TTS Uzbek Kanal
СтатистикаO'zbekcha matnlarni tabiiy ovozga o'giruvchi @ttsuzbekbot ning yangiliklar kanali #Texnologiyalar #IT_Yangiliklari
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 51
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 417
- 1/48двое суток
- 477
- 1/72трое суток
- 515
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
Google Gemini Desktop app haqida eshitganmisiz? Google Gemini Desktop appini yaqinda o‘rnatib ko‘rdim va menga kerak bo‘lgan bitta imkoniyati yoqdi. Bu biron bir matnni yozish o‘rniga, ovoz bilan gapirib berish. Bu imkoniyat menga xohlagan dasturimda ishlaydi, xoh u PyCharm bo‘lsin, xoh u biror bir hujjat bo‘lsin, yoki Telegramga ham. Buni nima qulay tarafi bor? Hamma hozir prompt yozayotgan paytda eng qiyini shu promptni yozib/aytib berish. Ayni shu narsani, ayni aytib berishni endi rostdan ham yozish emas, aytib berish orqali qilish mumkin bo‘lib qoldi. Aslida Gemini Brainstorming degan narsasi bor edi, lekin u dasturning ichida ishlar edi. Ya’ni siz u bilan gaplashib bo‘lganingizdan keyin kerakli matnlarni nusxalab olsangiz kerak bo‘lar edi. Hozir esa xohlagan dasturga xohlagan matnni xohlagan tilda gapirtirib qo‘ysangiz bo‘ladigan narsa chiqaribdi. Ishingiz oson bitsin. Yengilliklar bilan ulashib turing. 13.08.2026 London @DrAlgorithm
видео или голосовое, без подписи
📈 SI bozorida Xitoy ilgarilab ketdi Bu hafta sunʼiy intellekt poygasida yangi oʻyinchilar paydo boʻldi, standartlar oʻrnatildi. Batafsil videoda tomosha qiling. 👉 Si hafta yangiliklari @mohirdev
видео или голосовое, без подписи
1 prompt → agent teams → loops → graphs from 0% to 100% 10% → 38:46 - build your first agent 30% → 54:46 - connect MCP tools 55% → 1:12:43 - Loop engineering: 4 ways to run agents 70% → 1:20:57 - Graph engineering 100% → 2:22:31 - the full system that works while you sleep
Kimi K3 modeli Hugging Face platformasiga joylandi. Xitoyning bu ulkan sun’iy intellekt modeli 2,8 trillion parametr, 1 million tokenli kontekst oynasi va OpenAI hamda Anthropic kompaniyalarining o‘xshash modellariga nisbatan bir necha baravar arzon narx bilan ajralib turadi. Model allaqachon AQShning eng kuchli sun’iy intellekt modellari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Havola
🔥 GigaChat jamoasi audio bilan ishlash uchun ikkita yangi ochiq modelni taqdim etdi: GigaAM Multilingual va GigaChat Audio. Ular past resursli tillar — jumladan, o'zbek, qirg'iz va qozoq tillari — hamda uzoq audio yozuvlar uchun ishlab chiqilgan. Avvaliga ochiq kodli audio modellarining aksariyati asosan ingliz tili va qisqa fragmentlar uchun moslashtirilgan, qolgan tillarda sifati sezilarli darajada pasayardi. 🌍 GigaAM Multilingual Ko‘p tilli nutqni matnga aylantirish (ASR) modeli. ✅ Qozoq, qirg'iz, o'zbek, rus va ingliz tillarini qo'llab-quvvatlaydi. ✅ 70 dan ortiq til va 2 million soatdan ortiq audio ma'lumotlarda o'qitilgan. ✅ Whisper va Omnilingual modellariga qaraganda yangi tillarga tezroq moslashadi. ✅ 240 million parametrli ixcham versiyasi ham Whisper Large v3 va Omnilingual 1B modelidan yuqori aniqlikni namoyish etadi. 🎙 GigaChat Audio Audio bilan tabiiy muloqot qilishga mo'ljallangan yangi LLM. 🔘2 soatgacha bo'lgan audio yozuvlarni to'liq kontekst bilan tahlil qila oladi. 🔘Nutqni matnga aylantirish, tarjima qilish, audio tasniflash va ko'p bosqichli dialoglarni qo'llab-quvvatlaydi. 🔘Audio ichidagi muhim voqealarni topadi va ularni aniq vaqt belgisi bilan bog'laydi. 🔘 tilidagi topshiriqlarda Qwen3-Omni kabi raqobatchilarni ortda qoldirgan. 💡 Ikkala ishlanma ham ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etildi: tegishli maqolalar Interspeech 2026 konferensiyasiga qabul qilindi. Bu Markaziy Osiyo va Rossiya tillari bilan ishlaydigan loyihalar uchun yaxshi yangilik.
