Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi | Rasmiy kanal
Статистика🇺🇿 Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifasi. 📍Manzil:Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi 14A, 🌐 Veb-sayt:toshkent.madaniyat.uz 📲 Instagram.com/toshkent_madaniyat 📲 www.facebook.com/toshmb.rasmiy 📲 Youtube.com/@toshmb_rasmiy
- Последний пост
- 17:05
- Последнее чтение
- 19:10
- Постов за неделю
- 90
- Всего постов
- 525
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 76
- 1/48двое суток
- 87
- 1/72трое суток
- 93
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Toshkentda “Chilla salqin ta’mlar festivali” o‘tkaziladi Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 21–23-avgust kunlari Tashkent City hududida yozning eng issiq kunlariga bag‘ishlangan “Chilla salqin ta’mlar festivali” bo‘lib o‘tadi. Uch kun davom etadigan festival poytaxt aholisi va mehmonlari uchun salqin ichimliklar, muzqaymoq, musiqa va ko‘ngilochar dasturlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbirda o‘nlab ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar, shuningdek, Sprite, Fanta va Fuse Tea brendlari o‘z maxsus zonalari bilan ishtirok etadi. Festival dasturidan: 🔹 muzqaymoq, kokteyllar, bubble tea, sovuq qahva, yangi siqilgan sharbatlar va boshqa yozgi ta’mlar; 🔹 interaktiv o‘yinlar, tanlovlar va sovrinli aksiyalar; 🔹 tematik fotozonalar va kreativ salqinlash hududlari; 🔹 DJ-setlar va kechki konsertlar; 🔹 suvli ko‘ngilochar zonalar; 🔹 kechki shou va feyerverklar o‘rin olgan. Festival maydonining o‘ziga xos jihatlaridan biri — qariyb 10 tonna haqiqiy muzdan yaratiladigan art-obyektlar va fotozonalar bo‘ladi. Shuningdek, hududda salqinlantiruvchi yomg‘ir arkalari, suvli o‘yin maydonlari hamda yozgi issiqda mehmonlar uchun maxsus salqinlash zonalari tashkil etiladi. Har kuni kechqurun festival konsert va ko‘ngilochar dastur bilan davom etadi. Sahnalarda taniqli ijodkorlar chiqish qiladi, mehmonlar uchun tanlov va sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi. 🎟 Kirish bepul 📅 21, 22 va 23-avgust 🕓 16:00 dan 23:00 gacha 📍 Tashkent City, O‘qchi ko‘chasi, 3 📌 Festival hududi: Holiday Inn mehmonxonasidan “Xalqlar do‘stligi” metro bekati chiqishigacha ☎️ Ma’lumot uchun: +998 90 024 60 10 Instagram: @chillafest ———— В Ташкенте пройдет фестиваль «Chilla salqin ta’mlar festivali» При поддержке хокимията города Ташкента с 21 по 23 августа на территории Tashkent City пройдет летний фестиваль «Chilla salqin ta’mlar festivali» — «Фестиваль прохладных вкусов». В течение трех дней одна из центральных прогулочных зон столицы объединит десятки производителей и ретейлеров мороженого и прохладительных напитков, музыкальную программу и интерактивные развлечения. Свои тематические пространства также представят Sprite, Fanta и Fuse Tea. В программе фестиваля: 🔹 мороженое, коктейли, бабл-ти, холодный кофе, свежие соки и другие летние вкусы; 🔹 интерактивные игры, конкурсы и розыгрыши призов; 🔹 тематические фотозоны и креативные зоны охлаждения; 🔹 DJ-сеты и вечерние концерты; 🔹 водные развлечения; 🔹 вечерние шоу и фейерверки. Одной из особенностей фестиваля станут масштабные арт-объекты и фотозоны, для создания которых планируется использовать около 10 тонн настоящего льда. На территории также появятся освежающие дождевые арки, водные игровые площадки и специальные зоны, где гости смогут укрыться от августовской жары. Каждый вечер фестиваль будет переходить в концертно-развлекательный формат с выступлениями популярных артистов, музыкой, конкурсами и розыгрышами. 🎟 Вход свободный 📅 21, 22 и 23 августа 🕓 с 16:00 до 23:00 📍 Tashkent City, улица Укчи, 3 📌 Локация фестиваля: от гостиницы Holiday Inn до выхода метро «Дружба народов» ☎️ Для справок: +998 90 024 60 10 Instagram: @chillafest
⚡️ Andijonda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalarni belgilab oldik 📲Telegram 📲Instagram
