tgindex
العلم نور

العلم نور

Статистика
@tullab_quranКнигиузбекский

Gunohkorlik ayb emas, ayb poklanishga harakat qilmaslikdir.. Qur’on darslari @talimunnisa_kurs

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 656
−2 за 5 дн.
Сутки
+2
+0,12%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 836
20 постов
Вовлечённость
110,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
642
1/48двое суток
735
1/72трое суток
793

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 9 авг.4724019

    Agar ilm olishdagi ushbu 3 xatoni ertaroq anglaganimda, natijaga 2 baravar tezroq erishgan bo'lardim.. Boshida katta ishtiyoq va muhabbat bilan boshlangan ilm nima uchun ma'lum muddat o'tib insonga og'irlik qila boshlaydi? Nege kutilgan lazzat o'rnini faqat majburiyat egallaydi? - Ko'pchilik buni "vaqt yo'qligi" yoki "dars ko'pligi" uchun deydi. Lekin asl sabab mantiqsiz dars qilishda emas, zehniy va ruhiy yondashuvdagi 3 ta yashirin xatoda: 1. Miyani "shunchaki yodlash"ga majburlash.. Miya ma'nosiz va hissiz takrorlashdan juda tez charchaydi. Faqat "qanday qilib bo'lsa ham yodlashim kerak" degan sun'iy bosim bilan o'qilganda, aql ziddiyatga uchraydi va xotira bloklanadi. Aynan shu sababli boshidagi ixlos va muhabbat o'rnini ruhiy bosim egallaydi. Natijada ilm oziq berish o'rniga zehniy zo'riqishga aylanadi. ​Yechimi esa: Har bir oyat yoki matnni yodlashdan oldin biroz to'xtab, uning ma'nosini va hayotingizga bog'liqligini tahlil qiling. Aql ma'noni anglasa, yodlash jarayoni 2 baravar yengillashadi. 2. Tizim va intizom yo'qligi.. Inson miyasida yangi ma'lumot uzoq muddatli xotiraga o'tishi va mustahkam neyron zanjiri hosil qilishi uchun bosqichli va davomiy tizim kerak. Bir kunda 3 soatlab kuch berib, keyingi kunlar to'xtab qolish hosil bo'layotgan zanjirni uzadi. Natijada har safar darsga o'tirganingizda o'zingizni yana hamma narsani noldan boshlayotgandek his qilasiz va miyangiz toliqadi. ​Holat yechimi: Katta natijalarga birdan sakrashga urinmang. Har kuni bir xil vaqtda ajratilgan 20 daqiqalik uzluksiz intizom, haftada bir marta qilinadigan 3 soatlik tartibsiz chiranishdan albatta ustundir. 3. Diqqat resursini (quvvat) keraksiz narsalarga sarflash.. Miyaning kunlik diqqat ajratish limiti cheklangan. Ertalabdan kechgacha ijtimoiy tarmoqlarni titish, keraksiz videolarni ko'rish orqali bu resurs tugatiladi va xotira behuda ma'lumitlar bilan to'lib, toliqadi. Natijada dars vaqtiga kelib miyada zarracha energiya qolmaydi va xotira yangi muhim axborotlarga qarshilik ko'rsatadi. ​Yechimi: Kuningizga "raqamli detoks" kiriting. Darslaringizdan kamida 1 soat oldin va 1 soat keyin miyani axborot shovqinidan to'liq xoli qiling toki miya o'qilgan ma'lumotlarni tinch holatda tahlil qila olsin. 💡العلـم نـور

  • 6 авг.534178из talimunnisa_kurs

    16-AVGUST | 18:00 "NEGA QUR'ON YODLAYMIZ?" ​Agar siz ham Hifz yoʻlida toʻgʻri tizim va tartib topishga intilayotgan boʻlsangiz, 16-avgust kuni oʻtkaziladigan bepul onlayn vebinarga taklif qilamiz. ​Vebinarda hifz va Qur'on yo'lidagi barcha muhim mavzular yoritiladi, yodlash usullari tahlil qilinadi hamda sizni qiynayotgan savollarga batafsil javob beriladi. Faqat ayol-qizlar uchun Yopiq kanalga qo'shilish uchun @talimunnisa_bot ga murojaat qiling

