tgindex
Toponimchi
@toponimchiузбекский

Toponimlarning siz bilgan va bilmagan maʼnolari.

Последний пост
7 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
241
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
260
20 постов
Вовлечённость
107,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #mutolaa #shumbola Shum bola asaridagi joy nomlari 1. Ko‘kterak. Bu joyda Shum bolaning do‘sti Omon bilan Ko‘kterakdagi bozordagi hangomalari, sheshening o‘tovidagi o‘g‘ri kissavur Sultonalining va uning sheriklari bilan dasturxon ustidagi muloqot voqealari bo‘lib o‘tadi. Ko‘kterak – hozirgi Toshkent tumanidagi katta qishloqlardan biri. 2. Eshonbozor. Asarda bu joy Toshkent, Chimkent va Sayram muzofotlarining chorakam bir ka’basi, deya ta’riflangan. Bu hozirgi mashhur “Bek baraka” bozori yaqinidagi “Eshonguzar” mavzesi deb taxmin qilinadi. Bu joy bugungi kunda Zangiota tumani hududida hisoblanadi. 3. Kalas. Asarda Eshonguzardan haydalgan Qoravoyning Kalas daryosini kechib o‘tishi hikoya qilinadi. Aynan shu yerda birorta ulovli yo‘lovchini kutib, oldidan katta daryo chiqib qolganda mashhur sayyohlarning ashulasini suvning sharqiroq oqinlariga qarab kuylaydi. Daryo toshqin, suvlar to‘lqin, O‘tolmayman-a, yor-yor, Otim oriq, manzil uzoq, Yetolmayman-a, yor-yor, Otginamni oriq qilgan Shu mayda tosh-a, yor-yor. Ranginamni sariq qilgan U qalamqosh-a, yor-yor... Shu orada oriq baytalga mingan uzumchi chol bolani narigi tomonga o‘tkazib qo‘yishga majbur bo‘ladi. Otaxon bu joylar haqida aytib beradi. Ma’lum bo‘lishicha, daryoning nomi Kalas, unga nisbatan esa bu yerlar Quri Kalas qishlog‘i deb nomlangan ekan. Adabiyotlarda bu gidronim haqida Qozog‘iston viloyati va Toshkent viloyatidagi daryo bo‘lib, hududdagi Qoplonbek qishlog‘idan quyiroqda juda sayozlanib qoladi. Hozir uning havzasi past tog‘larda bo‘lganidan u qadar sersuv emas, daryoning tekislikka chiqish joyida mavsumiga qarab o‘zgaruvchan bo‘ladi. O‘z nomiga monand xalq tilidagi Keles ayni paytda Toshkent tumani markazi hisoblanadi. @urfonklubi

  • без подписи

  • Sitsiliyadagi Buxoriy qishlog‘iga buxoroliklar asos solganmi? Tarix fanlari doktori, professor Robert Landa Sisiliya oroliga qilgan sayohati chog‘ida bu yerdagi Bukkeri qishlog‘ida to'xtaydi. Tabiiyki, olimlarga xos qiziquvchanligi tufayli u qishloqning tarixi bilan qiziqdi. Ma’lum bo'lishicha, "Bukkeri" — "Buxoriy" so‘zining buzib aytilgan shakli bo'lib, ushbu qishloqqa IX-X asrlarda Buxorodan kelgan bir guruh odamlar asos solgan ekan. To‘liq maʼlumot: https://daryo.uz/2018/02/09/sitsiliyadagi-buxoriy-qishlogiga-buxoroliklar-asos-solganmi @toponimchi

