Soliq huquqi va ilm
СтатистикаTDYU "Ma'muriy va moliya huquqi" kafedrasi "Tax law society" to'garagining kanali 📘 Soliq huquqi, qiyosiy huquq, ma'muriy huquq 🧠 Ilmiy ish yozish 📌 Talaba, tadqiqotchi va huquqshunoslar uchun Murojaat uchun: @tsultaxlawsociety Bot: @tsultaxlaw_bot
- Последний пост
- 26 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#soliqlar Blogerlar qanday soliqlarni to’laydilar? Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#ilm Mening ilmiy ishlarimni kim o‘qiydi? Ilmiy ish yozish jarayonida eng muhim jihatlardan biri — bu sizning ishingizni kim o‘qishini oldindan tasavvur qila olishdir. Chunki yozayotgan matningizning turi va konteksti auditoriyani belgilaydi. Masalan: PhD…
#ilm Mening ilmiy ishlarimni kim o‘qiydi? Ilmiy ish yozish jarayonida eng muhim jihatlardan biri — bu sizning ishingizni kim o‘qishini oldindan tasavvur qila olishdir. Chunki yozayotgan matningizning turi va konteksti auditoriyani belgilaydi. Masalan: PhD dissertatsiyasi Konferensiya maqolasi Ilmiy jurnal uchun maqola Monografiya Ilmiy hisobot va boshqalar. Har bir ilmiy ish nafaqat tadqiqot natijalarini, balki: — butun tadqiqot jarayonini; — baholash va tahlil bosqichlarini; — mavzuning dolzarbligini ham ko‘rsatishi kerak. Sizning ilmiy ishingizni kimlar o‘qishi mumkin? • soha mutaxassislari • ilmiy izlanuvchilar • amaliyotchi mutaxassislar • siyosatchilar • milliy va xalqaro auditoriya Shu sababli ilmiy ishda faqat mahalliy emas, balki xalqaro manbalar, global tajribalar va qiyosiy yondashuvlarni yoritish uning qiymatini oshiradi. 📌 Manba: Workshop by Dr. Josie Dixon — “Writing Articles for International Publication in Peer-Reviewed Journals”, Regensburg, May 2026.
‼️MUALLIF UCHUN QO'LLANMA (Checklist) Ilmiy maqoladagi tipik xatolardan qanday qochish kerak? Ushbu nazorat roʻyxati⚡️ maqolani tahririyatga topshirishdan avval tezkor o‘zini tekshirish uchun mo‘ljallangan. 1. Maqolada aniq ilmiy muammo qoʻyilganmi? 👍 Tadqiqot obyektini aniq ifodaladim 👍 Muammo nimadan iborat ekanligi tushunarli bayon etilgan 👍 Ushbu mavzuning nima uchun muhimligini izohlab berdim ❗️ Agar tadqiqot maqsadini 2-3 jumlada ifodalab bera olmasangiz – demak, ilmiy muammo hali toʻliq shakllanmagan. 2. Matnda shunchaki bayon emas, balki tahlil mavjudmi? 👍 Men faqatgina boshqa mualliflarning fikrini izchillik bilan bayon etish bilan cheklanmadim 👍 Turli xil ilmiy yondashuvlarni oʻzaro qiyosladim 👍 Ular oʻrtasidagi farq va oʻxshashliklarni koʻrsatib berdim 👍 Mavzu boʻyicha shaxsiy ilmiy pozitsiyam va xulosalarim mavjud ❗️ Agar matnni maʼnosiga putur yetkazmagan holda keskin qisqartirish mumkin boʻlsa – demak, bu ilmiy tahlil emas, balki oddiy hikoya qilib berishdir. 3. Maqola tuzilishi mantiqiymi? 👍 Kirish → muammo qoʻyilishi → tahlil → xulosalar 👍 Har bir boʻlim oʻzidan oldingi qism bilan mantiqan bogʻlangan 👍 Xulosalar bevosita asosiy matndagi tahlillardan kelib chiqqan ❗️ Agar mantiqiy izchillik boʻlmasa, hatto eng sifatli material ham kutilgan natijani bermaydi. 4. Maqola tili tushunarlimi? 👍 Juda uzun va murakkab jumlalardan voz kechilgan 👍 Ortiqcha rasmiyatchilik va qoliplar mavjud emas 👍 Ifodalar aniq va loʻnda ❗️ Matnning murakkabligi uning ilmiyligini anglatmaydi. Tushunarli matn – kuchli matn. 5. Atamalar izchil qoʻllanganmi? 👍 Bir termin = bitta maʼno (maqola davomida oʻzgarmaydi) 👍 “Xilma-xillik uchun” atamalarga oʻzboshimchalik bilan sinonimlar tanlanmagan 👍 Barcha maxsus terminlar oʻquvchi uchun tushunarli yoki izohlangan ❗️ Terminologik chalkashlik maqolaning mazmunini yoʻqqa chiqaradi. 6. Ilmiy yangilik bormi? 👍 Maqolada yangi yondashuv yoki maʼlumotlar taqdim etilgan 👍 Kamida bitta mualliflik xulosasi bor 👍 Hammaga maʼlum boʻlgan haqiqatlar shunchaki takrorlanmagan ❗️ Yangilik – tadqiqotning koʻlami emas, balki fan rivojiga kichik boʻlsa-da, aniq hissa. 