  • 6 авг.7183422

    Qur’on yodlay olmasangiz xotirangizni ayblamang! ​Chunki inson miyasi shunday mukammal yaratilganki, dunyoda "zehni past" insonning oʻzi yoʻq. Zehn bu tugʻma belgilab qoʻyilgan chegara emas, u inson oʻzi shakllantiradigan va charxlaydigan mo'jizadir! Suralar tez esdan chiqayotgan boʻlsa yoki yodlash ogʻirlashayotgan boʻlsa, aksar holatda quyidagi 5 ta xatodan birini qilayotgan boʻlasiz: 1. NIYAT Niyatingizga qarang... Agar unda zarracha bo'lsada dunyo, riyo va shuxratparastlik alomatlari bo'lsa, demak, "maqsadsiz" hifzni to'xtatib niyatni yangilash vaqti kelibdi! — Alloh roziligi, qiyomatda shafoat, darajam ko'tarilishi va ota-onamga toj kiydirishni xohlayman deb turib uni his qilmayabsizmi? Demak bu niyat bo'g'zingizdan uyog'iga o'tmabdi. Ilm oling, sizni hayvonlardan ajratib turgan yagona narsa "fahmingiz" bo'ladi, g'aflatda qolmang.. 2. TAKROR Yodlangan sahifalarni takrorlamasdan, faqat yangi betga shoshayotgan bo'lsangiz, suv ustiga bino quryapsiz! Takrorsiz hifz tago teshik idishga suv quyish kabidir. — Kunlik yangi vazifangizdan 2-3 barobar ko'proq vaqtni eski sahifalarga ajratmayotgan bo'lsangiz, murattab qori(ya) bo'lishni aslo hayolga keltirmang. 3. USTOZ "O'zim yodlay olaman, ustoz shart emas" deyish o'zingizni aldashdan boshqa narsa emas. — Noto'g'ri yodlangan bitta harakat yoki harfni keyinchalik to'g'rilash yangi bet yodlashdan 3 barobar qiyinroq. Ustoz qarshisida tizzani bukib, xatolarni eshitish va ularga sabr qilish nafaqat tilni, balki nafsni ham tarbiyalaydi. Ustozsiz yo'lga chiqqan inson oxir-oqibat o'z xatolarining qurboni bo'ladi.‎ 4. VAQT Hifz uchun vaqt ajratayotganingizda uning miqdoriga emas, sifatiga eʼtibor bering. — Kun boʻyi chalgʻituvchi narsalar bilan band boʻlib, charchoqdan koʻzingiz yumilayotgan, miya tamom bo'lgan holatda majburan hifzga oʻtirish Qur'onga nisbatan behurmatlik hisoblanadi. Masala tunda yoki kunduzi yodlashda emas, miyaning tiniqligida! Kimdir uchun bu bomdoddan keyingi sokinlik bo'lsa kimgadur tungi tinchlik.. Muhimi Allohning kalomiga kunning eng keraksiz, charchagan va chalgʻigan vaqtini emas, zehningiz eng toza boʻlgan xotirjam fursatni ajrating. 5. USUL VA TARTIB Bugun bitta Mushafdan, ertaga boshqasidan, ba'zan esa telefondan yodlayapsizmi? — Inson ko'zida xotira bor. Sahifadagi har bir oyatning o'rni, joylashuvi ko'z xotirasi orqali miyaga muhrlanadi. Har kuni vositalarni o'zgartirish miyangizdagi xaritani chalkashtiradi va chalg'itadi. 💡العلـم نـور

  • 3 авг.8523518

    Ilm olayotgan inson nimalardan voz kechishi kerak? 1. Vaqtni behuda sarflash. Vaqt eng qadrli narsa. Uni shunchaki o‘tkazib yubormay, har bir kun va soatdan unumli foydalanishni o‘rganish kerak. 2. Befoyda suhbatlar va g‘iybat. Sizga hech qanday manfaat bermaydigan, aksincha, fikringizni chalg‘itib, vaqtingizni oladigan davralardan va keraksiz gap-so‘zlardan uzoqroq bo‘ling. 3. Dangasalik va nafsga berilish. Bu eng katta g‘ov. Nafsni jilovlash uchun xohishlarga emas, burch va maqsadlarga bo‘ysunish to’g’ri yondashuv bo’lari. 4. Telefonda ortiqcha vaqt yo‘qotish. Ijtimoiy tarmoqlarda maqsadsiz o‘tirish, o‘yinlar va keraksiz videolarni tomosha qilish miyani toliqdiradi va e’tiborni bo‘ladi. Foydasiz kontentdan tiyilish kerak. 5. Shoshqaloqlik va tezda natija kutish. Ilm olish uzun yo‘l. Birdaniga katta natijaga erishib bo‘lmaydi. Sabr bilan, bosqichma-bosqich harakat qilish lozim. 6. Yuzaki o‘rganish. Ko‘p narsani chala-yarm bilishdan ko‘ra, bitta narsani puxta va chuqur o‘rganish afzal. Yuzaki bilim insonga ishonch bermaydi. 7. Xato qilishdan qo‘rqish. Bilmaslik ayb emas. Xatolar va bilimsizlikni tan olishdan qochmaslik kerak, chunki haqiqiy o‘sish aynan xatolarni tuzatishdan boshlanadi. Muntazamlik: Har kuni oz-ozdan bo‘lsa ham, alohida vaqt ajratib shug‘ullaning. Bir kun ko‘p o‘qib, keyin bir hafta to‘xtab qolishdan foyda yo‘q. Aniq va kichik maqsadlar: Oldingizga katta vazifa qo‘yganda uni kichik qismlarga bo‘lib oling. Shunda unga erishish osonroq bo‘ladi. Ustoz va yaxshi muhit: O‘zingizdan ilmli, tajribali insonlar bilan ko‘proq muloqot qiling. Yaxshi muhit insonni beixtiyor o‘stiradi. To‘g‘ri niyat va amal: Ilmni kibrlanish yoki kimgadir ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki hayotda qo‘llash, amalda ko‘rsatish va foyda keltirish uchun o‘rganing. Miyaga hordiq berish: Doimiy izlanish orasida sifatli dam olish va uyquga ham vaqt ajrating. Toliqqan miya yangi bilimni qabul qilolmaydi.

