tgindex
Последний пост
25 мар. 2025 г.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
7
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
42
20 постов
Вовлечённость
600,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • T.me/zakoverse

  • 📍Rasmiy Kanalimiz : 👇👇👇👇👇 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi

  • T.me/savollar_baza

  • Qadimgi mifologiya va hayratlanarli afsonalar,Sirli geografik kashfiyotlar va unutilmas tarixiy lahzalar,Noodatiy effektlar, g‘aroyib fobiyalar va kamyob sindromlar,Aqlni o‘stiruvchi savollar, hikmatli ibora,atama va terminlar - bularning barchasi Xronologika kanalida jamlangan! Qo‘shiling va aql charxlash yo‘lida ilk qadamni qo‘ying! ⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️ 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi 👉 https://t.me/+4tTlHnwlQqkxZGRi

  • Zakovatga qiziqqanlar uchun eng yaxshi kanallar! Agar aql, bilim va mantiqiy fikrlash bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rsangiz, bu kanallar aynan siz uchun: 📚 @Savollar_baza - Zakovat savollarining katta bazasi! Bilimingizni oshirish uchun eng yaxshi manba! 🌍 @Toponik - Toponimikaga qiziqasizmi? Dunyo bo‘ylab joy nomlari va ularning sir-sinoatlari haqida ma’lumotlar bu yerda! 🔥 @Forodise - Forodise jamoasi bilan bilimdonlik olamiga sho‘ng‘ing va yangi qiziqarli savollarga javob izlang! 🎯 @Zakovat_zona - Bilim maydonida yangiliklar, qiziqarli faktlar va Zakovat haqida ko‘plab ma’lumotlar sizni kutmoqda! 🪐 @Zakologiya - Siz bilgan va bilmagan fakt va malumotlar. 📌 Aql va mantiqni sevuvchilar uchun bu kanallarni kuzatib boring va bilimlaringizni yanada boyiting! 🧑‍💻 Murojaat uchun : @ToponikBot

  • Shokolad va Nobel Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shokolad iste'moli va Nobel mukofoti laureatlari soni o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud. Ya'ni, aholisi ko'proq shokolad iste'mol qiladigan mamlakatlarda Nobel mukofoti sovrindorlari soni ham ko'proq bo'lishi mumkin. Biroq, bu bog'liqlikning sabablari hali to'liq o'rganilmagan. Shokolad tarkibidagi flavonoidlar miyada qon aylanishini yaxshilashi va kognitiv funksiyalarni qo'llab-quvvatlashi mumkin. Shu bilan birga, yuqori shokolad iste'moli rivojlangan mamlakatlarda ilm-fan va ta'limga katta e'tibor berilishi bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, shokoladni me'yorida iste'mol qilish sog'liq uchun foydali bo'lishi mumkin, ammo Nobel mukofotini qo'lga kiritish uchun bu yetarli emas. Buning uchun chuqur bilim, ijodkorlik va mehnatsevarlik talab etiladi. @toponik

  • Qora bolta" ("Black Axe") - Bu tashkilot dastlab 1970-yilda Nigeriyada talabalar harakati sifatida tashkil topgan ammo keyinchalik global tarmoqqa aylanib ketgan jinoiy to‘da nomi.Guruh asosan Nigeriya universitetning 26-23 yoshli talaba yigitlarini yo'llaydi. A’zo bo‘lish "bamming"deb ataladigan marosim bilan boshlanadi va juda shafqatsiz o‘tadi. Guruhlar asosiy daromadini internetdagi qallobliklardan topadi. Hujjatlar, bank o‘tkazmalari va minglab elektron pochtalar Qora bolta a’zolari dunyo bo‘ylab onlayn firibgarliklarni amalga oshirayotganini ko‘rsatadi. Qallobliklarni amalga oshirish rejalarini a’zolar bir-biri bilan almashadi. Ular merosni o‘marish,ko‘chmas mulkni tortib olish, biznes elektron pochtalari orqali pul yechib olish kabi firibgarlik turlaridan foydalanadi. Ma'lumotlarga ko'ra bu to'da vakillari soni 30 mingdan ortiq. Ular butun Yevropa, Amerika, Janubiy Amerika va Osiyo bo‘ylab tarqalgan. @toponik