  • Torshavn Farer orollarining poytaxti va eng yirik shahri bo‘lib, Daniyaga qarashli bu orollar Shimoliy Atlantikada joylashgan. Shahar nomining etimologiyasi qadimgi skandinav (norroen) tilidan kelib chiqqan bo‘lib, quyidagi maʼnolarni anglatadi. "Tór" — bu skandinav mitologiyasidagi momaqaldiroq xudosi Tor (yoki Thor) nomidir. "shavn" (norroencha: höfn yoki hafn) — bu "port" yoki "bandargoh" degan ma’noni bildiradi. Tórshavn — "Torning porti" yoki "Tor bandargohi" degan ma’noni anglatadi. Afsonalarga ko‘ra, bu hudud qadimda Tor xudosiga bag‘ishlab tanlangan bo‘lishi mumkin. Farer orollariga ilk vikinglar joylashganida, ular ko‘pincha o‘zlarining sevimli xudolari nomi bilan joylarga nom berganlar. Shu sababli, Tórshavn katta ehtimol ibodatlar, qurbonliklar yoki muqaddas yig‘ilishlar uchun muhim joy bo‘lgan. https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A2%D0%BE%D1%80%D1%81%D1%85%D0%B0%D0%B2%D0%BD @toponimchi

  • ISTANBUL Bugun butun nasroniy olamida motam, sababi 29-may Konstantinopol fath etilgan kun! Xristianlar oʻzlarining Rimdan keyingi eng yirik va muqaddas markazlaridan ayrilishgandir. Shaharga esa Islom boʻl yaʼni Islomga kir, musulmon boʻl maʼnosida Islomboʻl yoki Istambul deb nom berilgan degan qarashlar ham mavjud. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Istanbul @toponimchi

  • Bachqir qishlog‘i Tarixchilar fikriga ko‘ra, Buvayda tumanidagi Bachqir qishlog‘ining nomi "bos" va "qir" soʻzlaridan tashkil topgan deyiladi. Yana bir versiyaga koʻra esa, arab bosqini paytida sarkardaning "bosib qirib tashla" buyrugʻidan kelib chiqqanligi aytiladi. @toponimchi

  • Ural, Ural togʻlari Osiyo bilan Yevropa qitʼalarini bir-biridan ajratib turuvchi oʻrtacha balandlikdagi togʻli oʻlka. Osiyo bilan Yevropa chegarasi Uralning sharqiy etaklaridan oʻtadi. Shimolida Kara dengizi sohillaridan, janubida Ural daryosigacha 2000 kmdan ziyod choʻzilgan. Eni 40–60 km dan 150 km gacha (Janubiy Ural.), eng baland joyi 1895 m (Narodnaya tog‘i). Baʼzi olimlar Uralga janubdan Mugʻojar togʻlarini ham kiritadi. Ural nomining kelib chiqishi 2 xil: 1) Ural — qadimgi turkiy tildagi kamar, belbogʻ soʻzidan; 2) boshqird xalq eposidagi Ural Botir nomidan deb talqin qilinadi. @toponimchi

  • AND TOG‘LARI Ba’zi tarixchilarning fikriga ko‘ra, tizma nomi kechuancha anti ("sharq") so‘zidan kelib chiqqan. Boshqalar esa uni kechuan tilidagi anta ("mis") so‘zidan olingan deb taxmin qilishadi. Ehtimol, buni qadimgi Aymara tilining mis rangini bildiruvchi anta so‘ziga bog‘lash to‘g‘riroq degan versiya mavjud. @toponimchi

  • ALP TOG‘LARI Lotinchadan albus ("oq") sifatidan yoki nomi alfita, "oq un" bilan bog‘liq bo‘lgan yunon ma’budasi Alfito so‘zidan kelib chiqqan degan versiyalar mavjud; alfos, xira oq moxov hamda proto-hind-yevropa so‘zi albós. @toponimchi

  • Himolay tog‘ tizmasi Himolay tog‘ tizmasining nomi sanskritcha "qor maskani" ma'nosini beruvchi 2ta so'zdan kelib chiqqan. "Hima" so'zi sovuq ma'nosini bildirsa, "alaya" uyni bildiradi. @toponimchi