  • 2 авг.731622

    Post yozyabman ulashib turaman lekin bir yo’nalish bo’yicha kanalni davom ettirishni hali o’ylamadim.. Alloh manfaatli qilsin

  • 2 авг.8086216

    1. Nasuh tavba nima? "Nasuh" soʻzi ibratli, samimiy, xolis va sofdil degan maʼnolarni anglatadi. يَأَيُّهَا الَّذِينَ امَنُواْ تُوبُوا إِلَى اللَّهِ تَوْبَةً نَصُوحًا.. Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! 66:8 Olimlar nasuh tavbaning 4 ta asosiy sharti borligini aytishadi: 1. Gunohni darhol toʻxtatish: Qilinayotgan xatoni shu ondayoq tark etish. 2. Chin dildan afsuslanish (pashaymonlik): Qilingan ishdan qalban afsusda boʻlish (chunki hadisda “tavba bu afsuslanishdir” deyilgan). 3. Qaytmaslikka azmu qaror qilish: "Boshqa bu ishga qaytmayman" deb oʻziga va Allohga qatʼiy soʻz berish. 4. Odamlar haqini qaytarish (agar gunoh bandaning haqiga tegishli boʻlsa): Birovning haqi, dili ogʻritilgan boʻlsa, undan rozilik olish yoki haqini adashmasdan qaytarish. Koʻzdan yosh chiqmasa, qalb seskanmasa ham tavba oʻtadimi? Sizni eng koʻp qiynayotgan savolga javob: - Ha, albatta oʻtadi va til bilan boʻlsa ham qayta-qayta tavba qilaverish kerak. Koʻz yosh tavbaning sharti emas: Koʻzdan yosh chiqishi bu qalb yumshoqligining goʻzal belgisi, lekin tavbaning qabul boʻlishi uchun majburiy shart emas. Asosiysi aql va iroda bilan xatoni tan olish hamda undan nafratlanish lozim. – Qalbning qotishi va seskanmasligi: Qayta-qayta gunoh qilganda qalbda qora dogʻlar paydo boʻladi va u biroz sezgisizlanib qolishi mumkin. Bu tabiiy jarayon. Lekin davomiy istigʻfor va tavba xuddi zanglagan temirni tozalagandek, qalbni asta-sekin yumshatadi. –Tildagi tavba behuda emas: Til bilan boʻlsa ham "Astagʻfirulloh" deb turish shayton vasvasasiga qarshi kuchli quroldir. Shayton sizga "Baribir qalbingdan chiqmayapti, quruq tilda aytishingdan ne naf, tavbangni toʻxtat" deya vasvasa qiladi. Bu tuzoqqa tushmang. Quruq tildagi tavba vaqti kelib albatta qalbga yetib boradi. Qayta-qayta gunohga qaytib qolayotgan boʻlsangiz... Bunday holatda umidsizlikka tushish eng katta xatodir. Hadisi qudsiylarning birida keladi: Banda gunoh qiladi va "Yo Rabbim, gunohimni kechir" deydi. Alloh taolo: "Bandam uning Gunohni kechiruvchi va gunoh sababli azoblovchi Parvardigori borligini bildi, men uni kechirdim", deydi. Banda yana gunohga qaytadi va yana kechirim soʻraydi. Alloh yana kechiradi. – Qancha yiqilsangiz, shuncha oʻrnlingizdan turing. 100 marta gunohga qaytsangiz, 101-marta samimiy tavba qiling. Shaytonning maqsadi sizni gunohga gipnoz qilish emas, balki "men baribir oʻzgarmayman" degan umidsizlikka solib, tavbadan toʻxtatishdir. Bu holatdan chiqib ketish uchun amaliy qadamlar 1. Muhitni va sabablarni oʻzgartiring: Gunohga olib boradigan yoʻllarni muxrlang. Agar muayyan vaqt, telefon, ijtimoiy tarmoq yoki maʼlum bir muhit gunohga sabab boʻlayotgan boʻlsa, oʻsha sababni ildizi bilan uzing. 2. Yomonlik ketidan darhol yaxshilik qiling: Biror xato qilib qoʻysangiz, orqasidan darhol taxorat olib 2 rakat tavba namozini oʻqing, sadaqa bering yoki birovga yaxshilik qiling. Yaxshiliklar yomonliklarni oʻchirib yuboradi. 3. Istigʻforni odat qiling: Kuniga qalb bilan boʻlmasa ham, ixlos bilan tildan qoʻymay "Astagʻfirulloh va atubu ilayh" deb yuring. 4. Duo qiling: Allohdan qalbni yumshatishini soʻrang. Payg’ambarimiz shu duoni ko’p o’qishni buyurganlar: – يا مقلب القلوب ثبت قلوبنا على دينك – Yaa muqollibal qulub sabbit quluubana a’la diynik "Ey qalblarni yo’naltiruvchi zot, qalblarimizni diyningda sobit qilgin"

  • 16 июн.2 201762

    Kanal faoliyati to'xtadi..! sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling..

