TOMDIBULOQ_KO'ZGUSI
Статистика📖 РУХАНИЯТ БАРЛЫҚ САЛАДАН ОН ҚАДАМ АЛДЫДА БОЛУЫ КЕРЕК 📖 ➡️ Осы арнаға рухани-танымдық шаралар туралы суреттер мен ақпарат жіберу үшін төмендегі админге хабарласуыңызға болады.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 25
- Всего постов
- 203
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 87
- 1/48двое суток
- 99
- 1/72трое суток
- 107
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Tomdi tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Yagona Vatan va umumiy kelajak sari” mavzusida ijodiy uchrashuv va adabiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar, kitobxonlar, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari hamda “Ziyolilar” guruhi a’zosi, nuroniy onaxon Seydaliyeva Zaure ishtirok etdi. Davra suhbatida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yagona maqsad va umumiy kelajak sari intilish masalalari haqida fikr almashildi. Nuroniy onaxon Seydaliyeva Zaure o‘zining hayotiy tajribasi va ezgu tilaklari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni Vatanga sadoqatli, ma’naviyatli va faol insonlar bo‘lib kamol topishga chaqirdi. Shuningdek, tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotning inson ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyati haqida mazmunli suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan she’rlar o‘qilib, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
без подписи
без подписи
Tomdi tumani hokimligi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining YouTube sahifasi orqali efirga uzatilgan "Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati" da ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv mashg‘ulotida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan foydali ma’lumotlar taqdim etildi. Siz ham ushbu siyosiy-ma’rifiy o‘quvlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining http://ilm.args.uz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
#31_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. #uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
🥵🥵 Ҳозирги жазирамада соғлом бўлай, иммунитетим баланд бўлсин десангиз кунига қанча сув ичишингиз кераклигини билиб олинг! Тана вазни Сув миқдори 45кг 1.9л 50кг 2.1л 55кг 2.3л 60кг 2.5л 65кг 2.7л 70кг 2.9л 80кг 3.5л 85кг 3.7л 90кг 3.9л 95кг 4.1л 100кг 4.3л Давления нормаллашади, бош оғриғи бўлмайди, отдек тетик юрасиз.
KUN HIKMATI: Odamlar yuzingizni koʻrib Tabassum qilmasalar, ularni Tabassum qilishlari uchun qoʻllaringizni ishga soling. Rasmiy sahifamiz👇 t.me/tomdibuloqkozgusi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи