tgindex
➭꯭ꦼ꯭❀꯭ꦿꦷ꯭➤꯭✶꯭̈́̈́̈́̈́̈́𝗮𝄄꯭𝗱𝄄꯭𝗺꯭𝄄꯭𝗶𝄄꯭𝗻𝄄꯭𝗸𝄄꯭𝗮꯭✶꯭꯭̈́̈́̈́̈́̈́➤꯭꯭꯭꯭ꦿꦷ꯭⸙꯭ꦿꦷ꯭🌸꯭

➭꯭ꦼ꯭❀꯭ꦿꦷ꯭➤꯭✶꯭̈́̈́̈́̈́̈́𝗮𝄄꯭𝗱𝄄꯭𝗺꯭𝄄꯭𝗶𝄄꯭𝗻𝄄꯭𝗸𝄄꯭𝗮꯭✶꯭꯭̈́̈́̈́̈́̈́➤꯭꯭꯭꯭ꦿꦷ꯭⸙꯭ꦿꦷ꯭🌸꯭

Статистика
@telbaaamankuuuuузбекский

O'lim nima, hech qaytmaydigan tatil... Sevgi nima, yosh tanlamaydigan qotil....

Последний пост
15 нояб.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
16
17 постов
Вовлечённость
1600,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • https://t.me/z777da

  • без подписи

  • без подписи

  • Channel photo updated

  • 18 апр. 2025 г.29из sherlari_sevgi

    Armon unga yarashmagan, Muhtoj payti qarashmagan. Ko'rib turib so'rashmagan, Yuragimga qiyin bo'ldi. Qora zulmat tuni bordir, Osmon bulut kuni bordir. Ko'mirning kukuni bordir, Yuragimga qiyin bo'ldi. Yonib turgan cho'qqa tashlar, Bosh og'risa boshni qashlar. Ko'rsatmaydi ko'zdan yoshlar, Yuragimga qiyin bo'ldi. Sog'lik tilab quymaydilar, Borin shilib tuymaydilar. Bir pichoqsiz so'ymaydilar, Yuragimga qiyin bo'ldi. Quyon rasmin chizib ketgan, Qop-qop vad'a tizib ketgan. Yolg'izlikdan bezib ketgan, Yuragimga qiyin bo'ldi. Yaxshi yomon ko'rsa kular, Hijron sabab bag'ri so'lar. Somsa yemay pulin to'lar, Yuragimga qiyin bo'ldi. Boymirzayev Eshmamat Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 18 апр. 2025 г.25из sherlari_sevgi

    Uzrnoma ... (Aka nomidan) Gʻiybatchilar soʻzlari yolgʻon, Senga boʻlgan hislari yolgʻon, Bu taqdirning ishlari yolgʻon, Menga juda keraksan ukam! Koʻzim nuri, suyanchim oʻzing, Togʻim oʻzing, tayanchim oʻzing, Gʻamga botsam yupanchim oʻzing, Menga juda keraksan ukam! Mendan oʻtdi, ming bora uzr, Shunday oʻtar besh kunlik umr, Borlingga ming bora shukur! Menga juda keraksan ukam! Qurshasa ham muommo, gʻavgʻo, Zumda tersga aylansa dunyo, Yiroqlashib ketmaylik aslo, Menga juda keraksan ukam! Mahzun oʻtar, fayzsiz tunim bor, Turfa azob totgan kunim bor, Sendan boshqa ahir kimim bor? Menga juda keraksan ukam! Borliging: baxt, hayotim naqshi, Aslo, zinhor boʻlmaylik qarshi, Shuni bilib qoʻyganing yaxshi, Menga juda keraksan ukam! Jon jigarim-jonim jigarim, Degin bir bor: "kechirdim akam!" Erkatoyim, oʻjar, qaysarim, Menga juda keraksan ukam! ✍ Mumtozbegim Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 18 апр. 2025 г.22из sherlari_sevgi