  • 13 июн.2 7307227

    Nega muammolarimizga yechim topolmayapmiz? Hayotingizda betartiblik, ichki xavotir yoki tushkunlik.. lekin qancha harakat qilsangiz ham vaziyatdan chiqib ketolmaysiz. Nega? Chunki tartibsizlik yoki tushkunlikka tushib qolganda muammo aynan qayerda ekanini aniqlay olgan insongina vaziyatdan oqilona chiqib keta oladi. Muammo nimada ekanini bilmay turib yechim qidirish befoyda! Inson tabiati shunday. U o‘zini aybdor his qilmaslik va vijdonini qiynamaslik uchun doim eng oson, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan "tashqi sabab"ni o‘ylab topadi. Buni "psixologik ko‘rlik" deyishadi va bu xuddi singan ko‘zoynak taqib olib, "nega hamma narsa qiyshiq va hira?" deb dunyodan shikoyat qilayotgan odamning holatiga o‘xshaydi. Ayb dunyoda emas, ko‘zoynakda! Yanayam aniqroq, 2 ta hayotiy misolda o‘zimizni tahlil qilib ko‘ramiz: 1. Qur'on yodlashdagi "zehn" aldovi. Siz Qur’on yodlayabsiz, ammo natija bo'lmayabdi.. Shunda siz eng birinchi: "zehnim past, xotiram zaif" degan tashxis bilan hukm chiqarasiz. Chunki zehn tabiatan berilgan narsa, aybni unga ag‘darish juda qulay. Vaholanki, haqiqiy muammo sizning zehningizda emas! Haqiqat bilan yuzlashsak, siz Qur'on uchun kunlik yetarli vaqt ajratmadingiz, dars paytida diqqatni jamlamadingiz (fikringiz doimgidek voqeliklarda yoki telefonda bo‘ldi), yoki o’zingizga mos kelmaydigan uslubni tanlab, eski suralarini tartibli takrorlamadingiz. Siz hozir yechimni zehn o‘tkirlashdan qidiryabsiz, aslida avvalo dars stoliga o‘tirish intizomingizni to‘g‘rilash kerak! 2. Oilaviy munosabatlardagi "jabrdiyda" roli. Siz oila a’zolaringiz bilan kelisholmaysiz, ularni ranjitasiz natijada uydagilar bilan muloqotda doim urush-janjal kelib chiqadi. Siz ich-ichingizdan: “meni hech kim tushunmaydi, menga zulm qilishyapti, meni yaxshi ko‘rishmaydi" deb o‘ylashni boshlab, bu bilan o‘zngizga "jabrdiyda" rolini berasiz. Lekin doimgidek muammoni ko‘rmayabsiz. Sababni qidirsak, oilangizga nisbatan o‘ta talabchan yoki qo‘pol munosabatdasiz ular emas aslida siz ularni tushunmayabsiz.. O‘zingizdagi mana shu xatoni tan olib, o‘zgartirish og‘riqli bo‘lgani uchun, aybni osongina uydagilarning "tushunmasligi"ga to‘nkab qo‘ya qoldingiz.. Muammoning ildizini topish.. Buning uchun o‘zingizga zanjirsimon savol berishingiz kerak. Buni hozir, kun betartibligi misolida ko‘rsataman: 1. Bugun nega tushkun holatdaman va darslarimni qilomayabman? – Chunki bugun hech narsaga ulgurmadim. 2. Nega ulgurmadim? – Chunki dars qilishga juda kech o‘tirdim. 3. Nega kech o‘tirdim? – Chunki abedgacha uxlab qoldim, kunim kech boshlandi. 4. Nega uxlab qoldim? – Chunki kechqurun vaqtida uxlolmadim, uyqim qochdi. 5. Nega uyqim qochdi? – Chunki kechasi soatlab telefon titkilab o’tirdim! Mana haqiqiy tashxis! Muammo darslarning ko‘pligida yoki tushkunlikda emas! Muammo uxlashdan oldingi telefonga mukkadan ketishda! intizomsizlikda.. Yechimni zehn o’tkirlashdan emas, telefonni vaqtliroq o‘chirishdan boshlash kerak. Ko‘zoynakni almashtirmasdan turib dunyoni to‘g‘ri ko‘rib bo‘lmaydi! Bugunoq sizni qiynayotgan eng katta muammoni aniqlang. Unga osongina "aybdor" qidirishni to'xtatib, "Nega?" so'rog'ini bering. Asl sabab bilan yuzlashib aybdorlikni qabul qilish qiyin, lekin muammoga yechim aynan mana shu og‘riqning ortida bo’ladi.. 💡العلـم نـور

  • 11 июн.2 1606921

    Angladim.. - faqatgina Alloh meni tashlab ketmasligini - faqat U Zot xatolarimni kechirishini - faqatgina U meni tushunishini - U meni doim tinglashi va qo'llashini - U doimo har qanday vaziyatda ham yonimda bo'lishini.. Biroq kech angladim..