1944-yil AQSH razvedkasi dushman tashkilotini ichidan qanday buzish haqida maxfiy kitob tarqatgan, unda turli maslahatlar berilgan. Kitobning o‘zini o‘qiganim yo‘q, internetda ba'zi qismlarini ko‘rib qoldim. Eng qizig‘i o‘sha maslahatlar hozir ham ishlaydi: * 1. Hech qachon o‘zingiz qaror qilmang, boshqalarga qo‘yib bering misol menejerlarga. * 2. Hujjatdagi har bir so‘z ustida tortishing. * 3. Muhim ish chiqsa, darrov yig‘ilish qiling. * 4. Kelishib olishga shoshilmang hamma narsa qoida bo‘yicha bo‘lsin. * 5. Hujjatlar iloji boricha uzun bo‘lishi kerak. * 6. Tasdiqlatish bosqichlarini ko‘paytiring. Ya'ni tashkilotni o‘ldirishning eng oson yo‘li «byurokratiya» . Olti daqiqalik ishni olti haftaga cho‘zilsa, dushman ham kerak emas. @botirziyatov
Солиҳ эркак аёлининг айб-камчиликларини ҳатто яқинларидан ҳам яширади. Номард эр эса аёлининг камчиликларини ҳатто душманларига ҳам айтиб юради. @IkromSharif
Ё Раб, агар мен яхши кўрган иш содир бўлмаса, содир бўлган ишни менга маҳбуб қил! @IkromSharif
🔥 "UYG‘ON EY DO‘STIM" Bu oddiy qo‘shiq emas. Bu — ijtimoiy tarmoqlar, dopamin tuzog‘i va raqamli qafas haqida haqiqatni aytadigan trek. 🎤 Tezkor rap 🎙 Emotsional vokal 💭 Chuqur ma'no Har bir like ortida vaqt, har bir scroll ortida hayotimizdan ketayotgan soniyalar bor... 📢 Agar siz ham bu mavzu haqida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, ushbu trekni albatta tinglang va yaqinlaringiz bilan ulashing. 💬 Izohlarda fikringizni yozing: Sizningcha, ijtimoiy tarmoqlar odamni boshqaradimi yoki odam ularni? 👉🏻Qo'shiqni tinglash uchun bosing #UygonEyDostim #Rap #UzbekRap #Vokal #IjtimoiyTarmoqlar #Dopamin #RaqamliQafas #Premyera
/code-review Kanalga yangi qo'shilayotganlar bilan conflict yo'qmi? Agar loyihalaringizda Claude Code ishlatayotgan bo'lsangiz, Anthropic jamoasi /code-review buyrug'iga qiziqarli yangilanish qo'shibdi. Avval qanaqa edi: qaysi effort darajasida chaqirsangiz ham, ichida bitta o'sha promptning o'zi turardi. Ya'ni "chuqurroq o'yla" degan bilan review jarayoni o'zgarmasdi. Endi har bir darajaga alohida strategiya: • low — diffdan bir marta o'tadi. Shunchalik arzonki, har push oldidan chaqirsangiz ham bo'laveradi. • medium — avval kodni kontekstda o'qiydi, keyin muammoni bir necha tomondan qidiradi, oxirida topilgan har bir narsani tekshirib ko'radi. • high — qidiruvchi va tekshiruvchi agentlar toza kontekstli alohida subagent bo'lib chiqadi. Ya'ni review qilayotgan agent, kodni yozgan agentning fikriga "yopishib qolmaydi". • xhigh — diffdan tashqaridagi kodga ta'siri bormi, shuni ham qaraydi. Sessiyangizdagi darajani o'zi oladi, xohlasangiz ochiq aytasiz: /code-review high ultra esa umuman boshqa daraja — uni keyingi postlarda. Fikringiz qiziq: Rasmni postga aloqasi bormi? Endi sizga savol: o'zi /code-review dan foydalanasizmi?
