ToshDO'TAU/Ma'naviyat
СтатистикаToshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlarini yoritish uchun
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 108
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 535
- 1/48двое суток
- 613
- 1/72трое суток
- 661
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hurmatli yoshlar! 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari safidan joy olayotgan, kelajagi uchun aynan ToshDO‘TAUni tanlagan barcha oʻgʻil-qizlarni samimiy muborakbod etaman! Siz tanlagan universitet bugun nafaqat respublikamizda, balki xalqaro akademik maydonda ham o‘zining munosib o‘rniga ega. Buni so‘nggi yillarda xalqaro reytinglarda qayd etayotgan natijalarimiz ham tasdiqlaydi. Universitetimiz THE Impact Rankings reytingida 2022-yildagi 1000+ natijadan 2026-yilda TOP-101+ darajasiga ko‘tarildi. Gender tengligi bo‘yicha dunyoda 8-o‘rin, sifatli ta’lim bo‘yicha 28-o‘rinni egalladi. QS reytingida esa “Modern Languages” yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning TOP-251+ universitetlari qatoridan joy oldi. Bugun universitetimiz Oksford universitetidagi “O‘zbekshunoslik dasturi”, Italiyaning Ka-Foskari universitetidagi “O‘zbekiston burchagi”, dunyoning turli mamlakatlaridagi o‘zbek tili va madaniyati markazlari, xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalari bilan global akademik makonda o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Endilikda bu katta tarix va yutuqlarning davomchisi siz bo‘lasiz. Sizga talabalik yillarida puxta bilim olish, ilmiy va ijodiy izlanish, xalqaro imkoniyatlardan foydalanish va o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi bo‘lishingizni tilayman. ToshDO‘TAUni tanlaganingizdan mamnunmiz. Sizni talabalikka qabul qilinganligingiz bilan yana bir bor muborakbod etaman! Universitetimizga xush kelibsiz! Shuhrat Sirojiddinov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik
📌 Islom sivilizatsiyasi markazi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Dolzarb_90_kun Joriy yilning 13-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Dolzarb 90 kun”loyihasi doirasida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Gulnoza Jurayeva ,universitet xodimlari ,tyutorlar va talaba yoshlardan iborat jamoa Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif juda qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Markazda yurtimizning boy islomiy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy faoliyati va qadimiy qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimiz haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Bu maskan yoshlar uchun ham bilim va ma’rifat olishda muhim ahamiyatga ega. https://t.me/toshdotau_m
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#35000tashabbus Har bir katta o‘zgarish bir g‘oyadan boshlanadi. “35 000 tashabbus” — O‘zbekiston yoshlarining ezgu g‘oyalari va amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha. 💡 Innovatsiya va texnologiyalar 📚 Ta’lim va fan 💻 Raqamli iqtisodiyot va IT 🚀 Tadbirkorlik va startaplar 🌱 Ekologiya va “yashil makon” 🎨 Madaniyat, san’at va meros 🏃 Sport va sog‘lom turmush 🤝 Ijtimoiy soha va volontyorlik 🌾 Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat 🏙 Shaharsozlik va infratuzilma Sizning g‘oyangiz ham ushbu tashabbusning bir qismiga aylanishi mumkin. Bir g‘oya — bir tashabbus. 35 000 tashabbus — katta o‘zgarishlar sari 35 000 qadam. 👍Bizni tarmoqlarda kuzating👇 Telegram / Facebook / Instagram/ X
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda! 🌐 Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar, bo‘lajak stipendiatlar hamda turli soha vakillari ishtirok etishlari mumkin. ✔️Maqolalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, turk va nemis tillarda qabul qilinadi. ✅ Konferensiyaning afzalliklari ➡️Ilmiy faoliyatingiz uchun xalqaro e’tirof ➡️Ilmiy portfoliongizni boyitish imkoniyati ➡️Magistratura, doktorantura va turli grant dasturlarida qo‘shimcha ustunlik ➡️“Yil talabasi” tanloviga hujjat topshirishda foydali ilmiy faoliyat ko‘rsatkichi ➡️Davlat va nomdor stipendiyalar uchun ilmiy portfolioni mustahkamlash imkoniyati 📚 Konferensiya doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar Zenodo, OpenAIRE, Academia.edu xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi. 🎁 Har bir ishtirokchiga esdalik ko‘krak nishoni, konferensiya to‘plami, maxsus guvohnoma va sertifikat taqdim etiladi. 📌 Konferensiyada ishtirok etish uchun @bunyodkor_avlod profiliga murojaat qiling. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish! @registrator_ofis1
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи