keyingi fikrga olib chiqadi. 👉 Muhim eslatma: Agar sizda fikrlar oson kelayotgan bo‘lsa, har doim zanjirga yopishib qolmang — mavzuni turli burchaklardan (ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy, axloqiy) yoritish ancha kuchli samara beradi. https://t.me/teacher_Gulshan
#Tundagi o'ylar Biz judayam yaxshi ko'rgan insonlarimizni e'tiborini har qanday yo'l bilan bo'lsa-da, tortish uchun harakat qilamiz. Chiroyli kiyinishimiz, Uni chaqirishimiz, yig'lashimiz va hatto uni yig'latishimiz ham mumkin. Biz yoqtirmagan insonlardan iloji boricha qochishga harakat qilamiz: u bilan uchrashmaslik, gaplashmaslik yo'lini axtaramiz. Kerak bo'lsa, uning xotirasidan butunlay o'chib ketishga hozirmiz. ... O'ylab qolaman, Biz qachonki Allohni eslab qolganimizda , balki, aslida Robbimiz bizni birinchi bo'lib eslar va bizni o'zini eslatish uchun turli insonlar, voqealar ko'rinishida e'tiborimizni tortar? Qalbi qattiq, Allohni tanimagan insonlarga , balki , Alloh ham o'zini tanitishni xohlamas, ularni eshitgisi kelmas? ...
Esse yozishni o'rganayotganlar va o'rgatayotganlar uchun foydali maqola.
без подписи
#Foydali 📝 Esseda Fakt va Fikrning farqi nimada? Ko‘p talabgorlar esseda o‘z shaxsiy qarashlarini (fikr) xuddi isbotlangan dalildagidek (fakt) taqdim etishadi. Bu — eng katta xato! ❇️ FIKR - shaxsiy qarash, subyektiv baho. FAKT(DALIL) - Isbotlangan, hamma tomonidan tan olingan hukm. 🔍 Misollar asosida tahlil: ❌ Fikr: "Samarqand — dunyodagi eng chiroyli shahar." (Chiroylilik nisbiy, subyektiv baho). ✅ Fakt: "Xiva ikki qismdan: Dishan qal’a va Ichan qal’adan iborat." (Geografik manbalar bilan isbotlangan). ❌ Fikr: "Qo‘qon Sharqning durdonasi hisoblanadi." (Badiiy, estetik qarash). ✅ Fakt: "Xiva 2024-yilda islom olamining turistik poytaxti deb e'lon qilingan." (Rasmiy xalqaro qaror). 💡 Esseda qo‘llash (Oltin formula): Esseniz kuchli chiqishi uchun Fikr + Fikr emas, Fikr + Fakt formulasidan foydalaning: ❌ Kuchsiz: Kitob o‘qish foydali (Fikr), chunki u odamni eng zo‘r rivojlantiradigan vosita (Fikr). ✅ Kuchli: Kitob mutolaasi miya faoliyatini yaxshilaydi (Fikr). Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 15 daqiqa mutolaa stressni 68% gacha kamaytiradi (Fakt/Statistika). ⚠️ Xulosa: Har bir yozgan gapingizga "Buni isbotlay olamanmi?" deb savol bering. Faktcheking (fakt tekshiruvi) esseyizga yuqori ball olib keladi! https://t.me/teacher_Gulshan
❗️2026 йил 1 июлдан пенсия, нафақа ва стипендиялар 7 фоизга ошади, 1 сентябрдан бошлаб иш ҳақи ҳам 7 фоизга ошади. Президентимизнинг 2026 йил 23 июндаги ПФ-115-сон Фармонига асосан: 1 июлдан бошлаб (пенсия ва нафақалар — 7%): 👉 Ёшга доир энг кам пенсия — 983 000 сўм 👉 Ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори — 1 083 000 сўм 👉 Болалар нафақаси (3 ёшгача, биринчи фарзанд) — 386 000 сўм 👉 Болалар нафақаси (3-18 ёш, биринчи фарзанд) — 295 000 сўм 👉 Иккинчи фарзанд учун қўшимча — 177 000 сўм 👉 Учинчи ва ундан кейинги ҳар бир фарзанд учун қўшимча — 118 000 сўм 👉 Ижтимоий реестрдаги оилалар учун моддий ёрдам — 450 000 сўм 👉 Пенсияни ҳисоблаш базавий миқдори — 504 000 сўм ❗️ 1 сентябрдан бошлаб Бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи ва стипендиялари ошади 👉 Меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори — 1 360 000 сўм 👉 Базавий ҳисоблаш миқдори — 440 000 сўм Бошқа пенсия ва нафақалар (1-июлдан, иловага мувофиқ): 👉 Урушда ногирон бўлганлар ва қатнашчилари учун — 4 775 000 сўм 👉 Бевосита парвариш/ўзгалар ёрдамига муҳтожлар нафақаси — 878 000 сўм 👉 Боқувчисини йўқотганлик нафақаси (1-аъзо) — 878 000 сўм, ҳар кейинги аъзо учун +290 000 сўм 👉 Кекса ёшдаги, иш стажи бўлмаганлар нафақаси — 878 000 сўм.