Juma Muborak! 🌙✨ Ushbu muborak kunda duolaringiz ijobat, hayotingiz fayzli, qalbingiz tinch bo‘lsin. Alloh sizga tinchlik va baraka ato etsin. Jumaingiz muborak bo‘lsin! 🤲 🧠 @AIChayxona
📚 Kitoblar almashish uchun platforma ishga tushdi! Ushbu platformada o'zingiz o'qib bo'lgan kitoblarni kiritishingiz, ijaraga berishingiz va qolgan kitobxonlardan kitoblarni ijaraga olib turishingiz mumkin. Platformadan foydalanish ikki taraf uchun ham mutlaqo bepul. Kiring, foydalaning va ziyo ulashing! @ziyoulashbot Loyiha to'liq bepul bo'lgani sababli, imkon bo'lsa loyihani boshqa kitobxonlar bilan ulashishni unutmang.
Android uchun SMS-spam va keraksiz qo‘ng‘iroqlarni bloklaydigan ochiq kodli (open-source) vosita topildi Xizmat telefon raqamini mamlakat, mobil operator, qo‘ng‘iroqlar soni va boshqa mezonlar asosida tekshiradi. Kuryerlar hamda yetkazib berish xizmatlarining qo‘ng‘iroqlarini esa imkon qadar bloklamaslikka harakat qiladi. Nimalarni qila oladi: • Telefon raqamlarini katta spam bazasi bilan solishtiradi; • Bazani avtomatik ravishda yangilab boradi; • Bloklash qoidalarini qo‘lda sozlash imkonini beradi; • “8800” bilan boshlanuvchi raqamlar, “kredit”, “aksiya”, “chegirma” kabi so‘zlar uchraydigan va shunga o‘xshash keraksiz qo‘ng‘iroqlarni bloklay oladi. Havola
Shu oy biz Amerikadagi eng mashhur AI modellarning birin-ketin chiqishini ko'rdik : • Fable 5 : Anthropic 🇺🇸 • GPT 5.6 : OpenAI 🇺🇸 • Grok 4.5 : xAI 🇺🇸 • MuseSpark 1.1 : Meta 🇺🇸 • Gemini 3.5 Pro : Google 🇺🇸 (hali chiqqani yo'q) Endi navbat Xitoyga, kelayotgan ochiq manbali modellar: • Deepseek V4 (rasmiy reliz) : DeepSeek 🇨🇳 • Kimi-K3 : Moonshot AI 🇨🇳 • GLM-5.5 : Zhipu AI 🇨🇳 @naxalov
Yangilik: Claude Cowork mobilde ham webda ham ishlaydi, background fonda ham ishlaydi! Endi sun'iy intellektga kompyuterda topshiriq berib, natijasini yo'l-yo'lakay smartfondan tekshirish mumkin. Eng muhimi — noutbukingiz o'chiq bo'lsa ham, Claude topshiriqni fonda to'liq bajarib tugatadi. Autonomous workflow (avtonom ish jarayoni) endi mutlaqo mobil platformada. Nimalarni bilish kerak? • Uzluksiz ish: Kompyuterni yopib, ishingiz bilan ketsangiz ham jarayon to'xtamaydi. • Kross-platforma: Kompyuter va mobil ilova o'rtasida mukammal sinxronizatsiya. • Dastlabki kirish: funksiya yaqin haftalarda birinchi bo'lib Max tarifidagilar uchun, so'ngra barcha uchun ochiladi.
Claude Sonnet 5 taqdim etildi Yangi model Anthropic kompaniyasining kundalik vazifalar uchun eng yaxshi modeli hisoblanadi. Benchmark sinovlarida u deyarli Opus 4.8 bilan bir xil natijalarni ko‘rsatadi, biroq narxi 1,5 baravar arzon. Sonnet 5 dasturlash va ish jarayonlariga moslashtirilgan: u rejalar tuzadi, brauzer hamda terminal bilan ishlaydi. Avvalgi Sonnet versiyalari uddalay olmagan murakkab vazifalarni oxirigacha bajaradi va natijalarini eslatmasiz mustaqil tekshiradi. Modelni hoziroq Claude Code va Claude chat-boti orqali sinab ko‘rish mumkin.
Fable 5 qaytdi