7. Xulosalar asoslimi? 👍 Xulosalar asosiy matndagi fikrlarni shunchaki takrorlamaydi 👍 Ular umumiy gaplardan iborat emas, balki aniq natijalarni koʻrsatadi 👍 Xulosalar qoʻyilgan ilmiy muammoga toʻliq javob beradi ❗️ Xulosa – bayon emas, balki erishilgan natija. 8. Manbalar toʻgʻri rasmiylashtirilganmi? 👍 Barcha foydalanilgan manbalar roʻyxatda koʻrsatilgan 👍 Manbalar roʻyxati va havolalar yagona standart asosida rasmiylashtirilgan 👍 Matn ichidagi havolalar va roʻyxat oʻrtasida tafovut yoʻq ❗️ Havolalardagi xatolar muallifga boʻlgan ishonchning pasayishiga olib keladi. 9. Jurnal talablari inobatga olinganmi? 👍 Maqola hajmi belgilangan meʼyorlarga mos 👍 Talab qilingan tuzilishga rioya etilgan 👍 Annotatsiya va kalit soʻzlar talab darajasida va mazmunga mos ifodalangan ❗️ Talablarni mensimaslik maqolaning koʻrib chiqilmasdan qaytarilishiga sabab boʻladi. 10. Maqola kim uchun yozilgani aniqmi? 👍 Maqsadli auditoriya: men maqolam kimga yoʻnaltirilganini aniq bilaman 👍 Matn tili va mazmuni ilmiy darajaga mos keladi 👍 Tadqiqotning amaliy yoki nazariy ahamiyati koʻrsatib berilgan. TEZKOR TEKSHIRUV (1 daqiqa) Agar kamida 3 ta savolga “YOʻQ” deb javob bergan boʻlsangiz – ⚡️ maqolani qayta ishlash zarur. 📌MUHARRIRDAN MASLAHAT Maqolani topshirishdan oldin oʻzingizga bir savol bering: “Maqolamning mohiyatini 1 daqiqa ichida oddiy soʻzlar bilan tushuntirib bera olamanmi?” Agar javobingiz “YOʻQ” boʻlsa – demak, matnni soddalashtirish va tuzilishini qayta koʻrib chiqish talab etiladi.
📢 2026-yilgi School of Law and Social Sciences Summer School dasturiga taklif qilamiz! 7 kun davom etadigan onlayn ma’ruzalar orqali huquq sohasidagi zamonaviy va dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Sana: 25-may 2026 – 2-iyun 2026 Vaqt: 09:30 – 13:00 (BST) Format: To‘liq onlayn Bu yilgi mavzu — “Emerging Issues in Law”. Dastur davomida AI, raqamli iqtisodiyot, kriptovalyuta, iqlim o‘zgarishi, jinoyatchilik va terrorizm kabi global masalalarning huquqiy jihatlari yoritiladi. Batafsil: https://www.bradford.ac.uk/events/whats-on/law-social-sciences-summer-school/
🏆 “TSUL AFLD Contest — 2026” Ma’muriy huquq fanidan xalqaro olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi shu’basi tashabbusi bilan ma’muriy huquq fanidan xalqaro olimpiada tashkil etilmoqda. O‘tkazilish sanasi: 21-fevral 2026-yil Boshlanish vaqti: 10:00 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti Mazkur olimpiadada respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqich talabalari, shuningdek, yuridik texnikumlar hamda TDYU huzuridagi akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham olimpiadaga taklif etiladi. 📮 Ishtirok etishni istaganlar 19-fevralga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://forms.gle/ibsr58Y6W9bcxV7t9 Bizni kuzatishda davom eting. ______ 🏆 «TSUL AFLD Contest — 2026» открыта регистрация на международную олимпиаду по административному праву! По инициативе сектора административного и финансового права Ташкентского государственного юридического университета проводится международная олимпиада по административному праву. Дата проведения: 21 февраля 2026 года Время начала: 10:00 Место проведения: Ташкентский государственный юридический университет В олимпиаде могут принять участие студенты бакалавриата и магистратуры всех высших учебных заведений Республики Узбекистан, обучающиеся по направлению «Юриспруденция», а также обучающиеся юридических техникумов и академического лицея при ТГЮУ. Кроме того, к участию приглашаются студенты зарубежных высших учебных заведений. Желающим принять участие необходимо пройти регистрацию до 19 февраля по следующей ссылке: https://forms.gle/ibsr58Y6W9bcxV7t9 📮 Следите за нами — впереди много интересного.
