tgindex
Xamidullo Xudoyberdiyev

Xamidullo Xudoyberdiyev

Статистика
Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
110
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
 
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
131
5 постов
Вовлечённость
119,1%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 24
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • Yaqinda bizdayam shunaqa o’ziga xos «apokalips» bo’ladi. Uje boshlandi desayam bo’ladi. 2 marta duch keldik shunaqa ishga. «Ai-Strateg», «Ai-Expert» lar «biznesni avtomatlashtiramiz» deb hamma narsani «24/7» uxlamaydigan «xodimlariga» topshirishadi, yoki topshirishni o’rgatishadi. Natijalar biznes uchun shunchaki halokatli bo’lishi, yoki o’ta darajada katta summaga tushishi mumkinligi haqida ogohlantiryapti «birad». Video ikkita tilda, ikkinchisini avto-dubbing qilib ko'rdim o’zbekchaga ) @aimastava

  • https://nontechnical.dev

  • 8 авг.из ShukhratbekDev

    Skill.md ni endi o'qitsa bo'ladi Skill.md - odam tomonidan qo'lda yoziladi va ko'pincha o'zgaradi, u haqattan ham to'g'ri natija beryaptimi yoki boshqa joyini buzdimi? uni aniqlash qiyinroq. Microsoft Research jamoasi bunga yechim sifatida neyron tarmoqlarni oʻqitish (training) metodologiyasini oddiy text fayllarga olib kiribdi va SkillOpt freymvorkini taqdim etibdi. SkillOpt qanday ishlaydi? Tizim til modelining (LLM) oʻzini oʻzgartirmaydi (vaznlarga weights tegmaydi). U model boshqaradigan koʻrsatmalar matnini (skill.md) xuddi neyron tarmoq kabi oʻqitadi: 1. Rollout (Sinov va Ijro): Agent joriy promt (skill) yordamida berilgan vazifalarni bajarib ko'radi. Barcha muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz urinishlar (trajektoriyalar) va ularning natijalari tizim tomonidan yozib boriladi. 2. Reflect (Tahlil va Mulohaza): Maxsus optimizer-LLM ishga tushadi. U muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bo'lgan natijalar partiyasini (minibatches) sinchiklab tahlil qiladi va qaysi so'zlar yoki usullar foyda berganini, qaysilari esa agentni adashtirganini aniqlaydi. 3. Edit (Tahrirlash va Filtr): Tizim matn ichiga yangi qoidalar qo'shish (add), eskilarni o'chirish (delete) yoki almashtirish (replace) operatsiyalarini tayyorlaydi. Belgilangan o'zgarishlar limiti (budget) doirasida eng yaxshi o'zgartirish variantlari birlashtiriladi va reytinglanadi. 4. Gate (Tekshiruv): Yangi tayyorlangan promt darhol production'ga chiqarilmaydi. U alohida tekshiruv testidan (held-out selection) o'tkaziladi. Agar yangi promt agentning umumiy aniqligini oshirsa — saqlab qolinadi, aks holda rad etilib, eski barqaror versiyaga qaytiladi. Batafsil

  • https://youtu.be/uWnUnMphmPM?si=sAaPrkHAPosmaOym

  • 26 июл.из mitcuz

    📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; O‘qish davri uchun: – bir mahal issiq ovqat; – rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi. Moddiy texnik ta’minot: – noutbuk; – internet ; – online darsliklar; – amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: “Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi. 🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi. 🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat. 1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring! 2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.) Hujjatlar ro‘yxati: ⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ⏺ Transkript (GPA); ⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis); ⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin): ⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa); ⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari). 💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim. 👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari 📞 +998 90 177 20 22 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

  • 24 июл.из pro_aim

    https://www.youtube.com/watch?v=0F5zG1RQ4Ig Yaramas juda zo'r maslahat beribdi ko'rilar. Bu yerda man o'zimga olgan xulosalarim: 1. Orqada qolib ketvomman deb ko'pam siqilish kerak emas. Har kuni nimadir o'rgandimi kichik yutuq bormi kifoya! 2. Work-life balance ushlashni har doim o'rganish kerak! Ayniqssa nimadir qiziqib o'rganish yoki yaraish davrida fokus 10000% brilganda ham. Manda ham shu muammo bor. Ko'pincha uyda bo'lsamam hayolan kompyuter oldida o'tirgandek nimadirlarni hal qilib yuraman. Xozir esa Claudeni mobile appi chiqib voobshe telimga bog'lanib qoldim. Shunga Youtube ham kam ko'rvomman =) 3. AI va boshqa yangiliklarni o'rganish kerak lekin mukkasidan ketish kerak emas =) 4. Bu hayot sizga 1 marta beriladi =) Sizchi nima xulosa oldiz?

