tgindex
Turan Security

Turan Security

Статистика

Turan Security Information Security services provider founded by heavily experienced guys | turansec.uz www.instagram.com/turan.security www.linkedin.com/company/turansecurity Aloqa uchun: @turan_admin , info@turansec.uz

Последний пост
19:52
Последнее чтение
14:00
Постов за неделю
3
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 504
+12 за 4 дн.
Сутки
+4
+0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 980
22 постов
Вовлечённость
158,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 24
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 379
1/48двое суток
1 580
1/72трое суток
1 704

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 19:525082919

    🚀 Oqdoppi platformasida yangi dasturlar e’lon qilindi! Sizlar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor. Oqdoppi bug bounty platformasi yangi dasturlar bilan kengayishda davom etmoqda. Platformada quyidagi dasturlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda: 🔹 DOMO.uz — O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, chiqindi, internet va boshqa uy-joy bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platforma orqali boshqarish va to‘lash imkonini beruvchi mobil platforma. 🔹 ishGO.uz — ish beruvchilar va ish izlovchilarni yagona tizimda bog‘lovchi, O‘zbekistondagi ish qidirish va xodim yollash platformasi. 🔹 pDaftar.uz — kichik va o‘rta biznes uchun nasiya savdosini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi fintech platforma. 🔹 AIBA.uz — bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida moliyaviy va biznes boshqaruviga yordam beruvchi platforma. Sizdan ethical tarzda ishlab zaifliklarni aniqlash va mas’uliyatli tarzda xabar qilishingizni so'raymiz.   Biznes egalariga o‘z tizimlarini yanada mustahkamlash va foydalanuvchilar uchun xavfsiz xizmat yaratishiga yordam bering.

  • 14 авг.1 56317

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1 5475422

    Xabaringiz bor, Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti rasmiy CNA sifatidagi faoliyatini 2026-yil mart oyida boshlagan. Ushbu davr mobaynida biz kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilib, CVE dasturi talablari asosida mas'uliyatli zaifliklarni oshkor etish (Responsible Vulnerability Disclosure) jarayonini qo‘llab-quvvatladik hamda 204 ta CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)ni muvaffaqiyatli e'lon qildik. Avgust oyida katta sakrash kuzatildi. Oyning dastlabki 13 kunida TuranSec CNA tomonidan 172 ta CVE e'lon qilingan. Bu ko'rsatkich jahondagi IBM, Red Hat, Microsoft kabi 534 ta CNA tashkilotlari orasida TOP-10 ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi - havola Tushunishingiz uchun bundan 2 yil oldin ham CVE bo'yicha tadqiqotchilar bir nechtani tashkil etardi. Oxirgi 6 oy ichida 50 dan ortiq mahalliy kiberxavfsizlik tadqiqotchilari dunyoning TOP kompaniyalari mahsulotlaridan yangi turdagi zaifliklarni aniqlab 204 ta CVE e'lon qilinishi katta natija hisoblanadi. Buni sohada ishlab yurganlar yaxshi bilishadi, AI rivojlanishi Kiberxavfsizlik sohasida tadqiqot yo'nalishini yanada osonlashtirdi. Biz bilan hamkorlik qilayotgan barcha tadqiqotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Izlanishdan va o‘sishdan to‘xtamang! Biz faoliyatimizni rivojlantirish va xizmatlarimizni yanada takomillashtirishda davom etamiz. Yaqin bir necha yil ichida O‘zbekistonda minglab yangi kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va mutaxassislari yetishib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz. @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 21 июл.2 1663318

    🧿 WordPressda 9.8 reytingdagi jiddiy zaiflik aniqlandi (CVE-2026-63030)! Agar veb-saytingiz WordPress CMS platformasida bo'lsa, zudlik bilan chora ko'ring! WordPress tizimi va REST API mexanizmidagi jiddiy zaiflik sabab hujumchi hech qanday qo'shimcha ma'lumotlarsiz (masalan, login-parol) serverga masofadan buzib kirishi mumkin (RCE). Zaiflik WordPress 6.9.x (6.9.5 gacha) va 7.0.x (7.0.2 gacha) versiyalarida mavjud. Nima qilish kerak? Saytni WordPress 7.0.2 yoki 6.9.5 versiyasiga zudlik bilan yangilash, WAF va REST API so'rovlari loglarini tekshirish va /wp-content/uploads/ da yangi .php fayllar mavjud emasligini tekshirish kerak. @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 6 июл.3 0695736