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch tumanidagi “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasida bo‘ldi. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Bu_fakt ❓ YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistonning nomoddiy madaniy meroslari haqida bilasizmi? Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning turli nomoddiy madaniy meros ro‘yxatlariga 18 ta nomoddiy madaniy meros namunasi kiritilgan. 📌 Jumladan, ro‘yxatga: ✔️ 2008 - yilda "Shashmaqom"; ✔️ 2008 - yilda "Boysun madaniy muhiti"; ✔️ 2009 - yilda "Katta ashula"; ✔️ 2014 - yilda "Askiya san’ati"; ✔️ 2016 - yilda "Navro‘z"; ✔️ 2016 - yilda "Palov madaniyati va an’analari"; ✔️ 2018 - yilda "Xorazm raqsi – Lazgi"; ✔️ 2018 - yilda "Marg‘ilon hunarmandchilik maktabi: atlas va adras to‘qish texnologiyasi"; ✔️ 2020 - yilda "Miniatyura san’ati"; ✔️ 2021 - yilda "Baxshi san’ati"; ✔️ 2022 - yilda "An’anaviy ipakchilik"; ✔️ 2022 - yilda "Nasriddin afandi latifalarini aytish" an’anasi; ✔️ 2023 - yilda "O‘zbekiston kulolchilik maktablari"; ✔️ 2023 - yilda "Iftor va u bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy an’analar"; ✔️ 2023 - yilda "Naqqoshlik – kitob bezak san’ati"; ✔️ 2024 - yilda "Rubob yasash va chalish san’ati"; ✔️ 2025 - yilda "Qirg‘iz, qozoq va qoraqalpoq xalqlarining o‘tovlar tayyorlashga oid an’anaviy bilim va ko‘nikmalari"; ✔️ 2025 - yilda "Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati" kiritilgan. 📌 Ayni kunlarda milliy madaniy merosimizni xalqaro miqyosda yanada keng tanitish ishlari davom etmoqda. Xususan, 2026-yil davomida "Buxoro raqsi"ni YUNESKOning "Insoniyat nomoddiy madaniy merosi" Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish taklif etilgan. 🔥 YUNESKO ro‘yxatlaridan o‘rin olgan mazkur nomoddiy madaniy meros namunalari xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan an’analarining yorqin ifodasidir. Ularni asrab-avaylash, ilmiy o‘rganish, yosh avlodga yetkazish va dunyo miqyosida targ‘ib qilish milliy madaniy merosimizni kelajak avlodlarga bezavol yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Mustaqillik35Yilligi 🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 🎭 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yashnobod tumanidagi Do‘stlik bog‘ida bayram konsert dasturi tashkil etildi. 🎶 Tadbir davomida Yashnobod tumani madaniyat bo‘limi tomonidan xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar, badiiy chiqishlar hamda ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. ✨ Bayram tadbiri ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, Mustaqillik bayramining tantanavor ruhini yanada oshirdi.
🇺🇿 🇺🇿 Xayrli tong, ona shahrim! — 🇺🇿 🇺🇿 Доброе утро, родной Ташкент! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
#Konsert ⚡️"Amirsoy Paradiso": simfonik musiqa tog‘larga ko‘tariladi Joriy yil 15–16-avgust kunlari "Amirsoy Resort"da "Amirsoy Paradiso" musiqiy loyihasining ilk konserti bo‘lib o‘tmoqda. Dengiz sathidan 1681 metr balandlikda — Tyanshan tog‘lari bag‘rida jahon zamonaviy klassikasi namunalari yangraydi. Konsertda O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri hamda Respublika orkestrlar va xor jamoalari Ijodiy birlashmasi ishtirok etadi. Dirijyor — O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev. Ochiq osmon ostidagi simfonik musiqa bu safar tog‘ manzarasi bilan uyg‘unlashadi. Musiqiy dastur yorug‘lik shousi va tungi sahna kompozisiyasi bilan birgalikda namoyish etiladi. "Amirsoy Paradiso" ochiq osmon ostidagi simfonik konsertlar an’anasining 10 yillik tarixini davom ettiradi. Bu an’ana 2016-yilda Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr favvoralari maydonida boshlangan edi. Keyinchalik simfonik konsertlar mamlakat hududlariga ham olib chiqildi. 2019-yilda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 28 ta konsert tashkil etildi. Endi esa ushbu musiqiy an’ana yangi makon — tog‘lar bag‘rida davom etmoqda. 15–16-avgust kunlari "Amirsoy Resort"da simfonik musiqa, tabiat va ochiq osmon bir sahnada uchrashadi. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Respublika_kengashi 🎓 Poytaxtda madaniy ta’lim ziyolilarini bir nuqtada jamlaydigan Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
❄️ Chilla Fest davom etmoqda! 21-avgust kuni Tashkent City sahnasida — afsonaviy RAYHON! 🔥❄️ Bitta kecha, bitta yulduz, minglab hissiyotlar. Chilla Fest’ning salqin kayfiyatida unutilmas yoz shousiga tayyor bo‘ling. 📍 Tashkent City 🕖 Boshlanishi: 19:00 Biz bilan birga salqinlashing — Sprite va Toshkent shahri sizga issiqsiz yoz sovg‘a qilmoqda! 🥤❄️ ❄️ CHILLA FEST продолжается! ⸻ ❄️ CHILLA FEST продолжается! 21 августа на сцене Tashkent City — легендарная RAYHON! 🔥❄️ Один вечер, одна звезда, тысячи эмоций. Готовьтесь к незабываемому летнему шоу под прохладным вайбом Chilla Fest. 📍 Tashkent City 🕖 Начало: 19:00 Освежись вместе с нами — Sprite и город Ташкент дарят вам лето без жары! 🥤❄️ ❄️ CHILLA FEST продолжается!