    "Bir vaqtlar yurak yurakka so‘zlardi..." Bir vaqtlar yurak yurakka so‘zlardi, Qalblar sukunatda, dard-la ingrardi. Yorni sog‘inib yozilardi doim maktub, Hayot emas, ularga sevgi edi matlub. Qog‘ozda emasdi sevgining satrlari, U yurakdan o‘qilar, bo‘lmasdi xatolari. Yo‘q soxta kulgilar, emoji-yu filtrlar, Asl muhabbat deyilar bular. Endi esa dillar virtual sevgiga ko‘chgan, Yuzlar sun’iy — hislar ko‘ngildan o‘chgan. Sevgi ham trend bo‘lar vaqtincha, Shu sevgimi, do‘stim, seningcha?. Avvalgi kechalar – yorni sog‘inardi dillar, Bezakli emasdi qo‘ldagi gullar. Mahbubin yuzing ko‘rmay baxtli edi ular, Maktubin kutib, o‘rtanar edi ko‘ngillar. Sog‘inch nima? – faqat statusdagi ibora, Ishq – layklar orasida g‘arib qarar na chora. Yozilmas endi yurakdan satrlar Yorga, Muhabbat ham o‘ralgan o‘shal yolg‘onlarga. © Maʼsumiy Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 17 апр. 2025 г.19из sherlari_sevgi

    GURUPPAMIZGA YOZMAGANNI TELEFONI SINIB QOLSIN.😉😉 Kuzatasiz bir chekkada habarlarni yotvolib. Ovozli habarlarga birma bir quloq solib. Pittichkani bilmaydi deb oʻylamang oʻyga tolib. Guruppamizga yozmaganni telefoni sinib qolsin.😉 Oʻqib qoʻyib baho bermay chiqib ketasiz asta. Huddi qoʻllar tolgandayin koʻrsatib oʻzni hasta. Allaqachon bilamanku boʻlib, ketgansiz usta. Guruppamizga yozmaganni telefoni sinib qolsin.😉 Yoningizga borib qolsam bilardimku bir oʻzim. Biroz gina olisdasiz tusholmaydida izim. Aytib qoʻyay achchigʻimdan ohirgi sizga soʻzim. Guruppamizga yozmaganni telefoni sinib qolsin.😉 Kantaktlarning boshidanku egallagansiz joyni. Bir ikkida yozib qoʻyib koʻrsatgandek yo oyni. Jim o'qiysiz javob yozmay orada hoʻplab choyni. Guruppamizga yozmaganni telefoni sinib qolsin.😉 Yozmaganlar hafa boʻlish yoʻq😊😉 Hulkaroy Hojamovna ✍✍ Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 17 апр. 2025 г.15из sherlari_sevgi

    ​QOʻLIMDAN TUTINGG-U QOʻYIB YUBORMANG Bilmadim bir kuni ketarsiz tashlab Mexrga muhtoj bir qalbimni gʻashlab. Qolarman azobdan koʻzlarim yoshlab Qoʻlimdan tutingu qoʻyib yubormang. Sizga devonavor oshiq boʻlganman. Siz deya osmonning oyi boʻlganman Siz deya quvonib baxtga toʻlganman Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang Kecharman dunyoning dunyolaridan. Kecharman koʻnglimning riyolaridan. Azizsiz men uchun ziyolaridan. Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang. Kezaman chamanzor bogʻlar tomonga. Davosiz dardimsiz bir bedavoga. Yoqasiz sevgilim mendek yomonga. Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang Chorasiz qolaman sizsiz dunyoda. Topolmasman axir sizdan ziyoda. Shaxmatda shohimsiz men bir piyoda. Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang. Sizsiz ayting kimman ayting-chi kimman. Qadamlar ostida qolib ketaman. Kaftlarga olinib boʻlaman yakson. Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang. Togʻlardan balanddur boshim siz bilan. Dengizlar mavj urar oyoq ostimdan. Sevaman bilsangiz ortiqroq jondan. Qoʻlimdan tutingg-u qoʻyib yubormang. ✍ SHOIRAGINAM Sevara Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 17 апр. 2025 г.15из sherlari_sevgi

    Koʻzlarim tubiga, ikki soʻz yozdim, Yumsam tushlarimda oʻqirmisiz, deb Shunchaki sogʻinchning rasmini chizdim, Yigʻloqi suratni tanirmisiz, deb ! Qancha yozganlarim, tushlarda uchdi, Qanchasi ucholmay qanoti siniq. Meni ayriliqning panjasi quchdi, Bir kuni oʻzim ham sinishim aniq ! Siz esa beparvo, yoʻlingiz ravon, Men esa koʻzlarim ochmayman, qoʻrqib. Yozgan sirlarimni koʻrmasin armon, -Deya, yashiraman ertaklar toʻqib ! Sogʻindim azizam", shu yozuv xolos, Nahot koʻzlarimni, hech oʻqimaysiz. Qolgani dilimda solmoqda uvvos, Na koʻzim, na dilim sirin bilmaysiz ! Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • ENDI OʻZIM UCHUN YASHAMOQCHIMAN. Qancha vaqt oʻtmadi oradan deysiz. Koʻnib keldim biron etiroz soʻzsiz. Hayot neligini qilginumcha his. Endi oʻzim uchun yashamoqchiman. Koʻngil gulshanimga oralamang yo'q Avvalgidek bermang bemalol buyruq. Mayli qancha yomon koʻring,uring doʻq. Endi oʻzim uchun yashamoqchiman. Yangidan oʻzimning qurib olamim. Kuchim etganicha yopib har kamim. Bor o'zimdan oʻtgan bitta alamim. Endi oʻzim uchun yashamoqchiman. Siz bor ko'chalardan aylanib oʻtgum. Boʻysinish odatim bas etib ketgum. Ortiq gapirmang yoʻq ogʻiz ochmang jim. Endi oʻzim uchun yashamoqchiman. Yashadim siz tuzgan olamda mana. Orada beminnat orada tana. Mensiz yashang sizga bu olam ana. Endi oʻzim uchun yashamoqchiman. Hulkaroy Hojamovna ✍ Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • Channel name was changed to «ㅤㅤ🌚➤❤️‍🔥𝙨𝞸𝟀𝞽𝞪𝙨𝞲𝙯𝙡𝞪𝙧🫵🥀ོ»

  • 16 апр. 2025 г.12из sherlari_sevgi

    Unutmogʻim qiyin  seni baribir ... Surating qoʻlimda hamon tursa ham, Koʻnglim yorishmaydi  yuzim  kulsa ham, Jim ketmoq qanchalik azob  boʻlsa ham, Unutmogʻim qiyin seni baribir. Xasta qalbim tingla xasratlarini, Alamli qalamim dard baytlarini, Tinglagin qalbimning soʻroqlarini, Unutmogʻim qiyin seni baribir. Nayning navosida nola qilib dil, Qogʻozga dardini yozadi koʻngil, Tilimda javobsiz savollar  tugun, Unutmogʻim qiyin seni baribir. Bilgin  yuragimda yotgan nolamsan, Har yurgan  yoʻlimda turgan  soyamsan, Men uchun yetishmas boʻlgan orzusan, Unutmogʻim qiyin  seni baribir. SOHIBA QURBONOVA FAYZULLAYEVNA QASHQADARYO ✍ Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 16 апр. 2025 г.11из sherlari_sevgi

    Hayajonga soldi Taqdirning shashti. Sukutlar tengma teng Koʻrildi baham. Men seni uchratdim. Koʻzlar toʻqnashdi. Jiddiy boʻlolmadik. Kulvordim men ham. Kutilmagan holat. Boʻldi kutmasdan. Oʻziga xos nahot Bu rasm-rusum. Sen esa boshingni Yerdan uzmasdan. Qizarib ketgancha Qilding tabassum. Soʻng ancha oʻylanding. Men berdim dalda. Bizni  birlashtirdi. Kulgu va yigʻi. Endi soʻrab koʻrsam Asli hammada Shunday boshlanarkan Sevgi tarixi. ✍Faxriyor Baxtiyorov Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 16 апр. 2025 г.11из sherlari_sevgi

    Sizga yuragimni berdim bus butun, Tomirda olovlar oqdi siz uchun, Tutun, ohlarimdan chiqmoqda tutun, Menga nima qoldi endi azizim?! Koʻrsangiz na holim, na majolim bor, Bu ishqda na iqbol, na kamolim bor, Sevmasangiz rostin aytmaysizmi, yor, Menga nima qoldi endi azizim?! Siz bilan bezandi borki orzular, Oq, pushti ranglarga belandi ular, Sizga bandi boʻldi ilhaq tuygʻular, Menga nima qoldi endi azizim?! Koʻzlar yoʻlingizga mixlandi, qoldi, Yurak mehringizni tilanib toldi, Sogʻinchlar tanamdan jonimni oldi, Menga nima qoldi endi azizim?! Hatto koʻnglim mendan kechdi bemalol, Osmonim tark etdi tunlari Hilol, Sizga bitta savol, birgina savol, Menga nima qoldi endi azizim?! Malika Tavfiq Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 15 апр. 2025 г.14из sherlari_sevgi

    MENDAYIN SEVOLMAS Qalbini ochib u, aytsa ham sekin, Tushunib men kabi, boʻlolmas balkim. Chin dildan sevdim men,- desa ham lekin, Mendayin sevolmas, bilib qoʻy hech kim. Men seni sabrda indamay kutdim, Kamchilik koʻrsam jim, koʻzim yumdim, Ming azob tortsamda, oʻzimdan topdim, Mendayin sevolmas, bilib qoʻy hech kim. Ishonib ketding sen, tinglamay dodim, Samoga yetibdi mening faryodim, Koʻp oʻtmay keldingku, dedingku jonim, Mendayin sevolmas, bilib qoʻy hech kim. Koʻpni koʻrdingmi, taqadimi niqob? Pushaymon yedingmi, eshitganda lob? Zarbalar ortidan berdimi javob? Mendayin sevolmas, bilib qoʻy hech kim. Olislab ketmagin mendan uzoqqa, Yuragim chidolmas dardli titroqqa, Avaylab asragin bundan buyoqqa, Mendayin sevolmas, bilib qoʻy hech kim. ✍ Solihabegim Dilafuruz Shahrixoniy Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 15 апр. 2025 г.14из sherlari_sevgi

    GUNOH BOʻLSA Gunoh boʻlsa muhabbat, Gar sevmoq aybdan darak. Gunohkor oʻzim faqat, Aybdor ham oʻzim demak. Yorni qoʻying oʻzimga, Chehrasi quyosh-oyli. Hammadan ham koʻzimga - Koʻrinadi chiroyli. Gunoh boʻlsa, meniki, Hech oʻzimdan ortmaydi. Hech kim boshqa hechkimni Gunoh sari tortmaydi. Yorni koʻring, oh, yorni, Qomatlari kelishgan. Usiz dilda ozorni, Farishtalar bilishgan. Gunoh boʻlsa, meniki, Boʻlishmayman gunohim. Hamma boʻlsa begunoh, Demak yoʻqdir panohim. Yorga qarang, yor yaxshi, Nazokatli, mehribon. Mehri hayotim naqshi, Sevgisi jonimga jon. Gunoh boʻlsa, meniki, Boʻlmang bezovta aslo. Sevsam, bir sevibmanda, Kechirguvchi bor Xudo! BOBUR BOBOMUROD 9.4.2025. 22:44. Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • 15 апр. 2025 г.16из sherlari_sevgi

    Birov bilan bitsa ishing. Sen qorasan u oppoq bo‘lar, Gar ortingda bo‘lmasa kishing. Kuta-kuta toqat toq bo‘lar, Birov bilan bitsa gar ishing. Zarda chiqar aytar so‘zidan. Yurasan ko‘p rosa izidan. Yasab olar shohni o‘zidan, Birov bilan bitsa gar ishing. Uni ber der, yana buni ber. Bermasang der, bor toshingni ter. Ana keldim, mana keldim der, Birov bilan bitsa gar ishing. Puch yong‘oqni soladi rosa. So‘ng o‘zini oladi rosa. Charchaysan ko‘p o‘zingni bosa, Birov bilan bitsa gar ishing. Rejalaring bo‘ziladi ko‘p. Bir kun yildek cho‘ziladi ko‘p. Asab tolang o‘ziladi ko‘p, Birov bilan bitsa gar ishing. Baholaydi o‘zin narxida. Sanar pulni faqat naqtida. Ishing bitmas sira vaqtida, Birov bilan bitsa gar ishing. ✍ Sobitjon Eshtemirov. 14.04.2025. Telegram.me/Sherlari_Sevgi

  • Channel name was changed to «𝝤𝐒𝐌𝝾𝝶»

  • Channel name was changed to «𝑰𝒎𝒑𝒓𝒕𝒏𝒊 𝒃𝒐𝒎𝒊𝒔𝒉»