  • 9 июн.2 43710933

    Uyquning inson hayotidagi ahamiyati Uyqu shunchaki tananing o‘chishi emas, balki organizmning qayta tiklanish (perezagruzka) jarayonidir. – Kunduzi o‘rgangan yoki yodlagan ma’lumotlarimiz uyquning "chuqur fazasi"da qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli (pishiq)…

  • 9 июн.1 6904312

    O‘zingiz muomala qilayotgan kishilar va qatlamlarning holatini o‘rganing, ularning o‘zaro munosabat va so‘zlashuvlardagi uslublarini yaxshi o‘zlashtiring. Odamlar doim hammaga bir xil murojaat qilaverishmaydi, bir xil uslubda so‘zlashavermaydi. Agar hamma bemorga bir xil dori bersangiz, barchasi nobud bo‘ladi. Alloh taolo har birimizni ma’lum chegaraga qo‘ygan. Har birimizning gardanimizga ma’lum mas’uliyat yuklagan. Har bir kishi o‘zi mas’ul bo‘lgan chegara, mas’uliyati borasida hisob beradi. Rahbar ana shunday bo‘lishi mas’uliyatidagilarni va mulkini nazorat qilishi, ularni yaxshi kuzatishi kerak. Siz ham chegaralaringizga mas’ulsiz, ular haqida hisob berasiz. Farzandlaringizga qanday tarbiya berganingiz haqida javob berasiz. – Ularga o‘zingiz o‘rgatgan hayot asoslari borasida hisob-kitob qilinasiz. – O‘z vazifalaringizni qay darajada ado etganingizga ham hisob berasiz. – O‘zingizga tegishli har bir katta va kichik nar- salarga javobgarsiz. Agar vazifalaringizni go‘zal tarzda ado etsangiz, bunga ajr olasiz. Ularga putur yetkazgan bo‘lsangiz, gunohiga qolasiz! 💡العلـم نـور

  • 7 июн.2 9097555

    Misrda bir keksa odam butun umr Qur’on yodlashni orzu qilgan edi. Ammo ish, tashvishlar, kasallik.. barchasi unga halal bergan. U 70 yoshga to‘lganda, masjidga kirib o‘tirdi, mus’hafni ochdi va dedi: Men hayotimni uxlab o‘tkazibman. Ammo Alloh menga hali ko‘radigan ko‘z va o‘qiydigan til bergan. Qasamki, shu yerdan birorta surani yodlamagunimgacha turmayman! Oradan ikki yil o‘tib, u butun Qur’onni yod oldi. Va undan unga nima yordam berganini so‘rashdi. U javob berdi: Agar sen chin dildan Qur’on bilan bo‘lishni istasang Qur’onning o‘zi seni qo‘yib yubormaydi.. Qur’on yodlash uchun sehrli metodikalar yoki xotirani kuchaytiruvchi dori-darmonlar kerak emas.. Qur’on kuchli xotirali odamga emas, balki ixlosli, sabrli va chinakam intilish egasiga itoat qiladi. Agar sen Allohning roziligi uchun mashaqqat chekishga tayyor bo‘lsang U sening yo‘lingni yengillashtiradi. U Qur’onni qalbingga joylaydi. Qolgan hamma narsa faqat bahona! 💡العلـم نـور