  • Dunyodagi birinchi GIGAbaytli disk 1980-yilda IBM kompaniyasi IBM 3380 nomli qattiq diskni taqdim etdi. Bu dunyodagi birinchi 1 gigabayt hajmli qattiq disk edi. U taxminan 250 kg og‘irlikda bo‘lib, o‘lchami muzlatgichga teng edi. Ushbu qurilmaning narxi 50 000 AQSh dollariga yetgan. Taqqoslash uchun, 1956-yilda ishlab chiqarilgan IBM 350 Disk Storage Unit – dunyodagi birinchi qattiq disk bo‘lib, deyarli 1 tonna og‘irlikda bo‘lgan va atigi 3,75 megabayt ma’lumot saqlash imkoniyatiga ega edi. 1980-yilga kelib, ma’lumot saqlash texnologiyasi sezilarli darajada rivojlangan, natijada katta hajmli, lekin nisbatan ixchamroq qurilmalar yaratilgan. @toponik

  • Miya o‘z-o‘zini "iste’mol qiladi" Miyaning o‘z-o‘zini "iste’mol qilishi" jarayoni "avtofagiya" deb ataladi. Bu jarayon hujayralarning o‘z ichidagi keraksiz yoki shikastlangan komponentlarni parchalab, ularni qayta ishlashini anglatadi. Avtofagiya hujayralarni toza saqlashga, ularning sog‘lom faoliyatini ta’minlashga va turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Miyada avtofagiya neyronlar va boshqa hujayralarning sog‘lom faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. U shikastlangan organellalar va noto‘g‘ri yig‘ilgan oqsillarni yo‘q qilish orqali hujayralarning sog‘lomligini saqlaydi. Bu jarayon Altsgeymer va Parkinson kabi neyrodejenerativ kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, miyada mikrogliya deb ataluvchi hujayralar mavjud bo‘lib, ular "miyaning immun hujayralari" sifatida tanilgan. Mikrogliya hujayralari fagotsitoz orqali shikastlangan hujayralar va patogenlarni yo‘q qiladi, bu esa miyaning sog‘lomligini saqlashga yordam beradi. @toponik

  • Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo'yib-qo'yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Alp-alp odim otib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan! Bu dunyoga keldingmi? Endi chida! Dunyo chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida! © Togʻay Murod @toponik

  • "Yaxshi ot keyin chopar" maqoli o‘zbek xalq maqollari orasida mashhur bo‘lib, uning ma’nosi insonning aql va salohiyati vaqt o‘tishi bilan to‘liq namoyon bo‘lishini anglatadi. Bu maqol ko‘pincha shoshilmasdan, vaqtida va puxta ish qilishni tavsiya etadi. Qadimda ot inson hayotining muhim qismi bo‘lgan. Yaxshi va kuchli ot chopishga shoshilmasdan, o‘z kuchini tejab, uzoq masofalarni muvaffaqiyatli bosib o‘tardi. Shu sababdan, "yaxshi ot" deganda faqat tez chopadigan emas, balki dono, kuchini o‘z vaqtida ishlata oladigan ot nazarda tutilgan. Metaforik ma’noda esa bu maqol quyidagilarni bildiradi: Dono inson o‘z vaqtida va joyida harakat qiladi. Tezkorlik va shoshqaloqlikdan ko‘ra, puxtalik va sabr ustun turadi. Yaxshi natija erishish uchun vaqt va tayyorgarlik kerak. Bu maqolni ko‘pincha insonning iste’dodi, qobiliyati yoki muvaffaqiyati vaqt bilan yuzaga chiqishini anglatish uchun ishlatishadi. Shoshmaslik va puxta tayyorgarlik qilishni targ‘ib qiluvchi xalq donishmandligi. @toponik

