6-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
СтатистикаTermiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining axborot markazi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 149
- 1/48двое суток
- 170
- 1/72трое суток
- 184
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Mustaqilligimizning 35 yilligi: Maktabimizda bayram shukuhi! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Mustaqilligimizning 35 yilligi: Maktabimizda bayram shukuhi! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | Katta hayot sari ilk qadam! Bugun Termiz shahar 6-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida ta'limi rus tilida olib boriladigan 1-sinfga qabul qilinayotgan jajji bilimdonlar bilan suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida jajji bilimdonlarning maktab hayotiga tayyorgarligi, muloqot ko‘nikmalari va qiziqishlari bilan yaqindan tanishildi. Har bir bolaning porloq kelajagi, ishonchli qadami va ilk taassurotlari biz uchun muhim. Termiz shahar 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinflarga qabul davom etmoqda! Malakali ustozlar, zamonaviy ta'lim muhiti va farzandingizning porloq kelajagi uchun barcha imkoniyatlar sizni kutmoqda. Bugun murojaat qiling! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | 1-avgustdan farzandini mikrohududdan tashqaridagi maktabga bermoqchi bo‘lganlar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda birinchi bosqichda topshirilgan arizani bekor qilish shart emas. Ikkinchi bosqich uchun my.gov.uz portalidagi “1-sinfga qabul” (https://my.gov.uz/uz/service/797) xizmati orqali yangi ariza yuborish kerak yoki my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Ta'lim tili: O'zbek va Rus tilida. Buning uchun ariza topshirishda “Ariza topshirishning hududiy darajasi” maydonida “Tuman doirasida qabul” bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi, bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi. Yangi ariza tasdiqlansa, tizim maktabga hujjat topshirish sanasini avtomatik belgilaydi va bu haqda xabarnoma yuboradi. Shundan keyin ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borishi lozim. •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | Bilim sari birinchi qadamni biz bilan qo‘ying! Termiz shahar 6-sonli maktabining 1-sinflariga qabul davom etmoqda. 1-sinfga 2019-yilda tug'ilgan bolalar qabul qilinadi. Maktabimizda: malakali va tajribali pedagoglar; zamonaviy sinfxonalar; axborot texnologiyalariga boy ta'lim muhiti; chet tillari va fanlarni chuqur o‘rganish; sport va ijodiy to‘garaklar; har bir bolaning qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim tizimi mavjud. Biz bilan farzandingiz bilimli, odobli va Vatanga sadoqatli inson bo‘lib voyaga yetadi. Qabul jarayoni my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Ta'lim tili: O'zbek va Rus tilida. Kelajagingiz shu yerdan boshlanadi! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | 👨🎓Termiz davlat universiteti imkoniyatlar beshigi… O‘zbek filologiyasi fakulteti 2015-yilda Filologiya fakultetidan (xorijiy filologiya, rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi) ajralib, alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 52 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 3 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va PhD hisoblanadi. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lsa, 16 nafari katta o‘qituvchi va 22 nafari o‘qituvchi sanaladi. Fakultet faoliyati haqida maktabimiz o'quvchisi Qarshiyeva Muharram Shuxrat qizi ma'lumot berdi. #kun_hikmati “Har bir yangi kun – o‘zingizning eng yaxshi talqiningizni yaratish uchun berilgan yangi imkoniyatdir." ✍️ Roy T. Bennett •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi | Farzandingiz zamonaviy va sifatli ta'lim olishini istaysizmi? Unda, Termiz shahar 6-sonli maktabining 1-sinflariga qabul boshlandi. 1-sinfga 2019-yilda tug'ilgan bolalar qabul qilinadi. Qabul jarayoni my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Ta'lim tili: O'zbek va Rus tilida. Yorqin kelajak sari qadam tashlang! •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈• Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | ✨✨✨✨✨🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 🏛Termiz davlat universiteti imkoniyatlar beshigi… Qabul tugashiga 1 kun qoldi. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi. Mazkur natijalar Termiz davlat universitetining xalqaro reytinglardagi mavqei tobora mustahkamlanib borayotganini, shuningdek, ilm-fan, innovatsiyalar va barqaror taraqqiyot sohalarida izchil faoliyat yuritayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. ✅To'g'ri tanlovda adashmang! *Mazkur lavha Termiz davlat universitetining rasmiy sahifasidan olingan. ➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | ❤️ 😄 🏖️🏖️ Yozgi ta’til kunlarida “Kelajak” markazlari faoliyati yanada qizg‘in davom etmoqda. 🏖️🏖️ Maktabda faoliyat yuritayotgan to'garaklar hamda yozgi bolalar sog'lomlashtirish oromgohi haqida lavha. Loyiha muallifi: Maktab maslahatchisi Choriyeva Ra'no Boymamat qizi. 🟦🟦🟦🟦 🔤 Imkoniyat kutma — uni o‘zing yarat. ✏️ Jorj Bernard Shou ➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | 🎬🎬🎬🎬🎬🎬🎬 9–11-sinf o‘quvchilarining elektron shahodatnomasini yuklab olish bo‘yicha yo‘riqnoma! Hurmatli ota-onalar va bitiruvchilar! 9–11-sinf bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini belgilangan tartibda yuklab olishlari mumkin. Mazkur ma’lumotni barcha mahalla guruhlari, sinf guruhlari hamda ota-onalar chatlariga yuborishingizni so‘raymiz. Elektron shahodatnoma rasmiy hujjat hisoblanib, keyingi ta’lim bosqichlariga hujjat topshirish jarayonlarida zarur bo‘lishi mumkin. ✅ Shahodatnomani o‘z vaqtida yuklab olib, saqlab qo‘ying. ➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | ✍️✍️✍️✍️✍️ "Vatan tayanchi" otryadining faol a’zolari rag‘batlantirildi Surxondaryo viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida umumta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadi faol a’zolariga imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i Mirsaid Shukurov, harbiy prokuratura, mudofaa ishlari organlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faol yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirda mamlakatimizda yosh avlodning bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, "Vatan tayanchi" harakati yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Imtiyozli tavsiyanomalar o‘qishdagi yuqori natijalari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, intizomi va harbiy-vatanparvarlik tadbirlaridagi namunaviy ishtiroki bilan ajralib turgan o‘quvchilarga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida yoshlarga kelgusida ham Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilishlariga ishonch bildirildi. ➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Termiz shahar 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi | ✍️✍️✍️✍️✍️ Umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrug'iga asosan 2025-2026-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish belgilangan. Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 2-iyun kunidan 11-sinf bitiruvchilari uchun umumtaʼlim fanlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartib va koʻrsatmalar asosida yuqori saviyada boshlandi. Barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilarimizga omad tilab qolamiz. ➖➖➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦 Yurakdan chiqqan bir so‘z — ming dardga da'vodir! ➖➖➖➖ 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Termiz shahar 6-sonli maktabning axborot xizmati.
без подписи