tgindex
Tilmoch qiz

Koʻngil tarjimalari

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
125
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
117
21 постов
Вовлечённость
93,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
104
1/48двое суток
119
1/72трое суток
128

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Oʻsha masjid. Yer yuzidagi eng buyuk masjidlar ichiga kirdim, ammo seni unutganim yoʻq! 🤍 Toshkentdagi “Chilonota” koʻchasida joylashgan “Xolid ibn Valid” masjidi

  • (Bugun oʻrtogʻim kanallarida hijobga kirganlarning sababini soʻragan ekanlar. Men oʻzimnikini shuyoqqa yoza qoldim) Bolaligimdan masjidlar doim meni oʻziga koʻrinmas bir joziba ila rom etgan. Ota-onam oʻzlari ibodatda boʻlishsa-da, zamon zayli tufayli bizdan unaqa narsalarni talab qilishmagan. 5-sinf paytim sochim kalta kare kesilgan, futbolka va shortikda yurardim. Haftaning uch kuni taekvondoga, uch kuni esa amakimning oʻgʻli bilan basseynga borardim. Basseyndan qaytishda doim masjidning oldidan oʻtardik. Ichkariga termulib, ichim hapqirardi, lekin kirishga jur’atim yetmasdi, qanaqadir haybati bosardi. Bir kuni yozning chillasida qoq tushlik vaqti basseyndan qaytarkanmiz juda chanqab qoldik. Amakivachcham lip etib masjidga kirib, hovlisidagi krandan xoʻpillatib suv ichib oldi. Menga ham “kel” dedi. Shunda asta ichkariga qadam bosdim… Negadir oʻzimni jinoyat qilayotgandek his qilardim. Yugurib borib krandan suv icha boshladim. Hayotimda oʻsha suvdan koʻra shirinroq suvni ichmagan boʻlsam kerak. Ta’riflab boʻlmas darajada lazzatli edi, oʻzim ham hayron qoldim. Keyin amakivachcham meni masjid ichkarisiga olib kirdi. Doim meni tashqaridan oʻziga rom etgan oʻsha yashil gumbazni ilk bora ichidan koʻrdim. Masjid ichi maftunkor va sirli naqshlar bilan bezalgan edi. Yuqoriga boqqancha ixtiyorsiz ravishda aylanardim, xuddi raqsga tushayotgandek. Ajib bir his ruhimni chulgʻab olgan, uni Oʻzidan boshqa hech kimga tushuntirib berolmasdim. Oʻsha kuni farishtalarni atrofimda koʻrdim; koʻzlarim bilan emas, balki yorqin nurdan qiligan ajib mavjudotlar atrofimda aylanayotganini ruhimdagi rad etib boʻlmas his bilan payqardim… Keyin masjiddan chiqib, yonida oqayotgan ariqda oʻynadik. Suvga yiqilib, oppoq kiyimimni botqoqqa bulgʻab oldim. Uyga qaytishga majbur boʻldik, amakivachcham oʻz uyi tarafga ketdi. Men esa yashil botqoqqa bulgʻangan kiyimimni yashirishga harakat qilib uyga shahdam qadamlar bilan ketar ekanman, qalbimda olovli hayajon, xayolimni esa faqat bitta oʻy chulgʻab olgandi: MEN HIJOBGA KIRAMAN!

  • Bir tanishim ayol-qizlarga foydali boʻladigan loyiha boshlabdilar. Agar sizga Arab tili kurslari, yangi til oʻrganishning eng samarali usullari, faqat ayol-qizlarga xos muhitda ilm davralari qiziq boʻlsa — bu kanalni tavsiya qilaman: https://t.me/+fTVDJ1CBmaJiODZi https://t.me/+fTVDJ1CBmaJiODZi 🌷 Faqat qizlar uchun, qizlar!!!

  • Hozirgina Misrda yaxshigina silkitdi. Bir necha soniyalar ichida nafaqat uyqum qochib, balki butun hayotim, undagi toʻgʻri-yu xato amallarim koʻz oldimdan oʻtib, kalimalarni ham aytishga ulgurdim. Oʻlim — eng yaxshi eslatuvchi.

