Sevinç Hoca | TURK TILI
Статистика🇹🇷 Turk tilini 0 dan mukammal darajagacha o‘rganing! Magistratura va Doktarantura Bakalavr imtihonlari uchun eng oson va samara beruvchi til sertifikati bu - TURK TILI
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15
- 1/48двое суток
- 17
- 1/72трое суток
- 18
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Siz nega bir joyda 1 soat o'tirib dars qila olmaysiz? Muammo sizda emas. Muammo — telefoningizdagi cheksiz reelslar. 30 soniya kulasiz. Keyingi videoda hayron qolasiz. Undan keyingisi achintiradi. Yana bittasi qo'rqitadi. Yana biri motivatsiya beradi. Miyangiz har 20-30 soniyada yangi emotsiyaga o'tishga o'rganib qoladi. Keyin esa kitob ochasiz. 10 daqiqadan keyin zerikasiz. Dars boshlaysiz. 15 daqiqadan keyin telefonni qo'lingizga olasiz. Bir ishni 40 kun davomida muntazam qilish esa umuman qiyin bo'lib qoladi. Shuning uchun biz kursimiz boshida o'quvchilarga bitta maslahat beramiz: 40 kun. Atigi 40 kun. Instagram, TikTok, YouTube Shorts va keraksiz Telegram kanallaridan maksimal darajada uzoqlashing. Bu jazo emas. Bu miyangizni yana chuqur ishlashga qaytarish. Ko'pchilik mendan: "Qanday qilib 40 kunda B2?" deb so'raydi. Javobi oddiy. Aslida B2 sertifikatiga tayyorlov kurslari ko'pincha 3 oylik bo'ladi. Biz esa o'sha hajmdagi mehnatni har kuni qilamiz. Haftasiga 2-3 marta emas. Haftasiga 7 kun. Jonli darslar, yordamchi ustozlar nazorati, har kunlik vazifalar va doimiy takror. Ya'ni vaqt qisqaradi, lekin mehnat kamaymaydi. Muhim farqni unutmang. Biz 40 kunda turk tilini mukammal o'rgatamiz, demaymiz. Bizning maqsadimiz — sizni B2 sertifikatini olish darajasiga olib chiqish. Chunki doktorantura, magistratura, bakalavr yoki ish uchun ko'pchilikka aynan shu sertifikat kerak. Keyingi rivojlanish esa sizning qo'lingizda bo'ladi. Bugungi avlod tez natijani xohlaydi. Bu yomon emas. Lekin tez natija faqat bitta shart bilan keladi: 40 kun davomida diqqatingizni parchalaydigan narsalardan voz kecha olsangiz. Intensiv mehnat. Intizom. Va 40 kun davomida o'zingizni chalg'itadigan narsalarga "yo'q" deya olish.
📌 Eng zarur 50 ta turkcha feʼl Almak — olmoq 🤲 Vermek — bermoq 🫴 Gitmek — bormoq 🚶♂️ Gelmek — kelmoq 🏃♂️ Yapmak — qilmoq / bajarmoq 🛠️ Etmek — etmoq / qilmoq ✨ İstemek — xohlamoq 🤔 Bilmek — bilmoq 💡 Düşünmek — oʻylamoq 💭 Konuşmak — gapirmoq 🗣️ Söylemek — aytmoq 📢 Dinlemek — tinglamoq 🎧 Anlamak — tushunmoq 👍 Okumak — oʻqimoq 📚 Yazmak — yozmoq ✍️ Görmek — koʻrmoq 👀 Bakmak — qaramoq 👁️ Duymak — eshitmoq 👂 Sevmek — sevmoq ❤️ Gülmek — kulmoq 😄 Ağlamak — yigʻlamoq 😢 Korkmak — qoʻrqmoq 😨 Çalışmak — ishlamoq / oʻqimoq 💼 Oturmak — oʻtirmoq / yashamoq 🪑 Kalkmak — turmoq (oʻrindan / uyqudan) 🛌 Yürümek — piyoda yurmoq 🚶♀️ Koşmak — yugurmoq 🏃♀️ Yemek — yemoq 🍽️ İçmek — ichmoq 🥛 Uyumak — uxlamoq 😴 Uyanmak — uygʻonmoq ☀️ Açmak — ochmoq 🔓 Kapatmak — yopmoq 🔒 Başlamak — boshlamoq 🚀 Bitirmek — tugatmoq 🏁 Bulmak — topmoq 🔍 Kaybetmek — yoʻqotmoq ❌ Alışveriş yapmak — xarid qilmoq 🛒 Girmek — kirmoq 🚪 Çıkmak — chiqmoq 🚪🏃♂️ Beklemek — kutmoq ⏳ Yaşamak — yashamoq 🌱 Öğrenmek — oʻrganmoq 🎓 Öğretmek — oʻrgatmoq 🧑🏫 Sormak — soramoq ❓ Cevaplamak — javob bermoq 💬 Sataşmak — tegishmoq / hazillashmoq 😏 Eğlenmek — vaqtichogʻlik qilmoq 😁 Unutmak — unutmoq 🧠🍃 Hatırlamak — eslamoq 💡
Günün Atasözleri...