  • "Devorni ham qulog‘i bor" iborasi xalq orasida ko‘p ishlatiladigan maqollardan biri bo‘lib, ehtiyotkorlik va ogohlikni ta’kidlaydi. Bu ibora ko‘pincha sir yoki maxfiy narsalarni oshkor qilmaslik kerakligini anglatadi, chunki gap eshitilib qolishi mumkin. Ushbu iboraning paydo bo‘lishi insoniyatning qadimdan sir saqlashga va ehtiyotkorlikka bo‘lgan ehtiyojiga bog‘liq. Qadim davrlarda, ayniqsa, shohlar saroylarida yoki siyosiy muhitda devorlar ortida yashirincha tinglash hollari tez-tez uchrab turar edi. Shu sababli odamlar devorlar orqasida eshitadigan kishi bo‘lishi mumkin, degan fikr bilan ehtiyotkor bo‘lishni o‘rgangan. Metafora sifatida "devor qulog‘i bor" iborasi shuni anglatadiki, atrof-muhitda siz kutmagan joylardan ham ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda bu ibora maxfiy ma’lumotlarni sir saqlash zaruriyatini eslatadi. Bu ibora xalq og‘zaki ijodining bir qismi bo‘lib, ehtiyotkorlikni targ‘ib qiluvchi ko‘plab maqollarning ramzi sifatida ishlatiladi. @toponik

  • 1935 — 1941 yillarda Fuqaro aviatsiyasi flotida ishladi. Urush boshlanishi bilan u mashgʻulot eskadronini qoʻmondonlik qildi. 1936 yildan - aviatsiyasi tarixidagi birinchi oʻzbek III darajali uchuvchisi. 1936-yilning kuzidan 1937-yil 15-yanvarigacha u uchuvchilar klubida uchuvchilikdan dars berdi, bu klubda qizlar ham bor edi.Bular birinchi o'zbek parashyutchilari bo'lgan Oqila Ataulaeva, Bashorat Mirboboyeva va Bibiniso Boltaboyevalardir. 1941—1942-yillarda Abdusamad Toymetov 71 uchuvchini oʻqitdi. . 1944 yil fevralda Moskva yaqinida joylashgan 10-chi gvardiya aviatsiya boʻlimiga yuborildi. 1944-yil davomida u 109 navbatchilikni amalga oshirdi — kechasi va front chizigʻida dushmanning orqa qismida, havo orqali razvedka qilish, partizan otryadlarini yetkazib berish ishlarini bajargan.Keyinchalik u Polshaga o'tib u yerda Polsha partizan harakati xodimlari topshirigʻiga boʻyicha parvozlarni amalga oshirdi . Yil oxirida 60 dan ortiq jangavor parvozlari uchun Toymetov II-darajali Vatan urushi ordeni va Polshaning Virtuti Militari ordeni bilan taqdirlangan. Mukofotlari : Qizil bayroq ordeni  (1944). Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni (1945). Virtuti Militari ordeni (harbiy qahramonligi uchun, Polsha), II darajali (1944). SSSR medallari, shu jumladan „Za boevie zaslugi“ va „Za doblestniy trud“. 1-darajali „Vatan urushidagi partizan“ medali. @toponik

  • Abdusamat Toymetov (1909-1981) Abdusamat Toymetov - 1909-yil 9 yanvarda Sirdaryo viloyatida tug'ilgan. — Sovet harbiy transporti va fuqarolik aviatsiyasining uchuvchisi,o'zbekistonlik birinchi uchuvchi.U dastlab Balashov aviatsiya maktabida so'ngra.1933 yilning kuzida u uchuvchilar va aviatsiya texnikalarining uchinchi qoʻshma harbiy-havo maktabiga qabul qilindi va ikki mingdan ortiq kursantlar orasidan yagona oʻzbek boʻlgan. @toponik Davomi : ⤵️

  • Coca-Cola - Ushbu ichimlikning tarixi 1886-yil mart oyidan, Jon Pemberton yangi og'riq qoldiruvchi vositani topishga harakat qilgan paytdan boshlanadi. Shakar siropi va kofeinni olib, unga koka qaynatmasini qo'shib, rag'batlantiruvchi jigarrang shirin ichimlik oldi. U Atlantadagi “Jeykobs” dorixonasida asab tizimi kasalliklarini davolovchi vosita sifatida sotilgan.Sirop bilan tajribani davom ettirib, unga soda qo'shildi. Pembertonning do'sti F.Robistonning yengil qo'li bilan ichimlik "Coca-Cola" nomini va butun dunyoda tan olingan logotipni oldi.Biroq, Coca-Cola savdo belgisi faqat 1893-yil 31-yanvarda The Coca-Cola Company asoschisi A.Kendler tomonidan ro'yxatga olingan. Tadbirkor ichimlik retseptini Pembertonning bevasidan sotib olgan. U o'zining "O'simlik qoni balzami" bilan birga pishirdi. Coca-Cola nomi ichimlik tarkibidagi dastlabki ingredientlardan olingan: Coca – koka o‘simligi bargidan, Cola – kola yong‘og‘idan (kofein @toponik

