- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📍Seoul central mosque.
Ba’zan kulib, ba’zan yeg’layman Senla o’tkan kunlarim eslab, Do’stim seni quchmoq istayman Kulib turgan yuzlaring istab.
Bugun juma. Payg‘ambarimiz ﷺ ga salovatni ko‘paytiring. ٱللَّٰهُمَّ صَلِّ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَعَلَىٰ آلِ مُحَمَّدٍ وَسَلِّم “Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad”.
без подписи
Lahzalardan lazzatlanib yashang. Hayot aynan shu lahzalarning o‘zi.
- Sevmoq goʻzalmi yoki sevilmoq? - Sevganing goʻzal boʻlsa sevmoq-da, sevilmoq-da goʻzal…
Yaqin insonim aytgan edi: har kimning o‘z bekati bor. Hayot yo‘lida kimdir sen bilan uzoq yuradi, kimdir esa qisqa masofada tushib qoladi. Ba’zilar qiyinchilikda yoningda bo‘ladi, ba’zilar esa aynan yorug‘ kunlarda ketadi. Yana shundaylari ham borki, borchilikda kelib, yo‘qchilikda yo‘q bo‘lib qoladi. Aslida esa har bir inson bekorga uchramaydi. Ular yo‘lingdan o‘tib, senga bir saboq berib ketadi. Muhimi — kim ketgani emas, balki u senga nimani o‘rgatgani. Shu sabab, hayotda odamlarni emas, ularning saboqlarini eslab qolish kerak. Chunki bunday darslar har doim ham berilavermaydi. Ular kelganda anglab, tafakkur qilib, yaxshiliklarini olib qolish — eng katta donolikdir.
без подписи
with her🍚
Har inson - tortgan azobini, eng og’iri deb o’ylaydi.
без подписи
без подписи
без подписи
Ha… juda go'zal - osmonning salobati, tog‘larning haybati va yam-yashil dalalar bir-biriga qo‘shilib, odamni beixtiyor tafakkurga chorlaydi. Insonning so‘zlari ojiz qoladi. Shunchaki qaraysiz - va aytasiz: Robbimiz naqadar chevar Zot… Biz go‘zallik deb atayotgan narsalarimiz - Uning yaratganlaridan birgina manzara, xolos. Bir qarashning o‘zi ham U Zotning qudrati haqida shunchalar ko‘p narsani aytib turibdi. Ar-Rahmon surasi, 13-oyat: فَبِأَيِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ “Bas, Rabbingizning qaysi ne’matlarini inkor etasizlar?”
Yoshlikda odatlansang, qariguncha ko‘nikasan. Qariganda odatlansang, ko‘nikkuncha ko‘milasan.
Noto'g'ri ulovda qancha uzoqqa ketib qolsang, uyga qaytish shuncha qimmatga tushadi…
Chiroyli gaplarni o‘qib, bir muddat ruhlanish mumkin. Ammo hayot faqat ruhlanish bilan o‘zgarmaydi. O‘ylash kerak, reja qilish kerak, lekin eng muhimi harakat. Natijani esa o‘zingizga yuklab olmang. Qo‘lingizdan kelganini qiling, sabablarini tuting, halol yo‘lda boring va qolganini Allohga tavakkul qiling. Chunki bizdan natija emas, harakat so‘ralgan. Bugun yana bir motivatsion gap izlashdan ko‘ra, kecha ortga surgan ishingizni boshlang. Bir qadam bo‘lsa ham. Tadbir bizdan, taqdir Allohdan…
Balki sening eng katta “yo‘qotishing” — aslida eng katta najotingdir. Insonning g‘alati tomoni shundaki, u o‘ziga nima kerakligini juda yaxshi bilganday yashaydi. Shu inson bo‘lsa… Shu eshik ochilsa… Shu ish amalga oshsa… Shu duoyim ijobat bo‘lsa… Va biz xohlagan narsamizni baxtimizning sharti qilib qo‘yamiz. Keyin esa u kelmaydi. Bir eshik yopiladi. Bir inson ketadi. Bir reja buziladi. Bir necha yil kutgan narsang bir zumda qo‘lingdan chiqib ketadi. Sen esa o‘sha paytda buni faqat yo‘qotish deb bilasan. Chunki inson hozirni ko‘radi, Alloh esa oxirini biladi. Biz bir narsaning kelishini so‘raymiz. Alloh esa uning biz bilan birga qayergacha borishini biladi. Biz bir insonni hayotimizda qolishini xohlaymiz. Alloh esa u inson bilan birga qanday kunlarni boshdan kechirishimizni biladi. Biz bir eshik ochilishini kutamiz. Alloh esa uning ortida biz ko‘rmayotgan narsalarni biladi. Shuning uchun ba’zan duoning ijobati sen so‘ragan narsaning berilishi emas. Ba’zan ijobat — undan uzoqlashtirilishing. Ba’zan ijobat — bir narsani yo‘qotishing. Ba’zan ijobat — qancha urinma, o‘sha eshikning ochilmasligi. Va eng qizig‘i… Sen yillar davomida “nega bo‘lmadi?” deb o’kingan narsangga, yillar o‘tib “yaxshiyam bo‘lmagan ekan”, deb shukr qilishing mumkin. O‘sha paytda tushunasan: Har bir yopiq eshik jazo emas ekan. Har bir kechikish rad etilish emas ekan. Har bir ayriliq yo‘qotish emas ekan. Ba’zi narsalar hayotingdan ketgani uchun emas, hayotingni buzmasligi uchun olib qo‘yilgan ekan. Biz esa buni bilmay turib, taqdirni ayblashni boshlaymiz. “Nega aynan men?” “Nega aynan hozir?” “Nega Alloh menga bermadi?” Balki savolni boshqacha berish kerakdir: Agar berganida, men qayerda bo‘lardim? Chunki inson o‘zining birgina istagini ko‘radi. Alloh esa o‘sha istakning uning imoniga, qalbiga, kelajagiga, hatto oxiratiga nima qilishini biladi. Shu sabab ba’zan Allohning bermagani ham “men seni asrayabman” degan javobidir. Faqat biz bu javobni darhol tushunmaymiz. Ba’zi hikmatlarning tarjimasi vaqt bilan keladi. Sen hikoyaning bir sahifasini ko‘ryapsan. Alloh esa butun kitobni biladi.
без подписи
без подписи