  • If I find in myself a desire which no experience in this world can satisfy, the most probable explanation is that I was made for another world. C. S. Lewis

  • Tana — bu Sen emas, balki ustingdagi bir libos xolos. Sen — uning ichidagi Ruhsan. Shunday ekan tanang bilan mashgʻul boʻlib Oʻzingdan chalgʻib qolma. Balki uni ozoda tut, tartibga keltirginki uning ichida yashash senga ham, boshqalarga ham ozor bermasin. Shu bilan cheklan. Vafot etganingda yaqinlaring Sendan forigʻ tanangni quchib yigʻlarkan, Sen ustingdagi ridoyingni yerda qoldirgancha oʻz yoʻlingda davom etayotgan boʻlasan. Shuning uchun ham unga qattiq bogʻlanmaginki, u sen bilan Oxiratga bormaydi. Oʻzing yalangʻoch ketasan. Seni ushbu “libosing” uchun sevib mahliyo boʻlganlardan qoch. Zero ularning qalblari koʻr boʻlgani uchungina jismingdan boshqasini koʻra olmaydilar. Koʻzdan gʻoyib boʻlgan oning Sen ham yoʻq boʻlding deya fahmlaydilar va tobuting bilan ortda qoldiradilar. Seni haqiqatan koʻrganlarida edi, ruhingni ruhlari bilan tutgan boʻlardilar. Oʻlim tana va ruh oʻrtasidagi ayriliqdir, ammo ruhlar oʻrtasida ayriliq boʻlmaydi. Seni tutganlar sendan ketmaydi, hatto vafotingdan soʻng ham yoʻlingda shamchiroq kabi hamroh boʻladi.

  • — Orqangga ortib olganing nima, bolakay? — Hayotda qolish huquqi.

  • Ba’zan boʻlding “haddan ortiqcha”. Ba’zan esa “yetarli emas”. Boʻlolmading hech “aynan keragi”.

  • Misrda deyarli hech kim toza adabiy arab tilida (fus’ha) gapirmaydi. Eng qizigʻi inglizcha gapirsam buzuqroq inglizchada javob bera olishadi, lekin adabiy arabchada javob bera olishmaydi. Faqat shevada (bu biz oʻrgangan arab tiliga mutlaq aloqasi yoʻq til 😅) javob qaytarishadi. E’tiborli jihati kitob rastalarida koʻpchilik fus’hani bemalol tushunar va javob qaytarar ekan. Hatto kitobga aloqasi yoʻq sharbat sotuvchilari ham badiiy tilda nisbatan bemalolroq gapirisharkan. Kitob ahli har yerda baribir kitob ahli-da! 📖

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📚 Azhar masjidi yonidagi kitob rastalari

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Misrda har qadamda mana shunday sharbat doʻkonlari uchraydi. Ular koʻz oʻngingizda siz istagan meva suvini siqib ichimlik tayyorlab berishadi: kokosdan 🥥 tortib shakarqamishgacha🎋 bor. Kecha oʻrtogʻim bilan Azhar masjidi yonidagi kitob rastalarida ushbu sharbatchiga duch keldik. Nima olishni bilmay yosh boladek turib qoldik, kimdir ichimlik olsa sotuvchiga qarab “bu nima?”, “bunisini ichida nima?” deb soʻrab turaverdik. Bir amaki meni Turkiyadan kelganimni bilib olib mevalarning turkcha nomini qayerdandir topib tarjima qilib turdilar. “Menga ishon, Turkiya” deb bir sharbatni tavsiya qildilar. Nimaligini ham bilmasdan oʻshani ola qoldik. Ichida 4 xil meva jamlangan ekan: banan, shaftoli, mango va avokado. 🤩 Juda shirin va yumshoq, suyultirilgan tort mazasini eslatarkan. Charchab turgandik, uch kunlik ovqatimizning kaloriyasini ichib olgach qayta kuchga toʻlib yoʻlimizda davom etdik. 🥰 Biror kun shu tarafga yoʻlingiz tushsa albatta kirib oʻting…

  • Bugun koʻchaga zikrlarimni qilmay chiqdim. Ikki yuz dollar yoʻqotdim. Boshimni oftob urdi. Uyga pulsiz va kasal holatda qaytdim. Uydan chiqayotganda ichimda bir ovoz “zikringni qilib ket, himoyasiz chiqsang yoʻlingda koʻngilsizliklarga duch kelasan” degandi…

Tilmoch qiz — tgindex