    🎉 Tarmoq Asoslari kursi rasman boshlandi! 😎Turan Security YouTube kanalida ko'pchilik kutgan Tarmoq Asoslari kursining ilk darsi e'lon qilindi! Internet qanday ishlaydi? IP, MAC, Router, Switch, DNS, TCP/IP, Subnetting va boshqa muhim tarmoq tushunchalarini 0 dan boshlab amaliy misollar bilan o'rganasiz. 💻 Agar siz Cyber Security, System Administration, DevOps yoki Networking sohasiga kirishni rejalashtiryotgan bo'lsangiz, aynan shu kurs siz uchun mustahkam poydevor bo'ladi. ⭐️ Kanalga obuna bo'ling va yangi darslarni birinchilardan bo'lib o’rganing! 🎬 YouTube: Turan Security 🚀 Telegram: @turansecurity 🚀 Bugun boshlang, ertaga esa kuchli mutaxassis bo'ling! #TarmoqAsoslari #Networking #NetworkBasics #TuranSecurity

  • 28 июн.4 6645172

    😎 Yangi darslar Turan Securityning YouTube kanalida! 😎 Turan Security YouTube kanalida yangi darslar e'lon qilindi: 🛡 Information Security (InfoSec) – Axborot xavfsizligi asoslari, tahdidlar va himoyalanish usullari. 🌐 Web Pentesting – Veb-ilovalardagi zaifliklarni aniqlash, Burp Suite bilan ishlash va amaliy pentest jarayonlari. 🤒 Linux Administrator- Linux tizimlarini o’rganish. 1️⃣ Darslar o‘zbek tilida. 2️⃣ Boshlovchilar va tajribali foydalanuvchilar uchun mos. 3️⃣ Nazariya va amaliyot birgalikda. ⭐️ Hoziroq videolarni tomosha qiling, kanalga obuna bo‘ling va yangi darslarni o'tkazib yubormang! 🎬 YouTube: Turan Security Videolarga Like bosishni va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang! Maqsadimiz o'zbek tilidagi bilim manba’sini kuchaytirish va tajriba ulashish. #TuranSecurity #CyberSecurity #InfoSec #WebPentesting #EthicalHacking #OWASP #UzbekCyberSecurity

  • 27 июн.3 0662947

    🔴 Red Team: Infratuzilma va Active Directory Siz Active Directory bilan ishlashni bilasiz. Lekin uni qanday buzishlarinichi? Ushbu kurs davomida haqiqiy xakerning yo'lini bosib o'tasiz — oddiy foydalanuvchidan Domain Admin darajasigacha: 3 oylik o'quv dasturi tarkibida: 🐧 Linux Privilege Escalation — SUID, Cron, Kernel exploits 🪟 Windows PE — DLL hijacking, Token impersonation, GodPotato 🎯 AD-hujumlar — BloodHound, Kerberoasting, DCSync, Pass-the-Hash 🕸 Lateral Movement — WMI, LOLBins, MITRE ATT&CK metodologiyasi asosida haqiqiy hujum usullari Kurs yakunida — to'liq hujum bosqichlari: PE → Lateral Movement → Domain Admin yordamida amaliyot o'tkaziladi va hisobot yoziladi. 🤝 Turan Security bilan hamkorlikda 📍 Toshkent · Oflayn 📅 Boshlanish sanasi: 6-iyul 👥 Guruhga 10 nafargacha o'quvchi qabul qilinadi · Til: o'zbek Ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun → @fbaforclient @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 27 мая4 5015516

