tgindex
TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar

Статистика
@tkti_ilmiyузбекский

🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 🎓Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish bo'limi. Murojaat uchun: @tktidok @TKTIilmiy

Последний пост
08:59
Последнее чтение
11:36
Постов за неделю
18
Всего постов
194
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
661
+10 за 4 дн.
Сутки
+3
+0,46%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
494
40 постов
Вовлечённость
74,7%
к подписчикам
Постов в день
2,6
всего 194
Упоминаний
23
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
224
1/48двое суток
256
1/72трое суток
276

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Biotexnologiya kafedrasidan 17-maqola, muallifdan 11- maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Biotexnologiya" kafedrasi professori Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixalikovich hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 📝«Integrated KOH–SDS–microwave pretreatment for enhanced delignification of agro‑waste biomass for second‑generation biorefinery applications» nomli maqolasi 🖨 Springer nashriyotiga tegishli, Web of Science SCIE va Scopus bazalarida indekslangan, Q2 toifasidagi Biotechnology Letters jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://doi.org/10.1007/s10529-026-03771-z 👏 Mualliflarni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

  • #ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasidan 13-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi doktoranti Shaxnozaxon Gaipova hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 101083216— raqamli  “ECAMPUZ—European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology—ERASMUS-EDU-2022- CBHE” loyihasi doirasida bajarilgan 📝«Rheological and Physicochemical Properties of Mayonnaise Enriched with Functional Vegetable Oils: A Comparative Screening Study» nomli maqolasi 🗂 MDPI nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan, Q1 kvartalli FOODS jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o'qish: https://doi.org/10.3390/foods15122184 👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

  • #ilmiy_faoliyat #ilmiy_daraja 🎉 TABRIKLAYMIZ! 👍 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan, 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Kimyo" kafedrasi katta o'qituvchisi Shamadinova Nargis Erkinovnaga 📆 2026-yil 10-iyuldagi 387/1-sonli bayonnoma asosida "Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori" (PhD) ilmiy darajasi berildi. 🎓 Dissertatsiya ishi Texnika fanlari nomzodi, dotsent Jalilov Abduxalil rahbarligida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. 👏 Mazkur yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

  • 14 авг.1282из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov 🟦🟦🟦 Belarus Respublikasi fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi e’lon qilindi. Tanlovga bajarilishi 2 yilgacha bo‘lgan fundamental loyihalar qabul qilinadi. Loyiha hamrahbari sifatida xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan va loyiha mavzusi yo‘nalishida muhim natijalarga erishgan, “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida “Hirsh” indeksi 5 va undan yuqori bo‘lgan yetakchi olimlar jalb qilinadi. Taqdim etiladigan loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 20-sentabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 14 авг.12121из innotechnopark

    🚀 INNO LAB AKSELERATSIYA DASTURIGA ARIZALAR QABULI BOSHLANDI! Sizda ilmiy g‘oya, innovatsion loyiha yoki startap tashabbusi bormi? Endi uni rivojlantirish uchun yangi imkoniyat! 📌 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda: 🔬 Biotexnologiya 🧬 Biomuhandislik 💻 Ilm-fandagi raqamli texnologiyalar ⚗️Kimyo va yangi materiallar 💊 Tibbiyot va farmatsevtika 🌱 Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari 🍎 Oziq-ovqat texnologiyalari ✅Ishtirok etish mutlaqo bepul ✅ Mentorlar va ekspertlar ko‘magi ✅ Loyihalarni rivojlantirish imkoniyati ✅ Zamonaviy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati ✅ INNOTEXNOPARK kovorking maydonida ishlash ✅ Investorlar va sanoat vakillari bilan uchrashuvlar 📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola 🇺🇿 Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab quvvatlash ofisi Bizni kuzating👇🏻 Telegram| Instagram| Facebook| Web