🇹🇷 So‘z yodlashning oson usuli. So'zlar nega tez unutiladi? Ko‘pchilik shunday qiladi: Bugun 20 ta so‘z yodlaydi. Ertaga 15 tasi esdan chiqadi. Bir haftadan keyin esa deyarli hammasi unutiladi. ❗ Bu xotira muammosi emas. Bu metod muammosi. Asl sabab nima? Siz so‘zni yakka holatda o‘rganayapsiz. Miya esa ko‘pincha so‘zning o‘zini emas, uni ishlatgan vaziyat va kontekstni yaxshiroq eslab qoladi. ❌ Noto‘g‘ri usul: önemli — muhim Shu yerda tugaydi. ✅ To‘g‘ri usul: önemli toplantı — muhim yig‘ilish Bu benim için önemli. — Bu men uchun muhim. Çok önemli değil. — Unchalik muhim emas. Ko‘rdingizmi? So‘z endi yolg‘iz emas, gap va kontekst ichida o‘rganilmoqda. 🧠 Qoidani eslab qoling: 1 ta so‘z → kamida 3 ta gap. Shunda so‘z xotirada ancha uzoqroq qoladi. ✍️ Bugungi mashq: So‘z: değişiklik — o‘zgarish Quyidagi 3 ta gapni ovoz chiqarib ayting: 🔹 Bir değişikliğe ihtiyacım var. 🔹 Hayatımda büyük bir değişiklik oldu. 🔹 Bu değişiklik benim için çok önemli. Endi o‘zingiz tanlagan bitta turkcha so‘z bilan 1 ta gap yozing. 👇 So‘z muhim emas. Muhimi — uni gap ichida ishlatdingiz.
A1 Saviyasida o'qish uchun sodda so'zlardan tashkil topgan ajoyib kitob A1 saviyasi turk tilini endi o'rganayotgan odam uchun eng qiyin saviya hisoblanadi. Boshlang'ich saviyaga mos bo'lgan kitoblar ham ko'p emas. Agar siz A1 saviyasida bo'lsangiz bu kitobni shoshmasdan ovoz chiqarib o'qishingizni tavsiya beraman.
✅Turk tili osonmi? Yoki oson ko‘ringani uchun xato qilamizmi❓ Ko‘pchilik turk tilini ko‘rganda “oson-ku, o‘xshash ekan” deb o‘ylaydi. Ha, rost, turk tili o‘zbek tiliga yaqinligi sababli boshlashda yengil tuyuladi. Lekin aynan shu joyda ko‘p odamlar xatoga yo‘l qo‘yadi. “Osongina o‘rganaman” degan fikr bilan tilga jiddiy yondashmaslik boshlanadi. Grammatikaga e’tibor kamayadi, qo‘shimchalar yuzaki o‘rganiladi, talaffuz esa ikkinchi darajaga tushib qoladi. Natijada odam tilni tushunsa ham, gapira olmaydi yoki oddiy jumlalarda ham xato qiladi. Aslida turk tili oson til emas, lekin to‘g‘ri o‘rganilsa tez natija beradigan tizimli tildir. Uning grammatikasi tartibli, qo‘shimchalari aniq va gap qurilishi mantiqqa asoslangan. Shu sababli uni “oson” deb bepisand qilish emas, balki “tizimli til” deb jiddiy yondashish kerak. Masala tilning oson yoki qiyinligida emas, balki uni qanday o‘rganayotganimizda. Kimdir 1 oyda oddiy gaplarni gapira boshlaydi, kimdir esa 1 yilda ham natijaga chiqolmaydi — farq tilning o‘zida emas, yondashuvda. Shuning uchun turk tiliga ham hurmat bilan, sabr bilan va tizimli tarzda yondashish kerak. Oson ko‘ringan narsa — e’tiborsiz qoldiriladigan narsa degani emas. Turk tilini jiddiy o'rganishni istaganlarni onlayn kurslarimizda kutamiz ❤️@Fayziyeva_Sev1nch ❤️Kanalimiz: https://t.me/turk_cefr_milliy
📚 Til o‘rganishda foydali metod – TPR (Total Physical Response) Bu metodda siz eshitgan so‘zlarga harakat bilan javob berasiz. Masalan, o‘qituvchi aytadi – siz bajarasiz. Shu orqali so‘zlar tez va mustahkam yodda qoladi. 🇹🇷 Misollar: – Ayağa kalk! – Tur o‘rningdan – Kapıyı aç! – Eshikni och – Masaya otur! – Stolga o‘tir – Defterini aç! – Daftarni och – Eline kalemi al! – Qalamni ol 👣 Harakat bilan o‘rgangan so‘z tezda esda qoladi va unutilmaydi! https://t.me/turk_cefr_milliy
Günaydın ❤️
без подписи
без подписи
Türk Dili alfabesi
#müzik Subtitl bilan. Eshitib , birgalikda aytib shadowing qilsangiz boʻladi.