BADIIY ASARLAR JAMLANMASI 36 talik yangi badiiy asarlar Aprel oyidan boshlab qoʻshimcha oʻqilishi kerak boʻlgan badiiy asarlarning pdf shakli: 1. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” roman 2. Abdulhamid Cho‘lpon “Kecha va kunduz” roman 3. O‘tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi” roman 4. Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” roman 5. Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” roman 6. Chingiz Aytmatov “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun” roman 7. Mixail Lermontov “Zamonamiz qahramoni” roman 8. Yuy Xua “Yashamoq” roman 9. Onore de Balzak “Sag‘ri teri tilsimi” roman 10. Aleksandr Dyuma “Graf Monte Kristo” (“If qal’asining mahbusi”, 1-kitob) roman 11. Jon Boyn “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” 12. Jonatan Svift “Gulliverning sayohatlari” roman 13. Sadriddin Ayniy “Sudxo‘rning o‘limi” qissa 14. Erkin A’zam “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissa 15. Chingiz Aytmatov “Oq kema” qissa 16. Jorj Oruell “Molxona” qissa 17. Antuan de Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” qissa 18. Sharof Boshbekov “Temir xotin” drama 19. Abdulla Oripov “Ranjkom” dramatik doston 20. Abdulla Qahhor “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”, “Anor” hikoya 21. G‘afur G‘ulom “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoya 22. Odil Yoqubov “Muzqaymoq” hikoya 23. Zulfiya Qurolboy qizi “Tafakkur” hikoya 24. Nazar Eshonqul “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam” hikoya 25. Abduqayum Yo‘ldosh “Puankare” hikoya 26. Jek London “Hayotga muhabbat”, “Oq sukunat” hikoya 27. Nodar Dumbadze “Hellados” hikoya 28. Anton Chexov “Garov”, “Xameleon”, “Semiz va ozg‘in” hikoya 29. Artur Konan Doyl “Mallalar uyushmasi” hikoya 30. Frans Kafka “Evrilish” hikoya 31. Aziz Nesin “Hushtak afandi”, “Adabiyotsevar”, “Alifboning birinchi harfi”, “Demokratiya shunqori”hikoya 32. Abdulhamid Cho‘lpon she’rlar 33. Usmon Nosir she’rlar 34. Abdulla Oripov she’rlar 35. Erkin Vohidov she’rlar 36. Shavkat Rahmon she’rlar https://t.me/EsseNAFISA
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢 ENG SO'NGGI NAMUNADAGI SAVOLLAR JAMLANGAN 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 UCHUN TO'PLAM NASHRDAN CHIQDI!!! 🧠 Majburiy fanlardan ham maksimal natijani qo'lga kiriting va ✅189 ball bilan grant asosida talaba bo'ling! ✅Har bir fandan 🔘700 ta savol 70 ta variantga taqsimlangan. 3 ta fandan 2100 ta mukammal testlar jamlangan. ▪️Mualliflar tajribali repetitor-testologlar: 1️⃣Sardor Islomov (ona tili) 1️⃣Mirsalim To'raxonov (matematika) 1️⃣Hasan Isomov (tarix) 🏆Ushbu kitobning sifatiga namuna orqali baho berishingiz mumkin. 😌KITOBDAN NAMUNA 📪Buyurtma uchun: Telegram Telegram 📞+998940811020 📞+998701352823 🤭 QOYA NASHRIYOTI