  • 24 июл.из shakhriyorergashev

    https://telegra.ph/Claude-Codeni-tolaqonli-dasturchilar-jamoasiga-aylantiring-05-15

  • https://x.com/i/status/2014772559863283852

  • https://www.youtube.com/watch?v=m-f56P_L660

  • 🚀 TypeScript 7.0: Go tili evaziga 12x tezlik! Microsoft TypeScriptni 7.0 versiyasini chiqardi. - Kompilyator butunlay Go-da qayta yozildi. - Katta loyihalarni yig'ish 8-12 marta tezlashdi (masalan, VS Code'da build vaqti 125 soniyadan 10 soniyaga tushdi). - Koddagi xatoni aniqlash 13x tezroq (1.3 soniya). - Operativ xotira sarfi 26% gacha kamaydi. Qisqasi, TypeScript endi daxshat tez! 😁 Shu joyiga savol tug'iladi. Hamma koyda Rust ni hayp qilishayotgan vaqtda, bular nega Go ni tanlashdi ekan? #typescript #golang

  • Bu shu yerda turib tursin

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    10-xulosa: IT industriyasi "xaos" (tartibsizlik) ichida "Bugungi kunda soha holatini bir jumla bilan qanday ta'riflagan bo'lardingiz?" degan savol berildi. Eng ko'p tilga olingan umumiy javob "xaos" boʻldi. Har 10 kishidan 3 nafari o'z javoblarida o'zgarish, xaotik, noaniq, beqaror va doimiy harakatda kabi so'zlardan foydalangan.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    9-xulosa: Menejerlar hali ham baxt darajasini belgilovchi faktor Menejerning samaradorligi burnout (kuchli toliqish) darajasiga ta'sir qiluvchi eng kuchli omil. Kuchli va o'z ishining ustasi bo'lgan rahbar qo'l ostida ishlash xodimlarning ruhiy holatiga keskin ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Samarali rahbar bilan ishlaydigan xodimlarning oʻz ishidan zavqlanish darajasi taxminan 65% ga yuqori, charchash (burnout) koʻrsatkichi esa ancha past.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    8-xulosa: Startap asoschilari eng baxtlilar, kichik kompaniyalar esa eng yaxshi ish joyi Startap asoschilari (Founders) eng baxtli qatlam, kichik kompaniyalar esa yiriklariga qaraganda qulay ish joyi bo'lib qolmoqda. Asoschilar va top-menejerlar deyarli barcha ko'rsatkichlar boʻyicha yuqori o'rinda: ularda optimizm darajasi va ishdan zavqlanish eng yuqori, burnout va ishdan bo'shatilish xavotiri esa eng past. Asosiy sabab - egalik hissi (ownership) Kompaniya qanchalik katta bo'lsa, xodimlarning ruhiy salomatligi, kelajakka ishonchi va ishdan mamnunligi shunchalik yomonlashib boradi. Kichik jamoalarda odamlar ko'proq erkinlikka ega va AIdan samaraliroq foydalanishmoqda. Yirik kompaniyalarda esa, aksincha.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    7-xulosa: Dizayner va tadqiqotchilar eng katta xavotirda Dizaynerlar va tadqiqotchilar (Researchers) AI keltirib chiqargan xavotirlarning eng markazida turishibdi, kompaniya asoschilari (Founders) va top-menejerlar (Executives) oʻzlarini eng qulay va xotirjam his qilayotganlar.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    6-xulosa: Deyarli barchada ikki xil tuyg'u (Ambivalent) Xodimlar orasida eng ko'p kuzatilgan holat, bu bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy hislarni tuyish, ya'ni kuchli ikkilanishdir.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    5-xulosa: Asosiy qo'rquv - ish hajmining haddan tashqari ortib ketishi (Overworked) Eng ko'p tashvishga solayotgan narsa - AI sababli ish unumdorligi talabi (bar) o'sishi, lekin buning evaziga oylik maosh oʻzgarmasdan, shunchaki yanada ko'proq mehnat talab qilinishi. Xodimlar ishning yanada tezroq, qiyinroq va arzonroq bo'lib ketishidan xavotirda. Xodimlar AIdan bo'shagan vaqt evaziga dam olishmayapti, aksincha, ularga yanada ko'proq vazifa yuklashmoqda.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    4-xulosa: Samaradorlik oshgan, lekin sifat emas AI xodimlarining ish tezligi va samaradorligini keskin oshirgan boʻlsa-da, yakuniy mahsulot sifatini yaxshiladi degani emas. Samaradorlik ortishi ortidan insoniy tafakkur va intellektual qobiliyatlarning zaiflashishi kuzatilmoqda. Xodimlar endi mustaqil fikrlash hamda muammolarga chuqur yechim izlash o'rniga, shunchaki AIdan kelgan tayyor javoblarga tayanib qolmoqda.

  • 13 июл.из ulugbeksamigjonov

    3-xulosa: Mutaxassislari o‘z kasblarini tavsiya etishmayapti Xodimlarining yarmidan ko'pi sohaga yangi kirib kelayotganlarga o'zlari tanlagan yo'ldan ketmaslikni maslahat bermoqda. Tajribaga ega, aloqalarni yo'lga qo'yib olganlar sohada qolib, eplab ketishga ishonmoqda. Lekin orqadan kelayotganlarga esa qiyin bo'lishini tahmin qilishmoqda. - - - - - - - - Shaxsan o'zim hali ham sohani tavsiya qilaman. Sohaga kirishning eng yaxshi, va eng yomon payti ham hozir. Faqatgina qanday yondashishga bog'liq.