🔥🔥🔥🔥 📢📢📢📢📢📢 🇹🇷 Turk tili yazma va konuşma kursiga qabul boshlandi! ✨ Turk tilida ravon gapirish va toʻgʻri yozishni orzu qilasizmi? Endi bu imkoniyat siz uchun! 📚 Yozma va soʻzlashuv darslar ❔ Erkin muloqot qilish koʻnikmalari 💯 Tajribali ustoz bilan sifatli taʼlim 🎯 Koʻplab amaliy mashgʻulotlar 📖 Boshlangʻich va oʻrta darajadagilar uchun 🌟 Bugunoq roʻyxatdan oʻting! 📍 Joylar soni cheklangan. Turk tilini ishonch bilan oʻrganing va yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlang! 🇹🇷 Qiziq boʻlsa komentda ➕ belgisini qoldiring! https://t.me/turk_cefr_milliy
Meni yo'qotib qo'yganlar Assalomu alaykummmm🫶 borman issiq urgandaaa miya aylanma bo'lib qoldim💔 borman hayotman shukr🥳
❗️❕‼️🔔🔔🔔🔔 Köpincha turk tilini yozilgani kabi öqiladigan til deb örgatishadi. Töğri turk tilida Ş yozganimizda Ş deb talaffuz qilamiz, Ç deb yozganimizda Ç deb talaffuz qilamiz lekin ba'zi holatlarda turk tilidagi ba'zi qöshimchalarni, sözlarni yozilgani kabi talaffuz qilmaymiz. Köpchilik kelasi zamonda tuzilgan fe'llarni talaffuz qilishda xatoga yöl qöyadi. Ya'ni yapacağım deb talaffuz qiladi. Aslida esa yapıcam deb talaffuz qilinishi kerak. Yozuvda töğri yapacağım deb yozishimiz shart lekin ösha sözni talaffuz qilayotganimizda yapacağım deb emas yapıcam deb talaffuz qilishimiz kerak. Faqat konuşmada yazmada töliq va töğri yozishimiz shart!!!!!!!!!! Ushbu PDF'da shu haqida batafsil tushuntirib berilgan. Diqqat bilan örganib chiqing. İnşallah foydali böladi.🫡 Reaksiya bosish va izohlarda öz fikringizni qoldirishni unutmang😉 Kanal linki bilan tarqating yoksa rozi emasmiz!!!! 📌 https://t.me/turk_cefr_milliy
Qani shulardan foydalanib oʻzizni tanishtirishga harakat qilib koʻringchiii Kommentariyaga yozsalariz tekshiraman va bahonada tanishib olamiz☺️ Kommmet yozishdan uyalmanglaaaa 😁
Bularni bilsangiz Turk tilini bilamanuuuu deyavering😉 Oʻzizni tanishtirishni bilsangiz va qolgan feʼllarga -yorum ni qo'shsayiz Turkcha boʻladi qoladi (desam ishonmang🤭) ❓ Nasılsın? — Qalaysan? 😊 İyiyim. — Yaxshiman. 🙏 Teşekkür ederim. — Rahmat. ❓ Sen nasılsın? — Sen-chi, qalaysan? 😁 Ben de iyiyim. — Men ham yaxshiman. ❓ Adın ne? — Isming nima? 👤 Benim adım Ali. — Mening ismim Ali. ❓ Nerelisin? — Qayerliksan? 🌍 Ben Özbekistanlıyım. — Men o‘zbekistonlikman. ❓ Kaç yaşındasın? — Necha yoshdasan? 🎂 Ben 20 yaşındayım. — Men 20 yoshdaman. ❓ Ne iş yapıyorsun? — Nima ish qilasan? 💼 Ben öğrenciyim. — Men talabaman.
Rasman hamma qoravoylarni yoz bilan tabriklayman Qishda oqaraman deb orzu qilmang. Bu Quyoshda qorayganlarni Bavi parashokka ivitib qoysangiz ham ketmaydi endi... Vaziyat sizlarda tomonlarda qanchalik 🌕
İnsana en çok şiir yakışıyor, Sonra yeryüzüne yağmur, Gökyüzüne mavi... Ve en çok insana vefa yakışıyor, Yüreğe sevda, Gözlere haya... Ve en çok yaşamak yakışıyor, Insanca, sevdaca, duruca" *Ahmet Telli* Tarjima qiling❤️
#müzik❤️ Bilse seni nasıl sevdiğimi meleklar ağlar....