TDYU Ma’muriy va moliya huquqi sho’basi o’qituvchisining bir kuni Один день преподавателя cектора административного и финансового права ТГЮУ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram Instagram Facebook
Ta'limni foyda manbasi etib ko'rishlari menga yoqmaydi. Ta'limni yoki ilmning foydasi o'sha - ilm. Ya'ni ta'limni asl mukofoti - ilm. Uni mukofoti pul yoki bir mansab deb qarab, o'qigan odam boy bo'ladi, o'qigan odam falon bo'ladi deb aytishlari doim yoqmay kelgan menga. Bugun qiziq juma o'qib qoldim: Ta’lim do‘stlikka o‘xshaydi: u yordam, taskin, kuch-quvvat, imtiyoz va muvaffaqiyat olib keladi. Do‘stlikning foydali ekani shubhasiz albatta. Ammo odam hech qachon do‘stlikni u keltiradigan foyda uchun qadrlamasligi kerak. Do‘stlikka vosita sifatida qarash, do‘st bo‘la olish qobiliyatini yo‘qotish demakdir. Do'stingizni manfaat tarozisida o‘lchay boshlaganingiz zahoti u endi sizning do‘stingiz bo‘lmay qoladi. Ta’lim ham xuddi shunday: ta’limning “foydasi” yoki mukofoti siz olib ketmaguningizcha saqlanib turadi.
Oliy ta'lim tashkilotlarida umummilliy so'rovnoma o'tkazilmoqda 🇺🇿Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligi tomonidan yurtimizdagi barcha oliy ta'lim tashkilotlari talabalari va professor-o'qituvchilari orasida umummilliy so'rovnoma o'tkazilmoqda. 👉 So'rovnomada qatnashish: https://survey.hemis.uz/ ☑️So'rovnoma natijalari ta'lim sifatini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari milliy reytingini tuzish va tizimni yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. ✅So'rovnoma anonim tarzda o'tkazilayotgan bo'lib, unda ishtirokchilarning ma'lumotlari ochiqlanmaydi. 📣Talaba va professor-o'qituvchilardan ushbu so'rovnomada faol qatnashish va ta'lim sifati uchun ochiq fikr bildirishlarini so'rab qolamiz. 🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #soʻrovnoma #ariza ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#multfilm 🧑🏻🔧Nodirbek: Soliq degani nima oʻzi? Soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlar nima ekani haqida maxsus multfilm tayyorlandi. U bolajonlarda soliq haqidagi dastlabki tasavvurni uygʻotish, masʼuliyat hissini kuchaytirish va qonunlarga ongli munosabatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan Yosh tomoshabinlar uchun sodda, qiziqarli va tushunarli tarzda tayyorlangan ushbu multfilm soliqning nima ekani, nega ular muhimligi va mamlakat rivojida qanday oʻrin tutishi haqida birinchi tasavvurni beradi. 👩👩👦Ushbu qiziqarli multfilmni farzandlaringiz bilan birgalikda tomosha qiling va ular bilan birga soliq madaniyati haqida fikr almashing! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
QQSdan tushgan tushumlarning bir qismi mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladi Yangi iqtisodiy islohot doirasida 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tushumlarining ma’lum qismi mahalliy byudjetlarga o‘tkazila boshlaydi. Bu Prezidentning “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 26.12.2025 yildagi PQ-387-son qarorida belgilangan. 🔹 QQSdan tushgan tushumlardan: • Toshkent shahar mahalliy byudjetiga 5% ajratiladi. • Qolgan hududlar mahalliy byudjetlariga 20% ajratiladi. 🔹 Shu paytgacha QQS doim respublika byudjeti daromadi bo`lib kelgan. 📌 Bu nimani anglatadi? Mahalliy byudjetlar endi soliq tushumlarining bir qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi, bu ular uchun qo‘shimcha mablag‘ manbai va moliyaviy mustaqillikni oshirish imkonini beradi. Savol: Sizningcha, QQSdan tushadigan daromadlarning mahalliy byudjetlarga o‘tishi hududlarda infratuzilma va xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilaydimi?