  • Bugun | 31-yanvar | 2025-yil | Juma 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro zargarlar kuni. 🌏 Xalqaro Zebra kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇺🇸 AQSh - Milliy issiq shokolad kuni. 🇦🇹 Avstriya - Ko'cha bolalari kuni. 🇳🇷 Nauru - Mustaqillik kuni. 🇮🇳 Hindiston - Meher Bobo xotirasi kuni. 👉 VOQEALAR: - 1714 - Sankt-Peterburgda, Yozgi saroyda Kunstkamera - “Davlat Kabineti” muzeyi barpo qilindi. - 1729 - Istanbulda arab alifboli  birinchi bosma kitob chop etildi. - 1864 - Rossiyadagi birinchi "jamoat zoologik bog'i" Moskva hayvonot bog'i tashrif buyuruvchilar uchun ochildi. - 1865 - Dmitriy Mendeleyev «Spirtni suv bilan aralashuvi» mavzusidagi dissertatsiyani yoqladi. - 1893 - “Koka-kola”ning tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazildi. - 1918 - Buyuk Britaniyaga qarashli beshta suv osti kemalarining to'qnashuvi naijasida yuzlab odam halok bo'ldi. - 1921 - Sibirda (Ishimskoe) dehqonlar qo'zg'oloni boshlandi, uning sababi Sovet hukumatining iqtisodiy siyosatidan norozilik edi. - 1921 - Moskva AITUning binosi tashkil topgan kun.  - 1924 - SSSR Sovetlarining 2-s'yezdida SSSR birinchi konstitutsiyasining yakuniy tahriri tasdiqlandi. - 1929 - Lev Trotskiy Sovet Ittifoqidan surgun qilindi. - 1943 - Feldmarshal Paulyus Stalingrad yaqinida taslim bo‘ldi. - 1953 - Shimoliy dengiz qirg'oqlaridagi bo'ron oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo'ldi. - 1958 - Explorer-1 sun'iy yo'ldoshi Yerning radiatsion qatlamini aniqladi. - 1965 - Respublika bolalar kutubxonasi tashkil topdi. - 1968 - Mustaqil Nauru Respublikasi  tashkil topdi. - 1971 - Аmerikaning kosmik kemasi «Apollon -14» Oyga uchirildi. - 1977 - Parijda Pompidu markazi o'z ishini boshladi. - 1989 - Kobuldagi (Afg'oniston) Amerika elchixonasi yopildi. - 1990 - SSSR hududidagi birinchi McDonald’s o'z ishini boshladi. - 2020 - Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqdi. - 2021 - Aleksey Navalniyni qo'llab-quvvatlovchi ikkinchi norozilik namoyishlari. 👉 TAVALLUDLAR: - 1543 - Tokugava Ieyasu (1616) - yapon hukmdori, Tokugava syogunlik sulolasi asoschisi. - 1715 - Gelvesiy Klod Adrman (1771) - fransuz faylasufi, psixologi. - 1769 - Andre Jak Garnerin (1823) - fransuz aeronavti, dunyodagi birinchi parashyutchi. - 1868 - Teodor Vilyam Richards (1928) - mashhur amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1915). - 1881 - Lengmyur Irving (1957) - amerikalik fizik va kimyogar. - 1896 - Sofya Yanovskaya (1966) - matematik, faylasuf, pedagog, sovet matematik falsafa maktabi asoschisi. Kun tarixi kanalidan olindi. - 1902 - Alva Myurdal (1986) - shved diplomati, siyosatchi, Nobel mukofoti sohibasi (1982). - 1911 - Vanga (1996) - bolgariyalik bashoratchi. - 1935 - Kendzaburo Oe - yapon yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1994). - 1938 - Beatriks - Niderlandiya qirolichasi (1980-yildan).  - 1959 -Sergey Baburin - rossiyalik siyosatchi, davlat arbobi. - 1962 - Aleksey Miller - rossiyalik iqtisodchi, “Gazprom” boshqaruvi raisi. - 1986 - Qin Kay - xitoylik suvga sakrash ustasi, ikki karra Olimpiya chempioni, ko'p karra jahon chempioni. - 1992 -Aleksandr Loginov - rossiyalik biatlonchi, jahon chempioni (2020), 4 karra Yevropa chempioni. - 1993 - Ku Pon Chxan - janubiy koreyalik kamonchi, ikki karra Olimpiya chempioni. @toponik