  • 14 авг.19132из tkti_ilmiy

    #mustaqil_izlanuvchi #HujjatlarQabuli #ilmiy_faoliyat 🔲 DIQQAT: TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTIGA MUSTAQIL TADQIQOTCHILIKKA QABUL BOSHLANDI ! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2026-yil 4-chorak uchun Mustaqil tadqiqotchilik (PhD, DSc) shaklida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga hujjatlar qabulini e’lon qiladi: 📌 Ixtisosliklar: 01.02.03 - Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi 01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi 02.00.05 - Tsellyuloza va sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar 02.00.07 – Kompozitsion, lokbo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi 02.00.09 - Tovarlar kimyosi 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari 02.00.17 - Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish 05.02.01 – mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi 05.02.03 - Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari 05.02.04 - Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti 08.00.11 - Marketing 08.00.13 - Menejment 09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (nomi) 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) 13.00.05 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ❕ HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI: Hujjatlar to‘liq elektron shaklda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona elektron tizimi — daraja.ilmiy.uz sayti orqali yuboriladi. Tanlovda ishtirok etish tartiblari,  topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan. 🗓 Eslatma: Mustaqil tadqiqotchilikka hujjatlar 15-iyuldan 15-avgustgacha qabul qilinadi. 📍 Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 32-uy (O'zbek milliy akademik drama teatri yonida) 1-bino, 4-qavat 📲 Ma’lumot uchun: @TKTI_Ilmiy 🌐 Sayt: https://tkti.uz 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

  • #ilmiy_faoliyat #patent 🆕 Organik sintez texnologiyasi kafedrasidan 1-patent! 🆕 Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar kafedrasidan 1-patent! 🆕 Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasidan 2-patent! 👩‍🎓 "Organik sintez texnologiyasi" kafedrasi professori Xasan Kadirov, "Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi" kafedrasi professori Gappar Raxmanberdiyev, "Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar" kafedrasi katta o'qituvchisi Saodat Turabdjanova hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualiflikdagi № IAP 8622 raqamli ixtiro patenti davlat ro'yxatidan o'tkazildi. 🔬 Patent mavzusi: "Karbamid polikondensatsiya mahsulotlariga asoslangan azotsaqlovchi antipiren moddalarni ishlab chiqarish usuli". ✅ Mazkur ixtiroda karbamid polikondensatsiya mahsulotlari asosida azot saqlovchi, materiallarning yonuvchanligini kamaytirish va yong‘inga chidamliligini oshirishga xizmat qiluvchi antipiren moddalarni ishlab chiqarish usuli taklif etilgan. 💡 Patent egasi(lari): "TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI" 👏 Mualliflar jamoasini ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram |🌐 Instagram |✅ Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #ilmiy_faoliyat #SpinOff 🔬 TKTI vakillari spin-off korxonalari faoliyati bilan tanishdi Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.X. Raximov, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri A.T. Ro‘zibayev hamda kafedraning dotsenti E.Sh. Sanaev Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘lib, spin-off korxonalari faoliyati bilan tanishdilar. Tashrif davomida spin-off korxonalar faoliyatini tashkil etish va ularning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajribalar o‘rganildi. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram 🌐 Instagram ✅Facebook

  • без подписи

  • #ilmiy_faoliyat #ORCID 🟢 ORCID — olim uchun nima uchun kerak? ORCID — har bir tadqiqotchiga beriladigan noyob xalqaro ilmiy ID raqam. U olimning ilmiy ishlarini aynan o‘ziga bog‘lashga yordam beradi. 📌 ORCID orqali: ✅ maqolalarni muallif bilan bog‘lash; ✅ bir xil ism-familiyali olimlarni farqlash; ✅ ilmiy faoliyatni yagona profil orqali ko‘rsatish; ✅ xalqaro jurnallar, grantlar va ilmiy loyihalarda tadqiqotchini aniqlash mumkin. 📚 ORCID profilida maqolalar, dissertatsiyalar, grantlar, patentlar va boshqa ilmiy natijalarni ko‘rsatish mumkin. ✅ ORCID iD doimiy bo‘ladi — ish joyi yoki familiya o‘zgarsa ham, olimning ORCID raqami o‘zgarmaydi. 🖨 Har bir professor-o‘qituvchi, doktorant va yosh tadqiqotchining ORCID profiliga ega bo‘lishi va uni muntazam yangilab borishi muhim. 🌐 ORCID rasmiy sayti: orcid.org ORCID — olimning xalqaro ilmiy “pasporti”. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram 🌐 Instagram ✅Facebook

  • 12 авг.2 076138

    #ilmiy_faoliyat #scopus 🆕 Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasidan 25-maqola!!! 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Usmonov, "Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv" kafedrasi mudiri Komil Usmanov, kafedraning professor o'qituvchilari Yо‘ldoshxо‘ja Akramxо‘jayev, Zafar Tо‘raqulov, Jaloliddin Eshbobaev, Sarvar Rejabov, kafedraning tayanch doktoranti Hulkar Abdusalomova, Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i Azizbek Kamolov, ushbu bo'limning bosh mutaxassisi Qilichbek Safarov hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi 💡 «Techno-Economic Comparison of Carbon Capture Technologies with Exhaust Gas Recirculation in NGCC Power Plants» nomli maqolasi 🖨 MDPI nashriyotiga tegishli, Scopus bazasida indekslangan Q3 kvartalli Engineering Proceedings jurnalida nashr etildi. 🔗 Maqolani o‘qish: https://doi.org/10.3390/engproc2026147013 👏 Mualliflarni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🔬 Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni @TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook

  • 11 авг.245310из eduuz

    ❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • #ilmiy_faoliyat #ScienceID 🔬 Science ID — olimning yagona ilmiy identifikatsiya raqami Bugungi kunda olimning ilmiy faoliyati, maqolalari, patentlari, loyihalari va boshqa natijalarini yagona tizimda yuritish muhim. O‘zbekistonda bu maqsadda Science ID tizimi joriy etilgan. 📌 Science ID nima? Science ID — ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsga beriladigan yagona identifikatsiya raqami. U tadqiqotchini tegishli ilmiy va innovatsion axborot tizimlarida aniqlash va identifikatsiya qilishga xizmat qiladi. 📚 Science ID orqali nimalar amalga oshiriladi? ✅ olim haqidagi ilmiy ma’lumotlarni yagona tizimda yuritish; ✅ maqolalar, patentlar va ilmiy loyihalarga oid ma’lumotlarni bog‘lash; ✅ ilmiy va innovatsion tanlovlarda ishtirok etish jarayonlarini raqamlashtirish; ✅ ilmiy faoliyatga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish; ✅ tegishli ilmiy axborot tizimlariga kirishni soddalashtirish. 🌐 Science ID boshqa ilmiy tizimlar bilan integratsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, tizim Oliy attestatsiya komissiyasi, oliy ta’lim muassasalari, davlat grant tizimlari va ilmiy kengashlar kabi tizimlar bilan integratsiya qilinishi belgilangan. 📌 Kimlarga kerak? Science ID, avvalo, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar va boshqa ilmiy-innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun muhim. ✅ Qisqacha aytganda: ORCID — xalqaro ilmiy identifikator, Science ID esa O‘zbekistondagi ilmiy va innovatsion faoliyat uchun yagona identifikatsiya tizimidir. 🌐 Science ID: id.ilmiy.uz 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram 🌐 Instagram ✅Facebook

  • #ilmiy_faoliyat #TKTI #Scopus #WoS #IlmiyNatijalar Xalqaro ilmiy nashrlar – ilmiy salohiyatning amaliy natijasi Toshkent kimyo-texnologiya institutida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh izlanuvchilarning xalqaro ilmiy nashrlardagi faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z natijalarini bermoqda. 📊 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra institutimizda: 🖨🖨 Scopus va Web of Science bazalarida – 114 ta ilmiy maqola chop etildi. 📈 Maqolalarning kvartallar bo‘yicha taqsimoti: 🟢 Q1 – 32 ta 🔵 Q2 – 15 ta 🟡 Q3 – 50 ta 🔴 Q4 – 17 ta Mazkur natijalar institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va yosh izlanuvchilarining xalqaro ilmiy nashrlardagi faolligi hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram 🌐 Instagram ✅Facebook

  • 10 авг.289112из uzauzilmfan

    📚 Nigmatova Komila Xoliq qizining texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida 🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

  • 10 авг.36461из innovatsion_rivojlanish

    #diqqat_tanlov Quyidagi tanlovlar 2026-yil 30-avgustda yakunlanadi. 📥AQShning "Texas A&M" Universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov 📥Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov 📥Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • #IntellektualMulk #Ilmiy_faoliyat #depotentlash 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Sanoat ekologiyasi va "Yashil" texnologiyalar" kafedrasi professor o'qituvchilariga mualliflik huquqi ob’ektlarini deponentlash to‘g‘risida guvohnoma topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» tomonidan "Sanoat ekologiyasi va "Yashil" texnologiyalar" kafedrasining professor o'qituvchilari Pulatov Xayrulla Lutpullayevich; Qodirov Bobiromon Bekmurodovich; Igitov Farrux Baxtiyarovichlarning mualliflik huquqi ob’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur guvohnoma (№ 010593) mualliflar tomonidan taqdim etilgan "Sanoat xavfsizligi" nomli darslikning mualliflik huquqi ob’ekti sifatida deponentlanganini tasdiqlaydi. Ushbu intellektual mulk ob’ekti 2026-yil 30-iyul kuni Toshkent shahrida davlat reestriga kiritilgan. Institut jamoasi ushbu huquqiy e’tirof bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram 🌐 Instagram ✅Facebook