  • JALAQUDUQ Jalaquduq – Andijon viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Xoʻjaobod tumani bilan birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tuzildi). Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar oʻramida yogʻingarchilik koʻproq boʻlganligidan, u erlar ilgari qamishzor, toʻqayzor boʻlgan. Tuman nomi „jele“ yoki „jelak“ soʻzidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: oʻtmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela qoʻyiladigan quduqlar asta-sekin „jelaquduq“ deb ataladigan boʻlganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „jalaquduq“ yoki „jalolquduq“ shaklida qishloq, soʻngra tumanga nom boʻlib qolgan deyiladi. Jalaquduq tumani hududida 11ta arxeologik tepalik, 5ta meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintеpa, Qoratepa, Eshonota va Qilichmozor tepaliklari eng qadimiy arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir. Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi musulmon qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Shunga qaramasdan Fargʻona fath etiladi. Qutayba ibn Muslim yangi saylangan xalifa Sulaymonga boʻysunishdan bosh tortganligi uchun xos askarlari tomonidan 715-yilda hozirgi Jalaquduq tumani hududida oʻldirilgan. Tarixchi Narshaxiyning yozishicha, Qutayba ibn Muslimning qabri Qilichmozor qishlogʻida. Bu qishloq yonidagi qabriston „Raboti sarxang“ (hozirgi „Mozorbuva“) deb ataladi. https://www.wikiwand.com/uz/articles/Jalaquduq @toponimchi

  • O‘zbekistondagi ayrim tumanlar va shaharlarning etimologiyasi @toponimchi

  • Sebzor Bu nom forscha — olmazor degan ma’noni bildiradi. Daha hududidan Kaykobus, Shaharariq kabi yirik ariqlar o‘tganligi sabab, soya-salqin joylar bo‘lgan. XVI asrda bu yerlarda shayboniylarning dala hovlilari joylashgan. Shayboniylardan bo‘lgan Suyunxo‘jaxon tomonidan bu yerlarda so‘lim bog‘ barpo qilinib, u Kaykobus chorbog‘i deb atalgan. @toponimchi

  • Kosta-Rika - Boy qirg‘oq 1502-yilda Kolumb ekspeditsiyasi noma'lum qirg‘oqqa kelib tushadi. U yerda tilla taqinchoqlar bilan burkangan mahalliy hindular yashardi. Shu tufayli bu yerda oltin konlari ko'p bo'lsa kerak deb o'ylagan ispanlar yangi hududga "boy qirg'oq" — "Kosta-Rika" deb nom berishadi. Ammo keyinchalik, Kosta-Rika hududida qazilma boyliklar juda kam ekani ma'lum bo'ladi.) @toponimchi

  • без подписи

  • Osiyo Pompeyi - Poykend Poykend, Poykand — qadimgi  karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar xarobasi (miloddan avvalgi 4-3-milodiy 11-asrlar). Buxorodan 44 km janubi-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan hududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari „Quyi shahar“ maʼnosini anglatadi. Poykend tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan shahar ilk oʻrta asrlarda „Shahristoni Roʻin“, yaʼni „Jezdan qurilgan shahriston“ (Jez shahar) nomi bilan shuhrat topgan. Buxoro viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Poykent qadimgi manzilgohining xarobalari. Ushbu betakror shahar ming yillar davomida cho‘l qumliklari ostida qolib ketgan, bu esa uning qoldiqlarini hozirgi kungacha saqlab qolishga yordam berdi. Aynan shu uchun arxeologlar bu hududni Osiyoning Pompeyi deb nomlashgan. @toponimchi

  • Chotqol Chirchiq daryosining eng yirik irmog‘i va tog‘. Ishtaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Jadg‘al daryosi va viloyati tilga olingan. Shayx Sulaymon Buxoriyning chig‘atoycha-usmonli turkcha lug‘atida esa chatqol «notekis yer, dara» deb izohlangan. Hozirgi zamon qirg‘iz tilida chatqal – «ikki tog‘ orasidagi botiq, dara» degan ma'no anglatadi. G‘aybulla Boboyorov Chatqol toponimini «dara, tog‘ orasidagi soylik» deya atash mumkin, deb hisoblaydi. Bu so‘z o‘z navbatida ikki komponentdan iborat: «chat» – «ikki daryo bir-biriga qo‘shiladigan joydagi oraliq»; «qal» (qol) esa – qandaydir qadimiy so‘z, ehtimol, «soy, jilg‘a» ma'nosidagi «qol» (qo‘l) so‘zining fonetik o‘zgarishidir. Chatqol toponimining turkiy ekanini Mo‘g‘ulistonning g‘arbiy hududlarida turkiy Chatqaltog‘ nomi uchrashi ham tasdiqlaydi. @toponimchi

  • Chelyabinsk – Chalabiy shahri Chelyabinsk – aholi soni boʻyicha Rossiyada sakkizinchi oʻrinda turuvchi shahar. Aholisi bir milliondan ortiq. Chelyabinsk shahri nomining kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Eng keng tarqalgan talqinga koʻra, u kishi ismidan – Chalabiy soʻzidan kelib chiqqan. Chalabiy oti va unvoni turklarda keng tarqalgan. Shu nomdagi bir necha mashhur kishilar bor. Ammo manbalar bu soʻzni dastlab Oʻrta Osiyodagi turkiy qavmlar oʻzlashtirganini taʼkidlaydi. Turkcha cheleb soʻzi xoʻjayin, ulugʻ zot, tangri kabi maʼnolarga ega. Ildizi suryoniycha s‌əlab – xoch soʻziga borib taqaladi. Oʻzbekchada qoʻllanadigan salib soʻzi ham ana shu oʻzakdan. Rus oʻlkashunosi Vladimir Vitevskiy fikricha, chelab – boshqirdcha soʻz. Maʼnosi – chelak yoki lavlagi. Olim Chelyabinsk chindan ham chelaksimon havzada joylashganiga eʼtibor qaratadi. #oriftolib @toponimchi

  • KAMCHIQ (Kendir dovoni) – Farg'ona vodiysini Toshkent bilan bog'laydigan qadimiy dovon yo'li. Chotqol tog'ini kesib o'tadi. "Boburnoma”da "Kendirlik” deb tilga olingan. Keyingi yillarda bu yo'l tog'dan oqib tushuvchi kichikkina "Qamchiqsoy” nomi bilan "Qamchiqdovon” deb atalib ketdi. Bunday deyish noto'g'ridir. "Kendir” nomining maʼnosi bizga hozircha nomaʼlum. Balki, o'sha o'tish xavfliligi uchun "Kamchiq” deya nomlanishi (muallif izohi) haqidagi faraz to'g'ri bo'lsa kerak. @toponimchi

  • Dushanbe — «dushanba bozori» Manbalarda Dushanbe qishlog‘i haqidagi ilk qaydlar XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab uchraydi. Dushanbe qishlog‘i Hisor vodiysidagi karvon yo‘llari chorrahasida joylashgan va bu yerda har dushanba kuni katta bozor bo‘lgan. Shu sabab bu bozor «Dushanba bozori» deb atalgan va u keyinchalik joy nomiga aylangan. Buxoro amirligi davrida Dushanbe Hisor bekligining muhim shaharlaridan biri bo‘lgan, shaharda 10 mingdan ortiq kishi istiqomat qilgan. Tojikiston ASSR tashkil topgach, Dushanbe Tojikiston poytaxti bo‘lish uchun Qoratog‘ shahri bilan raqobat qilgan. Qoratog‘ shahrida aholi ko‘proq bo‘lgan (Xo‘jand bu paytda O‘zbekiston SSR tarkibida edi), ammo kommunistik uslubdagi yangi shahar qurish rejasi sabab poytaxt sifatida Dushanbe tanlangan. 1924-1929-yillarda shahar Dyushambe deb atalgan, 1929-yilda esa shaharga Stalinobod nomi berilgan. 1961-yilda shahar nomi yana Dushanbega o‘zgartirilgan. @toponimchi