  • Argentina – Janubiy Amerikada joylashgan, maydoni va aholisi bo‘yicha qit’aning eng yirik davlatlaridan biri. Uning poytaxti Buenos-Ayres, rasmiy tili esa ispan tilidir.Davlat nomining kelib chiqishi "Argentina" so‘zi lotincha "argentum" so‘zidan olingan bo‘lib, "kumush" degan ma’noni anglatadi. Bu nom Rio-de-la-Plata (Kumush daryo) hududi bilan bog‘liq. 16-asrda ispan kashfiyotchilari bu yerlarga kelib, mahalliy aholida kumush buyumlar ko‘rgan va bu yerlarni boy kumush konlari bor deb o‘ylashgan. Shundan so‘ng bu hudud "Argentum" bilan bog‘lanib,keyinchalik "Argentina" deb atalgan.Argentina hududida ming yillar davomida tubjoy hindular yashagan. Ular asosan ovchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan.Ispanlarning kelishi (16-asr): 1516-yilda ispan dengizchi Xuan Dias de Solis bu hududni kashf etdi.Shundan so‘ng Argentina Ispaniya mustamlakasi sifatida rivojlandi.Mustaqillik (1816-yil): 19-asrda Argentina mustaqillik uchun kurash boshladi va 1816-yil 9-iyulda Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qildi. @toponik

  • "Maktab" so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, u "yozish", "o‘qish" yoki "ta’lim olish" bilan bog‘liq ma’nolarni anglatadi. "Maktab" so‘zi arab tilida "kataba" (كتَبَ) fe’lidagi yozish bilan bog‘liq bo‘lgan va "yozadigan joy" yoki "ta’lim oladigan joy" degan ma’noni bildirgan. Tarixiy jihatdan, maktablar dastlab Qur’on o‘qitish uchun tashkil etilgan diniy muassasalar bo‘lgan. Ular dastlab bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni yozuv, o‘qish va Qur’on yodlashni o‘rgatishga qaratilgan. Keyinchalik bu joylar faqat diniy ta’lim emas, balki dunyoviy fanlarni ham o‘rgatadigan maskanlarga aylangan. O‘rta asrlarda musulmon olamida maktablar keng tarqalib, ta’limning dastlabki bosqichini tashkil qilgan. Maktablar keyinchalik rivojlanib, madrasalarga aylangan, bu esa yuqori ta’lim beradigan maskanlarni anglatgan. Shu sababli "maktab" so‘zi bugungi kunda ko‘p joyda "o‘quv maskani" yoki "ta’lim muassasasi" ma’nosida qo‘llaniladi. @toponik

  • ✅O'zbekistonning 1-prezidenti Islom Karimov olgan mukofotlar! ❇️"O'zbekiston qahramoni" (1994) ❇️"Oltin Yulduz" (1994) ❇️"Mustaqillik" ordeni (1996) ❇️"Buyuk xizmatlari uchun ❇️"Do'stlik" ordeni ❇️"Amir Temur" ordeni (1997) ❇️"Xalqlar do'stligi" ordeni (1988) ❇️"Mehnat Qizil ordeni" (1981) ❇️"Buyuk Vitautas" zanjirli ordeni (2002) ❇️Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni (2003) ❇️Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli va lentali ordeni ❇️Oltin burgut ordeni ❇️Oltin moʻyna ordeni ❇️Uch yulduz ordeni ❇️Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni ❇️Ukraina Prezidentining faxriy nishoni ❇️Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya, 2003) ❇️Serbiya Respublikasi lentali ordeni ❇️Mugunxva ordeni (1995) ❇️Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal (1996) ❇️YuNESCO „Avitsenna“ oltin medali (1996) ❇️YuNESKO „Aristotel“ oltin medali  (2007) ❇️Shaxsiy toʻpponcha (Ukraina) ❇️Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni (1998) ❇️Shayxulislom ordeni ❇️"Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) ❇️„Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi (1994) @toponik

  • Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan - 2016-yil 2-sentyabr og'ir kasallik tufayli vafot etdi.Toshkent shahri ,davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Oʻzbekiston Qahramoni (1994) Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan. @toponik Davomi ⤵️