#maqola ✨ MUNOSABAT “KASBLAR SHAHARCHASI” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi ✍️ Asal Jo'rayeva, 🏛 TDYU o'qituvchisi "Inson va qonun" gazetasi № 02 -son 20-yanvar 2026-yil. 👉@tsullibrary👈 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Статья преподавателя…
#maqola ✨ MUNOSABAT “KASBLAR SHAHARCHASI” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi ✍️ Asal Jo'rayeva, 🏛 TDYU o'qituvchisi "Inson va qonun" gazetasi № 02 -son 20-yanvar 2026-yil. 👉@tsullibrary👈 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ ✍️ Статья преподавателя ТГЮУ Асал Жўраевой. Газета "Inson va qonun" № 02 от 20 января 2026 года. Текст на узбекском языке 👉@tsullibrary👈
#soliq 📌 2026 yildan ijtimoiy soliq qanday taqsimlanadi? 2026-yil 1-yanvardan boshlab to‘lanadigan ijtimoiy soliq quyidagi maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanadi: 🧾 1. Byudjet tashkilotlari bo‘yicha: 98,0% – Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 1,2% – Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga (yangi kiritildi) 0,4% – Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikni qisqartirish davlat jamg‘armasiga 0,4% – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga 🧾 2. Boshqa to‘lovchilar bo‘yicha: 95,9% – Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 2,5% – Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga (yangi kiritildi) 0,8% – Bandlikka ko‘maklashish va kambag‘allikni qisqartirish davlat jamg‘armasiga 0,8% – Kasaba uyushmalari federatsiyasiga Yuqoridagidan ko‘rinadiki, “Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi” ijtimoiy soliq tarkibiga yangidan qo‘shilgan. ⚖️ Huquqiy jihat: Soliq nima? Soliq kodeksining 16-moddasiga ko‘ra: “Soliq – bu davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lovdir.” ❗️ E’tibor bering: Kasaba uyushmalari federatsiyasi davlat organi ham emas, davlat jamg‘armasi ham emas. ❓Savol paydo bo‘ladi Ijtimoiy soliqning bir qismini Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazish – Soliq kodeksidagi “soliq” tushunchasiga to‘g‘ri keladimi?
#soliq 📢 Soliq qonunchiligidagi yangilik! Asosiy soliq stavkalarida jiddiy o‘zgarishlar kutilmayotgan bo‘lsa-da, ayrim tovarlar uchun aksiz solig‘i oshirilishi nazarda tutilgan. 🗓 2026 yil 1 apreldan boshlab ba’zi tovarlarga aksiz stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi. Masalan: 🔸 Gaz to‘ldirish stansiyalaridagi siqilgan tabiiy gaz (metan) uchun amaldagi 1 kub.m uchun 750 so‘m aksiz solig‘i ➡️ 2026 yil 1 apreldan boshlab 805 so‘m etib belgilanadi. Bu yangilik iqtisodiy jarayonlarga, bozor narxlariga va energiya iste'moliga ma'lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Markaziy Osiyo bo'yicha tadqiqot qiladigan magistr/PhD tadqiqotchilarga qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan ilmiy konferensiya. Harvardda har yili bo'ladi va oldingi yillarda o'zbekistonlik tadqiqotchilar ham qatnashgan. https://daviscenter.fas.harvard.edu/insights/call-papers-2026-grad-student-conference-sentral-asia @uzbekonomics