🎉 MIROBODDA NAVBATDAGI MADANIY TADBIR! 🎶✨ 📍 Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasida Mirobod tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhdagi madaniy tadbir tashkil etildi! 🌟 🎤 Tadbir davomida: 🎶 jonli ijrolar 💃 raqslar 🎭 ijodiy chiqishlar ✨ ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Tadbir mehmonlarga unutilmas taassurot, xush kayfiyat va go‘zal lahzalarni ulashdi! ❤️ 🌟 Mirobod — madaniyat, san’at va ijod maskani! 📲 Telegram: https://t.me/mirobodmadaniyatbolimi 🌐 Rasmiy sayt: http://mirobodmadaniyat.uz/ 📸 Instagram: https://www.instagram.com/mirobod_madaniyat?igsh=MTZoczluemVoNGJkZA== #Mirobod #Madaniyat #MadaniyTadbir #TarasShevchenko #GastronomikKocha #Sanat #MadaniyatVaSanat #Toshkent
Joriy yilning 15-avgust kuni Mirzo Ulug’bek tumanida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag’ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida turistik ko’chalarda konsert dasturlari o’tkazildi. ⚪️ Telegram 🔵Facebook 🟣 Instagram 🔴 YouTube
#Mustaqilligimizning_35_yillik_bayrami 🇺🇿Avval xabar berganimizdek, Mustaqilligimizning 35 yillik bayram munosabati hamda aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida haftaning har shanba va yakshanba kunlari Chilonzor tuman Madaniyat markazlari xodimlari tomonidan konsert dasturi oʻtkazib kelinmoqda. 📍Bugun ham Chilonzor tumanida joylashgan 24/7 faoliyat olib boradigan gastronomik va turizm koʻchasida “Jonli mikrafon” dasturi davom etdi. Ushbu musiqiy shou dasturi orqali bolajonlarga hamda tashrif buyurgan aholiga koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Kelayotgan dam olish kunlarida ham tumanimizda joylashgan 24/7 faoliyat yuritadigan gastronomik va turizm koʻchasida, madaniyat va istirohat bogʻlarida konsert dasturlari boʻlib oʻtadi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi! Uchtepa tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumandagi 24/7 Turizm ko‘chasida keng qamrovli bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida yurtdoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida jonli ijrolar, musiqiy chiqishlar, madaniy-ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Bayram tadbirida tuman aholisi va mehmonlari faol ishtirok etib, Mustaqillik shodiyonalarini yuqori kayfiyatda nishonladilar. 🎉 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! #Mustaqillik35yil #Uchtepa #UchtepaTumani #Madaniyat #BayramTadbiri #TurizmKochasi #MustaqillikBayrami #O‘zbekiston
"Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturiga asosan, Toshkent shahridagi gastronomik va turizm ko‘chalarida madaniy-konsert dasturlarini tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan 2026-yil 15-avgust kuni Shayxontohur tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 19-21-son madaniyat markazlaridan “Shodlik” xalq havaskorlik doirachilar jamoasi hamda barcha ijodiy xodimlar ishtirokida Shayxontohur tumanida joylashgan “Navro‘z” bog‘i hududidagi hunarmandchilik, gastronomik va turizm maskanida madaniy-konsert dasturi tashkil etildi. Mazkur turizm maskanidan video lavhalar.
#kun_hikmati 📝 Hikmatli so‘z – kuningizga ma’no bag‘ishlaydi ✅️Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt |Telegram-bot
#Mustaqillik_35_yil 🇺🇿Chilonzor tumani Beshchinor mahallasida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35- yilligi bayram munosabati bilan konsert dasturi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu dastur davomida, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, unga hurmat bilan qarash, milliylikni targʻib qilish maqsadida milliy qadriyatlar va milliy liboslar kuni doirasida koʻrgazma tashkil etilgan boʻlib, tashrif buyuruvchilarga manzur kelmoqda. Bizning manzilimiz: 👉https://t.me/chilonzor_madaniyat
#Respublika_kengashi 🎓 Poytaxtda madaniy ta’lim ziyolilarini bir nuqtada jamlaydigan Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#Tanlov ⚡️Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. 🌟 Batafsil: https://t.me/Jurnalistlari_Uz/28128 Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
без подписи
без подписи