2026 йил январь-июнь ойлари тоифа тестлари ўтказилиши режалаштирилаётган жойлар рўйхати: 1. Қорақалпоғистон Республикаси - Педагогик маҳорат маркази (Нукус шаҳри Е.Алакўз кўчаси 54-уй, мўлжал: MEGA NUKUS савдо мажмуаси ёнида); 2. Андижон вилояти - Педагогик маҳорат маркази ( Андижон шаҳар, Истиқлол кўчаси 8-уй, мўлжал: Педагоглар малака малака ошириш институти) 3. Бухоро вилояти - Бухоро шаҳридаги 44-сонли умумий ўрта таълим мактаби (Бухоро шаҳар "Боғишамол кўчаси, 5-уй, мўлжал: Шарқ (олдинги Педагогика коллежи биноси)); 4. Жиззах вилояти - Жиззах шаҳридаги 4-умумтаълим мактаби (Жиззах шаҳар, Кимёгар маҳалласи Тўқимачилар кўчаси 45-уй, мўлжал: вилоят кўз касалликлари шифохонаси); 5. Қашқадарё вилояти - Педагогик маҳорат маркази (манзил: Қарши шаҳар Олимлар кўчаси 2-уй, мўлжал: Қарши давлат университети); 6. Навоий вилояти - Навоий шаҳар Баркамол авлод болалар мактаби (Навоий шаҳар Алоқа кўчаси 6-уй, мўлжал: Навоий савдо маркази (ЦУМ) орқа томонида); 7. Наманган вилояти - Наманган шаҳридаги 15-умумий ўрта таълим мактаби (Наманган шаҳри, Ғишткўприк МФЙ, Уйчи кўчаси, 329-А уй, мўлжал - Чорсу); 8. Самарқанд вилояти - Педагогик маҳорат маркази (Самарқанд шаҳри, Ҳасан Обиддинов кўчаси, 7-уй,) 9. Сирдарё вилояти - Вилоят Баркамол авлод болалар мактаби (Гулистон шаҳар, Шодлик МФЙ, Навоий шоҳ кўчаси 55-уй, мўлжал: Гулистон шаҳар истироҳат боғи); 10. Сурхондарё вилояти - Термиз шаҳридаги 14-умумий ўрта таълим мактаби , (Термиз шаҳар "А.Жомий" МФЙ, Сўфи Оллоёр кўчаси, 4/54-уй.мўлжал: "ТЕРМИЗ-БАҚТРИЯ-САВДО" буюм бозори); 11. Фарғона вилояти - Фарғона шаҳридаги 28-умумий ўрта таълим мактаби (Фарғона шаҳар, “Истиқлол” МФЙ, А.Қодирий кўчаси -13А, мўлжал “Chery” автосалони); 12. Тошкент вилояти - Педагогларнинг билим ва кўникмаларини баҳолаш маркази (Тошкент шаҳри, Беруний кўчаси 83-А-уй, мўлжал: Метронинг "Тинчлик" бекати, "IMZO" фирмасининг эски биноси); 13. Хоразм вилояти - Урганч шаҳридаги 17-сонли умумий ўрта таълим мактаби (Ал-Беруний мактаби) (Урганч шаҳар 4-Юқори боғ маҳалласи Махтумқули кўчаси 229-а-уй, мўлжал Омад тўйхонаси (omad bowling) ёки Урганч шаҳар 4-сон ички ишлар бўлими 14. Тошкент шаҳри - Педагогларнинг билим ва кўникмаларини баҳолаш маркази (Тошкент шаҳри, Беруний кўчаси 83-А-уй, мўлжал: Метронинг "Тинчлик" бекати, "IMZO" фирмасининг эски биноси). P.S ...янги тартибга кўра, тоифа тест синовлар жадвали тест синовлари бошланишидан камида 10 кун олдин эълон қилинади (бугун 25 мартга қадар тест синовлари жадвали эълон қилинмади-демак 5 апрелга қадар синовлар бошланмайди, жадвални эълон қилиш шу ҳафтада режалаштирилаётган экан). Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot
http://my.uzbmb.uz
Milliy sertifikat natijalari chiqa boshladi
Live stream finished (26 minutes)
Ovoz bormi
Darsimizni boshlaymiz
Teeeez