  • 6 июн.5 661107103

    Uyquning inson hayotidagi ahamiyati Uyqu shunchaki tananing o‘chishi emas, balki organizmning qayta tiklanish (perezagruzka) jarayonidir. – Kunduzi o‘rgangan yoki yodlagan ma’lumotlarimiz uyquning "chuqur fazasi"da qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli (pishiq) xotiraga ko‘chadi. Ya’ni, uyqu yetishmasa, miya yangi ma’lumotni saqlab qololmaydi. – Uyqu paytida miyada glyumfatik tizim ishga tushadi u kunduzi to‘plangan zararli toksinlarni yuvib tozalaydi. Alloh taolo Furqon surasining 47-oyatida: «U Zot sizlar uchun kechani libos, uyquni esa orom (dam olish) qildi...» deb marhamat qilgan. Demak, uyqu vaqtini to‘g‘ri taqsimlash ham Robbimiz yaratgan nizomga muvofiq yashashning bir qismi hisoblanadi. Tolibi ilmlar uchun uyqu normasi necha soat? Tibbiyotda umumiy uyqu normasi 7-8 soat deb belgilangan. Ammo ilm yo‘lidagilar uchun kunni barakali qilish maqsadida 6-7 soatlik sifatli uyqu mutaxassislar tomonidan eng norma deb hisoblanadi. Undan kam uyqu miyani toliqtiradi, ko‘prog‘i esa vujudni dangasa qiladi. Uyquning foyda va zararlari To‘g‘ri uyquning foydalari: 💡Diqqatning yuqori bo‘lishi va ma’lumotlarni tez qabul qilish. 💡Asab tizimining tinchlanishi va ruhiy barqarorlik (tez asabiylashmaslik). 💡Kun bo‘yi jismoniy energiyaga to‘la bo‘lish. 💡Sifatli uyqu miyada yangi bog‘lanishlarni hosil qiladi bu murakkab ilmlarni tezroq tushunish va zehn o‘tkirligini ta’minlaydi. 💡Tungi tahlil: Miya uyg‘oqlikda yecha olmagan chalkash masalalar yoki eslay olmagan ma'lumotlarini uyqu paytida o‘zi mustaqil tahlil qilib, ertalab tayyor yechim va ilhom shaklida taqdim etadi. Normadan ko‘p uxlashning zararlari va sabablari: Zararlari: Doimiy bosh og‘rig‘i, tanada tushunarsiz og‘irlik, "uxlagan sari uyqu kelishi" (uyquga to‘ymaslik sindromi) va eng yomoni miya faoliyatining sekinlashishi, ya’ni zehnning pasayishi. Mantiqiy sabablari: 💡Miyaning himoya reaksiyasi (Ruhiy qochish): Charchoq, stress yoki ichki muammolar ko‘payib ketganda, miya reallikdan qochish uchun uyquni "boshpana" qilib oladi. Bu ong ostining muammolardan o‘zini himoya qilishga urinishidir. 💡Sifatsiz uyqu fazasi:  9–10 soat uxlashingiz mumkin, ammo kech yotganingiz sabab chuqur uyqu fazasini o‘tkazib yuborasiz. Natijada tana soatlab yotsa ham miya qayta tiklana olmaydi tana doimiy mudroqlik tuzog‘iga tushib qoladi. 💡Niyat va maqsad gormoni (Dofamin) yetishmasligi: Ertangi kun uchun aniq bir mas’uliyat, uyg‘ongan zahoti bajarilishi kerak bo‘lgan real niyat bo‘lmaganda, miya uyg‘onish uchun energiya ajratishni rad etadi. Himmatning pasayishi jismoniy uyquni uzaytirib yuboradi. Uyqusizlik va kech uxlashning zararlari Tungi uyqu o‘rni: Tadqiqotlarga ko‘ra, inson tanasida soat 22:00 dan tun yarmigacha eng muhim gormonlar (melatonin) ajralib chiqadi. Bu vaqtni o‘tkazib yuborish immun tizimini sindiradi. Zararlari: 💡Miyaning "o‘z-o‘zini yeyishi". Surunkali uyqusizlikda miyani tozalovchi hujayralar me'yordan ortiq faollashib ketadi. Natijada ular faqat zararli toksinlarni emas, balki sog‘lom miya hujayralari va neyronlar bog‘lanishlarni ham yeyishni boshlaydi. Demak, kech uxlash miyani jismonan yemiradi. 💡Psixologik filtrning buzilishi. Tungi uyqu yetishmaganda, miyadagi his-tuyg‘ularni boshqaradigan markaz haddan tashqari sezgir bo‘lib qoladi. Kech uxlashga odatlangan insoning arzimas narsalarga ham tez asabiylashishi, tushkunlikka tushishi va doimiy ichki xavotirda yurishining tub sababi miya tuni bilan hissiy filtrlash ishini bajara olmaganidadir. Sabablari: 💡Kechqurun telefonga bog‘lanib qolish, tartibsiz kun tartibi va kech ovqatlanish. 💡Reallikdan o‘ch olish. Kun bo‘yi darslar va shaxsiy mas’uliyatlardan charchagan inson ongsiz ravishda tundan "o‘ch oladi". Kunduzi o‘zi uchun vaqt topolmagani yoki ichki stresslardan qutulish uchun tunda uxlashni ataylab kechiktiradi va uyqu vaqtini o‘sha qila olmagan ishlariga yoki xordiq chiqarishga sarflaydi.  Davomi bor.. 💡العلـم نـور

  • 4 июн.1 4814810

    #hislar O‘zim bilan suhbat.. Meni eshityapsanmi? Senga aytadigan gaplarim bor. Mana tun. Sen esa doimgidek yana o’z hayollaring bilansan.. Ammo endi hamma narsani ortga surib, o‘zing bilan yuzma-yuz o‘tirishing kerak. Bugun ayni o‘sha kun! Oxirgi paytlarda…