    Qurbon Hayiti- samimiy niyat,ezgu amallar alohida qadr topadigan davr. Qurbon Hayit bayrami muborak bo‘lsin! Qurbon Hayit — bu avvalo uyning mehri, yaqinlarga g‘amxo‘rlik va avlodlarni birlashtiruvchi ezgu an’analar yanada qadrlanadigan muborak ayyomdir. Ushbu bayram kunlari oilalaringizga qalb osoyishtaligi, diydor quvonchi, samimiy tabassumlar va chinakam fayz-u baraka olib kelsin. Har bir xonadonda tinchlik, farovonlik va hamjihatlik hukm sursin. @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 18 мая4 6465052

    Toshkentda kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt va bulutli texnologiyalar bo'yicha xalqaro konferensiya 🗓 21-may | Soat 9:30 da boshlanadi 📍 Uztelecom ofisi, Mo'minov ko'chasi, 4/2 Uztelecom va Code IB ushbu xalqaro konferensiyaga IT va axborot xavfsizligi mutaxassislarini, shuningdek, biznes vakillarini taklif qiladi. Dastur uchta tematik yo'nalishni o'z ichiga oladi: 🔐 Kiberxavfsizlik 🌐 Sun'iy intellekt ☁️ Bulutli texnologiyalar 📶 Nima uchun ishtirok etish kerak? — Eng yaxshi amaliyotlar va real hayotdagi holatlar — Bozor yetakchilari tajribasi — Biznes barqarorligi va samaradorligi uchun texnologiyalar — Professionallar bilan aloqalar 🔗 Oldindan ro'yxatdan o'tish bilan ishtirok etish bepul. Joylar cheklangan. International Conference on Cybersecurity, AI, and Cloud Technologies in Tashkent 🗓 May 21 | Starts at 9:30 AM 📍 Uztelecom Office, 4/2 Muminov Street Uztelecom and Code IB invite IT and information security specialists, as well as business representatives, to the international conference. Program includes three thematic tracks: 🔐 Cybersecurity 🌐 Artificial Intelligence ☁️ Cloud Technologies 📶 Why attend? — Real-world cases — Experience of market leaders — Technologies for business sustainability and efficiency — Networking with professionals 🔗 Free participation with advance registration. Space is limited @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 9 мая3 110304

    Xotirani asrab-avaylash, faxriylarga g‘amxo‘rlik va hurmat ko‘rsatish, keksalarimizni ardoqlash,avlodlarimizni tinchlik, insonparvarlik va shukronalik ruhida tarbiyalash – bizning burchimiz. Vatanimiz ozod va obod bo'lsin. 🕊Har bir xonadonda tinchlik-xotirjamlik hukm surib, bizga musaffo osmon ostida yashash imkonini bergan insonlar jasoratiga hurmat tuyg‘usi doimo bardavom bo‘lsin. ☠️Xotira va qadrlash kuni bilan azizlar ! @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 30 апр.4 02222

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.4 42817

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.4 04719

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.3 51019

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.3 42318

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.3 10119

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 апр.2 6917924

    30-aprel kuni Cyber University va Turan Security hamkorligida CUTF CTF final bosqichi bo‘lib o‘tdi 🌐 🎆Final bosqichiga saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 9 ta jamoa yo‘l oldi. Ishtirokchilar real kiberxavfsizlikka yaqin vazifalarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi — zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya qilish va turli holatlarni tahlil qilish orqali bellashishdi. Dastur davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi tanishuvlar orttirish va professional muhitda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. ✨Musobaqa yakuniga ko‘ra: ✨G‘olib jamoalar aniqlanib, mukofotlar topshirildi ✨Barcha ishtirokchilar uchun amaliy tajriba va yangi bilimlar berildi ✨Kiberxavfsizlik sohasida o‘sish uchun yana bir katta qadam qo‘yildi 💰Umumiy sovrin jamg‘armasi: 50 million so‘m bo‘lib, 3 ta o‘rin o‘rtasida taqsimlandi. 💻CUTF CTF kabi musobaqalar nafaqat bilimni sinaydi, balki real dunyoga yaqin tajriba orqali mutaxassislarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. #CTF #CyberSecurity #CUTF #TuranSecurity #Uzbekistan @turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz

  • 25 апр.7 10259

    видео или голосовое, без подписи

  • 25 апр.7 26362

    видео или голосовое, без подписи

  • 25 апр.6 43667

    видео или голосовое, без подписи

Turan Security — tgindex