Prof. Sherzodning mana bu postidagi fikrlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, qo‘shimcha qilmoqchiman. Ilmiy tadqiqot qilishdagi muammolarimiz birinchi o‘rinda taʼlimning sifatidan kelib chiqadi. Yodlashga qaratilgan taʼlim maktablarda ustuvor ekan, haqiqiy ilmiy tadqiqotga yaqin ham kela olmaymiz. Chunki ilmiy tadqiqot uchun tanqidiy fikrlash kerak, bu ham mashqlar orqali sayqallanadigan, maromiga yetadigan ko‘nikma. Ha, ixtisoslashgan maktablar, Prezident maktablarida boshqacha taʼlim bo‘lishi mumkin. Ammo umumiy aholi soniga nisbatan bu maktablar juda ham kam deb hisoblayman. Yana bir muammo ilmiy tadqiqot uchun sharoit kerak. Uning uchun universitet ilm dargohi sifatida ko‘rilishi kerak. Universitet o‘qituvchisida hali ham dars soati ko‘p, oylikni faqat dars soati bo‘yicha oladi, ustamalar uchun yiliga bir nechta, aniqrog‘i PhD darajasiga ega bo‘lsa kamida bitta mahalliy ilmiy jurnalda, bitta scopus va hkz bazalarda indeksatsiyalangan jurnalda maqola chiqarishi kerak. Avval ham aytganman, xalqaro darajadagi jurnalda maqola chiqarish uchun bir yil kam. Jurnalga tayyor maqolani yuborib, unda nashr qilungunga qadar bir yil ketadi o‘zi. Unga asos bo‘ladigan tadqiqotni qilish, yozib uni maqola sifatida shakllantirish esa undan ko‘proq vaqt talab qiladi. Hech bo‘lmasa ikki yilda bir talab qilinsa ham adolatdan bo‘lardi. Yaqindagi ilmiy tadqiqot kursimda o‘qigan, o‘zi Germaniyada PhD qilayotgan qiz aytgandi, ularga hech qanday maqola chop qilish qo‘yilmagan ekan. Asosiysi, dissertatsiyani yaxshi yozish ekan. Bizda maqolalar bo‘yicha songa urg‘u berilaverar ekan, sifat boshqa planga tushishi tabiiy. Haqiqiy ilmiy tadqiqot bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan narsalardan yana biri bu bizning emotsionalligimiz. Tanqidni to‘g‘ri qabul qilib, ishni yaxshilash o‘rniga bu taqrizchi o‘zi rahbarimga qarshi deb o‘ylavolish bizga qulay. Shuning uchun o‘rni bo‘lsa- bo‘lmasa dissertatsiya muhokamalarida soha mutaxassisi bo‘lmaganlar ham dissertantning shaxsiy xususiuatlariga urg‘u berib kengash aʼzolarini ijobiy qaror qilishga daʼvatlar qiladi. Yana boshqa ko‘p, juda ko‘p jihatlar bor... Yozsam doston bo‘lib ketarkan. Aytmoqchi bo‘lganim - ilmiy tadqiqot qilish va scopus talabidagi maqolani yozish bo‘yicha treninglar bilan ish bitmaydi. @psixolingvist
Katta ehtimol bilan bu yil O‘zbekiston JSTga kiradi. Albatta bu quvonarli. Lekin erkin savdo uchun JSTga a’zolikning o‘zi yetarli emas. Buning sababi nafaqat so‘nggi yillarda JSTning ancha kuchsizlantirilgani (birinchi navbatda AQSh tomonidan), balki umuman olganda, JSTga kirish jarayonida biz boshqa mamlakatlar kabi savdoga ko‘plab cheklovlarni saqlab qolayotganimizdadir. Ularning ayrimlari uzoq yillar davomida qolib ketadiganga o‘xshaydi. Xo‘sh, JSTdan tashqari savdoni erkinlashtirish yo‘li bormi? Bor. Bu ikki tomonlama va ko‘p tomonlama erkin savdo bitimlari. Hozircha O‘zbekistonda asosan MDH mamlakatlari bilan erkin savdo bitimlari mavjud. Ya’ni Rossiya va Qozog‘iston kabi yirik savdo hamkorlarimiz bilan kelishuvlar bor. Menimcha, savdo siyosatimizdagi keyingi qadam: imkon qadar ko‘proq mamlakatlar va bloklar bilan erkin savdo bitimlarini kelishib olish bo‘lishi kerak. Eng yirik savdo hamkorlarimiz, masalan, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya (hozirda bu mamlakat bilan muzokaralar olib borilmoqda) kabi davlatlar bilan tezroq bitimlar tuzish zarur. Buning qiziq tomoni shundaki, bizdek nisbatan kichik iqtisodiyot bilan kelishuvlarga borish ko‘pincha osonroq bo‘ladi va bunday bitimlarni tezroq amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, dunyoning yirik iqtisodiyotlariga ega bo‘lgan mamlakatlar: AQSh, Hindiston, Yaponiya, Pokiston va Buyuk Britaniya bilan ham shunday kelishuvlar qilish kerak. Qolaversa, mintaqaviy darajada, masalan, Yaqin Sharqda BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr kabi mamlakatlar bilan ham bitimlar tuzilishi lozim. Blok bitimlar ichida esa eng muhimi, albatta, Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvdir. Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng yirik iqtisodiy bloklardan biri bo‘lib, ular odatda blok sifatida erkin savdo bitimlari tuzadilar. Bunga so‘nggi misollardan biri — Yevropa Ittifoqi va Singapur o‘rtasidagi erkin savdo bitimidir. Xuddi shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari — ASEAN bilan ham erkin savdo bitimi tuzish mumkin. Xullas, menimcha, hozir JSTga kirish arafasida savdo muzokaralarini olib borish uchun zarur infratuzilma shakllandi. Endi shu infratuzilmadan foydalanib, imkon qadar ko‘proq mamlakatlar va iqtisodiyotlar bilan ikki tomonlama yoki blok darajasida kelishuvlar tuzishimiz kerak. Shunda savdodagi to‘siqlar yanada kamayadi, iqtisodiyotimiz ochiladi va eng muhimi, o‘zbekistonliklar dunyodan texnologiyalarni, xomashyoni va tovarlarni ancha arzon narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar. Xuddi shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini imkon qadar kengroq bozorlarda sota oladilar. Xullas, savdo mamlakatimizni boy qiladigan asosiy omillardan biri. Ammo savdoni erkinlashtirish oson ish emas, ayniqsa logistika nuqtayi nazaridan murakkab hududda joylashgan mamlakat uchun. Geografiyani o‘zgartirishning iloji yo‘q, shuning uchun hech bo‘lmaganda qo‘limizdan keladigan ish — byurokratiyani kamaytirish, ya’ni savdoga o‘zimiz yaratgan yoki qoidalar orqali shakllantirilgan savdo to‘siqlaridan xalos bo‘lishdir. Shunda masala ancha osonlashadi va biz ham savdoning mo‘jizaviy afzalliklaridan to‘liq bahramand bo‘la olamiz.
#soliq 📊 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmaydi 2026-yil uchun hukumat tomonidan asosiy soliq stavkalarini amaldagi darajada saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Jumladan: ▪️ Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) – 12 % ▪️ Foyda solig‘i – 15 % ▪️ Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12 % ▪️ Aylanmadan olinadigan soliq – 4 % ▪️ Ijtimoiy soliq – 12 % (byudjet tashkilotlari uchun 25 %) ▪️ Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i – 1,5 % ▪️ Qishloq xo‘jaligi uchun yer solig‘i – 0,95 % 📌 Ushbu qaror soliq tizimida barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot subyektlari uchun prognoz qilinadigan muhit yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga, bir qator muhim omillar e’tibordan chetda qolmasligi lozim: — Inflyatsiya va iste’mol narxlarining o‘sib borayotgani; — ijara, kommunal to‘lovlar hamda yer va mol-mulk soliqlarining indeksatsiya qilinishi; — kichik va o‘rta biznes subyektlarining xarajatlari ortib borayotgani. Shu nuqtayi nazardan savol tug‘iladi: asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmaslik real yengillik beradimi yoki iqtisodiy bosimni faqat vaqtincha yumshatadimi? 💬 Sizning fikringiz qanday? Soliq stavkalarini saqlab qolish — oqilona va uzoq muddatli yechimmi yoki qo‘shimcha islohotlar zarurmi?
#ilm 📚 Agar siz maqola, dissertatsiya yoki boshqa ilmiy ish yozayotgan bo‘lsangiz, shuni bilingki, ilmiy yozishning qariyb 95 foizi — o‘qishdan iborat. Tanlangan mavzu bo‘yicha imkon qadar ko‘proq manbalarni o‘rganish zarur. Agar yozish jarayonida qiynalayotgan bo‘lsangiz, ko‘pincha bu bilim yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Siz ilmiy ish yozishda ko‘proq nimada qiynalasiz: o‘qishdami yoki yozishdami?