  • 4 июн.1 5614425

    #hislar O‘zim bilan suhbat.. Meni eshityapsanmi? Senga aytadigan gaplarim bor. Mana tun. Sen esa doimgidek yana o’z hayollaring bilansan.. Ammo endi hamma narsani ortga surib, o‘zing bilan yuzma-yuz o‘tirishing kerak. Bugun ayni o‘sha kun! Oxirgi paytlarda o‘zingga juda qattiq zulm qilyapsan, sezmayapsanmi? Qachonki: "Bo‘ldi, bugundan kunimni boshqacha boshlayman, astoydil harakat qilaman, rejam mukammal!" deb niyat qilishing bilan, qarshingdan tog‘dek to‘siqlar chiqib kelyapti. Eng og‘iri esa tashqi sinovlar emas, ichingdagi o’sha: "Yana uddalay olmading. Qo’lingdan hech nima kelmayapti. Senda mas’uliyat bormi o‘zi? Vijdoning qayerda?" degan ayblovlar. Sen hamma narsani mukammal qilmoqchi bo‘lding. Yelkangga shunday yuklarni ortdingki, ularni ko‘tarishga insoniy quvvating yetmasligini tushunishni istamading. Ijtihodli talaba, sifatli ustoz bo‘lish, kanallarni “mukammallikda” yuritish, yuzlab odamlarga manfaat berish, ilm yo‘lidagi musofirlik vazifalari, oila oldidagi majburiyatlar.. Va qachondir bechora tana va ruh charchab, "stop" tugmasini bosganda, o‘zingni dangasalikda ayblading. Singaningni, ruhan toliqib o‘zingni yo‘qotib qo‘yganingni "sustkashlik" deb nomlading. Vijdoning senga qozilik qildi, o‘zingni o‘zing sud qilding. To‘xta endi! Bir muddat to‘xta va chuqur nafas ol. O’sha sen aytayotgan sinovlar doimgidek sen jiddiy niyat qilganingda kelayotgani tasodif deb o’ylaysanmi? Adashasan! Niyatning vazni qanchalik og‘ir bo‘lsa, imtihoni ham shunchalik qattiq bo‘ladi. Sen hecham sinovlarga taslim bo‘layotganing yo‘q, sen shunchaki zaxirasi tugagan askardek holsizlanyapsan. O‘zingda yo‘q narsani, ruhan xotirjamlik va quvvatni boshqalarga qanday qilib berolasan? Manba qurib qolsa, daryo oqmaydi. Sen avval manbangni to‘ldirishing kerak. Xo‘sh, o‘zingni ayblashni to‘xtatib, o‘zligingga qaytasanmi? Yo‘l ko‘rinmayotgan bo‘lsa, demak, sen juda uzoqqa qarashga harakat qilyapsan. Senga hozir uzoq kelajakning, ulkan rejalarning keragi yo‘q. Jussangdan katt yuklaringni tashla. O‘zingga rahming kelsin. Mukammallik ortidan quvishni bas qil-da, bor e’tiboringni bugungi kuningga, ayni damda qo‘lingdan keladigan eng kichik, ammo eng muhim qadamga qarat. Sening maqsading dunyoni qutqarish emas. Senga berilgan omonatni (avvalo o‘zingni, sog‘ligingni, qalbingni va ilmingni) saqlashdir. Bugun barchasiga nuqta qo’y, o‘zingni kechir. Yiqilganingni qabul qil-da ustingdagi changlarni qoqib, sekin, shoshmasdan qaytadan qadam bos. Sen buni uddalay olasan. Chunki sen buni o‘zingga isbotlagansan! 💡العلم نور

  • 18 мая1 9985912

    Yozgan barcha gaplarim o'zim uchun edi shunchaki o'zim bn biroz suhbatlashdim. Yozishni juda sog'inibman.. Men bilgan va men muloqotda bo'lgan ko'p insonlarda bu xatoni sezganman. "O'zligini ayblash" bu xatoni men ham qilayotganimni tan ololmagandim. Lekin tushundim. Agar siz ham shu xatoni o'zingizda ko'rsangiz, zulmlarni bas qiling endi..

  • 18 мая2 0524710

    O'zimni hech nima qilmaganman vaqtim shunchaki behuda o'tgan deb ayblardim shu vaqtgacha.. Va o'tmishga boqdim.. Men ko'p ishni qilgan ekanman eng avvalo o'zim uchun. Oldin qanday inson edim subhanAlloh faqat hozirgi holatimdan nolishni bilaman, Alloh menga…

  • 18 мая1 8465114

    O'zimni hech nima qilmaganman vaqtim shunchaki behuda o'tgan deb ayblardim shu vaqtgacha.. Va o'tmishga boqdim.. Men ko'p ishni qilgan ekanman eng avvalo o'zim uchun. Oldin qanday inson edim subhanAlloh faqat hozirgi holatimdan nolishni bilaman, Alloh menga bergan ne'matlariga shukr qilish o'rniga.. Qilgan ishlarim, oldin qanday bo'lganim harakat va mehnatlarim meni qay darajada o'zgartirgani mehnat qilib yozgan postlarim.. bularni o'qib va o'ylab ancha o'zimga keldim Alhamdulillah. Men o'zimni hech nimaga yaramaydigan inson qilib ruhiyatimni zaiflashtirdim o'zimga bu hayollarim bilan zulm qildim.. buni kech anglaganimdan afsusdaman lekin Alloh buni bildirdi hamd.. Shayton shunday vasvasa qiladi. Doim chiroyli tomondan keladi. Bizni uning vasvasalari to'g'ri ekaniga ishontiradi. O'zi shundoq ham gunohga botib bo'lding endi befoyda sen shunday insonsan harakat qilsang ham o'zgarolmaysan deydi.. men buni bilardim lekin aldandim. Aldabdi mana aldandim ekan deb taslim bo'lishim kerak emas. Alloh qodir qilgancha harakat qilishim lozim. Ammo shu harakatim davomida shayton yanada kuchli vasvasa qiladi, sababi u meni o'zgarishga ahd qilganim va xatoyimni anglaganimni biladi agar hozir meni to'xtatmasa yana o'zligimni topishimdan qo'rqadi. Men buni unutmasligim kk. Harakatni boshlaganimda to'siq bo'ldimi tushkunlikka tushmay o'sha qiyin davrdan o'tib olishim kk. Allohning izni ila qiyinchilikdan so'ng albatta yengillik bor.. Men 1 yilda ziyod vaqt o'zimni shunday qiynadim. Alloh menga bildirib qo'ysa ham o'zimga zulm qilishda davom etdim. Lekin nega Alloh meni kechirmaydi deb bu bahona bilan o'zimni battar qiynashim kk? Aslo endi o'zimni qo'lga olishim shart! Umr o'tmoqda. Menga berilgan imkoniyatlar ham nihoyasiga yetmoqdda foydalanishim kk..

  • 16 мая1 590585

    Izdan chiqqan rejalarim, shamoldek tez o’tayotgan vaqtimni tartiblash bilan bandman.. Hammaga maslahat orqali yordam beradigan insonning o’ziga shu narsa kerak bo’lib qolsa qiyin bo’lar ekan.. Kanalimni va yozishni qanchalik yaxshi ko’rishimni meni bilganlar biladi.. bu katta tanaffus ham bejiz bo’lmadi deb o’ylayman biiznillah. Ancha tajriba oshirdim yozmasam bo’lmaydi endi..)

  • 13 апр.2 286394

    #foydali Bu borliqdagi hayot charxpalagi takrorlanishini yaxshi bilasiz. Turli qahramonlarning ishlari zamonlar osha yana takrorlanaveradi. Biror hodisa yo‘qki, tarixda unga o‘xshashi bo‘lmasa. Biz yangi deb hisoblayotgan ishlarning o‘xshashi tarixda biroz boshqacha shaklda ro‘y bergan bo‘ladi. Tarixda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan yaxshi xabardor kishi hayotida shunga o‘xshash holat yuz berganda qanday yo‘l tutishni yaxshi biladi. Arablarning qadimiy bir maqolida “Aqlli odam boshqalarni ko‘rib nasihatlangan kishidir“ deyilgan. Sizga hozir yana bir ajib hikoyani aytib beraman. Bu hikoya ”Muvatto Molik“da Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilingan. Qosim aytadi: ”Xotinim vafot etdi. Shunda Muhammad ibn Ka’b Quroziy kelib ta’ziya bildirdi. U ta’ziyasida quyidagilarni aytdi: “Bani Isroilda bir olim, obid faqih va mujtahid kishi bor edi. Uning bir xotini bo‘lib, u xotinini juda yaxshi ko‘rardi, unga maftun edi. Ana shu xotini vafot etdi. O‘limidan keyin u xotinini qattiq qumsadi, ko‘p qayg‘u chekdi. Hijron azobi shu darajaga yetdiki, u bir xonaga qamalib olib, odamlar bilan ko‘rishmay qo‘ydi, huzuriga hech kimni kiritmadi. Bir ayol bundan xabar topib, uning huzuriga keldi-da: “Bir masalam bor. Shu borada fatvo so‘ramoqchiman. Uni yuzma-yuz o‘ziga aytmasam bo‘lmaydi”, dedi. Odamlar ketsa ham ayol olimning eshigi oldidan ketmadi. ”Bu masalaning javobini bilmasam bo‘lmaydi“, dedi. Bir kishi olimga: ”Bir ayol savoliga javob olish uchun kelgan, hamma ketsa ham ketmayapti", dedi. Olim: “Shu ayolni kirgazinglar!” dedi. Ayol kirib: “Sizga bir masalada savol so‘rab keldim”, dedi. Olim: “Nima gap?”, dedi. Ayol: “Bir qo‘shnimdan oriya(vaqtincha tekin foydalanish)ga taqinchoq olib turgandim. O‘sha taqinchoqni gohida o‘zim taqib, qolgan vaqtda boshqalarga oriyaga berardim. Keyin oriyaga olganlar menga bir narsalar yuborishdi. O‘sha narsalarni taqinchoq egalariga beramanmi?” deb so‘radi. Olim: “Allohga qasamki, ha”, deb javob berdi. Ayol: “U taqinchoq mening huzurimda ma’lum muddat turdi-ku?!” dedi. Olim: “Ana o‘shani egalariga qaytarib berishing to‘g‘riroq bo‘ladi” dedi. Shunda ayol: “Alloh sizga rahm qilsin, U sizga oriyaga berib turib, so‘ng sizdan qaytarib olgan hamda O‘zi haqli bo‘lgan narsa uchun nega nadomat chekasiz?!“ dedi. Ana shu tariqa bu ayol olimga yo‘l ko‘rsatdi, Alloh taolo shu ayolning so‘zi orqali bu zotga manfaat berdi”. Arablarning eski bir maqolida “Yaxshi ot ham qoqiladi”, deyilgan. Ya’ni, har qanday inson ham xato qilishi mumkin. Gohida kishi odatda qilmaydigan ishini amalga oshirib qo‘yadi. Ayrim holatlarda o‘ta bosiq, halim inson o‘zini bilmaydigan darajada asabiylashganini ko‘rishingiz mumkin. Ba’zan o‘ta saxovatli hotamtoyning ham arzimas narsaga baxillik qilayotganiga shohid bo‘lasiz. Gohida o‘ta shijoatli, jasur kishini biror hodisa borasida qo‘rqoqlik qilganini ko‘rasiz. Ayrim vaziyatlarda hammaning muammosini hal qiladigan xojatbaror kishining o‘zi muammolar girdobiga qolganiga guvoh bo‘lasiz. Sizga doim ochiq bo‘lgan eshik bir safar siz uchun qulflanishi ham mumkin. Biz hammamiz basharmiz. Gohida tog‘, gohida vodiy, gohida rasm-rusumga mukkasidan ketgan, ba’zan beparvomiz. Doim quyoshdek porlab yuradigan xushchaqchaq kishini g‘amga botgan ma’yus holda ko‘rasiz. Hayot barchaga hukmini o‘zkazadi. Biz esa o‘zimizcha har narsaga harakat qilaveramiz.. 📝kitobdan